This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓ Ham ishga, ham farzand tarbiyasiga qanday ulgurish mumkin?
Agarda sizga ham bu savollarning javobi qiziq bo'lsa, 9-iyul, soat 20:30 da bo‘lib yopiq kanalda bo'lib o‘tadigan bepul onlayn vebinarimizda sizni kutamiz 😊
Yopiq kanalga qoʻshilish uchun hoziroq havola ustiga bosing👇
[Havola]
📌 Bog'cha tanlashda eng muhim jihatlar nimalar?
📌 Telefonga bog'lanib qolgan bolalarni qanday gadjetlardan ajratamiz?
📌 Ish va farzand tarbiyasi o'rtasidagi muvonazatga qanday erishiladi?
Agarda sizga ham bu savollarning javobi qiziq bo'lsa, 9-iyul, soat 20:30 da bo‘lib yopiq kanalda bo'lib o‘tadigan bepul onlayn vebinarimizda sizni kutamiz 😊
Yopiq kanalga qoʻshilish uchun hoziroq havola ustiga bosing👇
[Havola]
❤3🕊2⚡1
Nihoyat yetishdik, alhamdulillah.
Kitobni o'qiganlar bormi? Taqrizlar juda qiziqtirib qo'ydi.
#Kitob
@GiyosiddinYusuf

❤🔥15❤7🔥6👍2
BOLA NEGA BARMOG‘INI OG‘ZIGA SOLADI?
Bu kabi holat har bir bolali oilada bo'lishi mumkin. Bunga ba'zilar e'tibor qilmaydi, ba'zilarga xavotirli tuyuladi. Ammo barmoqni og‘ziga solish oddiy odat emas, bolalikdagi his-tuyg‘ular tilidir. Agar ota-ona uni to‘g‘ri tushunmasa, bola ichki ehtiyojini ifoda etolmaydi va bu odat yillar davomida davom etib, yanada chuqurroq muammolarga aylanadi.
Nega bola barmog‘ini og‘ziga soladi?
1. Ona qornidan qolgan refleks.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar og‘iz orqali atrofni o‘rganadi. Ular hali dunyoni ko‘rmaydi, tushunmaydi, ammo sezadi. Barmoq — unga tanish va tinchlantiruvchi vosita. Bu 2–3 oygacha bo‘lgan davrda tabiiy refleksdir.
2. Tinchlanish uchun.
Ko‘pincha bola o‘zini yolg‘iz, xavotirli yoki zerikkan his qilganda barmog‘ini og‘ziga soladi. Bu o‘zini ovutish, ya’ni ichki muvozanatni tiklash harakatidir. Ayrim bolalar uxlaganda, ayrimlar esa jazolanib yig‘lagach, barmoq orqali tinchlik izlaydi.
3. Tish chiqishi bosqichi.
6–12 oylikda tishlar chiqa boshlaganda milklar qichishadi. Bola esa og‘riqni kamaytirish uchun og‘ziga narsa soladi — shu jumladan barmog‘ini ham.
4. Diqqat yetishmasligi
Ba’zida bola yetarli e’tibor, quchoq yoki mehr ko‘rmagani uchun o‘zini yolg‘iz his qiladi va barmog‘i unga birdan-bir do‘stga aylanadi. Bu — ichki ehtiyojning signalidir.
5. Katta yoshdagi odatga aylanishi.
Agar bu odat 4–5 yoshdan keyin ham davom etsa, bu ruhiy bosim yoki xavotir belgisi bo‘lishi mumkin. Bola o‘zini so‘z bilan emas, tana harakati orqali ifodalayotgan bo‘ladi.
Qanday yechimlar bor?
1. Tahqirlash emas, tushunish.
“Uyat!”, “Qo‘lingni chiqar!” kabi gaplar faqat qarshilik uyg‘otadi. Bola bu odatni yashirin ravishda davom ettiradi. Avvalo sababni tushunishga harakat qiling: yolg‘izlikmi, zerikishmi, tish og‘rig‘i yoki boshqa omilmi?
2. Mehr-e’tibor bering.
Farzandingizni quchoqlang, u bilan kulishing, unga vaqt ajrating va quvnoq suhbat quring. Uning kerakligini ko‘rsating. Bu ichki ehtiyojlarini yumshatadi.
3. Qo‘li band bo‘lishi kerak.
Bolaga rangli qalamlar, qurish konstruksiyalari, yumshoq o‘yinchoqlar bering. Qo‘li biror foydali ish bilan band bo‘lsa, og‘ziga solishga ehtiyoj kamayadi.
4. Tish chiqayotgan davrda vositalardan foydalaning.
Agar bola tish chiqish bosqichida bo‘lsa, maxsus tish qichitkichlar (grizunki) yordam beradi.
5. Ruhiy holatini kuzating.
Agar bola 5 yoshdan keyin ham tez-tez barmog‘ini og‘ziga solsa-chi? Unda bolani ruhiy holati, bog‘cha yoki maktabdagi bosim, oiladagi muhit kabi omillarni tahlil qiling. Zarurat tug‘ilsa, mutaxassisga murojaat qiling.
Farzandingizning barmog‘i og‘zida bo‘lsa, demak, qalbi biror narsa aytmoqchi. Uni eshita olayapsizmi?
Siz bu holatga qanday yondashgansiz? Izohlarda tajribalaringizni yozing.
#tarbiya

❤4⚡2🔥2