Telegram Web Link
"Dastxat kuni"da kutamiz!

🖋 Turli tarbiyaviy mavzudagi kitoblari bilan sizga tanish muallif Gʻiyosiddin Yusuf bilan "Dastxat kuni"da uchrashing.

Uchrashuv 11-fevral, seshanba kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha Qamar kitoblar doʻkonida boʻlib oʻtadi.

📓 Muallif asarlaridan xarid qilishni reja qilib yurgan boʻlsangiz, kelishning ayni vaqti. Kitoblarni muallif dastxati bilan olib ketasiz 😊

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarda tajovuzkorlikning sabablari

Tajovuz quyidagi holatlarda paydo bo‘lishi mumkin:

🗯 Xafagarchilikka javob sifatida – bola o‘z ehtiyojlarini qondirish yoki ichki muvozanatni tiklash yo‘lida to‘siqlarga duch kelganda tajovuzkorlik bilan javob qaytarishi mumkin.

🗯 Oxirgi chora sifatida – bola o‘z maqsadiga yetish uchun barcha boshqa usullarni sinab ko‘rib, natijaga erisha olmaganda tajovuzga o'tadi.

🗯 Atrofdagilardan ko'rish oqibatida – agar bola atrofdagilarning (ko‘pincha ota-onalar, kattalar yoki ekrandagi qahramonlar) tajovuzkor xatti-harakatlarini kuzatsa, ularni o‘ziga namuna qilib olishi mumkin.

Shuningdek, bolaning tajovuzkorligi biologik omillarga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunga asab tizimi xususiyatlari, irsiyat va organizmning biokimyoviy jarayonlari ta’sir qiladi.

#Tarjima #tarbiya

@GiyosiddinYusuf
"Leonardo da Vinchi" | Mustafa O‘roqchi

Ushbu kitob bolalarga Leonardo da Vinchini tanishtirish, ilm-fanga intilish, kashfiyotlar sari yetaklashga xizmat qiladi.

Kitob juda yengil uslubda yozilgan, rangli, rasmli. Hali maktabga chiqmagan bolalarga ham o'qib berish mumkin. Maktab yoshidagi bolalar ham o'qisa bo'ladi.

Kitobni xarid qilish

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
Uzr so‘raganda uch narsa qilish kerak bo‘ladi:
1. Aybiga iqrorlik – qilgan xatosini tan olish.
“Kecha men
qo‘pollik qilib qo‘ydim” kabi gap.
2. Uzr so‘rash –
“Buning uchun uzr so‘rayman”.
3. Rozi qilish – “Aybimni yuvish uchun nima qilsam bo‘ladi?”
Uzr so‘rashdan tortinmaslik odob, kamtarlik belgisidir. Go‘zal xulqli bolalar shunday bo‘ladi. Bunday bolalarni hamma hurmat
qiladi.

G'iyosiddin Yusufning "Go'zal xulqlar" kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@GiyosiddinYusuf
Farzandingizning hissiy holatiga chin dildan qiziqing

O‘ziga bo‘lgan chinakam qiziqishni his qilgan bolalar ochiqroq va ruhan tetik bo‘lishadi. Farzandingizdan kunining qanday o‘tganini so‘raganda uning his-tuyg‘ulariga e’tibor qarating: u turli vaziyatlarda nimalar his qilganini bilishga harakat qiling.

Uning kechinmalarini tushunishga intiling va hamdard bo‘ling, hatto sizga ahamiyatsizdek tuyulgan holatlar ham bola uchun muhim bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy-hissiy tarbiya bolalarda besh asosiy qobiliyatni rivojlantirishga yordam beradi: o‘zini anglash, o‘zini boshqarish, ijtimoiy ong, muloqot ko‘nikmalari va mas’uliyatli qaror qabul qilish.

Yuqori hissiy intellektga ega bolalar maktabda yaxshiroq natijalarga erishadi, mustaqil ravishda oliygohlarga o‘qishga kirish ehtimoli yuqori bo‘ladi, zararli odatlarga kamroq moyillik ko‘rsatadi va eng muhimi – o‘zlarini baxtliroq his qilishadi.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
"Ada Loveleys" | Mustafa O‘roqchi

Ada Loveleys (1815–1852) — ingliz matematikasi va dasturlashning asoschilaridan biri. U taniqli shoir Lord Bayronning qizi bo‘lib, yoshligidan matematikaga qiziqib, olim Charlz Bebbij bilan hamkorlik qilgan. Bebbijning mexanik kompyuteri — “Analitik mashina” uchun dastur yozgan va shu tariqa dunyodagi birinchi dasturchi sifatida tanilgan. Uning ishlari zamonaviy kompyuter fanining rivojlanishiga asos bo‘ldi.

Bu kitob bolalarga mana shu inson haqida, ilm-fan, do'stlik, fidokorlik, olimlarni qadrlash haqida fantastik tarzda hikoya qiladi.

Kitob juda yengil uslubda yozilgan, rangli, rasmli. Hali maktabga chiqmagan bolalarga ham o'qib berish mumkin. Maktab yoshidagi bolalar ham o'qisa bo'ladi.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
G'iyosiddin Yusuf | tarbiya
Photo
"Dastxat kuni"ga borishga tayyorgarlik ko'ryapsizlarmi? Oz qoldi...
Dastxat qoʻyish boshlandi 🤩

Sizda hali ham imkoniyat bor. Soat 18:00 ga qadar davom etadi.

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun dastxat olish uchun Qoraqalpog‘istondan bir muxlis kelibdi. Boringizga shukr!

@GiyosiddinYusuf
"Ota-onamni yaxshi ko'raman" kitobim uslubida "Ustozimni yaxshi ko'raman" degan kitob yozishni o'ylagan edim — bolalar uchun. Shogirdim kim ham ustozimga yaxshilik qilay deb olib o'qirdi deb fikrimdan qaytargan. )

"Jannatim onam", "Qiblagoh" kitoblarining muallifi Muhammad Zarif domla ustozlarga yaxshilik qilish haqida kitob yozibdilar. Hozir shu kitobni tahrirlashni boshlayapman.

#Jarayon

@GiyosiddinYusuf
Tarbiya izlari

Ayolini malika kabi e’zozlagan erkak — onasi uni qirolicha kabi tarbiyalaganining dalilidir.

Eri bilan shahzodadek muomala qilgan ayol esa — otasi uni shahzoda kabi tarbiyalaganining isbotidir.

#tarjima #tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Onaning tarbiyadagi o'rni (1)

Hozirgi shiddat bilan o'tayotgan davrda farzand tarbiyasi asosan onaning zimmasida bo'lib qoldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Shuning uchun ular bunga yanada e'tiborli bo'lishi kerak.

Bolalar ko'p vaqtini onasi bilan birga o'tkazadi. Onasi ularni dunyoga keltirib, parvarishlab, tarbiyasi bilan shug'ullanayotgani, mehr-e'tibor berishi va boshqa sabablar yuzasidan bolalar ko'proq onasini yaxshi ko'radi. Ota ularga kamroq vaqt ajratishi, mehrini doim ham oshkor qilavermagani va boshqa sabablar bilan ota va farzandlar o'rtasidagi bog'liqlik onanikidan kamroq bo'ladi.

Shuning uchun onalar bu orada ko'prik vazifasini o'tashi lozim. Aqlli ayol bolalariga otasining ijobiy tomonlarini ko'p-ko'p aytadi. Kichik holatlarni ham g'animat biladi. Masalan, bolalar uchun olingan o'yinchoq, kiyim, noz-u ne'matlarni ham bolalarga ota olib berganini ta'kidlab, buning uchun rahmat aytishga chaqiradi. Ularga otasi qanchalar yaxshi ko'rishini, oila uchun yelib-yugurayotganini tez-tez eslatib turadi.

#tarbiya #ona

@GiyosiddinYusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14-fevral — kitob sovg‘a qilish kuni!

Shu munosabat bilan bolalarga "Go'zal xulqlar" kitobini hadya qilishning ayni vaqti!

Xarid uchun: @qamar_delivery

Shuningdek, kitob do'konlari, nashriyotlardan keladigan sovg'alarga ham ochiqman! Kanalda sovg'alarni ko'rsatib boraman. )

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Nuqtalar: “Savol va tushunmovchiliklar yanada ortadi” — tahlilchilar bilan diniy siyosat kontsepsiyasi haqida suhbat

O‘zbekistonda vatandoshlarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontsepsiyasi qabul qilinmoqda. Dasturimizning navbatdagi soni 31-yanvar kuni Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda  ma'qullagan, 9-fevralda esa jamoatchilik uchun muhokamasi yakunlangan ushbu hujjat va uning mazmuni hamda kutilmalari tahliliga bag‘ishlandi.

Jami 7 bob, 41 banddan iborat ushbu kontsepsiya mazmunini tahlil qilish, tushuntirib berish uchun esa studiyamizga huquqshunos Abdulloh Sodiq, siyosatshunos Hamid Sodiq va Islomshunos Nuriymon Abulhasanni taklif qildik.

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱
https://youtu.be/_XfcLi2gIbM?si=WN9H0Ea4D0t8zpoa

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Ba'zi ota-onalar bolalarining tarbiyasi bilan umuman shug'ullanmaydi. Ular uchun bolani yedirib-ichirib, kiyintirib qo'yayotgani kifoyadek!

Ota ishdan keladi, bolalarning ovozini ham eshitgisi kelmaydi: "Charchadim, xonangga bor!" – deydi. Ona ham kun bo'yi uy ishlari va boshqa yumushlar bilan band bo'lgan, bo'sh qolsa, telefon chuqalagan, endi televizor ko'radi.

Bolalar o'zlaricha katta bo'lib qolaveradi. Hatto ota-ona ularga e'tibor qilmaganidan bolasiga bir qarab qo'yib, "Katta bo'lib qolibdi!", "Bo'yi bo'yimga yetay deb qolibdi!" deb qo'yadi.

Shu bilan faxrlanadi! Ha, yedirib-ichirib bo'yini o'stirib qo'ydingiz, lekin tarbiya-chi? Odob-axloq, ta'lim-chi?!

Yana undan biror yoqmaydigan ish sodir bo'lsa, koyishni, so'kishni biladi. "Kim seni bunday buzyapti?" – deydi. Buzilishidan oldin tuzukmidi?!

O'zi, umuman, atrofida kimlar borligiga qiziqdingizmi: o'rtoqlari kim, qaysi qo'shnilar bilan birga yuribdi? Ular farzandingizning tarbiyasini buzishdan oldin siz tarbiya bergan bo'lishingiz kerak edi, ularga qo'shilmaslikni o'rgatishingiz kerak edi! Uyda undan afzal muhit bormidiki, ko'chadagilarni gapirasiz?!

Ba'zilar bor aybni maktabdagi o'qituvchilarga yuklaydi: shular qaramagan, mening bolam o'zi esli edi, "Ustozing nima o'rgatyapti o'zi?!" deb. To'g'ri, bolalarning ta'lim-tarbiyasiga maktabdagi ustozlar ham ma'lum bir miqdorda mas'ul, lekin asosiy vazifa ota-onada bo'lib qolaveradi. Shuning uchun bola maktabga chiqqandan so'ng uning tarbiyasidan xotirjam bo'lib qolish noto'g'ri. Farzandlarimiz necha yosh bo'lishidan, qayerda o'qishidan qat'iy nazar ularning tarbiyasiga e'tiborli bo'laylik!

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
“Oltin yurakli avtobola” – texnologiya va ezgulik uyg‘unligi

Anvar Obidjonning “Oltin yurakli avtobola” asari bolalar adabiyotidagi qiziqarli va o‘ziga xos fantastik qissalardan biridir. Muallif bu asar orqali nafaqat bolalar tasavvurini boyitadi, balki ularga mehribonlik, insoniylik va do‘stlikning muhimligini o‘rgatadi.

Asarning bosh qahramoni – Avtobola, oddiy mashina emas, balki yuragi bor, his-tuyg‘ularni anglay oladigan va odamlarga yordam berishni istaydigan robot boladir. U odamlarga yaxshilik qilishga intiladi, qiyinchiliklarga duch kelganlarga yordam beradi. Bu qahramon bolalar uchun haqiqiy sodiq do‘st, mehribon va aqlli yo‘ldosh sifatida tasvirlangan.

Muallif texnologiya va insoniy qadriyatlarni ustalik bilan uyg‘unlashtirgan. Kitob bolalar tasavvurini kengaytirib, ularni yangilikka, ilm-fanga, shu bilan birga, mehr-oqibatga chorlaydi.

“Oltin yurakli avtobola” – nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy jihatdan ham ahamiyatli asar. U bolalar uchun bilim, do‘stlik va ezgulik sari yo‘l ochadigan manba bo‘lib xizmat qiladi.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
Onaning tarbiyadagi o'rni (2)

Otaning farzandlar oldidagi hurmati, qadri onaning muomalasi, tarbiyasiga bog'liq. Ona har bir ishda ota muqaddam turishini uqtirib, amalda ko'rsatib turishi kerak. Masalan:

▪️otaning oyoq kiyimi oyoq kiyim qo'yadigan joyda eng yuqorida turadi;
▪️otaning kiyimlari, narsalari oyoq ostida yotmaydi;
▪️ovqatlanganda ota birinchi bo'lib boshlab beradi va hokazo.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
2025/07/06 04:28:48
Back to Top
HTML Embed Code: