Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2025 #Statistika

📌Qabul yakunlandi. Bugun to‘lov qilishning so‘ngi kuni.

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

📊 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi.

🔹Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili  — 644 027 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 71 476 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 14 959 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 949 nafar.

🔸Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
👦🏻 erkaklar — 346 299 nafar;
👧🏻 ayollar — 386 112 nafar.

❗️Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #akademik_litsey

Guliston davlat universiteti akademik litseyiga qabul davom etmoqda!

Aniq fanlar yo‘nalishi (matematika, fizika)
Aniq fanlar yo‘nalishi (matematika, xorijiy til)
Tabiiy fanlar yo‘nalishi (biologiya, kimyo) Ijtimoiy gumanitar fanlar yo‘nalishi (huquq, ingliz tili)
Xorijiy tillar (ingliz tili, ona tili va adabiyot) yo‘nalishlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 10-iyundan 10-iyulgacha amalga oshiriladi.

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:

▪️Akademik litseylarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablardagi malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.edu.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar!

Guliston davlat universiteti akademik litseyiga hujjat topshirib, kelajagingizga mustahkam zamin yarating!

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 10-iyunidan 10-iyuliga qadar davom etadi.

@gulduuz
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
#dolzarb90kun #Biznes_marafon #motivatsion_trening

Guliston davlat universiteti Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti tomonidan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, 2025-yil 26-iyun kuni Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi tashabbusi bilan talabalarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida qator amaliy tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, “Biznes marafon” motivatsion trening , "Bir talabaga bir loyiha" dasturi asosida , kasbiy va fan to'garagi tashkil etildi.
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
2025-yil 26-iyun kuni Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirokida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi ta'til davrida oliy va kasbiy ta'lim muassasalari, akademik litseylar talaba va o'qituvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha iyun-iyul-avgust oylariga mo'ljallangan kunlik GRAFIK REJA ga asosan "Bir talabaga bir loyiha"  boʻyicha darslar oʻtkazildi.
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
Guliston davlat universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Bir talabaga bir loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturi doirasida Guliston davlat universiteti doktorantlari bilan xalqaro grand dasturlariga o‘zlarining loyihalarini joylash tartiblari va talablari yuzasidan amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi. #Dolzarb_90_kun
#GulDU
#GulDU_Yoshlar_akademiyasi
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
#Dolzarb90kun

Filologiya fakulteti “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Hamdamov UsmonDolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta'til davrida o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, Mirzaobod tumani Navro‘z MFY “Navro‘z akademiyasi” o‘quv markazida haftada ikki marta ingliz tilidan to‘garak o‘tib kelmoqda. To‘garakda kasbiy rivojlantirishga ko‘maklashish, kitobxonlik, mahorat saboqlari, kabi muhim vazifalar belgilab olingan.

Mazkur to‘garak kelajak avlodning sog‘lom, bilimli va faol bo‘lib ulg‘ayishi uchun muhim zamin yaratadi.
2025/07/14 03:05:01
Back to Top
HTML Embed Code: