Telegram Web Link
Forwarded from Tarbiyachi kids
Kitobxon bolalar klubi — yopiq kanalimizda bolalar bilan birgalikda Anvar Obidjonning "Oltin yurakli avtobola" kitobi o'qildi.

Biz bu kitobni bolalar bilan 8 kunda o'qib tugatdik. Har kuni vazifalar bo'lib berildi, iqtiboslar berib borildi, bolalar iqtiboslar yubordi.

Izohtalab joylar izohlandi, tushunarsiz so'zlar lug'ati berib borildi.

Kitobni o'qib bo'lganimizdan so'ng bolalar video shaklida taqriz yubordi, savollar va testlar orqali ularning bilimi imtihon qilindi. So'ngra loyiha asoschisi bo'lgan ustoz G'iyosiddin Yusuf bilan ovozli chatda bolalar bilan kitob muhokama qilindi.

Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikatlar — faxriy yorliq va tashakkurnoma berildi. Faxriy yorliq sohibalari — shartlarni to'liq bajarib eng ko'p ball to'plagan bolajonlar va ularning ota-onalariga kitoblar sovg'a qilinadi.

Biz ikkinchi kitob mutolaasini boshladik. Safimizga qo'shilish uchun bosing.

📚 @Tarbiyachi_kids – kitobxon bolalar klubi
Forwarded from YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI
🔔 G‘iyosiddin Yusuf Yuksalish maktabi jamoasi safida!

Kitobsevar o‘quvchilarimizga ustozlik qilishlari uchun “Akadem nashr” va “Hilol nashr” da muharrir, musahhihlik faoliyatlaridan o‘tgan, 10 dan ortiq kitoblar muallifi, oilaviy munosabatlar va bola tarbiyasi bo‘yicha ustoz G‘iyosiddin Yusuf ustozni jamoamiz safiga taklif qildik.

🔔 Kitobxonlik tadbirlari yanada yuqori saviyada o‘tishi, asarlar tahlili va chuqur muhokamasi, nafaqat o‘qish, balki uqish va uni amalda qo‘llash bo‘yicha G‘iyosiddin Yusuf ustozimiz o‘quvchilar bilan ishlaydilar.

🔔 O‘quvchilarimiz bunday imkoniyatdan unumli foydalanib qolishlariga ishonamiz.

⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
🧑‍💻 @yuksalish_maktab_admin

📱 Telegram📱 Instagram
📸 YouTube     📍 Manzil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G'iyosiddin Yusuf | tarbiya
Video message
Menimcha, bu yoshdagi bola qo'lida qog'oz olib bormasdan xarid qila oladigan bo'lishi kerak. O'zi ikkita sabzi olmoqchi ekan, xolos. Ota-onasi unga ishonib (qog'ozsiz) chiqarib yuborishi kerak edi.

Bolakay navbatga ham qaramadi. Bu narsalarni ham kitobda yozaman, inshaalloh.
Sizga hali o'zbek tiliga tarjima qilinmagan farzand tarbiyasiga doir yoki bolalar uchun kitoblarni o'qish qiziqmi?
FARZANDINGIZNING XATOLARIGA YO‘L QO‘YING — BU ULARNING O‘QITUVCHISIDIR

Ko‘pchilik ota-onalar bolalarini xatodan asrashga urinadi. Ular har qanday og‘riqdan, tushkunlikdan, hatto kichik qiyinchiliklardan ham farzandini himoya qilmoqchi bo‘ladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, xatolar eng yaxshi ustozdir. Agar bola kichik yoshdanoq o‘z xatolarining oqibatini ko‘rsa, u katta bo‘lib hayotning murakkab sinovlariga duch kelganida ularga tayyor bo‘ladi.

Keling, tasavvur qilaylik: besh yashar bola sevimli o‘yinchog‘ini hovlida tashlab ketdi. Siz unga “o‘yinchog‘ingni olib qo‘y” deb aytgansiz, lekin u e’tibor bermaydi. Ertasi kuni o‘yinchoq yo‘qolgan. Bu yerda ikkita yo‘l bor: birinchisi — yangisini olib berish, ikkinchisi — bolaga o‘z xatolari uchun mas’uliyatni his qilish imkonini berish. Ikkinchi yo‘l — muhabbat va mantiq uslubidir.

Biz bolaga “sen bilmagansan, shuning uchun men to‘g‘rilayman” deb emas, balki “sen o‘rganishing kerak, shuning uchun men imkoniyat beraman” deb yondashamiz. Chunki hayotda hech kim uning orqasidan doim supurib yurmaydi. Bola shuni kichikligidayoq tushunsa, ulg'ayganda mustaqil, mas’uliyatli, aqlli shaxs bo‘lib voyaga yetadi.

Farzand tarbiyasida muhabbat bilan chegaralar belgilash, xatoga yo‘l qo‘yishga imkon berish — bu ota-onaning eng katta inoyatidir.

Charles Fay va Foster Cline, Parenting with Love and Logic: Teaching Children Responsibility (Quick Read Edition) kitobidan
#iqtibos #tarjima

@GiyosiddinYusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 06:57:06
Back to Top
HTML Embed Code: