Telegram Web Link
Malayziyada magistraturani oʻqish uchun MTCP toʻliq granti!

Malayziya hukumati tomonidan taklif etiladigan ushbu grant deyarli barcha soha boʻyicha magistraturada oʻqish uchun (ingliz tilida) ajratiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga RM 3500 (taxminan 825 AQSh dollari) miqdorida stipendiya beriladi
– Malayziyaga borish va o’qish yakunida qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplab beriladi

Arizalar 2025-yil 18-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/malayziyada-oqish-uchun-mtcp-granti/

@grantlar
Berggruen Prize insholar tanlovi: mukofot 50 ming AQSH dollari

Har yili oʻtkaziladigan ushbu tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. Bu yili tanlovga ong (consciousness) mavzusiga oid ishlar qabul qilinadi. Ishlarni ingliz yoki xitoy tilida topshirish mumkin.

Mukofot: Gʻolib 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/berggruen-prize-essay-competition/

@grantlar
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2025-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Grantlar.uz jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 oylik stipendiya olish imkoniyati!

Dasturga:
ijtimoiy fanlar, huquq, matematika, kompyuter muhandisligi, IT muhandisligi va qishloq xoʻjaligi sohalarida oʻqiyotgan;
– hozirda 2-kurs boʻlgan;
– 2025-yil, oktabrda 19 yoshdan kichik boʻlmagan va 23 yoshdan katta boʻlmagan;
– Oʻzbekistondagi OTMlarda tahsil oluvchi talabalar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yilgacha 110 AQSH dollar oylik stipendiya
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish imkoni (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat qilish imkoni

Arizalar 2025-yil 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozbekistonlik-talabalar-uchun-2-yil-davomida-100-yevro-oylik-stipendiya-olish-imkoniyati/

@grantlar
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
Qozon shahrida 4 kunlik sammit: turar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi!

Kazan Global Youth Summit 2025-yil 27-30-avgust kunlari Qozon shahrida (Rossiya), ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Sammitga 18-35 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Sammit vazirlar yalpi majlislari, panel muhokamalari, interfaol seminarlar va madaniy dasturlarni oʻz ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Sammitda bepul ishtirok
– Turar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kazan-global-youth-summit/

@grantlar
Expatrio Scholarship tanlovi: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant

Bu tanlov 2025-yil oktabrdan boshlab Germaniyada istalgan bosqichda oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun moʻljallangan.

Ishtirokchilardan berilgan mavzuda 2 daqiqadan oshmaydigan video tayyorlash va topshirish talab etiladi (ingliz, nemis yoki ona tilida).

Mukofotlar: Sovrinli oʻrinlar – 10 ta. Sovrindorlar 300 yevrodan 15 000 yevrogacha pul mukofotlari va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/expatrio-scholarship/

@grantlar
International Computer Science Competition – barcha yoshdagi o’quvchi va talabalar uchun xalqaro tanlov

Bu tanlovda maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn tarzda va ingliz tilida oʻtkaziladi.

Ishtirokchilardan tegishli masalalarni yechib talab etiladi.

Mukofotlar: Sovrindorlar turli miqdordagi pul mukofotlari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-computer-science-competition/

@grantlar
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1432 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 781 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 1-iyundan 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Karsh International Scholarship: AQSHdagi Duke universitetida bakalavriatni o’qish uchun to’liq grant

Ushbu grantni Duke universitetidagi istalgan bakalavriat dasturi uchun olish mumkin. Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq qoplanadi
– Yashash va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– yozgi tadqiqot dasturlarida ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– turli amaliyotlarda qatnashish imkoniyati

Arizalar qabuli 2025-yil avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi va 2025-yil 4-noyabr yoki 2026-yil 2-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/karsh-international-scholarship/

@grantlar
Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga kamida bakalavrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi.
– J-1 toifasidagi vizani olishda yordam.
– AQSHga borish-kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Oylik stipendiya.
– Kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.
– Universitetda oʻqish toʻlovi va boshqa badallar qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 4-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xyubert-x-xamfri-stipendiyalari/

@grantlar
Kanada: dunyoning 30-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3500 dollargacha grant

Arizalar 2025-yil 20-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2026-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
UNICEF: Nyu-Yorkda yoki onlayn tarzda 6 oylik haq to’lanadigan amaliyot dasturi

Bu dasturga Xalqaro munosabatlar, ijtimoiy fanlar, rivojlanish sohasi va shunga aloqador yo‘nalishda magistraturada o’qiydigan yoki magistrlik diplomiga ega mutaxassislar ariza topshirishi mumkin. Amaliyotni Nyu-York shahrida yoki onlayn tarzda oʻtash mumkin (ingliz tilida).

Moddiy imtiyozlar: Amaliyotchilarga oylik stipendiya beriladi. Mablagʻlar mavjudligiga qarab, bir martalik yordam puli, safar va viza xarajatlari uchun yordam puli ham taqdim qilinishi mumkin.

Arizalar 2025-yil 11-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/unicef-6-oylik-haq-tolanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
Global Leadership Scholarship: Britaniyada magistraturani o’qish uchun 10 000 funt sterling grant; joylar soni – 300 ta

Ushbu grant Glasgow universiteti tomonidan shu universitetdagi 300 ga yaqin magistrlik yoʻnalishlarida tahsil olish uchun taqdim etiladi. Bu yil jami 300 nafar talabaga ushbu grantni taqdim qilish rejalashtirilgan.

Grant miqdori: grantni qoʻlga kiritgan 300 nafar talabaning har biriga 10 000 funt sterling miqdorida mablagʻ taqdim etiladi

Arizalar 2025-yil iyul oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi (magistrlik dasturiga qarab biroz farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-leadership-scholarship-glasgow/

@grantlar
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 25 ming dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning yuqori 8-12-sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Tanlov har yili 3 marta oʻtkaziladi, shu 3 ta mavsumda 1-oʻrinni qoʻlga kiritganlar yil gʻolibini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi.

Har bir masumda gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 3000 dollar;
– 2-oʻrin: 2000 dollar;
– 3-oʻrin: 1000 dollar;

Yil gʻolibi boʻlgan ishtirokchi mavsumiy tanlovdagi pul mukofotidan tashqari 22 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy mavsum uchun arizalar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
“World Handwriting Contest” tanlovi: berilgan matnni qoʻlda koʻchirib yozing va mukofotlar yutib oling

Ushbu tanlovda yoshidan va fuqaroligidan qatʼi nazar, barcha qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan berilgan inglizcha matnni oq qogʻozga qoʻlda koʻchirib yozish va uning rasmini ariza bilan birga yuborish talab etiladi.

Ishlar turli yosh guruhlari asosida baholanadi va mukofotlanadi.

Mukofotlar:
– Har bir yo’nalish va kategoriya bo’yicha g’oliblarga maxsus sertifikatlar beriladi
– Gʻoliblar esdalik sovg’alar (yozish uchun turli ish qurollari, husnixat to’plamlari va va h.k.) bilan taqdirlanadi

Arizalar 2025-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-handwriting-contest/

@grantlar
Atlas Shrugged Essay Contest: Mukofot jamgʻarmasi 40 ming dollar boʻlgan insholar tanlovi!

Tanlovda 9-sinf oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha ingliz tilida yozilishi kerak.

Tanlov har yili 3 marta oʻtkaziladi, shu 3 ta mavsumda 1-oʻrinni qoʻlga kiritganlar yil gʻolibini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi.

Har bir masumda gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 3000 dollar;
– 2-oʻrin: 2000 dollar;
– 3-oʻrin: 1000 dollar.

Yil gʻolibi boʻlgan ishtirokchi mavsumiy tanlovdagi pul mukofotidan tashqari 22 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy mavsum uchun arizalar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi. qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/atlas-shrugged-essay-contest-for-students/

@grantlar
2025/06/27 18:01:56
Back to Top
HTML Embed Code: