Telegram Web Link
"Amerika fojiasi" | 1

Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asari inson orzulari, ijtimoiy tafovut va mas’uliyat haqidagi og‘ir, hayotiy haqiqatlarni ochib beruvchi roman. Asar garchi XX asr boshida yozilgan bo‘lsa-da, undagi mavzular bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.

Asar markazida Klayd Griffits ismli yigit turadi. Kambag‘al oilada ulg‘aygan Klayd boylik va hashamatli hayot orzusida yashaydi. U ijtimoiy zinapoyalardan yuqorilash uchun harakat qiladi va mehmonxonaga ishga kiradi. U yerda mo‘maygina daromad topa boshlaydi. O‘rtoqlariga qo‘shilib yoshlik beboshliklariga beriladi. Xususan, Gortenziya ismli yengiltabiat qiz uning aql-u hushini olib qo‘yadi. U ochiqdan-ochiq Gortenziyaga "Men bilan yur, senga boshqa yigitlardan ko‘ra ko‘proq sarflayman", — deya taklif beradi...

Ayni damda Klaydning opasi ham bir yigit bilan qochib ketgan edi. U undan homilador bo‘lganda begona shaharda yigit uni yolg‘iz tashlab ketadi. Opasi shahriga qaytadi, lekin uyiga bora olmaydi...

Klayd mehmonxonadagi do‘stlari va qizlar bilan dam olishga chiqadi. Do‘stlaridan biri qimmatbaho bir mashinani olib qochgan edi. Ular shaharga qaytganda ishga tezroq borish uchun shoshilganidan 9 yoshli bir qizaloqni urib yuboradi. Polisiyadan qochgan yoshlar ikkinchi to‘qnashuvga yuz tutganda birinchi kitob nihoyasiga yetadi. Ular hozircha tirik, lekin yigitlarni o‘ziga rom qilib yurgan Gortenziya bu avtohalokat tufayli chiroyidan ayrildi, yigitlar jarohat olgan. Ular bir kunda chiroydan, boyligidan, ishidan ajralib qoldi. Muallif bu bilan yoshlarni bunday beboshliklardan qaytarmoqchi bo‘ladi.

Asarda alaloqibat qoralangan ba’zi ochiq sahnalar bo‘lsa-da, 17–18 yoshdan kattalar uchun tavsiya qilgan bo‘lar edim.

#mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
Bola gapirishi nima uchun kechikadi?

Odatda bolalar ilk so‘zlarini 10–12 oyligida ayta boshlaydi. 1,5–2 yoshga kelib so‘z boyligi asta-sekin kengayadi va oddiy gaplar tuza boshlaydi. 3 yoshga borib esa bola ko‘p narsani gapira olish darajasiga yetadi.

Lekin har bir bola bir xil vaqtda gapirishni boshlamaydi. Ba’zi hollarda kechikish bo‘lishi mumkin. Bunga nimalar sabab bo‘ladi?

🔸 Eshitishdagi muammo. Agar bola yaxshi eshitmasa, so‘zlarni ham to‘g‘ri o‘rgana olmaydi. Shuning uchun eshituvini tekshirish zarur.

🔸 O‘zaro muloqotning yetishmasligi. Bola bilan ko‘p gaplashmaslik, suhbat qurmaslik ham nutq rivojini sekinlashtiradi. Farzandingizga so‘zlashish imkoniyatini ko‘proq bering.

🔸 Ko‘p ekran va kam jonli muloqot. Telefon, televizor, planshet – bular ko‘rish va eshitishni oshiradi, lekin jonli gaplashishni o‘rgatmaydi.

🔸 Nevrologik omillar. Ba’zi hollarda asab tizimining rivojlanishidagi farqlar nutq kechikishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassis ko‘rigidan o‘tish foydali bo‘ladi.

🔸 Irsiyat va oila tarixi. Ba’zan ota-onaning bolalikdagi kechikkan nutqi ham farzandda takrorlanishi mumkin.

Eng muhimi, xavotirga tushib, bolani doimiy urishish emas, balki unga yordam berish. Ko‘proq gaplashish, hikoya o‘qib berish, rasm chizib gapirib berish — bular bolaga so‘z boyligini ochishga yordam beradi.

Agar kechikish uzoqroq davom etsa, tezda mutaxassisga murojaat qiling. Erta tashxis va yordam foydali bo‘ladi.

#Parvarish

@GiyosiddinYusuf
Men tartib-intizomni yaxshi ko'raman-da. Shuning uchun uncha faol bo'lmasa ham kanalimiz qoshida ko'p kichik kanallar ochganmiz. Ma'lumot o'rnida yozib qo'yaman:

@Giyosiddin_Yusuf — kitoblarim haqida
@Giyosiddin_blog — kirill alifbosida
@Giyosiddin_shorts — qisqa videolar

@Hubbunaa_books — kitoblarimdan iqtiboslar
@Yechimhubbuna — savol-javoblar

@Muxlislar_fikri — taqrizlar
Arab tili grammatikasini mukammal o‘rganmoqchimisiz?

Endi bu imkonga ega bo‘lish vaqti keldi!

ZIN-NUR akademiyasida GRAMMATIKA kurslariga qabul boshlandi!

📖 Bu kurs 5 ko'nikmani o'z ichiga olgan:
- Grammatika
- Mutolaa
- Eshitib, tushunish
- Yozish ko'nikmasi
- Og'zaki nutq (muhovara)

To’liq ma’lumot olish uchun havola orqali ro’yxatdan o’ting.

👉 Ro’yxatdan o’tish

📞 78-777-77-17
🕊 @zinnur_akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FARZANDNI BOG‘CHAGA BERISH KERAKMI?

Ota-onalar oldida bir kun kelib: “Farzandni bog‘chaga beraylikmi-yo‘qmi?” degan savol paydo bo‘ladi.

Bog‘chaning eng katta foydasi — bu muloqot.
Yosh bolalar davrasida bo‘lganida bola tengqurlari bilan muloqot qilishni, o‘z fikrini himoya qilishni va boshqalarning fikriga quloq solishni o‘rganadi.
U jamoadagi hayotga ko‘nikadi, mustaqillikka odatlanadi. Ayniqsa, oilada yolg‘iz farzand bo‘lgan bolalar uchun yoki turli sabablar bilan do‘stlari bilan ko‘p vaqt o‘tkaza olmaydigan bolalar uchun bog‘cha juda foydali bo‘ladi.

Ba’zi bolalar bog‘chaga borgandan keyin tez-tez kasal bo‘lib qoladi. Bu holat ko‘pincha organizmning yangi sharoitga moslashayotgani bilan bog‘liq.
Ko‘pchilik o‘ylagandek, bolalar bog‘chada tarbiyachilar e’tiborsizligidan emas, balki tananing moslashuv jarayonidan ko‘proq shamollashadi.

Odatda, bog‘chaga borgan ikkinchi yildan boshlab bola kamroq va yengilroq kasal bo‘ladi. Chunki moslashuv davri ortda qoladi.

#Tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Bolalarni pul jamg‘arishga qanday o‘rgatamiz?

Bolani kichikligidan boshlab pulni faqat sarflash emas, balki jamg‘arish kerakligini tushunadigan qilib tarbiyalash bu uni katta hayotga tayyorlashdir. Buning uchun siz quyidagilarga e’tibor berishingiz mumkin:

💰 Shaxsiy jamg‘arma idishini tanlang. Bola uchun alohida pul yig'ish idishi, bankacha yoki qiziqarli shakldagi jamg‘arma qutisi tanlab bering. Bu – birinchi qadam.

📆 Kichik maqsad belgilang. “Velosiped olish uchun yig‘amiz”, “Yangi o'yinchoq olamiz” degan maqsadlar bolani pul yig'ishga undaydi. Maqsadsiz jamg‘arish bolaga zerikarli tuyuladi.

📥 Doimiy tushum joriy qiling. Har haftalik kichik “cho‘ntak puli” yoki ba’zi vazifalar uchun mukofot tariqasida oz miqdor pul bering. Siz o'zingiz kerakli narsani bittada olib berganingizdan ko'ra shu tarzda o'zi xarid qilgani yaxshiroq.

🧠 Sarflash va jamg‘arish nisbatini tushuntiring. “Birinchi navbatda kerakli narsalaringga sarfla, qolganini jamg‘ar” degan oddiy qoidani asta-sekin tushuntirib boring. Buni yanada aniqroq o'rgatsangiz, yanada yaxshi: tushumning 10 (yoki 20) foizini jamg'arish uchun tashlab qo'y, 10 foizini ehson qil, qolganini o'zingga sarfla kabi.

👨‍👩‍👧 O‘zingiz namunali bo‘ling. Bola sizni kuzatadi. Agar siz har narsani o‘ylab xarid qilsangiz, ortiqcha narsalarga pul sarflamasangiz, bu unga dars bo‘ladi.

🧩 Pul haqida gapirishdan cho‘chimang. Ko‘pchilik ota-onalar pul haqida gapirishni noqulay deb biladi. Ammo bu hayotning bir qismi. Bola pulni faqat so‘rashni emas, uni boshqarishni ham o‘rganishi kerak.

Pul jamg‘arishga o‘rgangan bola sabrli, mas’uliyatli va kelajakka pul bilan muomalaga ongli yondashadigan inson bo‘lib ulg‘ayadi.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Oilaviy muloqot

Ota-onalar va farzandlar orasini yaqinlashtiruvchi muhim amaliy tavsiya

#tarbiya #iqtibos

@GiyosiddinYusuf
Sabrli boʻling

🍃Farzand tarbiyasida ota-onadan talab qilinadigan eng muhim sifatlardan biri sabrli boʻlishdir. Hikmatli soʻzlarda «Agar tuzgan rejang samarasini bir yil koʻrmoqchi boʻlsang, guruch ek. Agar tuzgan rejang samarasini oʻn yil koʻrmoqchi boʻlsang, mevali daraxt ek. Agar tuzgan rejang mevasidan yuz yil bahramand boʻlmoqchi boʻlsang, bolalarga ta’lim ber» deyiladi. Shunday ekan, farzand tarbiyasi sabr qilsa arziydigan ishdir.

🌷Nimalarga sabr qilinadi? Bola gapni olmasligi mumkin, injiqlik va qaysarlik qiladi. Bolalik tabiatidan kelib chiqib qiladigan ishlari sizga yoqmaganda ham sabr qilasiz.
Sabrni kuchingiz yetgancha emas, zarur boʻlganda qilasiz. Bola sizning toqatingiz chegarasini bilmaydi. Uning ongi sizning sabringiz chastotalariga moslashtirilmagan, onasi yoki otasi shu joygacha sabr qila oladi, shu vaqtgacha tarbiyali boʻlishing kerak, ta’limni oʻzlashtirishing kerak degan narsa yoʻq.

🌱Bola gapingizga quloq osmasa ham, aytganingizni oʻrgana olmasa ham jahl qilishga shoshilmang. Sabr­ qiling, mehr bering.

🌷Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bu borada hayotiy misol keltirib aytadilar: «Otamning fe’llaridagi meni hozirgacha katta hayratga solgan xislatlaridan biri shu ediki, bizni yaxshilikka yetaklovchi narsani takror-takror aytishdan erinmas edilar. Oʻsha narsani amalimizga aylantirib olgunimizcha yuz marotaba, lozim boʻlsa ming marotaba takrorlardilar. Ana shu narsalar biz uchun katta bir baxt bo`ldi».

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MILLIY BOOKS | Andijon
Hurmatli kitobsevarlar!
Sizni navbatdagi shanba kuni, 14:00 dan 17:00 gacha kitob do‘konimizda o‘tkaziladigan maxsus tadbirga taklif qilamiz.
✍️ Sevimli muallif, ko‘plab bolalar va ota-onalar mehrini qozongan yozuvchi G‘iyosiddin Yusuf shaxsan tashrif buyuradi va o‘z kitoblariga dastxat qo‘yib beradi!
📚 Uchrashuv davomida quyidagi mashhur kitoblar haqida suhbat va imzo beriladi:
“Go‘zal xulqlar”
“Kundalik odoblar”
“Asal oyi emas, asal hayot”
“Men ham kitob o‘qiyman”
“Ota-onamni yaxshi ko‘raman”
“Arab alifbosi”
“Muzqaymoq”
“Tarbiya-chi?”
“Bolamni yaxshi ko‘raman”
“Sevdirib tarbiyalang”
“Solihalar gulshani”
📍 Manzil: “Milliy Books”, Devanboy masjidi yonida
🗓 Sana: Shanba kuni
🕒 Vaqt: 14:00 – 17:00
🎁 Tadbirda maxsus  bolalar uchun sovg‘alar va muallif bilan suhbat ham bo‘ladi!
📖 Sevimli kitobingizga muallif imzosi tushsin – kelishni unutmang!
Kanalimizning sodiq obunachilari, muntazam kuzatuvchilariga ma'lumki, biz bir necha oydan beri ixtiyoriy xayriya tashkil qilib kelyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga tashakkur. Foydangizga guvohlik beraman, inshaalloh.

Tushgan pullar faqat haqdor oilalarga ro'zg'orlik, dori-darmon, kiyim-kechak kabi kamlar uchun yetkazilmoqda. Bunga shaxsan o'zim mas'ulman.

Ushbu xabarni ko'rgan har bir kishini kamida 10 ming so'm xayriya qilib bo'lsa ham ajr karvoniga qo'shilib qolishni taklif va iltimos qilaman. Sababi haqdorlar bor, oz bo'lsa ham davomiy yaxshilik qilaylik, uzilib qolmasin.

Sarflangan pullar haqida hisobotni quyidagi bot orqali berib boraman, inshaalloh.

Karta raqam: 9860160605493933
TARBIYADA OTA-ONA HAMFIKR BO‘LSIN

Farzand tarbiyasida eng katta kuch — bu ota-onaning bir yoqadan bosh chiqarib ish tutishidir. Afsuski, ko‘p oilalarda ota boshqacha, ona boshqacha yo'l tutadi. Natijada bola kimning so‘zi o‘tishini sinab ko‘rishga odatlanadi. Bu esa nafaqat tarbiyani, balki oilaning ichki muvozanatini ham izdan chiqaradi.

Tarbiya — bu “men haqman” degan tortishuv emas, biz birga mas’ulmiz degan tushuncha asosida bo‘lishi kerak. Agar ota “yo‘q” degan narsaga ona “mayli, olaver” desa, bola chegarani emas, imkonni ko‘radi. Yoki aksincha: ona qattiqqo‘l bo‘lsa, ota bolani erkatoyga aylantirsa, bu mehr emas, tarbiyaning kushandasi bo‘ladi.

Ota-ona nima qilish kerak?

— Qarorlarni birga qabul qilishsin, ayniqsa, farzand ko‘z o‘ngida.
— Farzandni juftiga qarshi “qurol” qilmasin: “Otang o'zi xotinboz”, “Onangdan yashirib qo‘ya qolamiz” kabi iboralar ishonchni yemiradi.
— Tarbiyaviy yondashuvda oldindan kelishib olishsin: qanday xatti-harakatlarga qanday munosabat bildiriladi — bu aniq bo‘lishi kerak.
— Har ikki taraf bir-birining qarorini bolaga nisbatan haddan ortiq tahlil qilmasin. Bola buni o‘z foydasiga ishlatishni o‘rganadi.

Unutmang, bolaga har bir aytganingizdan ko'ra, ittifoq qilganingiz ta'sirliroq bo'ladi. Sizningcha, tarbiyada ota-ona nimalarga kelishib olishlari kerak? Fikrlaringizni izohlarda yozing.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Forwarded from Zumar kitoblar do‘koni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
#kun_xulosasi

Oila qurish uchun bo‘lajak kuyov bilan uchrashuvga chiqar ekansiz, albatta, uning o‘qiydigan kitoblari, atrofidagi kishilar, ustozlari haqida so‘rang. Chunki bular kishining qanday ekanini ko‘rsatib beruvchi muhim uch omil.

📚 “Asal oyi emas, asal hayot” kitobidan

@qamarbooks
BOLANI TANQID, MAZAX QILISH

Farzand tarbiyasida eng og‘riqli, ammo eng ko‘p uchraydigan xatolar biri — bolani ayovsiz tanqid qilish. Kattalar ko‘pincha bee'tibor holda bolani qoralovchi gaplar aytishadi: “Shunaqayam qilinadimi?”, “Sen ham bir gapirding-da a?”, “Qachon odam bo‘lasan o‘zi?” Bu so‘zlar bolani qattiq ranjitadi, ich-ichidan yemiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘q qiladi.

Bola tarbiyasidagi eng yaxshi usul uni behuda urishmaslikdir. Bu bilan uni qanchalar yaxshi ko'rishimiz, biz uchun qadrli ekani, uning ham hurmati borligi namoyon bo'ladi. Har bir bola, hatto xato qilgan paytida ham “Men oilam uchun qadrliman, meni baribir yaxshi ko‘rishadi” degan ishonchda bo'lishi kerak.

Pozitiv tarbiyaning ildizi — tanqiddan tiyilish, mehr bilan yo‘l ko‘rsatish. Bolaning ustidan kulmang, uni boshqa bolalar bilan solishtirmang, xushomad aralash haqoratlar aytmang. “Shunaqa ahmoq bolani faqat men tug‘ganman!” kabi jumlalar hazil bo‘lib eshitilsa-da, bolaning qalbiga og'ir botadi.

Bolangizni kichik xato va kamchiliklari uchun koyimang. Bu faqat muvozanatli, mehribon, sabrli ota-onalarning qo‘lidan keladi. Uni “Shirin bolam”, “jonim qizim”, “asalim” kabi lafzlar deb erkalang. Har kuni bir necha bor bag'ringizga bosing.

Farzandingizga oxirgi marta qachon mehringizni izhor qildingiz?

#Tarbiya

@GiyosiddinYusuf
#Qisqa_xabarlar:

• Kecha Andijon shahrining "Milliy books" kitob do'konida dastxat kuni bo'lib o'tdi.

• Men Qirg'izistonning Qora suv shahridaman. Bugundan "Hafiza ona" islom institutida o'qishlarimiz boshlandi.

• Tez kunda "Sevdirib tarbiyalang" kitobim bo'yicha tanlov o'tkazish niyatidaman. Kitobni diqqat bilan o'qib turing.

• Kuz faslida kamina xodimingizning bir necha betakror kitoblari nashr qilinishi kutilyapti: "Siz ham bola bo'lganmisiz?", "Lider bola", "Bola va pul" shular jumlasidan.

#ijod

@GiyosiddinYusuf
Qirg‘izistonning Qorasuv shahridagi "Hafiza ona" islom institutida yozgi o‘qishlar boshlandi. Bugun arab tili, hadis va meros fanlaridan jami besh soat dars o‘tildi. Ayniqsa, oxirgi ikki soat meros darsidan keyin ko‘pchiligimiz boshimizni changallab qoldik.

Meros fani ustozimiz darsni tushuntirish uchun "Men o‘lsam..." deb misol keltirsalar, darsga kirib turgan boshqa bir ustozimiz:
— Ustoz, siz o‘lmang, — deb qoldilar...

Ustozlarimizning umrlari uzoq bo‘lsin! Alloh salomat qilsin!

#Ustoz #hayotiy

@GiyosiddinYusuf
🏷️UXLASH JAZOMI?

— Ukang bilan urishayapsanmi? Unda bor, uxla!

Bu gap qanchalik g‘alati eshitilmasin, ko‘p ota-onalar aynan shunday deb, sho‘x bolani tinchlantirmoqchi bo‘lishadi.

Bu paytda bolakayning istagi, kayfiyati, qalbi — hech kimni qiziqtirmaydi.
U go‘yoki “jazoga tortilgan”. Jazosi nima? Uxlab qolish.

Lekin bunday yondashuvning oqibatlari haqida ko‘pchilik o‘ylamaydi.
Aslida esa bu bolaning uyqu rejimini buzadigan, ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladigan xatodir.

Chunki bolaning miyasi bu holatni shunday qabul qiladi:
“Demak, uxlatish — jazolash. Uxlaymanmi — demak, yomonman”.
Natijada u uyqudan qochadi, xotirjam uxlay olmaydi, stressga tushadi.
Ertalab esa charchagan, lohas, injiq holatda uyg‘onadi.

Eng yomoni, ota-onalar bu holatga o‘zlari sababchi bo‘lganini hatto payqamaydi.
Keyin esa “Nega uxlamayapti?”, “Nega har kecha yig‘laydi?” deb mutaxassis izlab yurishadi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
OTA VA O‘G‘IL

Bolaning hayotida olti yoshdan o‘smirlik davrigacha — taxminan o‘n to‘rt yoshgacha — uning e’tibori jamiyatga moslashish, tana rivoji va jinsiy o‘zligini anglash tomon buriladi.

Tug‘ilgandagi ona bilan bo‘lgan yaqin rishta asta-sekin orqaga chekinadi.

Endi birinchi o‘ringa ota tarbiyasi chiqadi.

Aynan ota o‘g‘liga erkak kishining qanday bo‘lishini namuna bo'lib ko‘rsatishi kerak.
Ayollar, ona, do‘stlar, kattalar bilan qanday muomala qilishni, turli vaziyatlarda qanday javob berishni, hissiyotlarini qanday ifoda qilishni — bularni o‘g‘il bolaga avvalo otasi o‘rgatadi.

Yangi muhitda o‘zini qanday tutish, jismoniy faollik, kuchli va bardoshli bo‘lish — bular ham otaning zimmadagi saboqlar.

Bu davr — ota bilan o‘g‘il orasidagi rishta asos solinadigan vaqt.
Kelajakdagi munosabatlari qanday bo‘lishi aynan shu davrda shakllanadi.

O‘g‘il bola otasidan qo'llab-quvvatlash, e’tibor, hurmat ko'rishi kerak.
U har qanday holatda otasiga murojaat qila olishini, uning beg'araz yordamidan foydalanishga haqli ekanini his qilishi lozim.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
2025/07/04 04:06:57
Back to Top
HTML Embed Code: