Italiyadagi TOP universitetda magistratura — o‘qish bepul, stipendiya esa 7800 yevro!
#soragan_edingiz

🇮🇹 Davlat: Italiya
🌃 Shahar: Padua
🏢 Universitet: University of Padua (dunyo reytingida 286-o‘rin, QS Ranking)

Padua universiteti — Italiyadagi eng qadimiy va nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, magistratura uchun 40 dan ortiq yo‘nalishni ingliz tilida taklif etadi.

Nima uchun bu universitetni tanlash kerak?

IELTS ko‘p yo‘nalishlar uchun talab etilmaydi

👨‍🎓 O‘qish kontrakt to’lovi yo‘q (to‘liq grant asosida)
💶 Yillik stipendiya: 7800 yevro

🧾 Ariza topshirish narxi: 30 yevro (3 ta yo‘nalish tanlash mumkin)

📅 Ariza muddati: 2025-yil 7-mart yoki 2-may (yo‘nalishga qarab farq qiladi)

Ko‘pchilik o‘zbek talabalariga mos 7 ta magistratura yo‘nalishi:
1. Computer Science
2. Data Science
3. Cyber Security
4. Management Engineering
5. Communication Strategies
6. English Studies

🔗 Barcha yo‘nalishlar va ariza topshirish havolasi

DIQQAT! Yuqoridagi havola orqali bemalol o’zingiz hujjat topshirib qabul xati olishingiz mumkin.

Italiyada grant asosida o‘qishni orzu qilganlar uchun ajoyib imkoniyat!

@grantlar_namuna
Webinarga tayyormisiz: NSP — hujjat topshirish, formal talablar, baholanish tartibi, "rejection" sabablari

Agar siz NSP dasturi bo'yicha hujjat topshirayotgan bo'lsangiz, 13-aprel kuni bo'lib o'tadigan onlayn webinarga taklif qilamiz.

Webinat tashkilotchilari: Grantlar.uz hamkorligida NSP bo'yicha mentorimiz, ushbu dastur 3 karra g'olibasi Ozodaxon O'ktamova tomonidan olib boriladi.

Webinar kimlar uchun?
Webinar NSP dasturiga topshirayotgan barcha kategriyadagilar — talabalar, PhD talabalari, tadqiqotchilar, universitet o'qituvchilari uchun. Qabul xati olgan va olmaganlar ham qatnasha oladi

Nimalar o'rgatiladi:
Dasturga hujjatlarni yuklashda yuzaga keladigan eng ko'p muammolar, anglashilmovchilik va xatolar haqida. Bahonalish tartibi haqida.

NSP dasturiga hujjat topshirganingizda hujjatlar 2 bosqichda tekshiriladi:
1-bosqich: formal talablar, ya'ni dastur uchun boshlang'ich talablar, imzo, pechat, sanalar, diplom, transkriptlar va boshqa muhim jihatlatlar.

Shu bosqichdan o'tsagina, hujatlar keyingi bosqichda tekshiriladi, aks holda hujjatingiz, profilingiz qanchalik zo'r bo'lmasin, hujatlaringiz tekshirilmaydi va avtomatik "rejection" olasiz

2-bosqich: bunda tayyorlangan hujjatlar, yutuq va maqsadlarga qarab ballik tizimda baholanadi. Bafurja webinarda aytiladi.

🎁Bonus: Webinar so'nggida 2 kishi tanlab olinadi va hujjatlari bepulga tekshirib beriladi.

Dasturga ro'yxatdan o'tish, hujjatlarni to'liq yuklash va topshirish ko'rsatiladi. Webinarda qatnashish istagidagilar @gn_work ka murojaat qilishi mumkin.

@Grantlar_namuna
Janubiy Koreyaga o'qishga kirishga hali kech emas

📅 Aprel oyida qabul yakunlanadi

@Grantlar_namuna jamoasi Janubiy Koreya oliygohlariga bakalavr va magistraturaga hujjat topshirish xizmatini taklif qiladi.

🎯 Quyidagi universitetlarga hujjat topshiramiz:

🏫 Sejong University– QS reytingi: #396
🏫 Sahmyook University – QS reytingi: #801-850
🏫 Chonnam National University – QS reytingi: #891–900

IELTS 5.5 va undan yuqori natijaga ega nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.

📚 Xizmatga nimalar kiritilgan?

Onlayn ariza to‘ldirishda to'liq yordam
Motivatsiya xati va o‘qish rejasini yozishda amaliy ko‘mak
Rasmiy tarjima, apostil, pochta orqali yuborish — hammasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko'rsatish (o'zingiz qilasiz)
Qaysi yo‘nalishni tanlash haqida maslahat va yo‘nalish

💡 Yaxshi ko'rsatkichlarga ega talabalarga grantlar mavjud!

📌 Bakalavr va magistratura bosqichlari uchun qabul Aprel oyi oxirgacha, ba'zi hollarda, May oyi boshigacha davom etadi.
👥 Sizga tajribali jamoa xizmat ko'rsatadi.

Xizmat narxi va boshqalar haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling: @essay_services
Talabalar uchun American Councils for International Education Uzbekistan English for IT dasturi uchun amaliyot o’tash imkoniyati

American Councils’ning Toshkentdagi ofisi English for IT dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun yarim stavkali amaliyot o’tashga taklif qilmoqda.

Asosiy vazifalar: haftasiga 25-30 soat amaliyotga kela olish, kundalik faoliyatni yuritish, ma’muriy ishlar, topshiriqlarni boshqarish, ma’lumotlar bilan ishlash va ishtirokchilar bilan aloqa o‘rnatish.

Kimlar uchun: ingliz tili va IT yo’nalishidagi bakalavr 3-4-kurs yoki magistr talabalari uchun

Batafsil ma’lumot: 🔗 https://telegra.ph/Part-Time-Intern-English-for-IT-04-29

Ariza topshirish tartibi:
Iltimos, quyidagi hujjatlarni 2025-yil 7-mayga qadar quyidagi manzilga yuboring: [email protected]
1. Rezyume (CV)
2. Motivatsion xat (Cover Letter) — unda quyidagilarga javob yozilishi kerak:
• Nima uchun ushbu lavozim sizni qiziqtiryapti?
• Nima uchun siz ushbu lavozim uchun munosib nomzodsiz?

E-pochta mavzusi (subject):
ENGLISH FOR IT INTERNSHIP APPLICATION deb yozilishi shart.

Fayllarni nomlash talablari:
• Rezyume: FAMILIYANGIZ-resume.doc (masalan: Kayumov-resume.doc)
• Motivatsion xat: FAMILIYANGIZ-letter.doc (masalan: Kayumov-letter.doc)
.doc yoki .docx formatlarida bo‘lishi lozim.

Muhim: Nomzodlar arizani imkon qadar erta topshirishlari tavsiya etiladi, chunki tanlov bosqichma-bosqich (rolling basis) amalga oshiriladi va mos nomzod topilgach, lavozim darhol band qilinadi.

Eslatma: bu dasturda qatnashgani uchun hech qanday haq to’lanmaydi.

Qo’shimcha murojaatlar uchun [email protected] manziliga yozing.

@Grantlar_namuna
Bugun (3-may) O'zbekiston vaqti bilan 21:00 dan boshlab 2024-yilda o'ynalgan Grin karta (Green Card) natijalarini tekshirish mumkin.

❗️Tasdiqlash raqamingizni rasmiy saytga kiritgan holda, arizangiz holatini tekshirishingiz mumkin bo'ladi.

👉 NATIJANI TEKSHIRISH 👈

Grin karta natijalarini qanday qilib tekshirish va unutib qo'yilgan tasdiqlov raqamini qanday qayta tiklash mumkinligi haqida batafsil👇

https://grantlar.uz/blog/green-card-grin-karta-natijalarini-qanday-tekshirish-va-unutib-qoyilgan-tasdiqlov-raqamini-qanday-tiklash-mumkin

P.S. 2024-yilda Grin karta o'ynaganmidingiz?

@grantlar_namuna
Talaba yoshlar uchun yangi imkoniyat: Work and Travel dasturiga foizsiz ssuda!

Endilikda har yili 2000 nafar talaba rivojlangan davlatlarda ishlash va sayohat qilish imkonini beruvchi “Work and Travel” dasturida ishtirok etishi uchun foizsiz davlat ssudasini olish huquqiga ega bo‘ladi.

Dastur nimalarni taklif etadi?
1. Ta’til davrida Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlash va xalqaro tajriba orttirish;
2. Davlat tomonidan borish-kelish aviachiptasi uchun 15 million so‘mgacha foizsiz qarz (ssuda) ajratilishi;
3. Haftasiga 30–40 soat ishlash va mavsum davomida 3 000–7 000 AQSH dollari atrofida daromad olish imkoniyati.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Kunduzgi, kechki yoki sirtqi shaklda o‘qiyotgan, yoshi 16 dan 30 gacha bo‘lgan talabalar.

Ariza topshirish 2025-yil 15-maydan boshlanadi va uni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin.

👉 Batafsil BU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
AQSHda oʻqish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?

AQSH universitetlarida oʻqish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud. Bular vaziyatdan kelib chiqib, toʻliq yoki qisman grant shaklida taqdim etilishi mumkin.

Quyida ular haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

1. Koʻrsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit scholarships). Bunday grantlar talabaning koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari asosida beriladi.

Masalan, bunday grantlar:
– aʼlo baholarga egalik va/yoki SAT/ACT imtihonidan yuqori ball olganlik uchun (Academic Scholarships);
– aʼlo baholar va imtihonlardan olingan yuqori ballardan tashqari, talabaning jamiyatga qoʻshgan hissasi va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtiroki uchun (Average Academic Performance Scholarships);
– Sportda erishgan yutuqlari uchun (Sports Scholarships) berilishi mumkin.

2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships). Bu grantlar oʻqish toʻlovlari va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalarga beriladi.

3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships). Bunday grantlar rivojlanayotgan davlatlarning fuqarosi boʻlgan xalqaro talabalarga beriladi.

4. Universitet grantlari. Koʻplab AQSH universitetlari muayyan mezonlarga mos xalqaro talabalarga oʻz grantlarini taklif qiladi.

Bu mezonlarni universitetning oʻz belgilaydi, masalan, biror universitet muayyan soha boʻyicha oʻqish uchun topshiruvchi eng yuqori koʻrsatkichlarga ega nomzodlarga grant ajratishi mumkin.

5. Xususiy sektor moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar xususiy kompaniyalar, tashkilotlar va boshqalar tomonidan xalqaro talabalarga taklif etiladi.

Lekin odatda ularning talablari nisbatan qattiqroq boʻladi va ular koʻpincha muayyan guruhga mansub talabalar (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari va h.k.) uchun beriladi.

6. AQSH hukumati moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar taʼlim tizimini globallashtirish maqsadida xalqaro talabalarga AQSH hukumati tomonidan ajratiladi. Ushbu grantlar odatda AQSHda oʻqish uchun eng nufuzli grantlar hisoblanadi (masalan, magistraturada oʻqish uchun Fulbright granti).

Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini qanday bilsam boʻladi?

Bu uchun kerakli universitetning rasmiy veb-saytiga kirasiz va u yerdan “Financial Aid and Scholarships” yoki “Admission and Aid” yoki shu kabi moliyaviy yordam hamda grantlarga bagʻishlangan boʻlimga kirasiz.

Bu boʻlimda xalqaro talabalar uchun qanday grantlar mavjudligi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Talabalar uchun AQSHning Toshkentdagi elchixonasida amaliyot o’tash imkoniyati

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan talabalar uchun amaliyot o’tash imkoniyati Foreign National Student e’lon qilindi.

Dastur talabalarga quyidagilarni taklif etadi:
- Xalqaro ish muhiti tajribasi;
- Ingliz va rus/Uzbek tilida amaliy yozishmalar va xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini oshirish;
- Tadbirlarni rejalashtirish va vaqtni boshqarish bo‘yicha real tajriba;
- Dastur yakunida rasmiy sertifikat.

Eslatma: Amaliyot haqi to‘lanmaydi. Amaliyotchilar “Gratuitous Service Agreement” asosida ishlaydi. Kelajakda ish bilan ta’minlanish kafolatlanmaydi.

Talablar:
- Kamida 18 yoshda bo‘lish;
- AQSH fuqarosi bo‘lmaslik va O‘zbekistonda qonuniy yashayotgan bo‘lish;
- O‘rta yoki maxsus o‘rta ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lish;
- O‘zbekiston OTMlarida bakalavriat bosqichining 1–3-kursida (kamida yarim stavkada) tahsil olayotgan bo‘lish;
- Yaxshi o‘qish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lish va boshqalar.

Ariza topshirish tartibi:
Quyidagi hujjatlarni [email protected] manziliga elektron pochta orqali yuboring:
1. To‘ldirilgan ariza shakli (Foreign National Student Internship Application Form).
2. Pasport nusxasi.
3. O‘qiyotgan OTMdan tasdiq xati.
4. Joriy o‘quv joyidan transkript.
5. (Ixtiyoriy) Tavsiyanomalar va sertifikatlar.

Ariza topshirish oxirgi kuni: 2025-yil, 31-may

👉 Batafsil BU YERDAN ma’lumot oling

Eslatma: Arizalar ko‘pligi sababli faqat saralangan nomzodlar suhbatga chaqiriladi.

@grantlar_namuna
Maktab o’quvchilari uchun “Toshkent shahar hokimligi a’lochisi” onlayn olimpiadasi

Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi hamda Turin Politexnika universiteti hamkorligida 1–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Matematika va Ingliz tili fanlari bo‘yicha “Toshkent shahar hokimligi a’lochisi” onlayn olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Olimpiada bosqichlari:
• Saralash bosqichi (onlayn): 7–17-iyul
• Tuman bosqichi (onlayn): 27-iyuldan avgust oxirigacha
• Final bosqichi (offlayn): 17–27-avgust
• Taqdirlash marosimi: 7-sentyabr

Har bir sinf kesimida 10 nafardan g‘olib aniqlanadi.

Mukofotlar:
1-o‘rin — kompyuter
2-o‘rin — planshet
3-o‘rin — telefon
4–10-o‘rinlar — qimmatbaho sovg‘alar
Eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan o‘quvchilarning ustozlariga — kompyuter

Ro‘yxatdan o‘tish: Testbor.uz platformasi yoki @testboruz_bot orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi muddat: 2025-yil 17-iyul

Olimpiada Toshkent shahridagi barcha maktab o‘quvchilari uchun ochiq. Bu nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki shahar miqyosida e’tirofga sazovor bo‘lish uchun ham katta imkoniyatdir.

@grantlar_namuna
JACAFA stipendiyasi boʻyicha mentorlik kursi!

@Grantlar_namuna loyihasi JACAFA stipendiyasi boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Bu dastur Oʻzbekiston OTMlarida oʻqiyotgan bakalavrlariga 2 yil davomida oyiga 110 AQSH dollari stipendiya olish va quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat

Kursning asosiy jihatlari:
– Stipendiyani yutish imkoniyatingizni oshiradi.
– Hujjatlarni tayyorlashda bevosita yordam koʻrsatiladi. Motivatsiya xati, CV va boshqalarni tayyorlashda koʻmak beriladi.
– Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
– Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Kursni kim olib boradi?

Kurs JACAFA stipendiyasi gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish pulli.

Kursga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi: 2025-yil 30-may, 23:59.

Murojaat:
Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

👉 JACAFA stipendiyasi haqida batafsil

@grantlar_namuna
Yevropada o‘qishni rejalashtirayotganlar uchun Erasmus+ haqida ochiq bepul sessiya

National Erasmus+ Office in Uzbekistan hamda Ziyo Forum hamkorligida Erasmus+ dasturi doirasida ochiq sessiya tashkil etilmoqda. Tadbir Erasmus+ orqali Yevropada o‘qish imkoniyatlari bilan tanishishni istaganlar uchun mo‘ljallangan.

Kimlar uchun:
– Yevropada 1-semestr mobaynida bepul o‘qishni xohlovchi talabalar
– Magistratura (EMJM) va doktorantura (MSCA) bosqichlarida to‘liq grant asosida tahsil olishni istovchilar
– Erasmus+ dasturlarining amaliy jihatlari bilan qiziqayotgan barcha yoshlar

Tadbir davomida quyidagi mavzular yoritiladi:
– Erasmus+ dasturi qanday ishlaydi
– Talabalar uchun mavjud yo‘nalishlar
– EMJM, MSCA, EMDM kabi magistratura va doktorantura dasturlari
– Mobility va CBHE imkoniyatlarining amaliy tomonlari
– Avval grant yutganlar bilan bevosita suhbat va tajriba almashish

Tadbir tafsilotlari:
📅 Sana: 2025-yil 26-may, 09:30
📍 Manzil: Ziyo Forum, Qushbegi 8, Toshkent

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi BU YERDA

Ushbu muhim sanani o'tkazib yubormang😊

@grantlar_namuna
Yosh bitiruvchilar uchun haq to'lanadigan amaliyot – Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasida

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi 2025-yil iyul oyidan boshlab Political, Press and Information (PPI) bo‘limida amaliyot dasturini e’lon qiladi.

Kimlar uchun:
– Xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, jurnalistika, huquq yoki boshqa ijtimoiy-gumanitar sohalarda oliy ma’lumotga ega yosh bitiruvchilar
– Yevropa Ittifoqi va uning tashqi siyosatiga qiziqqan, diplomatik muhitda ishlash istagidagi yosh mutaxassislar
– Ingliz, rus, o'zbek tilini yetarli darajada biladigan (yozma va og‘zaki)

🕐 Amaliyot davomiyligi:
– 6 oygacha
– Boshlanishi: 2025-yil iyul

🌍 Taklif etilayotgan imkoniyatlar:
– Amaliyot uchun oyiga taxminan 700 yevro miqdorida stipendiya berilishi mumkin.
- Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonasida bevosita tajriba orttirish
– Siyosiy, matbuot va jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha xalqaro amaliyot
– Mahalliy va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish
– Tashqi siyosat, diplomatiya va kommunikatsiya sohalarida amaliy bilimga ega bo‘lish

Ariza topshirish muddati: 2025-yil, 1-iyun

📎 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun havola

Eslatma: joylar soni cheklangan, arizalar ingliz tilida qabul qilinadi.

@grantlar_namuna
🇺🇸 AQShda o‘qishni rejalashtirayotgan talabalar uchun muhim yangiliklar

AQShdagi hozirgi siyosiy vaziyat sabab, 2025-yil bahoridan boshlab xalqaro talabalar, jumladan, o‘zbek abituriyentlari uchun talaba vizasi (F, M va J turlari) bilan bog‘liq jarayonlarda muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda.

📌 Kimlarga ta’sir qiladi:
Bu o‘zgarishlar AQShda o‘qishni rejalashtirayotgan yangi abituriyentlar, shuningdek, ayni paytda o‘qiyotgan talabalar va bitiruvchilar uchun ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Asosiy o‘zgarishlar:

– 2025-yil 27-maydan boshlab AQSh elchixonalari tomonidan yangi talaba vizalari uchun suhbatlar vaqtincha to‘xtatilgan.
– Vizaga murojaat qiluvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi kengaytirilgan tekshiruvdan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
– Siyosiy mavzuda faol bo‘lgan foydalanuvchilar uchun vizaning rad etilishi yoki bekor qilinishi ehtimoli oshgan.
– H-1B ishchi vizasi tizimida ham keskin cheklovlar va tanlov shartlarining murakkablashishi kutilmoqda.

👉 Batafsil bu yerda o‘qishingiz mumkin:

🟠 Amaliy ta’siri:

O‘zbek talabalarining AQShda o‘qish uchun viza olish ehtimoli pasayishi, ariza topshirish muddati uzayishi va muayyan holatlarda rad etilish ehtimoli ortmoqda. Qolaversa, endi ijtimoiy tarmoqlardagi harakatlaringiz viza qaroriga ta’sir qilishi mumkin.

Bo‘lajak talabalar uchun tavsiyalar:

– Vizaga ariza topshirishdan oldin ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalaringizni ko‘zdan kechiring va siyosiy mazmundagi faoliyatlar bilan ehtiyotkor bo‘ling.
– AQShga alternativ sifatida Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yevropa mamlakatlaridagi stipendiya va grant dasturlarini ham ko‘rib chiqing.

@grantlar_namuna sahifasi orqali boshqa davlatlardagi ta’lim imkoniyatlari va yangiliklardan doimiy xabardor bo‘lib boring.

@grantlar_namuna
🇬🇧 Angliyada nima gaplar: Buyuk Britaniyada o‘qishni rejalashtirayotgan talabalar uchun muhim yangiliklar

2025-yil may oyida Buyuk Britaniya hukumati tomonidan e’lon qilingan immigratsiya siyosatidagi o‘zgarishlar xalqaro talabalar, jumladan, o‘zbek abituriyentlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Asosiy o‘zgarishlar:

* Graduate Route vizasi muddati qisqartirildi: Bakalavr va magistratura bitiruvchilari uchun ishlash va ish qidirish imkonini beruvchi Graduate Route vizasi muddati 2 yildan 18 oygacha qisqartirildi. Bu o‘zgarish talabalar uchun ish topish va vizani boshqa turga o‘zgartirish imkoniyatlarini cheklashi mumkin.

* Universitetlarga qo‘shimcha soliq joriy etilishi mumkin: Hukumati xalqaro talabalar to‘lovlaridan olinadigan daromadga qo‘shimcha soliq joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu esa universitetlar tomonidan xalqaro talabalar uchun kontrakt to‘lovlarining oshishiga olib kelishi mumkin.

* Ingliz tili bo‘yicha talablar kuchaytirildi: Ishchi vizalar uchun ingliz tili darajasi B1 dan B2 ga oshirildi. Bu talab endilikda talabalar va ularning oilalari uchun ham qo‘llaniladi.

* Doimiy yashash uchun talablar o‘zgartirildi: Ilgari 5 yildan so‘ng doimiy yashash huquqini olish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bu muddat 10 yilga uzaytirildi.

🎓 Tavsiyalar:

Ish qidirishni ertaroq boshlang: Graduate Route vizasi muddati qisqartirilgani sababli, bitiruvdan oldin ish qidirishni boshlash tavsiya etiladi.

Universitetning karyera xizmatlaridan foydalaning: CV tayyorlash, ish qidirish va intervyu bo‘yicha maslahatlar olish uchun universitetning karyera xizmatlariga murojaat qiling.

Moliyaviy yaxshi reja qiling: Kontrakt to‘lovlarining oshishi ehtimolini hisobga olib, moliyaviy rejalaringizni qayta ko‘rib chiqing.

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi havolalarni ko‘rib chiqing:

👉 Talabalar uchun Britaniyaning yangi immigratsiya siyosati – nimalarni bilish kerak

Agar sizga ushbu mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot yoki boshqa davlatlardagi ta'lim imkoniyatlari haqida ma'lumot kerak bo‘lsa, bemalol izohlarda murojaat qilishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Markaziy Osiyo yoshlari uchun Yevropa Ittifoqidan yangi imkoniyat

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi yoshlar ovozini kuchaytirish va ularni jamiyat hayotidagi muhim qarorlar qabul qilish jarayonlariga jalb etish maqsadida Yoshlari Maslahat Kengashlariga yangi a’zolarni qabul qilishni e’lon qildi.

Kimlar uchun:
– Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarolari
– 18 yoshdan 30 yoshgacha (Turkmaniston uchun 35 yoshgacha)

Dasturning imkoniyatlari:
– Yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish
– Inson huquqlari, demokratiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida faollik ko‘rsatish
– Tashabbuslarni ilgari surish va siyosiy qarorlar jarayonida ishtirok etish
– Mintaqaviy va xalqaro mashg‘ulotlarda qatnashish

Ariza topshirish muddati:
2025-yil 15-iyun

👉 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish havolasi

Agar siz jamiyatda faol bo‘lishni istasangiz va mintaqaviy o‘zgarishlarda yoshlar ovozining eshitilishini xohlasangiz, ushbu imkoniyatdan foydalaning.

@grantlar_namuna
🇬🇧 MDIST tomonidan ingliz tili bo‘yicha 11-sinf bitiruvchilari tanlov

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan MDIST 11-sinf bitiruvchilari uchun ingliz tili bo‘yicha respublika miqyosidagi tanlovni e’lon qildi.

📌 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

– O‘zbekiston bo‘yicha barcha 11-sinf maktab bitiruvchilari.

🎯 Nima uchun ishtirok etish kerak?

– G‘oliblarga MDISTga kirish uchun ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonidan ozod bo‘lish imkoniyati beriladi.
– British Council tomonidan xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

💸 Ishtirok mutlaqo bepul!

🗓 Muhim sanalar:

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 15-iyun
1-bosqich (IELTS sinoviga tayyorlov testi): 2025-yil 24-iyun
2-bosqich (Aptis ESOL kompyuter testi): 2025-yil 25-iyul
Natijalar e’lon qilinadi: 2025-yil 30-iyul

📣 Tanlov natijasida faqat eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchi saralab olinadi.

Bu tanlov – xalqaro ta’lim sari ilk qadamingiz bo‘lishi mumkin. O‘zingizga ishoning va hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

🔗 Ro’yxatdan o’tish havolasi

📍 Tashkilotchilar: MDIST | British Council Uzbekistan

@grantlar_namuna
Turkiyada talabalik 🇹🇷

•Turkiyada 100% tekin talim?
•Turkiyada grant dasturlariga hujjat topshirish?
•Turkiyada online ta’lim?

Kanal nimalar haqida?
1. Qanday qilib diplom baholari bilan top universitetlarda oʻqish
2. Chet elda oʻqimoqchi boʻlganlar uchun tekin maslahatlar
4. Turli xil grantlarni qoʻlga kiritish
5. Islomiy bilimlar yoʻnalishida ta’lim.

Barchasi haqida 👇

Turkiyada Talabalik 🇹🇷

@turkiyadatalabalik
Chet elga o‘qishga ketayotgan talabalar uchun muhim maslahatlar!

(faqat hujjat emas – o‘zingizni ham tayyorlang!)

Chet eldagi ta’lim faqat bilim emas, balki mustaqil hayot, til muammosi, ijtimoiy muhit, moliyaviy reja va sog‘liqdagi o’zgarishlar tajribasidir. Quyidagi tavsiyalar sizga bu jarayonda muammolarsiz yo‘l olishga yordam beradi:

1. Sog‘ligingizni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazing.
O‘qishga ketishdan oldin umumiy tibbiy ko‘rikdan o‘ting, ayniqsa tish, ko‘z, yurak, allergiya va surunkali kasalliklar bo‘yicha. Chet elda tibbiy xizmat qimmat bo‘lishi, yoki faqat sug‘urta orqali taqdim etilishi mumkin. Tish muolajalari ko‘pincha sug‘urtaga kirmaydi va juda qimmat.

2. Doimiy foydalaniladigan dorilarni o‘zingiz bilan olib boring.
Chet elda ko‘plab dorilar faqat shifokor retsepti bilan sotiladi. Sizga kerakli dori u yerda mavjud bo‘lmasligi ham mumkin. Doimiy foydalanadigan dori-darmonlarni yetarlicha miqdorda, rasmiy shifokor tavsiyasi bilan olib boring.

3. Hujjatlaringizni raqamlashtiring va nusxasini saqlang.
Pasport, vizalar, sug‘urta polisi, kirish xati, bank hujjatlari va qog‘ozdagi nusxalarini alohida joyda saqlang. Fayllarni Google Drive yoki boshqa ishonchli platformalarda zaxiralang.

4. Moliyaviy rejangizni tuzing
O‘qish, turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlarini oldindan hisoblang. Shoshilinch holatlar uchun alohida zaxira puli bo‘lishi kerak. Bank kartangiz chet elda ishlashiga ishonch hosil qiling va iloji bo‘lsa, xalqaro valyutada zaxira saqlang.

5. Universitet qoidalari va talabalik huquqlari bilan tanishing.
Kutilmagan muammolar (vizaning yangilanishi, dars qoldirish, o‘qishni ko‘chirish) yuz berganda o‘zingizni himoya qilish uchun universitetnibg rasmiy adminstratsiya bo’limi, qoidalari va talabalar xizmatlari bilan oldindan tanishib chiqing.

6. Mahalliy madaniyat va urf-odatlarga hurmat bilan yondashing. Madaniy farqlarni tushunish – muammolarni oldini olishning eng muhim yo‘li. Mahalliy madaniyatni hurmat qilgan holda o’zligingiz, o’zbek madaniyatini ham yoddan chiqarmang.

7. Psixologik tayyorgarlikni ham unutmang.
Chet elda o‘qish ba’zida yolg‘izlik, sog‘inch yoki madaniy shok keltirishi mumkin. Bu holatlar tabiiy va vaqtinchalik. Oila bilan aloqa saqlash, yangi do‘stlar orttirish va faol hayot tarzi psixologik barqarorlikni saqlashga yordam beradi.

8. Kerakli ilovalarni yuklab oling.
Viza, telefon aloqalari, dars jadvali, transport, sog‘liq, xarita, tarjima kabi xizmatlar uchun kerakli ilovalarni telefoningizga yuklab oling. Internet bank, VPN, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga doir sozlamalarga e’tibor bering.

9. Yengil va kerakli narsalarnigina olib boring.
Iqlimga mos kiyim-kechak, dars uchun asboblar, zarur elektronika, dori vositalari – shular yetarli. Og‘ir yuklar nafaqat noqulay, balki bojxona cheklovlariga ham duch kelishi mumkin.

10. O‘qish rejalaringizni real holatga moslashtiring.
Dastlabki oylar moslashish davri bo‘ladi – til, atrof-muhit, akademik yuklama. O‘zingizga mos tartib va o‘qish rejimini shakllantiring. Yordam so‘rashdan uyalmang – universitetda bu uchun maxsus xizmatlar bor.

Bu tavsiyalar Yevropa, AQSh, Kanada, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlar uchun mosdir. Har bir mamlakat o‘ziga xos shartlarga ega – bularni oldindan o‘rganing.

🧳 Ketishdan oldin faqat chamadon emas, o‘zingizni ham to‘liq tayyorlab oling!

@grantlar_namuna
NSP granti javoblar chiqdi – 82 nafar oʻzbekistonlik g’olib!

Slovakiyada 2 semestrgacha oʻqish/tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Slovakiya Milliy stipendiya dasturining (NSP) natijalari eʼlon qilindi.

Bu safargi qabulda jami nafar O'zbekistonlik nomzod ushbu grantni qo'lga kiritgan. Shulardan aksariyati @grantlar_namuna loyihasi tomonidan tashkil qilingan maxsus kurs va/yoki hujjatlarni tekshirish xizmatidan foydalangan!

👉 NATIJALARNI KO’RISH

Kategoriyalar kesimida oʻzbekistonlik gʻoliblar soni:
– A kategoriya: 75 ta gʻolibdan 66 tasi Oʻzbekistonlik
– B kategoriya: 25 ta gʻolibdan 13 tasi Oʻzbekistonlik
– C kategoriya: 46 ta gʻolibdan 3 tasi Oʻzbekistonlik

Yutganlarni tabriklaymiz!

@grantlar_namuna
KOREYADA O‘QISH – SO‘NGGI 1 HAFTA! 🇰🇷

✈️ 2025-yil kuzgi qabul yakunlanmoqda — atigi 1 hafta qoldi!
Orzularingizni kechiktirmang, hali ham imkon bor!

📍 Seoul shahridagi eng nufuzli universitetlar talabalarni qabul qilishni davom ettirmoqda!

🎓 Magistratura uchun:
✔️ IELTS 5.5 bo‘lsa yetarli
✔️ E-VISA olish imkoniyati
KDB bank hisobi yoki yillik daromad hujjati talab qilinmaydi

🎓 Bakalavr uchun:
✔️ IELTS 5.5 yoki TOPIK 3 bo‘lsa, 50% gacha grant imkoniyati
✔️ Oldindan to‘lov yo‘q
Firma to‘lovi faqat viza tasdiqlangandan keyin🥳

🕒 Joylar cheklangan!

Orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun so‘nggi imkoniyatni boy bermang!

📲 Admin bilan bog‘lanish: @Koryeo_consulting1
📌 Kanalimiz: https://www.tg-me.com/koryeo_consulting
2025/06/27 04:52:29
Back to Top
HTML Embed Code: