#SIMO2025 #Matematika #Yoshlar #Olimpiada #Yutuq
Talabalarimiz yana bir bor yutuqqa erishdi!
26-29 iyun kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo‘lib o‘tgan “Akademik Sadullayev Olimpiadasi – SIMO-2025”da Guliston davlat universitetining matematika yo‘nalishi iqtidorli talabalari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar!
🥈 Matematika ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari:
Nabixonov Akbarxon
Raxmonov Samariddin
Ushbu nufuzli olimpiadada kumush medal sohibi bo‘lishdi!
Jamoa rahbari – Matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi Umarov Xabibullo.
Guliston davlat universitetini jamoasi nomidan “SIMO-2025” jamoasini chin dildan tabriklaymiz, kelgusi ilmiy izlanishlarida va olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
@gulduuz

Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb90kun #DIQQAT
Diqqat: Guliston davlat universiteti va Sirdaryo viloyati FVB ogohlikka chorlaydi!
Hurmatli talaba-yoshlar! Yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar jumladan, cho‘kish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, ruxsat etilmagan joylarda (daryolar, so‘ylar, kanallar, ariqlar, ko‘llar, suv omborari va fermer xo‘jaliklarining sun’iy suv hovuzlari) cho‘milmgan. O‘z hayotingizni-o‘zingiz asrang! Belgilanmagan joylarda cho‘milmang. Bu — hayot uchun o‘ta xavfli!

“O‘quv sifatini yetarlicha taʼminlay olmaganimiz sabab sirtqi taʼlim tugatildi” — Oliy taʼlim vaziri — Daryo Yangiliklari
https://daryo.uz/category/uzbekistan/x6saa8zh0qrl

Daryo.uz
“O‘quv sifatini yetarlicha taʼminlay olmaganimiz sabab sirtqi taʼlim tugatildi” — Oliy taʼlim vaziri
“Ko‘p talaba ish bilan bandligi uchun darsga vaqtida kelmaydi. Bu holat ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilayotgandi”, deydi Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Forwarded from Edu.uz
#YoshlarKuni
Qadrli yurtimiz yoshlari!
🇺🇿 30-iyun – Yoshlar kuni – bu kun sizlarning orzularingiz, fidokorona mehnatingiz, cheksiz salohiyatingiz va Vatanga bo‘lgan sadoqatingizga bag‘ishlangan muhim sanadir.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi sizlarni samimiy qutlaydi!
Siz – ertangi kun bunyodkorlari, ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyotiga yo‘l ochuvchi kuchsiz. Har biringizning bilimga bo‘lgan intiluvchanligingiz, yangilikka chanqoqligingiz va mehnatsevarligingiz – yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
Ilm izlang, sadoqatli bo‘ling, orzularingiz sari dadil intiling. Yangi g‘oyalar, kreativ fikrlar va zamonaviy yondashuvlar bilan kelajakka yo‘l oching!
Har bir kuningiz izlanish, o‘sish va yutuqlarga boy bo‘lsin!
Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Yoshlar_Kuni
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlari topshiriladi.
Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, "yashil" iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.

#Prezident_YoshlarUchrashuvi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
- dedi Prezidentimiz.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
“Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan o‘sib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz, siz yoshlarning ham munosib hissangiz bor.
Bilagida kuch-g‘ayrat, har bir harakatida azmu shijoat jo‘sh urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni ko‘rib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi.
Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?
Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”,
- dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
Masalan, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.
Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.
Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.
#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Masalan, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.
Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.
Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.
#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat
Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.
— dedi Prezident.
#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.
“Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari ko‘p bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, o‘zaro jipslik hamisha barqaror bo‘ladi.
Yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan”,
— dedi Prezident.
#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.
Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.
Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.
Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.
#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.
Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.
Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.
#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Endi, yoshlar yetakchilari maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni o‘rganishi kerak
Uchrashuvda mahallalarda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi og‘ir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming o‘quvchi borligi barchani o‘ylantirishi kerakligi qayd etildi.
— dedi Prezident.
Shu o‘rinda davlatimiz rahbari yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi:
#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Uchrashuvda mahallalarda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi og‘ir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming o‘quvchi borligi barchani o‘ylantirishi kerakligi qayd etildi.
“Albatta, yoshlarning tilini yoshlar tushunadi, ular bir-biridan o‘rnak oladi, bir-biriga motivatsiya beradi.
Shu bois, 9 mingdan ziyod mahallada yoshlar yetakchilarini tayinladik. Ular uch yil davomida ko‘p narsani o‘rgandi, yetarli tajriba orttirdi.
Endi, ular maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni o‘rganishi kerak”,
— dedi Prezident.
Shu o‘rinda davlatimiz rahbari yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi:
“Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sog‘lom muhit kimga bog‘liq? Avvalo, sizlarga bog‘liq.
Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak. Shuning uchun, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida avvalo sizlar ko‘proq qayg‘urishingiz lozim”.
#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir so‘z bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi!
Respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin o‘quv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. So‘nggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi.
Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi ko‘rsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarni ko‘paytirishga chaqirdi, buning uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi.
Viloyat, tuman hokimlari har bir bolaga o‘z farzandidek qarab, sog‘ligi, o‘qishi, yurish-turishi, qiziqish va orzulari, muammolaridan doim xabardor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ular yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yib, maktab, oliygoh, o‘quv va kasb markazlari, tadbirkorlarni boshini qovushtirib, yoshlarga ko‘maklashadigan tizim qilsa, albatta natija bo‘lishi ta’kidlandi.
— dedi Prezidentimiz.

“Bu ishlar “kampaniyabozlik” bo‘lmasligi, o‘zgarishlarni har bir mahalladagi har bir yosh har kuni chuqur his qilishi zarur.
Ana shunda Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir so‘z bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi!”,