Telegram Web Link
Ma’lum bir sanalarni biror voqeaga bog‘lab eslab yurish, bayram qilish tarafdori emasman. Shu jumladan, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning xotiralarini ham. Zotan, men kabi juda ko‘pchilik u kishini har kun eslaydi. Hayotida duch kelgan turli masalalarda "Bu haqida shayx hazratlari bunday degan edilar" deb yodga oladi.

Men yaqinda juda ajib bir gap eshitdim: "Biz shayx hazratlarining kitoblarini o‘qiydigan yoshlarni tayyorlashimiz kerak!" — deyildi. Darhaqiqat, yoshligidan diniy, axloqiy qadriyatlar haqida o‘qib-o‘rganib ulg‘aymagan bola balog‘atga yetganda shayx hazratlarining kitoblarini o‘qib, tushunib ketishi biroz qiyin. Shu yo‘lda bolalar uchun bir qancha kitoblar nashr qilish niyat qilinibdi. Men bundan juda quvondim va bu sharafli ishda xizmatga tayyor ekanimni bildiraman.

Kirill | Lotin
Ovqatlanishga doir farzandingizga o‘rgatish uchun 30 odob

Ovqatlanishga tayyorgarlik
1. Ovqatdan oldin qo‘l yuvish.
2. Taomni va ichimlikni “Bismillah” bilan boshlash.
3. Yaxshi ko‘rgan taomi bo‘lsa ham boshqalarni unutmaslik.
4. Ovqatni bekorga hidlamaslik.
5. Kattalar boshlab berishini kutish.

Ovqatlanishdagi odoblar
6. O‘ng qo‘l bilan yeyish.
7. O‘tirib ovqatlanish.
8. O‘z oldidan yeyish.
9. Ko‘pchilik bilan birga ovqatlanish.
10. Taomni shoshilmay, mayda luqma qilib yeyish.
11. Oshqozonni uch qismga bo‘lgan holda ovqatlanish: ichimlik, ovqat, havoga.
12. Og‘izda ovqat bilan gapirmaslik.
13. Ovqatni yutganda suhbatlashib turish.
14. Boshqalarning og‘ziga qaramaslik.
15. Ovqatni ehtiyotkorlik bilan olish, to‘kib-sochib yubormaslik.
16. Ovqatning sara joylarini terib yemaslik, ko‘pchilik uchun keltirilgan narsada boshqalarning ham rioyasini qilish.
17. Isrof qilmaslik.
18. Ovqatga puflamaslik.
19. Taomni yomonlamaslik.
20. Boshqalar yegan narsani gapirmaslik.
21. Telefon, TV ko‘rib ovqatlanishga odatlanmaslik.
22. Ovqatlanayotganda chapillash kabi yoqimsiz ovozlar chiqarmaslik, nojo‘ya xatti-harakatlar qilmaslik.
23. Ovqatlanish paytida o‘ynab o‘tirmaslik.
24. Ovqatlanish joyini toza saqlash.

Ichimlik ichish odoblari
25. Ichimlikni uchga bo‘lib ichish.
26. Ichimlikni ham o‘tirgan holda ichish.
27. Ichimlikni maxsus idishga quyib ichish — choynak yoki baklajkaning o‘zidan ko‘tarib ichmaslik.

Ovqatlanishdan keyingi odoblar
28. Non ushoqlari, ovqat qoldiqlarini terib yeyish.
29. Ovqatlangandan keyin maxsus duoni aytish.
30. Oshpaz yoki ovqatni tayyorlagan kishiga rahmat aytish.

Gʻiyosiddin Yusuf

#tarbiya

Kirill | Lotin
Samarqandda "Yuksalish" maktabida bo‘lganimizda "Go‘zal xulqlar" kitobim bo‘yicha so‘z yuritib, bolalarga kitobda savollar berilganini aytdim va ulardan kim kitobdagi bitta bo‘lsa ham mavzuni o‘qiganini so‘radim — savol berib ko‘rish uchun.

Maktab direktori biroz xijolat bo‘lib, ularga kitob bir kun oldin yetib borganini aytdilar. Shunga qaramay, bir necha kishi qo‘l ko‘tardi va ular orasidan bir qizaloqni tanladik. Undan:
— Qaysi mavzuni o‘qigansiz? — deb so‘radim.
— Yuzinchi betgacha o‘qidim, — dedi qizaloq.

Uning bir kunda yuz bet o‘qiganidan ajablanib, qoyil qoldik. Kecha bir bolaning bir kunda "Go‘zal xulqlar"ni to‘liq o‘qiganini aytishdi. Farzandingiz kitob o‘qishga odatlanishi uchun yana qanday kitob kerak sizga?! )

Kirill | Lotin
Onalar tarbiyada yo‘l qo‘yadigan xatolar (1)

Ko‘p onalar farzand tarbiyasida jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadi: kichikligida bolaga urishib, baqirib yoki hatto urib gapini o‘tkazishga harakat qiladi. Bu usul dastlab ishlagandek tuyuladi – bola onasining g‘azabidan qo‘rqib itoat qiladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan bu yondashuv o‘z kuchini yo‘qotadi.

Farzand ulg‘aygan sari mustaqil fikrlay boshlaydi, ichki ishonchi shakllanadi va tabiiy ravishda o‘z fikrini himoya qilishga intiladi. Kichikligida “xo‘p” deb turadigan bola o‘smirlik yoshiga yetganda qarshilik ko‘rsata boshlaydi, onasining so‘zlariga shunchaki bo‘ysunishni xohlamaydi. Chunki urishish va zo‘rlik bilan berilgan buyruqlar bolaga mehr va tushuncha sifatida emas, balki bosim sifatida qabul qilinadi. Natijada ona avvalgidek ta’sir o‘tkaza olmasligi, farzandi esa unga qarshi chiqishi boshlanadi.

Tarbiyada eng muhim jihat – hurmatga asoslangan muloqot o‘rnatishdir. Bola yoshligidan mehr, tushuntirish va izchil qoidalar asosida tarbiyalansa, katta bo‘lganda ham ota-onaning gapini hurmat bilan tinglaydi. Aks holda, bolalikda bosim ostida yashagan farzand o‘smirlik yoki kattalik chog‘ida isyon ko‘taradi, ota-onasidan uzoqlashadi.

Agar bolangiz bilan yaxshi munosabat o‘rnatishni istasangiz, zo‘rlik yoki urishish o‘rniga, samimiy muloqot yo'lini tanlang. Uning his-tuyg‘ularini tushunishga harakat qiling, sabr bilan tushuntiring va eng muhimi – unga mehr bering. Shundagina farzandingiz katta bo‘lsa ham sizni hurmat qiladi va so‘zlaringizni qadrlaydi.

Kim shunday xatoga yo'l qo'ygan?

#tarbiya

Kirill | Lotin
Ayni kunlarda "Go'zal xulqlar" kitobimni o'qiyapman. Alhamdulillah, Alloh juda yaxshi yozishga muvaffaq qilgan ekan.

Odatda yozuvchi o'z asaridan ko'ngli to'lmaydi, yanada yaxshi bo'lishini istayveradi. Shuning uchun ba'zida qayta ishlab, to'ldirishlar qiladi. O'zidan rozi bo'lganda rivojlanish to'xtaydi-da.

Ammo "Go'zal xulqlar" kitobi bittada ko'ngil to'ladigan holda yozildi, alhamdulillah. Barchasi Allohning fazli bilan, albatta.

Kitob bolalarga juda tushunarli, sodda tilda yozilgan. Ortiqcha izoh va qo'shimcha qilishga hojat yo'q. Dars qilib o'tishga ham juda qulay.

Bolalar bilan birga kitob o'qish loyihamizni qayta yo'lga qo'yganimizda o'zim ham bolalarga kitobdan videodarslar qilib berishni o'ylayapman. Siz bunga nima deysiz?

#Ijod

Kirill | Lotin
BOLALAR UCHUN UY ICHI ODOBLARI

Hurmatli bolajonlar, uyimizni toza va tartibli saqlashga yordam bering!

Bu qoidalarga amal qilsangiz, uyimiz har doim ozoda, yoqimli va qulay bo‘ladi. Sizdan ko‘p narsa talab qilinmaydi — faqat kichik odatlarni shakllantirish kifoya!

🧼 Tozalik va tartib
Ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘lingizni yuving.
Yuvinish xonasidan foydalangandan keyin uni toza holda qoldiring.
Uy yuzini tartibli saqlang — o'yinchoqlarni yig'ishtirib qo'ying.
Chiqindilarni yig‘ib, chiqindi qutisiga tashlashni unutmang.

💡 Energiya va suvni tejash
💡 Keraksiz chiroqlarni o'chirib yuring.
💡 Suvni bekorga oqizmaslik kerak — jo‘mrakni yaxshilab yopib qo‘ying.
💡 Telefon yoki planshetni zaryadlab bo‘lgach simini sug‘uring.

🚪 Uy tartibi va odob
🚪 Kiyimlaringizni yechgach, o‘z joyiga qo‘ying — kravatingiz ustiga yoki polga tashlamang.
🚪 Boshqalarning narsalarini ruxsatsiz olmang.
🚪 Bir-biringizni hurmat qilgan holda munosabatda bo'ling.
🚪 Xonangizni tartibli saqlang.
🚪 Uy hayvonlariga mehribon bo‘ling, ularning ovqati va suvini vaqtida berishni unutmaslik kerak.

#tarbiya

Kirill | Lotin
Kutayotganlar bor edimi?

— To'ldirilgan qayta nashr!
Shu kunlarda bo‘layotgan ijodiy yangiliklar:

1. "Kundalik odoblar" to‘ldirilgan holda qayta nashr qilindi.

2. "Kundalik odoblar"ning rus tilidagi tarjimasining tahriri tugadi.

3. "Go‘zal xulqlar" rus tiliga tarjima qilindi. Ushbu rus tilidagi ikki kitob O‘zbekiston, Qirg‘iziston hamda Rossiyada nashr qilinishi kutilmoqda. Boshqa hamkorlik takliflariga ham ochiqmiz.

Kirill | Lotin
Bugun Abdulaziz ismli 8 yoshli bolaning xarakteri, qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash uchun onlayn suhbat qildik.

Suhbat davomida kamina Abdulazizga 30 ta savol berdim. Bola o'zini erkin tutib, xayoliga kelgan gapni gapirishga chaqirib, muloyim muomala qildim.

Suhbatdan so'ng Abdulazizning ota-onasiga 7 daqiqadan oshiq ovozli xabarda tavsiyalar berdim. Ular barcha fikrlarim, xulosalarim to'g'ri chiqqanini aytishdi.

Xususan, ularga Abdulazizning qobiliyatiga mos bo'lgan kasbga yo'naltirish, qanday to'garaklarga berish, tarbiyada yana nimalarga e'tibor qilish, eng muhimi, Abdulaziz va ota-onasining orasini yaqinlashtiruvchi muhim tavsiyalar berildi.

Abdulaziz bilan suhbatimiz 130 nafar bola orasidan tanlab olingan edi. Undan boshqa nomzodlar ham bo'ldi. Demak, ko'pchilik shunday suhbat qilishimizni istaydi. Tez orada bolalar bilan kitob o'qish loyihamizni qayta yo'lga qo'yib, unda shunday suhbatlar ham tashkil qilishni o'ylayapman.

Farzandingiz bu loyihada ishtirok etgan bo'lar edimi?
Muazzin

Alloh ulug' desang, titrar to'rt tomon,
Qalblar zavqqa to'lib, mavjlanar iymon.
Ortiga qaramay qochadi shayton,
Azonni baralla aytgin, muazzin.

Eshitilsin deyman g‘arb-u sharqqa,
Musulmon yurti deb borsinlar farqqa.
Hojat qolmasin so‘ng boshqa hech sharhga,
Azonni baralla aytgin, muazzin.

Namozga ham sekin chorlaydilarmi?!
Najotga ham sekin chorlaydilarmi?!
Mo‘minlar azondan orlaydilarmi?!
Azonni baralla aytgin, muazzin.

G‘iyosiddin Yusuf
GO‘ZAL XULQLI BOLALAR

Shu kunlarda "Buxoro maktabi"ning Yangiyo‘l filialida o‘quvchilar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdik. Tadbir asosan savol-javob tarzidagi erkin suhbat shaklida bo‘ldi. Qiziquvchan bolajonlar ijodga oid, shaxsiy va boshqa mavzularda savollar berishdi.

Ularning savollaridan ilmga intiluvchan, qiziquvchan, go‘zal xulqli ekanlari namoyon bo‘ldi. Tadbir so‘ngida kitoblarimga dastxat qo‘yildi va esdalik suratlari tushildi.

Maktab va o‘quv markazlarni shu kabi tadbirlar tashkil qilishga chorlab qolaman.
Farzand tarbiyasi kechiktirib bo‘lmaydigan ishdir. Bugun e’tibor bermasangiz, ertaga afsus chekishingiz mumkin.

Kirill | Lotin
Ota va qiz o‘rtasidagi
munosabatlar


Qiz farzand bilan nima ham qilish mumkin? Agar u o‘g‘il bo‘lganda edi, baliq ovlashga olib borardim, ­futbolga olib borardim demang. Jinsiga ko‘ra kamsitmang. Uyda o‘tirib qizlarga xos o‘yinlar o‘ynang de­moqchi emasman. Ammo hech bo‘lmaganda uning o‘yiniga tomoshabin bo‘ling.

Ularga e’tiborli bo‘ling, shunda ulg‘aygach, o‘zgalarga o‘zini ko‘rsatish, boshqalarning e’tiborini jalb qilish uchun g‘ayrioddiy harakatlar qilmaydi. Agar sizning qiz farzandingiz bo‘lsa, bilingki, uning hayotidagi eng muhim shaxs – otasi, ya’ni siz. Ota va qiz o‘rtasidagi munosabatlarning sifati qizning butun hayoti davomidagi munosabatlar sifatini belgilaydi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Kitobxonlik_Hisobi.pdf
1.6 KB
Har bir kitob o'qiganingizda foydalanish uchun sodda jadval. Bemalol ulashib, chiqarib olavering.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Bolalarni kitobga oshno qilish – qadriyatlarni saqlab qolish yo‘lidagi muhim qadam

Bugungi texnologiyalar asri bolalar hayotini tubdan o‘zgartirdi. Telefon, planshet va internet – bularning barchasi axborot olishni osonlashtirdi, ammo shu bilan birga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni ham pasaytirdi. Vaholanki, kitob faqat bilim manbayi emas, balki milliy qadriyatlarimiz, axloqiy tushunchalarimizni saqlash va avlodlarga yetkazish vositasi hamdir.

Farzandlarimizning ong-u tafakkurini mustahkamlash, ularni teran fikrlashga o‘rgatish uchun kitobga bo‘lgan mehrni erta yoshdan shakllantirishimiz kerak. Buning uchun nima qilish mumkin?

Ota-onaning o‘rnak bo‘lishi – bolalar kitob o‘qish odatini kattalardan o‘rganadi. Agar ota-ona qo‘lida kitob tutib, zavq bilan mutolaa qilsa, bola ham buni tabiiy holat sifatida qabul qiladi.

Qiziqarli kitoblarni tanlash – bolaga uning yoshi va qiziqishlariga mos keladigan kitoblarni tanlab berish lozim. Agar kitob bolaning dunyoqarashiga yaqin bo‘lsa, u mutolaadan zavqlana boshlaydi.

Texnologiyadan unumli foydalanish – internet va gadjetlarni mutlaqo cheklashning iloji yo‘q, ammo ularni to‘g‘ri yo‘naltirish mumkin. Masalan, audiokitoblar tinglash, elektron kitoblar yoki bolalar uchun qiziqarli interaktiv o‘quv dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Kitob o‘qishni zavqli jarayonga aylantirish – har kuni ma’lum vaqtni kitob o‘qishga ajratish, iloji bo'lsa, birgalikda kitob o‘qish yaxshi natija beradi. Shuningdek, kitoblarni muhokama qilish, bir-biriga gapirib berish, savol-javoblar qilish ham bolalar uchun qiziqarli bo‘ladi.

Kutubxonalarga tashrif buyurish – bolalarni kitobxon qilish uchun atrof-muhitning o‘rni muhim. Xususan, kitobxon o‘rtoqlarining bo‘lishi va ular bilan yoki ota-onasi bilan kutubxonalarga borish, yangi kitoblar tanlash bolalarning kitobga muhabbatini oshiradi.

Kitob o‘qishga bo‘lgan mehr bolalarda hayotiy qadriyatlarni shakllantiradi, ularga to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajrata bilish, mustaqil fikrlash, nutqini rivojlantirish va, eng muhimi, odamiylikni saqlab qolish imkonini beradi. Texnologiya qanchalik rivojlansa ham kitob hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun bolalarni bu bebaho xazinaga oshno etishimiz lozim.

#Bolalar #kitob

Kirill | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizningcha, men ayni kunlarda o'zimning qaysi kitobimni o'qiyapman? 😊
Har kun bir betdan bo'lsa ham doimiy kitob o'qishni yo'lga qo'yishimiz kerak. Kitob o'qish bilan biz ertaga bugundan yaxshiroq bo'la olamiz.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
2025/07/04 20:25:03
Back to Top
HTML Embed Code: