Telegram Web Link
Kitob yaxshi yozilmagan bo‘lsa yoki tarjima yaxshi bo‘lmasa, tahrirning o‘zi bilan ish bitmaydi. Bunday holda kitobni qayta yozish yoki qayta tarjima qilish kerak.

Tahrir pokiza insonga xushbo‘y sepib, bezantirish kabidir. Agar kishi pokiza bo‘lmasa, xushbo‘y sepsa ham asli oshkor bo‘lib qolaveradi. Yaxshi yozilmagan kitob ham shu kabidir.

Kitob yozishda muallif o‘zi uchun maqsad qo‘yishi lozim. Bu asarida qanday muammoga yechim taqdim qiladi, nimani muolaja qilmoqchi, nimani yoritib bermoqchi... Mana shu narsalar asarning umurtqasi kabidir. So‘ng unga "muskullarni biriktiradi". Bular o‘sha asosiy maqsad atrofidagi voqealardir.

Ba’zi kitoblarda voqealar asosiy maqsadga tutashmaydi, keraksiz tafsilotlar o‘quvchini zeriktiradi. Ular bekorchi gaplar bo‘lib, asarning qadrini tushiradi.

Maqsad "semiz kitob" yozish bo‘lmasligi kerak. Bu pul ham, obro‘ ham keltirmaydi. Chunki keyingi kitoblar yoki qayta nashr uchun o‘quvchi yo‘qotiladi va iqtisodiy tomondan ham zarar bo‘ladi. Oz gap bilan ko‘p narsani yetkazib bera olish esa mahoratdir.

Yuqoridagi gaplar faqat kitob haqida emas, post, maqola, she’r uchun ham andaza bo‘laveradi.

@GiyosiddinYusuf
"Bola va pul" kitobini tahrirga berishdan oldin so'nggi bor o'qiyapman. Kutayotganlar bormi?

#Ijod

@GiyosiddinYusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ona o‘g‘liga dedi:
— Har bir sho‘xliging boshimga yana bir oq soch qo‘shadi!
Bola esa bu gapdan so‘ng momosining oppoq sochlariga termilib turdi-da:
— Qarasam, siz ham yoshligingizda ancha sho‘x bo‘lganga o‘xshaysiz, — dedi.

#tabassum

@GiyosiddinYusuf
Forwarded from Tarbiyachi kids
Kitobxon bolalar klubi — yopiq kanalimizda bolalar bilan birgalikda Anvar Obidjonning "Oltin yurakli avtobola" kitobi o'qildi.

Biz bu kitobni bolalar bilan 8 kunda o'qib tugatdik. Har kuni vazifalar bo'lib berildi, iqtiboslar berib borildi, bolalar iqtiboslar yubordi.

Izohtalab joylar izohlandi, tushunarsiz so'zlar lug'ati berib borildi.

Kitobni o'qib bo'lganimizdan so'ng bolalar video shaklida taqriz yubordi, savollar va testlar orqali ularning bilimi imtihon qilindi. So'ngra loyiha asoschisi bo'lgan ustoz G'iyosiddin Yusuf bilan ovozli chatda bolalar bilan kitob muhokama qilindi.

Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikatlar — faxriy yorliq va tashakkurnoma berildi. Faxriy yorliq sohibalari — shartlarni to'liq bajarib eng ko'p ball to'plagan bolajonlar va ularning ota-onalariga kitoblar sovg'a qilinadi.

Biz ikkinchi kitob mutolaasini boshladik. Safimizga qo'shilish uchun bosing.

📚 @Tarbiyachi_kids – kitobxon bolalar klubi
Forwarded from YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI
🔔 G‘iyosiddin Yusuf Yuksalish maktabi jamoasi safida!

Kitobsevar o‘quvchilarimizga ustozlik qilishlari uchun “Akadem nashr” va “Hilol nashr” da muharrir, musahhihlik faoliyatlaridan o‘tgan, 10 dan ortiq kitoblar muallifi, oilaviy munosabatlar va bola tarbiyasi bo‘yicha ustoz G‘iyosiddin Yusuf ustozni jamoamiz safiga taklif qildik.

🔔 Kitobxonlik tadbirlari yanada yuqori saviyada o‘tishi, asarlar tahlili va chuqur muhokamasi, nafaqat o‘qish, balki uqish va uni amalda qo‘llash bo‘yicha G‘iyosiddin Yusuf ustozimiz o‘quvchilar bilan ishlaydilar.

🔔 O‘quvchilarimiz bunday imkoniyatdan unumli foydalanib qolishlariga ishonamiz.

⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
🧑‍💻 @yuksalish_maktab_admin

📱 Telegram📱 Instagram
📸 YouTube     📍 Manzil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/03 09:10:42
Back to Top
HTML Embed Code: