Telegram Web Link
"Bolamni yaxshi ko'raman" kitobimda "Farzandingiz bilan o'ynash uchun yettita sabab" mavzusi bor. Shuni ulashyapman.

Siz bolangiz bilan o'ynab turasizmi? O'ynasangiz, qanday o'yinlar o'ynaysiz?

#Bolalar

@GiyosiddinYusuf
Biz Kitobxon bolalar klubida bolalar bilan ovozli chatda o'yin o'ynash odatimiz bor. Bunda ularni fikrlashga undovchi, zehnni o'tkirlovchi o'yinlar o'ynaladi. Masalan, so'z o'yinlari, topqirlik, savol-javoblar...

Navbatdagi o'yinimiz shanba kuni bo'ladi, inshaalloh.
Bolalar iste’dodi

Yaqin o‘tmishgacha barcha bolalar aqliy va hissiy jihatdan teng deb hisoblanardi. Ularni faqat fikrlashga, his qilishga va mantiqiy masalalarni hal qilishga o‘rgatish kifoya deb qaralgan. Biroq zamonaviy ta’lim tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bolalar o‘rtasida farqlar bor: ayrimlari o‘z tengdoshlariga nisbatan kuchliroq aql-idrokka ega, ba’zilarida ijodiy qobiliyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ko‘p hollarda iste’dodli bolalarga katta e’tibor kerak emas, ular o‘z yo‘lini o‘zi topadi degan fikr aytiladi. Ammo aslida bu bolalar juda sezgir bo‘lishadi. Ular o‘z faoliyatiga, xatti-harakatlariga va fikrlash tarziga berilgan baholarga juda ta’sirchan bo'ladi. Shuningdek, ularning sezgi a’zolari ham juda o‘tkir bo‘lishi mumkin. Shu sababli, bunday bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi dolzarb sanaladi.

Aslida har bir bolada qandaydir bir iste’dod bo‘ladi. Faqat u har doim ham bilinmasligi mumkin. Ko‘p hollarda boladagi qobiliyat yashiringan bo‘ladi va uni rivojlantirish kerak. Buning uchun esa ota-ona yoki ustoz bolaning iste’dodini o‘z vaqtida ilg‘ashi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi va zarur yordam berishi lozim. Bunday iste’dodlarni aniqlashda pedagogik kuzatuv eng samarali usullardan biridir.

#tarjima

@GiyosiddinYusuf
Farzandingiz ilm yo‘lida yursa

1. Farzandingiz ilm o'rganish yo'lida bo‘lsa, uning natijasini emas, harakatlarini qadrlang.

2. O‘zingiz ham oz bo'lsa ham davomiy ilm o'rganish bilan namuna bo'ling.

3. U bilan o'rganayotgan narsalari haqida suhbatlashing. Bu ma'lumotlar sizga ham qiziq ekanini bildiring. Samimiy, jo'shqin suhbat qiling, nomiga emas.

4. Uyingizda ilm olish uchun qulay, rag'batlantiruvchi muhit qilishga harakat qiling. Unga zarur barcha kitob va o'quv qurollarini muhayyo qiling.

5. Farzandingiz o'z qiziqish va qobiliyatiga ko'ra ilm o'rganishi muhimdir. Majburlab o'rgatilgan ilm vaqtincha yodda qolishi mumkin. Shuning uchun har qanday ilmni qiziqarli tarzda o'rgatishga harakat qilish lozim.

6. Savol berishga, xato qilishdan cho'chimaslikka undang.

7. Ahli ilm kishilarning suhbatida bo'lishga harakat qilinglar. O'tgan ulamolar hayotlarini so'zlab bering. Ularning ilm o'rganish yo'lida chekkan zahmatlari, vaqtga e'tiborlari va erishgan muvaffaqiyatlarini unga taqqoslamagan holda hikoya qiling.

8. Ustozlarini hurmat qiling, e'zozlang. Ularga hamisha yaxshi munosabatda bo'ling va farzandingizga ham shuni uqtiring.

9. Farzandingizni ilm yo'lidagi boshqa bolalar bilan do'stlashtirishga harakat qiling, ammo uni ular bilan solishtirmang.

10. Uning haqqiga oshkora va maxfiy duo qiling.

#ilm #tarbiya

Kirill | Lotin
Biz "Kitobxon bolalar klubi"da birinchi kitobni bugun tugatamiz, inshaalloh. Kitob yuzasidan tez kunda ovozli chatda muhokama qilamiz, savol-javoblar, taqdirlash bo'ladi.

Navbatdagi kitobni ham e'lon qildik. Shu bilan birga ota-onalarga farzand tarbiyasiga doir kitob sharhlab berilyapti. Hali ham qo'shilsangiz bo'ladi.

Yopiq kanalga qo'shilish oyiga atigi 18 ming so'm. So'rov yuborish uchun havola: https://www.tg-me.com/+MR79mbFTkSUwNmIy

Havola ustiga bossangiz, sizga bot orqali xabar boradi. U yerda obuna bo'lish degan joyini bosib, karta raqam kiritgan holda to'lov qilasiz. Texnik muammolar bo'yicha: @TeXizmatbot
Mutolaa | aprel

1. Adem Gunesh. "Bola tarbiyasida 100 asosiy qoida" (0–6).
2. Adem Gunesh. "Bola tarbiyasida 100 asosiy qoida" (7–14).
3. "Vavilonlik eng boy odam".
4. Anvar Obidjon. "Oltin yurakli avtobola".

Yanvar | Fevral | Mart

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
Assalomu alaykum, azizlar!

Kamina ushbu sahifa orqali o'qigan kitoblarimni tanishtirib boraman — taqriz yozib. Endi video formatda ham kitoblarni tanishtirishni o'ylayapman.

Siz uchun bu 1 daqiqalik video bo'lib, qisqa ma'lumot berilgani yaxshimi yoki 3-5 daqiqada to'liqroq tanishtirilganimi?
Bola uxlashi nega muhim?

Bola uchun uyqu nihoyatda muhim – aynan uyqu paytida uning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan jarayonlar sodir bo‘ladi. Biroq har bir bola tartib-intizomni yoqtiravermaydi.

Uyqu – zarur holat. Bola uxlayotganida uning organizmi maxsus rejimda ishlaydi: kun davomida yig‘ilgan taassurotlar tartibga solinadi, eng muhim ma’lumotlar uzoq muddatli xotiraga o‘tadi, a’zolar va tizimlar tiklanadi, muhim gormonlar ishlab chiqariladi.

Bu jarayonlar to‘g‘ri kechishi uchun uyqu sog‘lom va sifatli bo‘lishi kerak. Noto‘g‘ri uyqu esa buning teskarisi – salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu sababli sog‘lom uyqu qoidalarini bilish va bolani ularga o‘rgatish juda muhim.

#parvarish

@GiyosiddinYusuf
Universitet talabasi bo‘lgan bir yigit semestr yakuni bo‘yicha imtihonlarga kirib chiqqach, bir do‘stiga shunday dedi:
— Men qishlog‘imga ketayapman. Imtihon natijalari chiqquncha menga xabar qil. Agar telefonni men olsam, menga haqiqiy bahoyimni aytarsan. Agar onam olsa, bir dona imtihondan yomon baho olgan bo‘lsam, “Abu Bakrning salomi bor”, — deysan. Agar ikkita fandan yomon baho olgan bo‘lsam, “Abu Bakr va Umar salomi bor”, — deysan. Agar uchta fandan qoniqarsiz olgan bo‘lsam, “Abu Bakr, Umar va Usmonning salomi bor”, — deysan. To‘rtta fandan yiqilgan bo‘lsam, “Abu Bakr, Umar, Usmon va Alining salomi bor”, — deysan.

Talaba shunday deb qishlog‘iga ravon bo‘libdi. Imtihon natijalari ham e’lon qilinibdi. Qahramonimizning do‘sti uning natijalarini aytish uchun telefon qilibdi. Telefonni uning onasi olibdi. U do‘stining onasidan hol-ahvol so‘ragach, shunday debdi:
— Xola, do‘stimga aytib qo‘ying, Ummati Muhammadning unga salomi bor.

"Tarbiyaga oid ibratomuz hikoyalar va hikmatlar" kitobidan #iqtibos

#Tabassum

@GiyosiddinYusuf
"Tarbiyaga oid ibratomuz hikoyalar va hikmatlar"

Ushbu kitobda o'tgan avliyolar, olimlar va boshqa kishilar hayotidan ibratli, qiziqarli hikoyalar berilgan ekan. Hikoyalar asosan hozirjavoblik, zakiylik va ezgulikka targ'ib qiladi. Orasida yuzga tabassum yugirtiradiganlari ham uchrab turadi.

Bitta noo'rin hikoya kirib qolgan ekan, bu haqida muharrirga xabar berdim. Shuningdek, ushbu kitob Din ishlari bo'yicha qo'mita ruxsati bilan chop qilinishi kerak ekan. Shuning uchun hozirgi kunda sotuvda yo'q, ruxsat uchun qo'mitaga berilgan ekan.

Kitob o'smirlar va kattalar uchun mos keladi.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
Ertaga tadbirga borganimga yarasha zal to'lsin-da. 🙄

Ukalarimiz shumlik qilib manzilni o'zlarining kanaliga yozishibdi...
"YOZIB TURING"

Bu domlamizni 2013 yildan buyon kuzataman, har bir kitoblarini o‘qib, darslarini tinglab borishga harakat qilaman. O‘z sohalarida mutaxassis bo‘lgan kishi. Hatto shayx Muhammad Sodiq hazratlari "olim" deya e’tirof etganlar.

Domlani yo‘nalishlarida ustoz deb bilaman. Ba’zi kitoblarim bo‘yicha maslahatlar berganlar, tuzatishlar qilganlar.

Domla ilmlariga amal qilishga intiluvchi, har bir so‘z va harakatlariga e’tiborli deb bilaman. Mutaxassisliklariga muhabbatlari kuchli bo‘lganidan u kishini ko‘rganda Payg‘ambarimiz alayhissalomni eslayman.

Farzandlari tarbiyasiga ham e’tiborli bo‘lganlar, ularni ikki dunyosi saodati uchun harakat qilganlar deb o‘ylayman. Xususan, ularni katta hayotga tayyorlab, qobiliyatlariga ko‘ra yo‘naltirganlar, menimcha.

Domlamiz kamtar, e’tiborli kishilar. Ba’zida qo‘ng‘iroq qilaman, ba’zan esa telegramdan yozaman. Alhamdulillah, hamisha javob beradilar. Hatto bir gal "Yozib turing" deb qo‘shib qo‘yganlarida xursand bo‘lib ketgan edim. Men ham bajonidil yozib turishni istayman, ammo ustozni bezovta qilmay deyman...

"Hilolnashr"da ishlaganimda kitoblari yuzasidan yoki boshqa yumush bilan borib turar edilar. Suhbatlashib qolar edik. Lekin endi ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi.

Gap kim haqida ketmoqda deb o‘ylaysiz?

#Shaxsiyat

@GiyosiddinYusuf
Yozuvchi bolalar uchun kitob yozganda o'xshatishlar qilganda bolalar biladigan, tushunadigan narsalarga o'xshatishi kerak. Chiroyli o'xshatish qilyapman deb bola uchun notanish narsalarni keltirish to'g'ri emas.

Bu narsa kattalar uchun bo'lgan kitoblarga ham taalluqli, aslida. Men bir hikoyamda "eridan qora xat olgan xotindek" degan qiyos ishlatganim uchun Nurulloh Muhammad Raufxon domla ko'rib, "Yaxshi o'xshatish, lekin bugungi kundagi kishilarning hammasi ham qora xat nima ekanini bilmaydi" degan ma'noda fikr bildirgan edilar.

#ijod

@GiyosiddinYusuf
Live stream started
Izoh uchun
Live stream finished (12 minutes)
"Mumkiniston mamlakatiga sayohat"

Bolalar uchun yana bir sarguzasht, fantastik qissa. Unda Abror ismli bola ota-ona, ustozi va boshqa ne'matlarning qadriga yetishi hikoya qilingan.

Mumkiniston mamlakatida hamma narsa mumkin bo'lsa-da, Abror yaqinlarisiz u yerda zerikib, xatolarini tushunib yetdi.

O'qishni biladigan bolalar tushuna oladigan kitob.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
2025/07/01 23:56:47
Back to Top
HTML Embed Code: