Telegram Web Link
Tish tozalash o‘yinga aylansin!

Ma'lumki, bolalar o‘yin orqali ancha tez o‘rganishadi. Hatto zerikarli tuyulgan tish tozalashni ham qiziqarli mashg‘ulotga aylantirish mumkin.

Buning uchun sizga kerak bo‘ladi:
• oddiy tish tozalash kalendari (internetdan yuklab oling yoki o‘zingiz chizing);
• bir nechta rangli flomaster;
• va albatta, bir oz fantaziya.

Kalendarning har kuni uchun quyosh va oy rasmi chizilgan bo‘lsin. Bola ertalab tishini tozalasa – quyoshni bo'yaydi, kechqurun oyning rangi o‘zgaradi.

Bu oddiy ish asta-sekin foydali odatga aylanadi. Oy oxirida esa kichik bir sovg‘a – qo‘g‘irchoq, rasm chizish daftari yoki birga o‘qiladigan kitob – uni yanada rag'batlantiradi.

Muhimi, siz bolaning harakatini qadrlayotganingizni ko‘rsating. Chunki bolaning tartibli bo‘lishi faqat o‘ziga emas, avvalo, sizga qiziq bo‘lishi kerak.

#tarjima #tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Adem Guneshni hurmat qilaman, uning kitoblaridan ko'p narsa o'rganganman va o'rganib kelyapman. U kishining uslubidagi biroz kamchilik shundaki, ko'proq nima qilishni aytish bilan cheklanadi.

Masalan, "bolaga baqirmang", "mehr bering" va hokazo. Ochig'i, nima qilishni bugun hamma biladi — hamma gaplar aytib bo'lindi. Qanday qilish kerak? Masalan, qanday qilib bolaga baqirishdan saqlanish mumkin? Bolaga qanday qilib mehr berish kerak — me'yor, chegarasi bormi?

Shuning uchun men nima qilish bilan birga qanday qilishni ham o'rgatishga harakat qilaman — buni sodiq kuzatuvchilar hamda kitoblarimni o'qiganlar yaxshi biladi deb o'ylayman. Hatto "Biz faqat nima qilishni emas, qanday qilishni ham o'rgatamiz!" shiori bilan kurs ham o'tganman.

Ana shu shiorga sodiq qolgan holda Adem Guneshning kitoblarini sharhlay boshladim — u kishining ilmidan yanada ko'proq foydalanish maqsadida. 7–14 yoshli bolalar tarbiyasida qiynalayotgan ota-onalar bo'lsa, "Tarbiyachi kids" kanalimizga qo'shilib, kitobning sharhini tinglab borishi mumkin.

Yopiq kanalga qo'shilish to'lovi oyiga atigi 18 ming so'm. So'rov yuborish uchun havola: https://www.tg-me.com/+MR79mbFTkSUwNmIy

@GiyosiddinYusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​
Muallif va tarjimonlarga nashr borasida tavsiyalar

1. Kitobni to‘liq yozib yoki tarjima qilib bo‘lmasingizdan nashrga tayyorlashga shoshilmang.
2. Kitob to‘liq yozilib/tarjima qilinib bo‘lgandan keyin bir muddat tashlab qo‘ying.
3. Oradan haftalar yo oylar o‘tgach qayta o‘qib chiqib, zarur tuzatishlar qiling.
4. Tarjima asar bo‘lsa, o‘zingizdan ko‘ra mohirroq biror tarjimonga tarjimani tekshirtirsangiz, nur ustiga nur bo‘ladi.
5. Mualliflik asari bo‘lsa ham, tarjima asar bo‘lsa ham o‘sha mavzu bo‘yicha ustozlarga ilmiy tahrirga bersangiz, o‘quvchiga yanada foydali asar taqdim qilgan bo‘lasiz.
6. Tarjima asar bo‘lib, ilmiy tuzatishlar qilishga ehtiyoj bo‘lsa, buni havolada izohlar bilan qilsangiz, asarning asl matni o‘zgarib ketmaydi.
7. Yuqorida aytilgan tahrirlardan so‘ng muharrir grammatik tahrir qilsa, ilmiy ma’lumotni o‘zgartirib yubormasligiga e’tiborli bo‘lish kerak. Muharrirdan keyin o‘zingiz yana bir o‘qib chiqing.
8. Ba’zan tarjimon asarni xalqqa tezroq taqdim qilish maqsadida tarjima bilan birga tahrirni ham olib borishni istaydi. Ya’ni birozdan tarjima qilib, muharrirga berib turadi. Maqsad tarjima tugashi bilan tezda tahrir ham tugashini istash. Bu yaxshi yo‘l emas deb bilaman. Bunda yuqorida aytilgan bir necha ishlar qolib ketadi. Shoshilmaslik kerak, kitob chop qilish ishi oson ish emas, bir martada sifatli holda xalqqa yetkazishga harakat qilaylik. Kamina o‘zimning ilk kitoblarimda shunday xato qilib, pushaymon bo‘lganman. Shuning uchun hozir muallif va tarjimonlarga shoshilmaslikni tavsiya qilaman.
9. Ba’zilar kitobni grammatik tahrirsiz, imloviy xatolarini ham tuzatmasdan chop qildirib yuboradi. Siz aslo bunga yo‘l qo‘ymang. Kuchli yozuvchi va tarjimonlarning asari grammatik tahrirga uncha muhtoj bo‘lmasligi mumkin – shunda ham baribir muharrirga ish topiladi, aslida. Lekin hech bir asarni musahhihga o‘qitmay chop qilmaslik kerak.
10. Kitobning tezroq nashr qilinishi uchun hamma narsaga rozi bo‘lib turmang. Masalan, nashriyot xodimlarining ishidan norozi bo‘lsangiz, kamchilikni tuzattirishni talab qilishingiz mumkin. Ayniqsa, ba’zi muallif va tarjimonlar har qanday muqovaga ham rozi bo‘lganini kuzataman. Balki ular dizaynerga ishongani uchun shunday qilishar, lekin kitob tezroq nashr qilinishi uchun dizaynerga ishni ko‘paytirmay deb mulohazalarini aytmasliklari ham mumkin. Aslida, muqova – kitobning yuzi, o‘quvchini jalb qiluvchi ilk omil. Shuning uchun muqova bo‘yicha, umuman olganda, tahrir, tas'hih – nima bo‘yicha mulohazalaringiz bo‘lsa, bemalol ayting.

#Kitob_yozish

@GiyosiddinYusuf
O‘g‘il bolani haddan tashqari asrash — tarbiyadagi xato

Ko‘pchilik ota-onalar aynan yaxshi niyat bilan o‘g‘il farzandini haddan tashqari asrashadi. “Men unga g‘amxo‘rlik qilayapman”, “Faqat yaxshilikni istayman”, deyishadi. Ammo onaning “yaxshi” degani va bolaning haqiqiy ehtiyoji — bu ikki xil narsa.

Ona istaydi: o‘g‘li itoatli bo‘lsin, tinch yuraversin, doimo yonida bo‘lsin. Uni bolalar bilan velosipedda uchma, baland joydan sakrama, begonalarga qo'shilma deb ogohlantiraveradi. Chunki xavfsizlikni xohlaydi.

Lekin bola shunchaki himoyalanib emas, rivojlanib ulg‘ayishi kerak. U jismoniy va ruhiy o‘sishni atrof-muhit orqali, urilib-surinib, sinab ko‘rib, o‘rganib boradi.

Kabutar ortidan quvish — bu tabiatni tanish. Qumdan “ovqat” pishirish — bu kimyoviy o‘zgarishlarni his qilish. Tepalikka chiqish — jasorat, harakat va muvozanatni o‘rganish. Katta jasorat mana shunday kichik-kichik qadamlar bilan shakllanadi.

Farzandingizga nafaqat mehr, balki erkinlik ham bering. Unga nafas olish uchun joy qoldiring. Faqat nazorat qilib emas, ishonch bildirish orqali tarbiya qiling.

Chunki mustaqil va dadil yigit — sizning nazoratda saqlagan emas, ishonch bilan qo‘yib yuborgan farzandingizdan chiqadi.

#tarjima #tarbiya

@GiyosiddinYusuf
USTOZLARNING USTOZI

Men bolalar uchun kitoblar yozadigan kishi va tarbiyachi sifatida ustozlar uchun bo'lgan kursda o'qishim zarur deb bildim va buning uchun hozirgi kunda bunga o'xshash biror kurs bo'lmagan "Zamonaviy pedagog" kursida o'qiyapman.

Men kursning 9-guruhida yozilgan edim. Darslarga (onlayn — jonli efir) vaqtida vaqt ajrata olmaganim sababli yozib olingan darslarni eshityapman.

Birinchi dars darsga tayyorgarlik ko'rish, dars rejasi va yillik reja, darslarning soati va mavsumiga ko'ra qanday e'tibor qilish kabi mavzularda ekan. Ko'pincha e'tibor qilinmaydigan muhim eslatmalarni oldim.

Masalan, ustoz aytyaptilar: "O'qituvchi darsga tayyorgarlik ko'rib kirsa, darsga ijodiy yondasha oladi, yo'qsa, nimani gapirishim kerak edi degan bosim ostida bo'lib qoladi". Shuningdek, ustoz o'nlab yillar dars bergan ustozlar ham darsga tayyorgarlik ko'rib kirishlarini aytganlarida o'zimdan xijolat bo'ldim.

Men darsda nafaqat darsga, balki ustozning dars o'tish uslublariga ham e'tibor qilyapman. Bu esa ustozlarga ustozlik qilish — ustozlikni o'rgatish oson emasligini va buni Mohir ustoz mahorat bilan uddalayotganlarini ko'rsatyapti.

Men bu kursda ustozlar albatta o'qishlarini istar edim. Shuningdek, ovozli chatlar, onlayn darslar o'tadiganlar, seminarlar qiladigan — voizlarga va yozuvchilarga ham tavsiya qilaman. Ayni kunlarda kursning 10-guruhiga qabul boshlangan.

#Ustoz #kurs #1dars

@GiyosiddinYusuf
Forwarded from Hilol Nashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alloh taolo bizdan va sizdan solih amallarimizni qabul aylasin!

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, azizlar!

@GiyosiddinYusuf
"Sevdirib tarbiyalang" — bolalarga mehr berib, urish-janjallarsiz, baqir-chaqirlarsiz tarbiyalash haqidagi kitob.

Muharrir Nodirabegim Ibrohimova, sahifalovchi Izzatulloh Adham, musahhih Muhammad Akbar Azim, dizayner Jaloliddin Qoraboyev va boshqa xizmat qilganlarga rahmat.

Bu kitob "Tarbiyachi" nashriyotimizning ilk kitobi va Turkiyada bosilgan ilk kitobim bo‘ldi. Kitob sifati a’lo darajada, alhamdulillah. Qamar kitoblar do‘konidan xarid qilishingiz mumkin.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat" kitobini tinglab bo'ldim.

Asar din, oila, pul, boylik bilan munosabatda muvozanatini yo'qotgan kishilar haqida ekan. Batafsil tanishtiruvni muallifning o'zi bilan ovozli suhbat shaklida qilamiz, inshaalloh.

Kecha muallif bilan gaplashdim: iyul oyida yoki kuzda qila olamiz dedilar. Iyulda qilishga harakat qilamiz.

Ushbu kitobni o'qiganlar yoki tinglaganlar bormi?

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
Mening yordamchim bor — Sardor ismli yigit. O'xshash sifatlarimiz ko'p:

• Sardor ham menga o'xshagan realist;
• Menga o'xshab oliy ma'lumotli bo'lmasidan natijaga erishgan — TOP menejer!
• Balandparvoz gaplar, o'qimagan kitoblari haqida gapirmaydi;
• Tushunmagan narsasida maslahat berishdan, o’zi qilmagan ishlari haqida gapirishdan uyaladi...

Mendan farqli ravishda shaxsiy hayoti haqida deyarli yozmaydi, faqat tajribalari va o'rgangan ilmlari bilan o'rtoqlashadi, Kishilarni ko'proq fikrlashga undaydi.

Shu yigitni bir kuzatib ko'ring, agar ma'qul bo'lmasa, chiqib ketaverasizlar: @SardorRamazon_blog

#tavsiya

@GiyosiddinYusuf
Amaliy maslahat: o‘zingizni yo‘qotmang, sanab ko‘ring

Asabiylashayotganingizni sezsangiz, hatto farzandingiz qichqirayotgan bo‘lsa ham, bir zumga to‘xtang. Nafasingizga e’tibor qarating.

Chuqur nafas olish emas, uzoq va sokin chiqargan nafas sizni tinchlantiradi. Nafas olayotganda ichingizda sanang: bir… ikki… uch… to o‘nga qadar.

Aslida, g‘azab va xavotir paytida biz beixtiyor nafasni ushlab qolamiz yoki keskin nafas olamiz. Bu esa tana uchun “hujumga tayyorlan!” degan signalni beradi.

Ammo uzoq va asta nafas chiqarish tana uchun “hammasi joyida, xotirjam bo‘l" degan signalni beradi.

Shuni muntazam mashq qilib, o‘zingizni xotirjam tutishga o‘rgansangiz, bolangizga ham xotirjamlikni o‘rgata olasiz. U sizga qarab, sizning amalingizni takrorlaydi. Shunchaki uni yoningizga o‘tqazing va siz bilan birga nafas olishini so‘ramang ham – u o‘zi sezmagan holda sizga ergashadi.

Yodingizda bo‘lsin: xotirjamlikni bola o‘rganmaydi, ota-onasidan yuqtiradi.

#tarjima #tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Chegirma katalogi (08.06-19.06).pdf
2.8 MB
Bu hafta "Qamar" kitoblar do'konida uchta kitobimga chegirma e'lon qilindi:

"Men ham kitob o'qiyman" — atigi 12,5 ming so'm.

"Asal oyi emas, asal hayot" — 18,5 ming so'm.

"Tarbiya-chi?" — 27 ming so'm.

Chegirma faqat do'konga borib xarid qilganda amal qiladi.
Qalbingizga faqat quvonch emas, dard ham sig‘sin

Farzandingiz o‘z yutug‘ini quvonch bilan aytib kelsa, bu zo‘r. Ammo undan ham muhimrog‘i, u sizga yutqazganini, tushkunligini, xatosini ham bemalol ayta olsin.

Bu oson emas, ammo har bir bolaning qalbidagi ehtiyoj: “Meni eshitishsin. Meni tushunishsin. Meni shundayligimcha qabul qilishsin”.

Farzandingiz hayotda hamma narsa bir maromda bo‘lmasligini, ba’zida xafa bo‘lish, yiqilish, adashish tabiiy ekanini sizdan o‘rganadi.

Unga shunday muhabbat beringki, yutqazgan paytda ham “Borib aytsam, dadam (yoki onam) meni koyimaydi, tushunadi” deb o‘ylasin.

Mana, sevdirib tarbiyalash nega kerak!

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Uch yil oldin shu kunlarda do‘stlarimiz Valijon To‘raqulov va Akrom Nosirov bilan birga O‘zbekiston bo‘ylab mashinada safarga chiqqan edik. Maqsadimiz Orol dengiziga borish edi. Afsuski, marraga yaqin qolganda yo‘l hodisasi sodir bo‘lib, ortga qaytgan edik...

Mana shu safarimizning gashti o‘zgacha bo‘lgan. Aslida, ko‘pchilik qatori kamina ham safarni yaxshi ko‘raman. Do‘stlar bilan birga safar qilish esa yanada zavqli bo‘lar ekan. Shuningdek, yurtimizning ko‘rmaganimiz go‘shalarini ko‘rish, turli joylardagi do‘stlarimiz bilan ko‘rishish maroqli bo‘lgan. Menga eng ko‘p yoqqani o‘z mashinamizda safar qilganimiz sababli xohlagan joyimizda to‘xtab, xohlagan joyimizda tunni o‘tkazganimiz edi.

Yana shunday safar qilishni istaydi ko‘ngil, ammo biroz xatarli ekan. Noxush hodisalarning oldini olish uchun vaqt bemalol bo‘lishi, kechasi yo‘lda yurmaslik kerak ekan...

#safar #saboq

@GiyosiddinYusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bola bilan pul haqida qachondan gaplashsa bo'ladi?

Bolalardan oila iqtisodini yashirish kerakmi?

Farzandingiz qimmatbaho narsalar olib berishingizni talab qilsa, nima qilish kerak?

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
2025/06/29 18:42:15
Back to Top
HTML Embed Code: