Telegram Web Link
GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Saudiya Arabistonidagi nufuzli universitetlarda bakalavr, magistratura va PhD bosqichini o'qish imkonini beruvchi grant dasturi Talablar — Dasturda barcha xalqaro talabalar qatnashishi mumkin; — Nomzod arabshunoslik va bakalavriat uchun 17 yoshdan 25 yoshgacha…
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩

🎓 GrantGO loyihasi sizlar uchun navbatdagi mentorlik kursi — Saudiya Arabistonida barcha (bakalavr, magistr va PhD) bosqichlarda o'qish imkonini beruvchi Kingdom of Saudi Arabia grant dasturi uchun ushbu grant g'olibi ishtirokida mentorlik kursi taqdim etadi.

Kurs tarkibi
➡️ King Saudi Arabia granti talablari, foydali jihatlari va tanlov kriteriyalari
➡️ Saudiya Arabistonida o'qishning siz bilgan va bilmagan jihatlari
➡️ Yuqoridagi grantda g'olib bo'lish uchun kerakli jihatlar
➡️ Grant uchun kerakli hujjatlarni bosqichma-bosqich tayyorlash
➡️ O'z potensialingizni g'olib bo'luvchi tavsiyanoma va motivatsion xatlar orqali yetkazib berish
➡️ Grant dasturining boshqa bosqichlari bo'yicha tayyorgarlik
➡️ G'oliblikdan keyingi jarayonlar va Saudiyadagi hayot

Kurs mentori — Suhrobbek Xoldorov
🏆 King Saudi Arabia granti (2022) g'olibi
🇸🇦 King Abdulaziz Universiteti (Jidda) talabasi
👨‍🏫 SAT, IELTS va Mnemonika bo'yicha tajribali ustoz

Qo'shimcha ma'lumotlar
🗓 Onlayn darslar 1-iyundan boshlanadi
👥 24-may kuni @grantgouz kanalida ovozli chat tashkil qilinadi

Grant Hamjamiyati

💬 @King_Saudi_Community

Grant bo'yicha ovozli chat
😎 https://www.youtube.com/watch?v=AMcWAKUndGM

Kursga yozilish uchun quyidagi formani to'ldiring
💬 https://forms.gle/aywhy8dQ37shfrLp6

Savol va murojaatlar uchun
@grantgo_mentor

Kurs uchun 10-iyungacha chegirmalar mavjud.

#mentorlik #magistratura #bakalavr #PhD #Saudiya_Arabistoni

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Global Schools Program — butun dunyo faol oʻqituvchilari uchun bir oylik onlayn trening dasturi. Ishtirok etish bepul.
👉 https://grantgo.uz/go/93547


5 kun qoldi:
1. "Yoshlar ovozi" gazetasidan umumiy sovrin jamgʻarmasi 60 million soʻmlik ijodiy ishlar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/46297

2. Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun Ruminiyaning Buxarest shahrida 2 haftalik yozgi maktab
👉 https://grantgo.uz/go/60644

3. “Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi. Asosiy sovrinlar– Iphone 15 pro max, HP Notebook, Galaxy Tab S9.
👉 https://grantgo.uz/go/70695


10 kun qoldi:
1. AQShda magistratura bosqichini xarajatlari toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — Fulbright Foreign Student Program xalqaro grant tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/48498

Telegram | YouTube | Mentorlik
18-35 yosh oraligʻidagilar uchun xalqaro insholar tanlovi — Peter Drucker Challenge. Bosh sovrin: €2000 va Avstriyaga sayohat!

Talablar
— Tanlovda millati, irqi va jinsidan qat'i nazar, 18-35 yosh oralig'idagi barcha qatnashishi mumkin.

Tanlovda ikki toifa bo'yicha qatnashish mumkin:

— Talaba (kunduzgi yoki sirtqi ta'limda o'qiyotgan bakalavr, magistr, MBA, PhD talabalari uchun);
— Professional (qolgan barcha toifadagilar uchun).

Foydali tomonlari
— 1 - o'rin: €2000;
— 2 - o'rin: €1,200;
— 3 - o'rin: €1.000;

Shuningdek, top 10 talikka kiritilgan barcha nomzodlar uchun qoʻshimcha mukofot sifatida 16-Global Peter Drucker forumi uchun bepul shaxsiy chipta, Harvard Business Review jurnaliga bir yillik obuna, sertifikat; original insho uchun Special Award mukofoti va b. sovrinlar ta'sis etilgan.

Oxirgi muddat
31.05.2024 19:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/23628

#tanlovlar #mukofot #Avstriya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Germaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri University of Manheimda bakalavr va magistratura bosqichida o'qish uchun Deutschlandstipendium stipendiyasi

Talablar
— Nomzodlar Mannheim Universitetining bakalavr yoki magistratura yo'nalishlaridan biriga hujjat topshirib qabul qilingan bo'lishlari kerak;
— Magistratura uchun bakalavriatni tamomlagan bo’lish;
— Bakalavriat granti uchun o'rta maxsus ta'lim bosqichini hamda bakalavrning 1-kursini tamomlagan bo'lish.

Foydali tomonlari
— Oyiga 300 yevrolik stipendiya bilan ta'minlanadilar;
— Dastur homiylari va talabalar o'rtasida a'loqa o'rnatiladi, bu stajirovka o'tash, foydali tadbirlarga, malaka oshirish bo'yicha turli dasturlarga qatnashish imkoniyatini beradi.

Oxirgi muddat
31.05.2024

Eslatma: bakalavriat dasturi uchun ariza topshirish 1-iyundan boshlanadi!

Batafsil
https://grantgo.uz/go/14527

#grantlar_va_stipendiyalar #stipendiya #Germaniya


Telegram | YouTube | Mentorlik
Turkiyaning Bilkent universitetida bakalavr bosqichini istalgan soha bo'yicha o'qish uchun 100% gacha grantlar

Talablar
— Dasturda Turkiya fuqarosi bo'lmagan barcha nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuning uchun ham nomzodlardan IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT-87 sertifikati talab qilinadi.

Foydali tomonlari
— 20% dan 100% gacha kontrakt puli qoplab beriladi;
— Kontrakt puli 100% qoplab beriladigan, ya'ni to'liq grantni qo'lga kiritgan nomzodlarga yotoqxona xarajatlari uchun ham grant ajratilishi mumkin.

Oxirgi muddat
12.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22388

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Havaskor va professional fotograflar uchun Global Peace Photo Award fototanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — €11,000 va Avstriyaga bepul sayohat!
👉 https://grantgo.uz/go/66084

Telegram | YouTube | Mentorlik
ServiceScape insholar tanlovi — 300 so'zdan iborat insho yozib o'qish xarajatlari uchun $1000 pul mukofoti yutish imkoni

Talablar
— Rasmiy ro'yxatdan o'tgan maktab, kollej yoki universitetda o'qiyotgan bo'lishi;
— Kamida 18 yosh bo'lishi kerak;
— Insho 300 so'zdan ko'p bo'lmasligi va ingliz tilida yozilishi kerak.

Foydali tomonlari
— Tanlovga qatnashish hech qanday mablag' talab qilmaydi;
— $1000 pul mukofoti;
— G'olibning ismi, fotosurati, yozgan inshosi ServiceScape saytida namoyish etiladi.

Oxirgi muddat
30.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/74345

Telegram | YouTube | Mentorlik
Dunyoning TOP universiteti — Stanford universitetida magistratura va PhD bosqichlarini o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Knight-Hennessy Scholars granti

Talablar
— Yoshi, ta'lim sohasi va karyerasidan qat'i nazar, barcha mamlakatlar fuqarolari va rezidentlari ariza berishi mumkin;
— TOEFL iBT topshiriladi: PhD uchun minimum 100 ball; magistratura uchun minimum 100/89 ball.

Foydali tomonlari
— 3 yillik grant: o'qish va tegishli to'lovlar qoplanadi; yashash va akademik xarajatlar uchun stipendiya beriladi; bir yillik chipta xarajatlari uchun mablag' ajratiladi (ekonom klassda); yangi kelganlarga bir martalik stipendiya beriladi.

Eslatma: grant uchun ariza topshirish 2024-yil 1-iyunda ochiladi.

Oxirgi muddat
10.10.2024 01:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/72050

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavr va Magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi COPERNICUS almashinuv dasturi

Talablar
— Ariza topshiruvchilarning yo'nalishi Gamburg universitetida mavjud yo'nalishlarga mos kelishi kerak;
— Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichida kamida bir semestr o'qigan bo'lishi va 18 yoshdan kichik bo'lmasligi shart;
— Nemis tilini birish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lish talab etiladi (Eng kamida B2) va b.

Foydali tomonlari
— 310 yevro oylik stipendiya;
— Yashash uchun mahalliy xonadon (oila) yoki yotoqxona bilan ta'minlanadilar;
— Ovqatlanish, tibbiy sug'urta, ro'yxatdan o'tish, mahalliy transport, shuningdek, borish-kelish chiptasi va viza xarajatlari qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
01.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/16558

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Talabalar uchun ruhiy salomatlik haqida qayg'urishning eng yaxshi 10 ta usuli

Past baholar, TOP universitetlardan rad javobini olish, oxiri yo'q vazifalar-u imtihonlar...


Talabalik o'ziga yarasha qiyinchiliklarga boy davr. O'qish-o'rganish talabadan yetarlicha ko'p vaqt talab qilishi tufayli ruhiy salomatlikka ham ta'sirini o'tkazmay qo'ymaydi. Bugungi maqolamizda ruhiy salomatlikka salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardan osonlik bilan qutulish yo'llari haqida gaplashamiz.

🔗 Maqolani o'qish

#blog

Siz stressdan qanday qutulasiz, talaba do'stim? Tajribangizni izohlarda bo'lishing!

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. "Yoshlar ovozi" gazetasidan umumiy sovrin jamgʻarmasi 60 million soʻmlik ijodiy ishlar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/46297

2. Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun Ruminiyaning Buxarest shahrida 2 haftalik yozgi maktab
👉 https://grantgo.uz/go/60644

3. “Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi. Asosiy sovrinlar– Iphone 15 pro max, HP Notebook, Galaxy Tab S9.
👉 https://grantgo.uz/go/70695


10 kun qoldi:
1. Ayol-qizlar uchun Buyuk Britaniyada tibbiyot sohasida grant asosida magistraturada oʻqish imkoniyati —The Eira Francis Davies Scholarship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/93833

Telegram | YouTube | Mentorlik
16 yoshgacha bo'lgan yosh rassomlar uchun Sketch for Survival Junior — 2024 tanlovi

Talablar
Dunyoning istalgan mamlakatidan 16 yoshgacha bo'lgan barcha yosh rassomlar yovvoyi tabiat va yo'qolib borayotgan hayvonlar mavzusidagi rasmlari bilan qatnashishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Tanlovda bepul ishtirok etish mumkin;
— Har bir yosh toifasi bo'yicha g'oliblar "Sketch for Survival Junior Artist of the Year" mukofoti bilan taqdirlanadi;
— Tanlovda ishtirok etganlik haqida maxsus sertifikat beriladi.

Oxirgi muddat
30.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/80125

#tanlovlar #mukofot #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Ayol-qizlar uchun Ozarbayjonning Xazar universitetidan magistratura va doktorantura bosqichlariga grant

Talablar
— Yuqori akademik ko'rsatkich;
— Magistratura yoki doktorantura bosqichida o'qish uchun hujjat topshirish
— Ingliz tilini bilish kerak.

Foydali tomonlari
— Yillik kontrakt to'lovdan ozod etiladi;
— Borish-kelish xarajatlari qoplab beriladi;
— Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan ta'minlanadi

Oxirgi muddat
01.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/17216

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Ozarbayjon

Telegram | YouTube | Mentorlik
Talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun Armanistonda xarajatlari to'liq qoplanadigan yozgi maktab — YES Summer School

Talablar
— Dasturda magistratura va PhD talabalari, karyerasining dastlabki bosqichidagi yosh tadqiqotchi hamda professorlar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar iqtisod va moliya yo'nalishida tadqiqot olib borayotgan bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat so'ralmaydi).

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Turarjoy, ovqatlanish va mahalliy transport bilan ta’minlanadi;
— Armanistonga safar xarajatlari uchun grant beriladi (cheklangan miqdorda).

Oxirgi muddat
31.05.2024 01:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/38863

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Armaniston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Havaskor va professional fotograflar uchun Global Peace Photo Award fototanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — €11,000 va Avstriyaga bepul sayohat!
👉 https://grantgo.uz/go/66084


10 kun qoldi:
1. 18-35 yosh oraligʻidagi yoshlar uchun Shveysariyaning Jeneva shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro forum — IUCN Leaders Forumi
👉 https://grantgo.uz/go/63307

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yоshidan qatʼi nazar barcha uchun insholar tanlovi — Biopage Storytelling Writing Contest

Talablar
— Tanlovda millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar barcha yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Insholar ingliz tilida yozilgan bo'lishi lozim;
— Ijodiy ishlar hajmi 5000 belgidan (taxminan 1000 so'zdan) oshmasligi kerak.

Foydali tomonlari
— Tanlov g'оlibi $300 pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
— Yana 5 ta eng yaxshi insholar uchun $100 dan pul mukofoti beriladi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/57351

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavr yoki qo'shma bakalavr va magistratura bosqichini Slovakiyada o'qish uchun grant dasturi. Stipendiya miqdori — €12,000!

Talablar
— Dasturda Slovakiyadan boshqa barcha davlat fuqarolar qatnashishi mumkin (O'zbekiston ro'yxatda bor);
— SAT testidan kamida 1050 ball olish talab qilinadi;
— 2019-yil 1-yanvardan boshlab ariza topshirilgunga qadar Slovakiyada doimiy yoki vaqtinchalik yashamagan bo'lishi lozim (akademik almashinuvlar, til kurslari uchun vaqtinchalik yashash bundan mustasno);
Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi)

Foydali tomonlari
— Dasturga qabul qilingan nomzodlar o'qish to'lovlaridan ozod etiladi;
— Davlat tomonidan tibbiy sug'urta qilinadi;
— Oyiga 400 yevro stipendiya beriladi (jami 12,000 yevro).

Oxirgi muddat
01.07.2024 03:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/15187

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Slovakiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Vikipediyada maqola yaratish bo'yicha Viki-bahor — 2024 xalqaro tanlovi

Talablar
— Tanlovda o'zbek tilida maqola yaratish va mavjud maqolalarni tahrirlash qobiliyatiga ega bo'lgan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin;
— Turli tillardagi ma'lumotni tarjima qilish mumkin.

Foydali tomonlari
— CEE Women, CEE Youth va CEE for Human Rights mavzularida maqola yaratgan eng yaxshi o'nta ishtirokchi maxsus mukofot va sertifikat bilan taqdirlanadi;
— O'zbekiston haqida kontent yaratilishiga hissa qo'shish imkoniyati.

Oxirgi muddat
31.05.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/33174

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷 KOREYSLARNING o'zi sizni Koreyaga o'qishga jo'natadi !

🛫 KOREYAGA BIZ BILAN OSON

✔️ 100 % GRANT YUTISH
✔️ BEPUL YOTOQXONA
✔️ ARZON KONTRAKTLI O'QISHLAR haqida ma'lumotlar kerak bo'lsa bizga murojaat qiling

🍂 Kuzgi Qabullar Boshlandi. 🔤🔤🔤🔤🔤 sizni kutmoqda.

👨‍🎓Bakalavr & Magistratura

👨‍🎓Kasbiy Talim
( ko'proq ishlash imkoniyati )

Talablar : IELTS 5.5 yoki TOPIK 2

💰Firma to'lovini natijadan so'ng to'laysiz.
🔥Oldin natija keyin to'lov

📞 Murojaat uchun:
(95)020-97-99 | 📩 Yozish  
(95)020-98-99 | 📩 Yozish

💬Telegram|📹 Instagram|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👥 GrantGO'da atamalar

💬 Bavarian formula

Bavariya formulasi – baholarni xorijiy universitet tizimlaridan nemis baholash tizimiga oʻtkazishda ishlatiladigan usul.

🎓 Bu, ayniqsa, Germaniyada o‘qishni xohlovchi va o‘z akademik maʼlumotlarini nemis baholash shkalasiga moslashtirishi kerak bo‘lgan xalqaro talabalar uchun foydalidir. Baʼzida nemis tili ekvivalenti talab qilinadigan ishga joylashishda ham soʻraladi.

🔽Formula quyidagicha:

x=1+3 (Nmax-Nd)/(Nmax-Nmin)

➡️ x = sizga zarur konvertatsiya darajasi (nemis tizimiga oʻtkazilgan baho)
➡️ Nmax = eng yuqori, yaʻni olinishi mumkin maksimal baho
➡️ Nmin = eng past o'tish bahosi
➡️ Nd = erishilgan baho

Misol uchun:

Universitetingizdagi eng yuqori baho max=16, imtihondan o‘tish uchun eng past baho min=10. Imtihonda erishilgan baho Nd=13. Konvertatsiyadan so‘ng baho 2,5 ni tashkil qiladi.

Buni tez va oson hisoblash uchun onlayn kalkulyatordan foydalanishingiz ham mumkin.

#atamalar

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/16 11:16:24
Back to Top
HTML Embed Code: