Telegram Web Link
Introduction to Automated Testing in Python: EPAM tomonidan bepul onlayn kurs

Introduction to Automated Testing in Python kursi 3-3,5 oyga mo'ljallangan bo'lib, unda quyidagilarni o'rganishingiz mumkin:

— Pythonning boshlang'ich darajasiga oid bilimlar, uning funktsiyalari, modullari bilan tanishish;
— Automated testing bo'yicha kerakli bilim va ko'nikmaga ega bo'lish va boshqalar.

Dasturda qatnashish uchun talablar:
— Ingliz tilini kamida B1 darajada bilish;
— Boshlang'ich kompyuter bilimlarga ega bo'lish;
— Darslarni o'z vaqtida mustaqil o'zlashtira olish.

Kursda qatnashish uchun ariza topshirish quyidagicha:

1. Onlayn ro'yxatdan o'tish BU YERDA
2. Ingliz tili darajasini aniqlovchi testdan o'tish. Ro'yxatdan o'tgan so'ng 5 kun ichida bajarish mumkin.
Shundan so'ng profilingizdagi email manziliga avtomatik tarzda kurs mavjud bo'lgan platforma havolasi yuboriladi.

👉 Kurs haqida batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin 👈

Qo'shimcha savollar uchun: [email protected]

@grantlar_namuna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“ClimateScience Olympiad 2024” olimpiadasiga roʻyxatdan oʻtish jarayoni

Hozirda “ClimateScience Olympiad 2024” dasturiga roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.

Yuqoridagi videoda bu olimpiadaga roʻyxatdan oʻtish jarayoni bilan batafsil tanishishingiz mumkin,

Maʼlumot uchun: Gʻoliblar pul mukofotlari (sovrin foni 15 000$), maxsus medal va sertifikatlar hamda Bakuga bepul sayohat imkoniyati bilan taqdirlanadi.

👉 Ushbu olimpiada haqida batafsil maqola

👉 Ushbu olimpiada haqida batafsil video

P.S. Video mazkur olimpiadaning Markaziy Osiyodagi rasmiy vakilasi tomonidan tayyorlangan.

@grantlar_namuna
“ClimateScience Olympiad 2024” haqida batafsil qoʻllanma

Iqlimga oid muammolarga yechim taklif qilishga moʻllangan ushbu olimpiadada 25 yoshgacha boʻlgan barcha qatnashishi mumkin.

Quyidagi videoda olimpiada mazmuni, muvofiqlik talablari, ishtirok jarayoni, tayyorgalik koʻrish uchun bepul manbalar/kurslar va boshqa kerakli maʼlumotlar bilan tanishasiz.

Videoni koʻrish👇
https://youtu.be/ynrZ9ItDBDk?si=bzOXULASzXi31xzx

Foydali:

👉 Shu olimpiadaga roʻyxatdan oʻtish jarayoni haqida video

👉 Shu olimpiada haqida batafsil matnli maʼlumot

Maʼlumot uchun: Gʻoliblar pul mukofotlari (sovrin foni 15 000$), maxsus medal va sertifikatlar hamda Bakuga bepul sayohat imkoniyati bilan taqdirlanadi.

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
Mayda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2024-yil may oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta! (dedlayn: 1-may)

👉 Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi (dedlayn: 1-may)

👉 International Merit Postgraduate Scholarship: Britaniyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar; joy 125 ta! (dedlayn: 13-may)

👉 Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 15-may)

👉 14-30 yoshlilar uchun mukofot jamg‘armasi 60 million so‘m boʻlgan ijodiy ishlar tanlovi (dedlayn: 20-may)

👉 AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti! (dedlayn: 25-may)

👉 Buyuk Britaniya: Ayol-qizlar uchun magistraturada oʻqishga toʻliq grant! (dedlayn: 26-may)

👉 Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 15 ta! (dedlayn: 31-may)

👉 Qozogʻiston: Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Qozogʻiston hukumati grantlari; joy 550 ta! (dedlayn: 31-may)

👉 AYF Fellowship Program: Bakalavriat yoki magistraturani tamomlaganlar uchun Yaponiyada 9 oylik haq toʻlanadigan amaliyot! (dedlayn: 31-may)

👉 YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari! (dedlayn: 31-may)

👉 Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar! (dedlayn: 31-may)

Aprel oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
Avstraliya talaba vizasidagi o'zgarishlar

Avstraliya xalqaro talabalarni o'qitish bo'yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Yuqori sifatli ta'lim , yaratilgan sharoitlar yaxshiligi sabab so'nggi yillarda o'zbek talabalarining ham Avstraliyada o'qish istagi ko'payayotgan edi.

Lekin 2024-yildan boshlab talaba vizasini olishda bir qancha o'zgarishlar kiritilmoqda, jumladan:

1. Ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha o'zgarish.
Talaba vizasini olish uchun bakalavr talabalaridan endi IELTS 5.5 daraja emas, kamida 6.0 daraja talab etiladi. Magistratura talabalari esa IELTS 6.0 emas, kamida 6.5 darajaga ega bo'lishlari kerak

2. Yosh chegarasi bo'yicha o'zgarishlar.
Magistratura uchun borayotganlarga yosh chegarasi 50 yoshdan 35 yoshga keskin qisqartirildi.

3. Viza vaqti davomiyligidagi o'zgarishlar.
Bunda magistratura kurs ishi uchun beriladigan viza vaqti 2 yil, tadqiqot qilmoqchi bo'lgan magistr va PhD talabalari viza muddati 3 yil etib belgilandi.

Bundan tashqari, Avstraliyaga kelayotgan talabalarning faqat o'qish istagida ekanligini tekshiruvchi "Genuine Student Test" joriy qilinadi. Bunda o'qishdan ko'ra ishlash istagi yuqori bo'lgan talabalar sonini to'xtatish maqsad qilingan.

👉 Avstraliyada ishlash uchun ketmoqchi bo'lganlarga yaxshi imkoniyatlar joriy qilinmoqda. Batafsil BU YERDA o'qishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
NSP dasturiga transkript yoki diplom yuklash majburiymi?

Hozirda NSP dasturiga tariza topshirish davom etmoqda. Nomzodlar orasida ko'pchilikni qiziqtirgan savollardan biri transkript yuklash haqida bo'ldi.

Dasturga kerakli hujjjatlar ichida "Certificate of Highest Achieved degree" so'ralgan, ya'ni nomzod qaysi darajani oxirgi marta yakunlagan bo'lsa, o'shani yuklashi kerak.

Bunda kategoriya bo'yicha nomzodlar ushbu hujjatni quyidagicha yuklashlari mumkin:

Bakalavr talabalari: aynan shu joyga hech narsa yuklashi majburiy emas, chunki hali ular biror darajani yakunlashgani yo'q. Lekin transkript yuklashlari mumkin bo'lib, bu ixtiyoriy va dasturni yutish-yutmaslikda hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Magistr talabalari: oxirgi tugallagan bakalavrlik diplomini yuklaydi. Bunda 2-kurs magistr talabalari ham bakalavr diplomi va ilovasini yuklashi kifoya, hozirgi olayatgan baholari transkripti shart emas.

PhD talabalari: eng so'nggi yakunlagan magistrlik diplomi hamda ilovasini yuklaydi.

Professorlar, tadqiqotchilar: eng yuqori erishgan darajasini tasdiqlovchi hujjatni yuklaydi.

Dasturga ariza topshirish so'nggi sanasi: 2024-yil 30-aprel

ESLATMA: NSP dasturi bo'yicha hujjat tekshirish xizmati tashkil qilingan bo'lib, hujjatlar ushbu dasturni 3 marta yutgan Ozodaxon O'ktamova tomonidan tekshirib beriladi.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun @GN_Work hisobiga murojaat qiling.

@grantlar_namuna
Fulbright Foreign Student Program dasturi bo'yicha bepul vebinar

EducationUSA tomonidan AQSHda magistraturani to'liq grant o'qish imkonini beruvchi Fulbright Foreign Student Program dasturi bo'yicha onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

Vebinarda ushbu dastur, unga ariza topshirish va hujjatlarni tayyorlash bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi.

O'tkazilish vaqti:
2024-yil 18-aprel 16:00
O'tkazilish joyi: ZOOM platformasi

AQSHda magistraturani davom ettirmoqchi bo'lgan barcha, qolaversa, barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin. Qatnashish uchun onlayn ro'yxatdan o'tish lozim:

👉 RO'YXATDAN O'TISH 👈

👉 Dastur haqida BU YERDAN batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"The Best Eco-Solutions from the World": ACT tomonidan ekologiyaga doir onlayn tadbir

Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan innovatsion ekotexnologiyalar va ekologik muammolarni hal qilish usullariga doir virtual dastur tashkil etilmoqda. Dastur davomida sayyoramiz uchun yanada barqaror kelajakni shakllantiruvchi ilg'or tashabbuslar haqida suhbat olib boriladi.

Suhbat mavzusi: "The Best Eco-Solutions from the World"
O'tkazilish vaqti: 2024-yil 17-aprel, soat 17:00 da

Dasturda ishtirok etmoqchi bo'lgan ZOOM platformasi orqali qo'shilishlari mumkin. Ro'yxatdan o'tish shart emas.

👉 Qo'shilish uchun ZOOM havolasi 👈

Atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan global harakatlarga o'z hissangizni qo'shing😊

@grantlar_namuna
Oʻzbekiston fuqarolariga AQSH hukumati tomonidan taklif etiladigan toʻliq moliyalashtirilgan dasturlar

AQSHda oʻqish, malaka oshirish yoki amaliyot oʻtash imkonini beruvchi qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat va hk) toʻliq qoplanadi.

Bu dasturlar turli yosh va soha egalari uchun (maktab oʻquvchilaridan tortib, 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega mutaxassislargacha) moʻljallangan.

Quyida ulardan ayrimlarini keltirib oʻtamiz.

1. Fulbright Foreign Student Program: AQSHda magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Hozirda arizalar qabul qilinmoqda. Dedlayn: 2024-yil 25-may.

2. FLEX dasturi: maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga AQSHda 1 yil toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil avgust yoki sentabr oyida boshlanadi.

3. Global UGRAD: bakalavriat bosqichi talabalariga AQSH universitetlarida 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi. Navbatdagi qabul taxminan 2024-yil noyabr oyida boshlanadi.

4. Fulbright FLTA: ish tajribasi 7 yildan oshmagan ingliz tili, amerikashunoslik, jurnalistika va media, Amerika yoki ingliz adabiyoti oʻqituvchilariga 9 oy davomida AQSHda oʻzbek tilidan dars berish imkonini taqdim etadi. Navbatdagi qabul taxminan 2024-yil iyulda ochiladi.

5. Humphrey Fellowship Program: kamida bakalavrlik darajasi va 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlarga AQSHda 10 oy davomida malaka oshirish imkonini beradi. Hozir qabul ochiq. Dedlayn: 2024-yil, 7-iyun.

6. SUSIs for Young Women Leaders: ayol-qiz talabalar uchun AQSHda 4-5 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabr oyida boshlanadi.

7. TechGirls dasturi: 15-17 yoshli qizlarga AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi.

8. Fulbright TEA: oʻrta maktab, kollej va litseylarda dars beruvchi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega oʻqituvchilar uchun AQSHda 6 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul taxminan 2025-yil yanvarda boshlanadi.

9. TechWomen dasturi: bakalavrlik darajasi va STEM sohasida 2 yillik tajribaga ega ayol-qizlarga AQSHda 5 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi.

10. SUSI for Secondary School Educators: oʻrta maktab, litsey va kollej oʻqituvchilari, shuningdek, oʻrta taʼlim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarga AQSHda 5 haftalik taʼlim dasturida qatnashish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi.

11. SUSI for Scholars: oliy taʼlim va tadqiqot muassasalarida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega boʻlganlarga AQSHda 6 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi.

@grantlar_namuna
NSP dasturiga ariza topshirganlar statistikasi

2024-yil 30-aprel kuni NSP dasturining navbatdagi mavsumiga arizalar topshirish yakunlandi. Statistakaga ko'ra, bu qabulda dunyo bo'ylab 64 ta davlatdan 747 nafar nomzod ariza topshirgan. Bulardan:

A kategoriyaga (bakalavr, magistr talabalari): 361 nafar nomzod;
B kategoriyaga (PhD talabalari): 149 nafar nomzod;
C kategoriyaga (tadqiqotchi va universitet o'qituvchilari): 237 nafar nomzod ariza topshirgan.

Ma'lumot uchun, o'tgan qabul natijasiga ko'ra, ariza topshirgan va saralab olingan nomzodlar soni quyidagicha bo'lgan:

A kategoriya: 229 nafar nomzod topshirgan. Ularning 74 nafari gʻolib ( 63 tasi oʻzbekistonlik) bo'lgan.
B kategoriya: 61 nafar nomzod topshirgan. Ulardan 22 nafari gʻolib (4 tasi oʻzbekistonlik) bo'lgan
— C kategoriya: 210 nafar nomzod topshirgan. ulardan 84 ta gʻolib (2 tasi oʻzbekistonlik) bo'lgan edi.

ESLATMA: ushbu mavsum saralash natijalari 2024-yil iyun oyi ikkinchi yarmida chiqishi kutilmoqda.

@grantlar_namuna
Bugun (4-may) O'zbekiston vaqti bilan 21:00 dan boshlab 2023-yilda o'ynalgan Grin karta (Green Card) natijalarini tekshirish mumkin bo'ladi.

❗️Tasdiqlash raqamingizni rasmiy saytga kiritgan holda, arizangiz holatini tekshirishingiz mumkin bo'ladi.

👉 NATIJANI TEKSHIRISH 👈

Grin karta natijalarini qanday qilib tekshirish va unutib qo'yilgan tasdiqlov raqamini qanday qayta tiklash mumkinligi haqida batafsil👇

https://grantlar.uz/blog/green-card-grin-karta-natijalarini-qanday-tekshirish-va-unutib-qoyilgan-tasdiqlov-raqamini-qanday-tiklash-mumkin

P.S. 2023-yilda Grin karta o'ynaganmidingiz?

@grantlar_namuna
“Ilm-fan oromgohi” loyihasi: tadqiqotchi ayol-qizlar uchun bepul 1 haftalik ilm-fan oromgohi

Yoshlar ishlari agentligi tashkiloti ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanayotgan yosh ayol-qizlar uchun “Ilm-fan oromgohi” tashkil etilmoqda.

Maqsadi: yosh ayol-qizlarni ilmiy tadqiqot ishlarining natijadorligini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli tadqiqotchi qizlarni izlab topish hamda rag‘batlantirishdan iborat.

Ushbu loyiha 2024-yil 27-may — 2-iyun kunlari Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani, "Yoshlar oromgohi"da tashkil etiladi.

Kimlar uchun: O’zbekistondagi yosh tadqiqotchi ayol-qizlar uchun

Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilingan ayol-qizlar 7 kunlik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. Oromgohda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

👉ARIZA TOPSHIRISH👈

Ariza topshirish muddati: 2024-yil 24-may

@grantlar_namuna
I Respublika bolalar forumi: 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun forum

2024-yil 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tishi reja qilinmoqda.

Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin:
- Ta’lim
- Imkon
- Madaniyat va san’at
- Ekologiya
- Media
- Sport
- Liderlik va jamoani shakllantirish
- IT


Ariza topshirish uchun ro'yxatdan o'tish lozim:

👉 RO'YXATDAN O'TISH 👈

Ariza topshirish oxirgi muddati: 2024-yil 15-may

👉 Batafsil ma'lumot BU YERDA

@grantlar_namuna
Water Innovation contest: barcha O'zbekiston talabalari uchun tanlov. Bosh mukofot 1000 AQSH dollari!

K-water Central Asia markazi talabalar o‘rtasida sun’iy intellektdan foydalangan holda suv xo‘jaligi, suv ta’minoti tizimlari va aqlli shaharlar bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkazmoqda.

Mavzular:
— Markaziy Osiyoning suv resurslari
— Suv ta'minoti tizimini takomillashtirish
— Suvdan samarali foydalanish va sun'iy intellektga ega aqlli shaharni rivojlantirish


Sovrinlar:
Best of the Best: taxminan 1000 AQSH dollari.
Gold Award: taxminan 700 AQSH dollari.
Silver Award: taxminan 500 AQSH dollari.
Future Star Award: taxminan 200 AQSH dollari
miqdoridagi pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Ariza topshirish muddati: 2024-yil 13-maydan 2024-yil 7-iyungacha

Batafsil ma’lumot uchun: [email protected]

@grantlar_namuna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSHda ta'lim: University of Kansas oliygohida o'qish, grantlar va imkoniyatlar bo'yicha bepul vebinar

EducationUSA tomonidan AQSHning University of Kansas oliygohida o'qish, xalqaro talabalar uchun grantlar va stipendiyalar, qolaversa, universitetga ariza topshirish bo'yicha onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

Vebinarda ushbu dastur, unga ariza topshirish va hujjatlarni tayyorlash bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi.

O'tkazilish vaqti:
2024-yil 22-may 17:00
O'tkazilish joyi: ZOOM platformasi

👉 QATNASHISH UCHUN ZOOM HAVOLASI 👈

AQSHda o'qishni davom ettirmoqchi bo'lgan barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin. Qatnashish uchun ro'yxatdan o'tish shart emas.

@grantlar_namuna
Shengen viza haqida to'liq: shengen viza o'zi nima, turlari va imkoniyatlari (1-qism).

Shengen viza nima?
Shengen vizasi Yevropaning katta bir qismi, ya'ni Shengenga a'zo davlatlarning ichki hududida hech qanday chegara tekshiruvisiz erkin sayohat qilish imkoniyatini beruvchi viza hisoblanadi.

Yevropaning bir nechta davlatlari ichki xavfsizlikni ta'minlash hamda sayohatni osonlashtirish maqsadida Shengen tashqi chegaralarida nazoratni kuchaytirgan bo'lib, barcha a'zo davlatlar yagona viza siyosati tizimiga amal qiladi.

Shengenga a'zo davlatlar:
Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Gretsiya, Niderlandiya, Islandiya, Italiya, Latviya, Lixtenshteyn, Litva, Lyuksemburg, Vengriya, Malta, Germaniya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya , Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya.

Ushbu davlatlarning istalgan biridan olingan viza orqali butun shengen hududlarda sayohat qilish mumkin bo'ladi.

Shengen viza uchun qayerga ariza topshirish kerak?
- Agar siz Shengen a'zo davlatlaridan biriga sayohat qilayotgan bo'lsangiz, arizani ushbu a'zo davlatning diplomatik vakolatxonasiga (elchixona) topshirishingiz kerak.
- Agar sayohat davomida bir nechta a'zo davlatlarga tashrif buyurishingiz kerak bo'lsa, ariza asosiy boriladigan a'zo davlatning (uzoq vaqt o'tkazadigan davlat) diplomatik vakolatxonasiga topshirilishi kerak.
- Agar asosiy manzilni aniqlashning iloji bo'lmasa, qaysi davlat tashqi chegarasini birinchi bo'lib kesib o'tmoqchi bo'lsangiz, o'sha a'zo davlatning diplomatik vakolatxonasiga ariza topshirishingiz kerak.

Shengen hududlarga qaysi viza turi uchun ariza topshiraman?
Sizga kerak bo'lgan viza turi tashrifingizning davomiyligi va maqsadiga bog'liq. Viza bir, ikki yoki bir nechta kirish-chiqish uchun berilishi mumkin. Vizaning amal qilish muddati, qolish muddati va kirishlar soni to'g'risidagi qaror Shengen qoidalariga muvofiq diplomatik vakolatxona tomonidan qabul qilinadi.

Viza turlari:
- Aeroport tranzit vizasi (A viza)
: Bu viza Shengen hududiga kirmasdan aeroportning xalqaro zonasidan o'tish uchun mo'ljallangan. 24 soat davomida amal qiladi.

- Qisqa muddatli viza (C viza) : Shengen mamlakatlari bo'ylab har qanday 180 kun ichida 90 kungacha sayohat qilish imkonini beradi.

- Milliy uzoq muddatli viza (D viza) :
Shengen davlatida 90 kundan ortiq vaqt mobaynida o'qish, ishlash yoki yashashni niyat qilganlar uchun beriladi. Amal qilish muddati va qoidalari berilgan mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

@grantlar_namuna
16-22 yoshdagilar uchun Xalqaro eko oromgoh

Joriy yilning 24-30-iyun kunlari “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida Samarqand va Toshkent shaharlarida Xalqaro eko-oromgoh loyihasi o’tkaziladi.

Oromgohda xalqaro ekspert va trenerlar ishtirokida o’quv mashg’ulotlari, liderlik ko’nikmalarini rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan yangi tashabbus hamda loyihalar ustida ishlash kabi tadbirlar tashkil etiladi.

Kimlar uchun: tadbirda 16 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan, ingliz tilini mukammal biladigan va ekologik masalalarga befarq bo’lmagan faol yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ro’yxatdan o’tish uchun:

👉 Ariza topshirish havolasi 👈

Arizalar 2024-yil 10-iyunga qadar qabul qilinadi.

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
Iyulda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2024-yil iyul oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Ayol-qizlarga magistraturani Qozogʻistonda oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-iyul)

👉 Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar! (dedlayn: 1-iyul)

👉 AQSHda yetakchilar uchun 1 yillik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 2-iyul)

👉 Xalqaro shaxmat federatsiyasidan ijodiy ishlar tanlovi: bosh mukofot 800 yevro (dedlayn: 10-iyul)

👉 Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar! (dedlayn: 12-iyul)

👉 Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar! (dedlayn: 12-iyul)

👉 Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov! (dedlayn: 14-iyul)

👉 Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 10 ming yevrogacha stipendiya (dedlayn: 15-iyul)

👉 Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 140 ta! (dedlayn: 15-iyul)

👉 Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya! (dedlayn: 15-iyul)

👉 Germaniyada magistraturani oʻqish uchun barcha xarajatlari qoplanuvchi grant! (dedlayn: 31-iyul)

👉 Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta! (dedlayn: 31-iyul)

👉 Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling! (dedlayn: 31-iyul)

Iyun oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
Shengen viza: ariza topshirish, kerakli hujjatlar va to'lovlar (2-qism)

Qachon ariza topshirish kerak?
Viza uchun ariza oldindan, rejalashtirilgan tashrif boshlanishidan ko'pi bilan 6 oy oldin topshirish mumkin. Qoida ko'ra, diplomatik vakolatxonaning ariza bo'yicha qaror qabul qilish muddatlarini hisobga olgan holda, mo'ljallangan tashrifdan kamida 15 kun oldin topshirish maqsadga muvofiq.

Qancha vaqtda ko'rib chiqiladi?
Arizalarni ko'rib chiqish tartibi 15 kungacha davom etishi mumkin. Ayrim hollarda, arizani qo'shimcha tekshirish zarur bo'lganda, muddat maksimal 30 kungacha uzaytiriladi. Istisno hollarda, agar qo'shimcha hujjatlar talab qilinsa, muddat maksimal 45 kungacha uzayishi mumkin.

Qanday hujjatlar topshiriladi:
- Viza uchun to'ldirilgan ariza shakli.
- Xalqaro sayohat pasport.
- Shaxsiy fotosurat (suratga qo'yilgan talablar).
- Sayohatdan maqsad aks etgan hujjat.
- Tibbiy sug'urta (qoplab berish miqdori kamida 30 ming yevro)
- Vaziyatga qarab sayohat muddati, turar joylar, borish-kelish safarlari aviabilet bronlari va boshqa hujjatlar tala etilishi mumkin.

Viza to'lovlari turlari:
- Voyaga yetganlar uchun shengen viza to'lovi: 80 yevro.
- 6-12 yoshdagi bolalar uchun: 40 yevro.
- 6 yoshdan kichkinalar uchun bepul.
Bundan tashqari, davlatlar o'rtasidagi o'zaro kelishuv va istesno holatlar uchun narxlarda o'zgarish bo'lishi mumkin. Batafsil ma'lumot uchun rasmiy vakolatxona, elchixona va konsulliklarga aloqaga chiqing.

ESLATMA: NSP dasturi g'oliblari milliy D viza uchun ariza topshiradi. Viza uchun to'lov 35 yevro (2024-yil 29-may holatiga ko'ra).

MUHIM: Inflatsiya sababli shengen viza narxlari 12% ga oshirilishi haqida Yevropa Ittifoqi xabar berdi.

Rejaga ko'ra, Shengen vizasiga ariza berish to‘lovi:
- Kattalar uchun 80 yevrodan 90 yevroga.
- Bolalar uchun esa 40 yevrodan 45 yevroga oshirilishi mumkin.

Ushbu tartib 2024-yil 11-iyundan amal qiladi, deya xabar beriladi Financialexpress sahifasida.

Shengen viza haqida yangiliklardan vaqtida boxabar bo'lish uchun kanalimizni kuzatib boring😊

@grantlar_namuna
“Kelajak kasblari-2024” forumi doirasida yirik master-klass

Toshkentda 5-7 iyun kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Kelajak kasblari-2024” forumi doirasida zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga qiziquvchi yoshlar uchun yirik master-klass tashkil etiladi.

Master-klassda yoshlar orasiga eng ilg‘or soha mutaxassislari, yirik kompaniya va o‘quv markazi rahbarlari spiker sifatida ishtirok etib, qiziqarli ma’lumot hamda tajribalarni yoshlar bilan bo‘lishadi.

Tadbir o’tkazilish vaqti va manzil: 2024-yil 6-iyun kuni soat 09:00da “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari kerak:

👉 RO’YXATDAN O’TISH HAVOLASI 👈

Tadbirda qiziquvchi barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

@grantlar_namuna
2024/06/10 04:15:36
Back to Top
HTML Embed Code: