🌎 Dunyoda hamon urushlar davom etmoqda.
📍 Eron va Isroil o‘rtasida nizo avjida. AQSh kuch ishlatishga tayyor. Dunyoni yana qorong‘u kunlar kutayotgandek...
Ammo bu yangilik emas. Bu – insoniyat takrorlayotgan xatolarining yana bir sahnasi, yana bir davomi.
📘 2500 yil avval yozilgan bir kitob bor – u hanuz dolzarb:
“Urush san’ati” – Sun Zi
Bu kitob:
⚔️ qurol haqida emas – aql bilan g‘alaba qozonish haqida,
🧠 jang maydoni haqida emas – fikrlash maydonida ustun bo‘lish haqida,
🎯 dushman bilan emas – o‘zing bilan kurash haqida.
Bugungi rahbarlar, diplomatlar, hatto zamonaviy investorlar bu kitobni o‘qiydi. Chunki u urushni tushuntirmaydi – urushni tushunishga majbur qiladi.
Tarjimon: Anora Alimqulova
Hajmi: 96 bet
Narxi: 30.000 so'm
🚛 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
📌 Manzil: Guliston shahar, Alisher Navoiy xiyoboni. Oynaband do'kon.
👨💻 Buyurtma: @goldenbooks_admin
📞 Telefon: +998994759755
📚 @goldenbooks_uz — Biz baxt ulashamiz!
📍 Eron va Isroil o‘rtasida nizo avjida. AQSh kuch ishlatishga tayyor. Dunyoni yana qorong‘u kunlar kutayotgandek...
Ammo bu yangilik emas. Bu – insoniyat takrorlayotgan xatolarining yana bir sahnasi, yana bir davomi.
📘 2500 yil avval yozilgan bir kitob bor – u hanuz dolzarb:
“Urush san’ati” – Sun Zi
Bu kitob:
Bugungi rahbarlar, diplomatlar, hatto zamonaviy investorlar bu kitobni o‘qiydi. Chunki u urushni tushuntirmaydi – urushni tushunishga majbur qiladi.
Tarjimon: Anora Alimqulova
Hajmi: 96 bet
Narxi: 30.000 so'm
🚛 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
🎉 Bugun oilamizning eng erkasi, ishboshqaruvchimiz Shahbozning tavallud ayyomi!
😊 Kun munosabati bilan Shahbozga uzoq va barakali umr tilaymiz. Birgalikda katta muvaffaqiyatlarga erishish barobarida minglab insonlarga foydasi tegadigan inson bo'lishlarini nasib etsin.
🥇 Bugun Shahboz tug'ilgan kun bilan birgalikda universitetda diplom himoyasini a'loga bahoga topshirib o'qishni tamomladi va Turk tilidan sertifikat olish ostonasida.
👏 Agar Gulistondagi do'konimizga kamida 3 martta kelgan bo'lsangiz, albatta Shahbozdan xarid qilgan bo'lishingiz mumkin. Bir necha yillar-ki, har bir kitobxon mijozlarga mos yondashuv bilan va muomila bilan xizmat ko'rsatishga harakat qilib yordam berib kelmoqda.
🎂 Shahboz uchun tabriklarni shu post ostida qoldirishingiz mumkin.
📚 @goldenbooks_uz — Biz baxt ulashamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
200 xil yangi bookmark keldi!
Endi sahifani buklashga hojat yo‘q! Chiroyli, kreativ va qulay bookmarklar bilan o‘qish jarayoni yanada zavqli bo‘ladi.
— Sahifalarni buzilmasdan belgilash
— O‘qishda tartib va zavq yaratish
— Estetik ko‘rinish va ilhom
Har xil dizayn, rang va uslubda — siz yoqtirganingiz albatta topiladi!
Narxi: 5.000 so'mdan
🚛 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
@goldenbooks_ uz — Biz baxt ulashamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from The Stranger
Mark Levi – "Ikki olam aro"
Tunov kuni kitob do'konini aylanib yurganimda shu kitobni ko'rib qoldim. Notanish muallif, notanish asar, shunday bo'lsa-da, go'yoki qadrli bir nimamni topib olganday quvondim negadir. Bu kitobni albatta o'qib chiqishim kerakligini his qildim. Ha, ichki sezgi odamni aldamaydi.
Bolaligimda bir film ko'rgandim. Yigit yangi uyga ko'chib kelganida ruh bilan to'qnashadi. Uyning sobiq sohibasi anchadan beri komada yotar, uning ruhi esa uyda kezib yurardi. O'sha kino shu kitobga asoslanganini endigina bildim.
Kitoblarni turfa jihatlariga ko'ra har xil kategoriyalarga bo'lishadi. O'ylab-o'ylab, mazkur kitobni yoqimli asarlar sirasiga kiritdim. Tajribali kitobxonlar bunday asarlarni yengilroq deb hisoblashi bor gap, ammo soddalik doim ham sayozlikni anglatmaydi. Kitobdagi hech bir so'z sizni zo'riqtirmasligi, butun voqelik ko'nglingizga yaqin tuyulishi yozuvchining mahoratidan darak beradi.
Kitob nihoyatda oson o'qiladi, shuning bilan birga, unda hayotimizdagi eng muhim masalalar tilga olinadi: Ruh va tana orasida qanday bog'liqlik bor? Chin sevgi bu ruhiy uyg'unlikmi? Hayot va o'lim chegarasi qayerdan boshlanadi? Sevgisiz, mehrsiz hayot yashashga arziydimi?
Muallif shunchaki sevgini emas, mazmunli hayotni, insonlar orasidagi mehrni, do'stlikni, birdamlikni ulug'laydi. Uni o'qigach kishining go'zal hislarni boshdan kechirgisi, go'zal umr kechirgisi keladi. Zero hayot yaqinlarimiz, ularga bo'lgan sevgimiz, ularning bizga bo'lgan sevgisi bilan go'zal, mazmunli.
Mark Levi asarning yozilish tarixi haqida shunday deydi: "Bu asarni yozishimga onam ilhom bag'ishladi. U og'ir kasallikka chalingan va hayot bilan o'lim orasidagi noaniq holatda yashayotgan paytda men uni ruhlantiradigan, yashashga ishonch baxsh etadigan asar yozish haqida ko'p o'yladim. Bu asar aslida sevgi haqida emas – u insoniy tuyg'ular, umid va ishonch haqida. Men odamlar hatto ko'rinmaydigan olamda ham bir-birlarini his qilishlari mumkinligini ko'rsatmoqchi edim".
@salimov_blogi