Telegram Web Link
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Joriy qabul muddati:
- 2025-yil 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2025-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷 Maqsad orzuligicha qolmaydi, Toʻgʻri tanlov qilsang bas!

📢SILK ROAD ACADEMY bilan Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida tahsil oling.

🪪Bizdagi VIZA natijalari bilan tanishing

1. 강원대학교 / Kangwon National University 33
2. 공주대학교 / Kongju National University 1
3. 김천대학교 / Gimcheon University 2
4. 남서울대학교 / Namseoul University 23
5. 대신대학교 / Daeshin University 5
6. 목원대학교 / Mokwon University 19
7. 서일대학교 / Seoil University 4
8. 중부대학교 / Joongbu University 114
9. 중원대학교 / Jungwon University 9

🏆Samarqand shahridagi “Silk Road Academy” (SISRA) jamoamiz bilan 314 nafar talabaga VIZA olishda koʻrmaklashdik.
Bu talabalar qatorida siz ham bo'lishingiz mumkin.

Hoziroq biz bilan bo'g'laning
📞+998781139303
👩‍💻@SilkRoad_Academy3

Universitetlar haqida batafsil ma'lumot telegram kanalimizda⬇️
TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1700 dollargacha yutib oling!

Tanlovda koreys tilini biluvchi koreyalik boʻlmagan barcha xorijlik nomzodlar va xorijda yashayotgan koreyslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlardan berilgan mavzulardan biri boʻyicha koreys tilida nutq soʻzlab, uni videoga olish va uni YouTubeʼga joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
Jami sovrinli oʻrinlar soni 13 ta. Gʻoliblar 200 AQSH dollaridan 1700 AQSH dollarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 27-aprel, 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/korean-language-speaking-contest/

@grantlar
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2025-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
Saudiya Arabistonida talabalar uchun 4 haftalik to'liq moliyalashtiriladigan yozgi tadqiqot dasturi

Bu dasturga elektrotexnika va kompyuter muhandisligi, fizika yoki aloqador sohalarda ta’lim olayotgan magistrlar, bakalavriatning oxirgi kurs talabalari va yaqinda bakalavriatni tamomlaganlar ariza topshira oladi.

Mashgʻulotlar 2025-yil 1-31-iyul kunlari KAUST universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Stipendiya
– Viza  va logistika xarajatlarida yordam
– Bepul turar joy
– Dunyo darajasidagi tadqiqot resurslari va uskunalaridan foydalanish imkoniyati
– Maxsus sertifikat

Arizalar 2025-yil 16-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/photonics-summer-camp/

@grantlar
NSP dasturiga topshiryotganlar uchun foydali ma'lumotlar jamlanmasi

Xabaringiz bor, hozirda Slovakiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan NSP (National Scholarship Programme) grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda.

👉 Dastur haqida batafsil BU YERDA bilib olishingiz mumkin.

Quyida dasturga muvaffaqiyatli hujjat topshirish va tayyorgarlik ko‘rish uchun eng muhim va bepul manbalarni jamladik:

👉 1. NSP dasturi bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollar va ularning aniq javoblari

👉 2. Slovak universitetidan qabul xati olish tartibi va muhim omillar

👉 3. Dasturga mustaqil tarzda topshirishni o‘rgatuvchi to‘liq bepul videodarsliklar

👉 4. Grant yutganingizdan keyingi bosqichlar, xarajatlar va hujjatlar haqida video

👉 5. Diplom yoki transkript yuklash bo‘yicha muhim ma’lumotlar

👉 6. G‘olib hujjatlariga namuna — PhD talabasi tajribasi

Postni NSP dasturiga topshirayotgan tanishingizni yuborib qo'ying✈️

@grantlar_namuna
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2025-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Data Science
– Media and Human-Centered Computing
– Software Engineering and Internet Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 7000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
📢Hali ham o'ylanib yuribsizmi ?
Kelajagingizni biz bilan yarating!

🇰🇷 KONGJU NATIONAL UNIVERSITY 2025-yilgi kuzgi qabul jarayoni uchun arizalar qabul qilmoqda.

📍Shahar: GONGJU Campus, CHEONAN Campus va YESAN Campus
💸Application Fee:
Bakalavr - 60.000 won
Magistr, PhD - 30.000 won
💸Kontrakti: 650$-1.000$
🪪Visa turi: D-2-2, D-2, D-4,
📚Yo'nalishi:
🎓 Bakalavr:
English Track:
- International Studies
Korean Track - barcha yo’nalishlar mavjud

🎓Magistratura va PhD:
English track va Korean track uchun barcha yo'nalish ochiq.

Hujjatlar to’g’ri bo'lsa VIZA chiqish ko'rsatgichi 💯gacha

👤Joylar soni: 50 ta

⭕️ Deadline: 25-aprelgacha

📞Bog'lanish
+998781139303

➡️ RO'YXATDAN O'TISH ⬅️

Ijtimoiy tarmoqlar:
🌐INSTAGRAM TELEGRAM
FACEBOOK 📹YOU TUBE
🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Marketing in the AI Era: Insights, Engagement, Innovation. Yozgi maktab 2025-yil 10-24-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti odatda har yili jami 400-420 nafar talabani (300 nafar magistr, 100-120 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 5.5 yoki TOEFL iBT 72 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (450-840 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2025-yil 7-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2025-yil 1-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
OPEN: Toshkentdagi AQSH elchixonasi tomonidan ingliz tili oʻqituvchilari uchun bepul onlayn kurs

Ushbu 8 haftalik malaka oshirish kursiga ingliz tili oʻqituvchilari ariza berishi mumkin. Kurs mashgʻulotlari 2025-yil 1-iyuldan 25-avgustgacha onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Manfaatli jihati: Qabul qilinganlar kursda mutlaqo bepul ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritadi.

Arizalar 2025-yil 17-aprel, soat 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/online-professional-english-network-open/

@grantlar
AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar!

Qohiradagi Amerika universiteti bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqish uchun grantlar taklif qiladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdori: Talabalarga iqtidori va moliyaviy holatiga qarab, kontrak summasi uchun 20-100% lik grantlar taqdim etiladi.

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi (2025-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/auc-excellence-scholarship-program-bachelors/

@grantlar
🇰🇷KANGWON NATIONAL UNIVERSITY: Kuzgi semestr 1-raund qabuli

Suhbat asosida qabul!

📍Shahar: Seul va Kangwon-do
🐱Reyting: QS-1001
💸Application fee: 50 000 won
🪪Viza turi: Oddiy viza, E-Viza
❤️Kontrakti: 1,698,000-4,126,000won
📌Talablar: TOPIK 3, IELTS 5,5, TOEFL 74
🎓Bosqich: Bakalavr, Magistratura va PhD
📚Yo'nalishi:
– English track - Global bizness
– Korean track - Barcha yo'nalish

Scholarship:
Magistratura:
– IELTS 6.5/TOPIK 4 – 40%
– IELTS 7.0/TOPIK 5 – 50%
Bakalavr:
– IELTS 6.5/TOPIK 4 – 60%
– IELTS 7.0/TOPIK 5 – 100%

❗️Dedlayn: 15-aprel

Suhbat sanasi va manzili:
15.04 - Samarqand
16.04 - Toshkent
17.04 - Andijon
18.04 - Namangan
19.04 - Toshkent

Murojaat:
+998781139303

➡️ ROʻYXATDAN O'TISH ⬅️

Ijtimoiy tarmoqlar:
❤️INSTAGRAM ❤️TELEGRAM
❤️FACEBOOK ❤️YOU TUBE
😀Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FuSEP Summer Research Program: bakalavr va magistrlar uchun Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur!

Bu dasturga fizika, kimyo, moddashunoslik, hayot haqidagi fanlar, tibbiyot, yer va kosmik fanlar, matematika, muhandislik, kompyuter fanlari, ijtimoiy fanlar kabi yo’nalishlarida oʻqiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari ariza berishi mumin.

Ishtirokchilar professorlar rahbarligida tegishli loyihalar boʻyicha tadqiqot olib boradi. Dastur mashgʻulotlari 2025-yil 28-iyundan 31-iyulgacha davom etadi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Xitoyga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va sugʻurta
– Maxsus sertifikat

Arizalar 2025-yil 13-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fusep-summer-research-program/

@grantlar
2025/07/05 20:57:52
Back to Top
HTML Embed Code: