Telegram Web Link
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1432 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 781 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 1-iyundan 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
👍345
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Joriy qabul muddati:
- 2025-yil 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍21🔥127
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 500 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2025-yil 15-apreldan 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
12👍11🔥4
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti odatda har yili jami 400-420 nafar talabani (300 nafar magistr, 100-120 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 5.5 yoki TOEFL iBT 72 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (450-840 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2025-yil 7-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2025-yil 1-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍469
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2025-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
👍2510🔥3
Kanada: dunyoning 30-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3500 dollargacha grant

Arizalar 2025-yil iyun oyi boshidan 20-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2026-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍4714🔥6
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2025-yil 30-aprel, soat 19:00.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

@grantlar
👍31🔥1310
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍233
Charles University: Chexiyada bakalavriat va magistraturani oʻqish uchun toʻliq grantlar!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 246) kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlarida (ingliz tilida) oʻqishni xohlovchilarga CSTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/chexiya-magistratura-va-bakalavriat-uchun-grant-dasturi/

@grantlar
👍371🔥1
Ispaniyada talabalar uchun 8 haftalik yozgi tadqiqot dasturi

Dasturda biotibbiyot va hayot haqidagi fanlar (Life Sciences) bo‘yicha tahsil olayotgan yuqori kurs talabalari qatnashishi mumkin. Qabul qilinganlar 2025-yil 23-iyundan 14-avgustgacha CNIO laboratoriyalarida tajriba orttiradi (ingliz tilida).

Moddiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul.
– Madridga borish va qaytish uchun chipta xarajatlari qoplanadi.
– Bepul nonushta va tushlik bilan ta’minlanadi.
– Favqulodda holatlar boʻyicha sug’urta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ispaniyada-talabalar-uchun-8-haftalik-yozgi-tadqiqot/

@grantlar
👍20🔥112
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍3110
Barcha bosqich talabalari, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilariga Latviyadagi yozgi maktablar uchun grantlar!

Latviya hukumati 2025-yilning yozida Latviyada oʻtkaziladigan 6 ta yozgi maktab uchun grantlar taqdim etmoqda. Maktablar ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Grant yutib olganlarga 1000 yevro mablagʻ ajratiladi va bu mablagʻ quyidagilarni toʻliq qoplaydi:
– Maktabga qatnashish haqi
– Turar joy
– Oziq-ovqat
– Seminar va maʼruzalar
– Ekskuriyalar
– Va boshqa madaniy tadbirlar

Arizalar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/talabalar-va-otm-xodimlariga-latviyada-yozgi-kurslar-uchun-711-yevro-grant/

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimizning hujjatlari

@grantlar
👍323🔥1
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍3615🔥2
Goi tinchlik fondi insholar tanlovi tugatildi

Goi tinchlik fondi 25 yil davomida har yili oʻtkazib kelingan insholar tanlovi tugatilganini eʼlon qildi.

Mazkur tanlov butun dunyodagi 25 yoshgacha boʻlgan nomzodlar uchun moʻljallangan edi. Tanlov gʻoliblari pul mukofotlari va diplomlar bilan taqdirlangan.

Mazkur tanlovda oʻzbekistonlik yoshlar ham faol qatnashib kelgan va turli sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Jumladan, oxirgi tanlovda (2024-yil) Yoshlar kategoriyasi boʻyicha Grantlar.uz loyihasi aʼzosi Adhamjon Jannobiddinov 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Adhamjonning gʻolib inshosini BU YERDA oʻqishingiz mumkin.

Shunday qilib, afsuski, oʻzbek yoshlari ham har yili qatnashishi mumin boʻlgan insholar tanlovlari soni bittaga kamaydi.

@grantlar
👍349🔥1
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Data Science
– Media and Human-Centered Computing
– Software Engineering and Internet Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 7000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍28🔥41
Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1700 dollargacha yutib oling!

Tanlovda koreys tilini biluvchi koreyalik boʻlmagan barcha xorijlik nomzodlar va xorijda yashayotgan koreyslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlardan berilgan mavzulardan biri boʻyicha koreys tilida nutq soʻzlab, uni videoga olish va uni YouTubeʼga joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
Jami sovrinli oʻrinlar soni 13 ta. Gʻoliblar 200 AQSH dollaridan 1700 AQSH dollarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 27-aprel, 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/korean-language-speaking-contest/

@grantlar
👍4310🔥6
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,5 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2025-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍277🔥5
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 2-oʻrin: 250 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍233🔥3
THIEL Fellowship: 22 yoshgacha bo’lgan, o’z biznes g’oyasiga ega yoshlar uchun 100 000 AQSH dollari!

Bu dastur OTMda oʻqish oʻrniga oʻz loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlganlarga moʻljallangan. Agar gʻolib talaba boʻlsa, oʻqishni tashlashi kerak boʻladi.

Mukofot

Har yili 20-30 nafar gʻolib quyidagicha taqdirlanadi:
– 100 ming dollar mablagʻ
– Thiel jamgʻarmasing asoschilari, investorlari va olimlari yordami

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/thiel-fellowship-22-yoshgacha-bolgan-oz-biznes-goyasiga-ega-yoshlar-uchun-100-000-aqsh-dollari/

@grantlar
21👍19
Grant yutish uchun personal statement’ni qanday yozish kerak?

Quyidagi maqolamizda bu masalani yaxshi va yomon misollar hamda ularga izohlar orqali muhokama qilingan.

Maqolani oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/grant-yutish-uchun-personal-statementni-qanday-yozish-kerak-yaxshi-va-yomon-misollar-va-ularga-izohlar/

@grantlar
👍3120🔥8
2025/07/09 11:08:56
Back to Top
HTML Embed Code: