Telegram Web Link
Men tartib-intizomni yaxshi ko'raman-da. Shuning uchun uncha faol bo'lmasa ham kanalimiz qoshida ko'p kichik kanallar ochganmiz. Ma'lumot o'rnida yozib qo'yaman:

@Giyosiddin_Yusuf — kitoblarim haqida
@Giyosiddin_blog — kirill alifbosida
@Giyosiddin_shorts — qisqa videolar

@Hubbunaa_books — kitoblarimdan iqtiboslar
@Yechimhubbuna — savol-javoblar

@Muxlislar_fikri — taqrizlar
Arab tili grammatikasini mukammal o‘rganmoqchimisiz?

Endi bu imkonga ega bo‘lish vaqti keldi!

ZIN-NUR akademiyasida GRAMMATIKA kurslariga qabul boshlandi!

📖 Bu kurs 5 ko'nikmani o'z ichiga olgan:
- Grammatika
- Mutolaa
- Eshitib, tushunish
- Yozish ko'nikmasi
- Og'zaki nutq (muhovara)

To’liq ma’lumot olish uchun havola orqali ro’yxatdan o’ting.

👉 Ro’yxatdan o’tish

📞 78-777-77-17
🕊 @zinnur_akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FARZANDNI BOG‘CHAGA BERISH KERAKMI?

Ota-onalar oldida bir kun kelib: “Farzandni bog‘chaga beraylikmi-yo‘qmi?” degan savol paydo bo‘ladi.

Bog‘chaning eng katta foydasi — bu muloqot.
Yosh bolalar davrasida bo‘lganida bola tengqurlari bilan muloqot qilishni, o‘z fikrini himoya qilishni va boshqalarning fikriga quloq solishni o‘rganadi.
U jamoadagi hayotga ko‘nikadi, mustaqillikka odatlanadi. Ayniqsa, oilada yolg‘iz farzand bo‘lgan bolalar uchun yoki turli sabablar bilan do‘stlari bilan ko‘p vaqt o‘tkaza olmaydigan bolalar uchun bog‘cha juda foydali bo‘ladi.

Ba’zi bolalar bog‘chaga borgandan keyin tez-tez kasal bo‘lib qoladi. Bu holat ko‘pincha organizmning yangi sharoitga moslashayotgani bilan bog‘liq.
Ko‘pchilik o‘ylagandek, bolalar bog‘chada tarbiyachilar e’tiborsizligidan emas, balki tananing moslashuv jarayonidan ko‘proq shamollashadi.

Odatda, bog‘chaga borgan ikkinchi yildan boshlab bola kamroq va yengilroq kasal bo‘ladi. Chunki moslashuv davri ortda qoladi.

#Tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Bolalarni pul jamg‘arishga qanday o‘rgatamiz?

Bolani kichikligidan boshlab pulni faqat sarflash emas, balki jamg‘arish kerakligini tushunadigan qilib tarbiyalash bu uni katta hayotga tayyorlashdir. Buning uchun siz quyidagilarga e’tibor berishingiz mumkin:

💰 Shaxsiy jamg‘arma idishini tanlang. Bola uchun alohida pul yig'ish idishi, bankacha yoki qiziqarli shakldagi jamg‘arma qutisi tanlab bering. Bu – birinchi qadam.

📆 Kichik maqsad belgilang. “Velosiped olish uchun yig‘amiz”, “Yangi o'yinchoq olamiz” degan maqsadlar bolani pul yig'ishga undaydi. Maqsadsiz jamg‘arish bolaga zerikarli tuyuladi.

📥 Doimiy tushum joriy qiling. Har haftalik kichik “cho‘ntak puli” yoki ba’zi vazifalar uchun mukofot tariqasida oz miqdor pul bering. Siz o'zingiz kerakli narsani bittada olib berganingizdan ko'ra shu tarzda o'zi xarid qilgani yaxshiroq.

🧠 Sarflash va jamg‘arish nisbatini tushuntiring. “Birinchi navbatda kerakli narsalaringga sarfla, qolganini jamg‘ar” degan oddiy qoidani asta-sekin tushuntirib boring. Buni yanada aniqroq o'rgatsangiz, yanada yaxshi: tushumning 10 (yoki 20) foizini jamg'arish uchun tashlab qo'y, 10 foizini ehson qil, qolganini o'zingga sarfla kabi.

👨‍👩‍👧 O‘zingiz namunali bo‘ling. Bola sizni kuzatadi. Agar siz har narsani o‘ylab xarid qilsangiz, ortiqcha narsalarga pul sarflamasangiz, bu unga dars bo‘ladi.

🧩 Pul haqida gapirishdan cho‘chimang. Ko‘pchilik ota-onalar pul haqida gapirishni noqulay deb biladi. Ammo bu hayotning bir qismi. Bola pulni faqat so‘rashni emas, uni boshqarishni ham o‘rganishi kerak.

Pul jamg‘arishga o‘rgangan bola sabrli, mas’uliyatli va kelajakka pul bilan muomalaga ongli yondashadigan inson bo‘lib ulg‘ayadi.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Oilaviy muloqot

Ota-onalar va farzandlar orasini yaqinlashtiruvchi muhim amaliy tavsiya

#tarbiya #iqtibos

@GiyosiddinYusuf
Sabrli boʻling

🍃Farzand tarbiyasida ota-onadan talab qilinadigan eng muhim sifatlardan biri sabrli boʻlishdir. Hikmatli soʻzlarda «Agar tuzgan rejang samarasini bir yil koʻrmoqchi boʻlsang, guruch ek. Agar tuzgan rejang samarasini oʻn yil koʻrmoqchi boʻlsang, mevali daraxt ek. Agar tuzgan rejang mevasidan yuz yil bahramand boʻlmoqchi boʻlsang, bolalarga ta’lim ber» deyiladi. Shunday ekan, farzand tarbiyasi sabr qilsa arziydigan ishdir.

🌷Nimalarga sabr qilinadi? Bola gapni olmasligi mumkin, injiqlik va qaysarlik qiladi. Bolalik tabiatidan kelib chiqib qiladigan ishlari sizga yoqmaganda ham sabr qilasiz.
Sabrni kuchingiz yetgancha emas, zarur boʻlganda qilasiz. Bola sizning toqatingiz chegarasini bilmaydi. Uning ongi sizning sabringiz chastotalariga moslashtirilmagan, onasi yoki otasi shu joygacha sabr qila oladi, shu vaqtgacha tarbiyali boʻlishing kerak, ta’limni oʻzlashtirishing kerak degan narsa yoʻq.

🌱Bola gapingizga quloq osmasa ham, aytganingizni oʻrgana olmasa ham jahl qilishga shoshilmang. Sabr­ qiling, mehr bering.

🌷Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bu borada hayotiy misol keltirib aytadilar: «Otamning fe’llaridagi meni hozirgacha katta hayratga solgan xislatlaridan biri shu ediki, bizni yaxshilikka yetaklovchi narsani takror-takror aytishdan erinmas edilar. Oʻsha narsani amalimizga aylantirib olgunimizcha yuz marotaba, lozim boʻlsa ming marotaba takrorlardilar. Ana shu narsalar biz uchun katta bir baxt bo`ldi».

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MILLIY BOOKS | Andijon
Hurmatli kitobsevarlar!
Sizni navbatdagi shanba kuni, 14:00 dan 17:00 gacha kitob do‘konimizda o‘tkaziladigan maxsus tadbirga taklif qilamiz.
✍️ Sevimli muallif, ko‘plab bolalar va ota-onalar mehrini qozongan yozuvchi G‘iyosiddin Yusuf shaxsan tashrif buyuradi va o‘z kitoblariga dastxat qo‘yib beradi!
📚 Uchrashuv davomida quyidagi mashhur kitoblar haqida suhbat va imzo beriladi:
“Go‘zal xulqlar”
“Kundalik odoblar”
“Asal oyi emas, asal hayot”
“Men ham kitob o‘qiyman”
“Ota-onamni yaxshi ko‘raman”
“Arab alifbosi”
“Muzqaymoq”
“Tarbiya-chi?”
“Bolamni yaxshi ko‘raman”
“Sevdirib tarbiyalang”
“Solihalar gulshani”
📍 Manzil: “Milliy Books”, Devanboy masjidi yonida
🗓 Sana: Shanba kuni
🕒 Vaqt: 14:00 – 17:00
🎁 Tadbirda maxsus  bolalar uchun sovg‘alar va muallif bilan suhbat ham bo‘ladi!
📖 Sevimli kitobingizga muallif imzosi tushsin – kelishni unutmang!
Kanalimizning sodiq obunachilari, muntazam kuzatuvchilariga ma'lumki, biz bir necha oydan beri ixtiyoriy xayriya tashkil qilib kelyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga tashakkur. Foydangizga guvohlik beraman, inshaalloh.

Tushgan pullar faqat haqdor oilalarga ro'zg'orlik, dori-darmon, kiyim-kechak kabi kamlar uchun yetkazilmoqda. Bunga shaxsan o'zim mas'ulman.

Ushbu xabarni ko'rgan har bir kishini kamida 10 ming so'm xayriya qilib bo'lsa ham ajr karvoniga qo'shilib qolishni taklif va iltimos qilaman. Sababi haqdorlar bor, oz bo'lsa ham davomiy yaxshilik qilaylik, uzilib qolmasin.

Sarflangan pullar haqida hisobotni quyidagi bot orqali berib boraman, inshaalloh.

Karta raqam: 9860160605493933
TARBIYADA OTA-ONA HAMFIKR BO‘LSIN

Farzand tarbiyasida eng katta kuch — bu ota-onaning bir yoqadan bosh chiqarib ish tutishidir. Afsuski, ko‘p oilalarda ota boshqacha, ona boshqacha yo'l tutadi. Natijada bola kimning so‘zi o‘tishini sinab ko‘rishga odatlanadi. Bu esa nafaqat tarbiyani, balki oilaning ichki muvozanatini ham izdan chiqaradi.

Tarbiya — bu “men haqman” degan tortishuv emas, biz birga mas’ulmiz degan tushuncha asosida bo‘lishi kerak. Agar ota “yo‘q” degan narsaga ona “mayli, olaver” desa, bola chegarani emas, imkonni ko‘radi. Yoki aksincha: ona qattiqqo‘l bo‘lsa, ota bolani erkatoyga aylantirsa, bu mehr emas, tarbiyaning kushandasi bo‘ladi.

Ota-ona nima qilish kerak?

— Qarorlarni birga qabul qilishsin, ayniqsa, farzand ko‘z o‘ngida.
— Farzandni juftiga qarshi “qurol” qilmasin: “Otang o'zi xotinboz”, “Onangdan yashirib qo‘ya qolamiz” kabi iboralar ishonchni yemiradi.
— Tarbiyaviy yondashuvda oldindan kelishib olishsin: qanday xatti-harakatlarga qanday munosabat bildiriladi — bu aniq bo‘lishi kerak.
— Har ikki taraf bir-birining qarorini bolaga nisbatan haddan ortiq tahlil qilmasin. Bola buni o‘z foydasiga ishlatishni o‘rganadi.

Unutmang, bolaga har bir aytganingizdan ko'ra, ittifoq qilganingiz ta'sirliroq bo'ladi. Sizningcha, tarbiyada ota-ona nimalarga kelishib olishlari kerak? Fikrlaringizni izohlarda yozing.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
Forwarded from Zumar kitoblar do‘koni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
#kun_xulosasi

Oila qurish uchun bo‘lajak kuyov bilan uchrashuvga chiqar ekansiz, albatta, uning o‘qiydigan kitoblari, atrofidagi kishilar, ustozlari haqida so‘rang. Chunki bular kishining qanday ekanini ko‘rsatib beruvchi muhim uch omil.

📚 “Asal oyi emas, asal hayot” kitobidan

@qamarbooks
BOLANI TANQID, MAZAX QILISH

Farzand tarbiyasida eng og‘riqli, ammo eng ko‘p uchraydigan xatolar biri — bolani ayovsiz tanqid qilish. Kattalar ko‘pincha bee'tibor holda bolani qoralovchi gaplar aytishadi: “Shunaqayam qilinadimi?”, “Sen ham bir gapirding-da a?”, “Qachon odam bo‘lasan o‘zi?” Bu so‘zlar bolani qattiq ranjitadi, ich-ichidan yemiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘q qiladi.

Bola tarbiyasidagi eng yaxshi usul uni behuda urishmaslikdir. Bu bilan uni qanchalar yaxshi ko'rishimiz, biz uchun qadrli ekani, uning ham hurmati borligi namoyon bo'ladi. Har bir bola, hatto xato qilgan paytida ham “Men oilam uchun qadrliman, meni baribir yaxshi ko‘rishadi” degan ishonchda bo'lishi kerak.

Pozitiv tarbiyaning ildizi — tanqiddan tiyilish, mehr bilan yo‘l ko‘rsatish. Bolaning ustidan kulmang, uni boshqa bolalar bilan solishtirmang, xushomad aralash haqoratlar aytmang. “Shunaqa ahmoq bolani faqat men tug‘ganman!” kabi jumlalar hazil bo‘lib eshitilsa-da, bolaning qalbiga og'ir botadi.

Bolangizni kichik xato va kamchiliklari uchun koyimang. Bu faqat muvozanatli, mehribon, sabrli ota-onalarning qo‘lidan keladi. Uni “Shirin bolam”, “jonim qizim”, “asalim” kabi lafzlar deb erkalang. Har kuni bir necha bor bag'ringizga bosing.

Farzandingizga oxirgi marta qachon mehringizni izhor qildingiz?

#Tarbiya

@GiyosiddinYusuf
#Qisqa_xabarlar:

• Kecha Andijon shahrining "Milliy books" kitob do'konida dastxat kuni bo'lib o'tdi.

• Men Qirg'izistonning Qora suv shahridaman. Bugundan "Hafiza ona" islom institutida o'qishlarimiz boshlandi.

• Tez kunda "Sevdirib tarbiyalang" kitobim bo'yicha tanlov o'tkazish niyatidaman. Kitobni diqqat bilan o'qib turing.

• Kuz faslida kamina xodimingizning bir necha betakror kitoblari nashr qilinishi kutilyapti: "Siz ham bola bo'lganmisiz?", "Lider bola", "Bola va pul" shular jumlasidan.

#ijod

@GiyosiddinYusuf
Qirg‘izistonning Qorasuv shahridagi "Hafiza ona" islom institutida yozgi o‘qishlar boshlandi. Bugun arab tili, hadis va meros fanlaridan jami besh soat dars o‘tildi. Ayniqsa, oxirgi ikki soat meros darsidan keyin ko‘pchiligimiz boshimizni changallab qoldik.

Meros fani ustozimiz darsni tushuntirish uchun "Men o‘lsam..." deb misol keltirsalar, darsga kirib turgan boshqa bir ustozimiz:
— Ustoz, siz o‘lmang, — deb qoldilar...

Ustozlarimizning umrlari uzoq bo‘lsin! Alloh salomat qilsin!

#Ustoz #hayotiy

@GiyosiddinYusuf
🏷️UXLASH JAZOMI?

— Ukang bilan urishayapsanmi? Unda bor, uxla!

Bu gap qanchalik g‘alati eshitilmasin, ko‘p ota-onalar aynan shunday deb, sho‘x bolani tinchlantirmoqchi bo‘lishadi.

Bu paytda bolakayning istagi, kayfiyati, qalbi — hech kimni qiziqtirmaydi.
U go‘yoki “jazoga tortilgan”. Jazosi nima? Uxlab qolish.

Lekin bunday yondashuvning oqibatlari haqida ko‘pchilik o‘ylamaydi.
Aslida esa bu bolaning uyqu rejimini buzadigan, ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladigan xatodir.

Chunki bolaning miyasi bu holatni shunday qabul qiladi:
“Demak, uxlatish — jazolash. Uxlaymanmi — demak, yomonman”.
Natijada u uyqudan qochadi, xotirjam uxlay olmaydi, stressga tushadi.
Ertalab esa charchagan, lohas, injiq holatda uyg‘onadi.

Eng yomoni, ota-onalar bu holatga o‘zlari sababchi bo‘lganini hatto payqamaydi.
Keyin esa “Nega uxlamayapti?”, “Nega har kecha yig‘laydi?” deb mutaxassis izlab yurishadi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
OTA VA O‘G‘IL

Bolaning hayotida olti yoshdan o‘smirlik davrigacha — taxminan o‘n to‘rt yoshgacha — uning e’tibori jamiyatga moslashish, tana rivoji va jinsiy o‘zligini anglash tomon buriladi.

Tug‘ilgandagi ona bilan bo‘lgan yaqin rishta asta-sekin orqaga chekinadi.

Endi birinchi o‘ringa ota tarbiyasi chiqadi.

Aynan ota o‘g‘liga erkak kishining qanday bo‘lishini namuna bo'lib ko‘rsatishi kerak.
Ayollar, ona, do‘stlar, kattalar bilan qanday muomala qilishni, turli vaziyatlarda qanday javob berishni, hissiyotlarini qanday ifoda qilishni — bularni o‘g‘il bolaga avvalo otasi o‘rgatadi.

Yangi muhitda o‘zini qanday tutish, jismoniy faollik, kuchli va bardoshli bo‘lish — bular ham otaning zimmadagi saboqlar.

Bu davr — ota bilan o‘g‘il orasidagi rishta asos solinadigan vaqt.
Kelajakdagi munosabatlari qanday bo‘lishi aynan shu davrda shakllanadi.

O‘g‘il bola otasidan qo'llab-quvvatlash, e’tibor, hurmat ko'rishi kerak.
U har qanday holatda otasiga murojaat qila olishini, uning beg'araz yordamidan foydalanishga haqli ekanini his qilishi lozim.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
Bir xillikdan qoching

Bolalaringizga tarbiya berishda turli vositalardan foydalaning: ba’zan kitob o‘qib bering, ba’zan tarbiyaviy multfilm qo‘yib bering, ba’zan o‘zingiz og‘zaki o‘rgating. Shuningdek, orada ular bilan o‘ynash, sayrga chiqishni ham tashkillashtirib turing. Bu bilan ularning dam olishiga imkon bergan, sizga bo‘lgan muhabbati va ixlosining ziyoda bo‘lishiga erishasiz. Eng asosiysi o‘rnak bo‘lish ekanini unutmang.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
OTA DOIMO ISHDA

Ba’zida shunday holat bo‘ladi: ota doimo ishda. Uyga kech qaytadi, qizchasining sevimli o‘yinchog‘ini qo‘liga oladi-yu… atigi uch daqiqadan so‘ng o‘sha o‘yinchoq qo‘lida uxlab qoladi.

Ertalab esa, albatta, tokchada pul qoldiradi — sevimli rafiqasi va qizchasi uchun eng zo‘r narsalarga yetadigan qilib.

Bir tomondan, u moddiy majburiyatini bajarmoqda. Qiz otasini ro‘zg‘or tebratuvchi, onasini esa uy bekasi sifatida ko‘radi. Oilaviy rol bo‘linmalari aniq.

Ammo boshqa tomondan… bu oilada mehr, iliqlik, suhbatga joy qolmaydi.

Shuning uchun bu oilada ulg‘aygan qizlar ko‘pincha boylik topib bera oladigan, lekin mehr bera olmaydigan erkaklarga turmushga chiqishadi. Chunki shunday model ularning ongi va qalbiga singib ulgurgan bo‘ladi.

Onalarga tavsiya: turmush o'rtog'ingiz bilan ochiq va sokin tarzda gaplashing. Qizingiz uchun dadasining ovozi, e’tibori, suhbati juda muhim ekanini ayting. Hech bo‘lmasa, har kuni 15–20 daqiqa telefon orqali gaplashish imkonini topishsin.

Yaxshisi, haftada hech bo‘lmasa bir kun — to‘liq oila uchun ajratilgan, boshqa hech qanday ishga aralashmagan “dadalik kuni” belgilab qo‘ying. Bu qizingizga eng kerakli tuyg‘uni — otalik mehrini beradi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
2025/07/04 17:22:32
Back to Top
HTML Embed Code: