Telegram Web Link
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
2025-yil 26-iyun kuni Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirokida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi ta'til davrida oliy va kasbiy ta'lim muassasalari, akademik litseylar talaba va o'qituvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha iyun-iyul-avgust oylariga mo'ljallangan kunlik GRAFIK REJA ga asosan "Bir talabaga bir loyiha"  boʻyicha darslar oʻtkazildi.
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
Guliston davlat universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Bir talabaga bir loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturi doirasida Guliston davlat universiteti doktorantlari bilan xalqaro grand dasturlariga o‘zlarining loyihalarini joylash tartiblari va talablari yuzasidan amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi. #Dolzarb_90_kun
#GulDU
#GulDU_Yoshlar_akademiyasi
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
#Dolzarb90kun

Filologiya fakulteti “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Hamdamov UsmonDolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta'til davrida o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, Mirzaobod tumani Navro‘z MFY “Navro‘z akademiyasi” o‘quv markazida haftada ikki marta ingliz tilidan to‘garak o‘tib kelmoqda. To‘garakda kasbiy rivojlantirishga ko‘maklashish, kitobxonlik, mahorat saboqlari, kabi muhim vazifalar belgilab olingan.

Mazkur to‘garak kelajak avlodning sog‘lom, bilimli va faol bo‘lib ulg‘ayishi uchun muhim zamin yaratadi.
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
#dolzarb90kun

"Dolzarb 90 kun
” loyihasi doirasida 26-iyun kuni Guliston davlat universiteti professor- oʻqituvchilari hamda ishchi-hodimlar oʻrtasida sportning Stol tennisi boʻyicha sport musobaqasi oʻtkazilmoqda.
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
2025-yil 26-iyun kuni kafedra dotsenti D. Nurmuxamedova tomonidan “А.S.Pushkin asarlarining til xususiyatlari” mavzusida to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida barcha talabalar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

To‘garakning asosiy maqsadi — A.S. Pushkinning adabiy merosi va uning rus adabiyotidagi o‘rni haqida umumiy tushuncha berish, Pushkin asarlarida qo‘llangan til vositalari, uslubiy xususiyatlar hamda badiiy ifoda vositalarini tahlil qilish; yozuvchi tilining soddaligi, obrazliligi va xalq tiliga yaqinligi kabi jihatlarni aniqlashdan iborat edi. Shuningdek, mashg‘ulot talabalarning mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘z fikrini asoslab bera olishga o‘rgatish hamda ularning Pushkin ijodiga bo‘lgan qiziqish va hurmatini shakllantirishga xizmat qildi.
🍏Guliston davlat universiteti, Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida "Dolzarb 90 kun" doirasida "Yosh volontyorlar" to'ragaragi tashkil etildi.

🍏To'garakda talaba-yoshlar volontyorlik faoliyati, uning zavqi va insonparvarlik tuyg'ulari shakllanishida tutgan o'rni haqida yetarlicha ko'nikmalarga ega bo'lishdi.

🍏 "Dolzarb 90 kun" doirasidagi loyihalar davom etadi, jarayonlarni kuzatib boring...

#Dolzarb_90_kun
#Guldu
#Psixologiya_va_ijtimoiy_fanlar_fakulteti

https://www.tg-me.com/Psixologiya_va_ijtimoiy_fanlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 13:33:46
Back to Top
HTML Embed Code: