Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkonini beradigan buyuk ne’mat

“Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli ma’lumotlarni yetkazish va targ‘ib qilish doim e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur”,

— dedi Prezident.

Shu maqsadda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil etilgani, markaz milliy madaniyat, san’at, adabiyot, tarix va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga mo‘ljallangan tarbiyaviy kontentlar yaratish uchun mas’ul bo‘lishi qayd etildi.

Joriy yildan boshlab mahallalarda o‘tkazilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarida 244 ming yigit-qizlar ishtirok etdi, 1 milliondan ziyod yoshlar esa ularni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Bu bellashuvlar vatanparvarlik, jasorat va jipslikni targ‘ib etadigan muhim harakatga aylandi.

“Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz.

Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkonini beradigan buyuk ne’mat”,

— dedi Prezidentimiz.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Men sizlar bilan faxrlanaman!

Prezidentimiz bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi o‘g‘il-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi O‘zbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin bo‘lganini ta’kidladi.

“Men sizlar bilan faxrlanaman! Sizlarning har bir yutug‘ingiz bu – ko‘p millatli butun xalqimizning yutug‘idir. Azmu shijoatingiz, sog‘lom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz – millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir”,

— dedi davlatimiz rahbari.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Davlatimiz rahbari o‘z sohasida ilg‘or, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va g‘oyalarini tingladi.

Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarimiz mukofotlangan edi. Bugungi tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Tadbir yakunida davlatimiz rahbari yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:

Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani. Poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, hayotingiz, baxtingiz binosi shunchalik muhtasham bo‘ladi.

Yoshlikdagi harakat kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan do‘st bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani.

Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi.

Men butun O‘zbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi bo‘lishini tilayman!

Ishonchim komil, biz ko‘p millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulug‘ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi O‘zbekistonni barchamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!”.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
#dolzarb90ku #karyera_kuni #mehnat_yarmarkasi

Guliston davlat universitetida “Karyera kuni” doirasida navbatdagi bandlik tadbiri o‘tkazildi

Guliston davlat universiteti Registrator ofisi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashabbusi boshlab yuborildi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentning 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

2025-yil 30-iyun kuni Guliston davlat universitetida talabalar va ota-onalarni universitet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, ishga joylashish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” doirasidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mas’ul xodimi B. Xo‘jamqulov hamda Guliston shahar bandlik bo‘limi bosh mutaxassisi A. Bobomurodov so‘zga chiqib, viloyat va shahar miqyosida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berdilar. Jumladan, Sirdaryo viloyatida 4800 dan ortiq, Guliston shahrida esa 500 dan ortiq vakant ish o‘rni mavjudligi, shundan 100 dan ortig‘i pedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha, xususan 2-, 11-, 15- va 17-sonli umumta’lim maktablarida mavjud ekani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida rus va ingliz tili yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 10 nafarga yaqin bitiruvchi bilan ishga joylashish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bu esa universitetda olib borilayotgan bandlik siyosati natijadorligini yaqqol namoyon etadi.
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
🍏Guliston davlat universiteti, Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida "Dolzarb 90 kun" doirasida "Yosh tadqiqotchilar” to'ragaragi tashkil etildi.

🍏 "Dolzarb 90 kun" doirasidagi loyihalar davom etadi, jarayonlarni kuzatib boring...

#Dolzarb_90_kun
#Guldu
#Psixologiya_va_ijtimoiy_fanlar_fakulteti

https://www.tg-me.com/Psixologiya_va_ijtimoiy_fanlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️Guliston davlat universiteti, Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari o'rtasida "Biz ta'tildamiz" shiori ostida e'lon qilingan "Vatanimni sevaman" nomli fotosuratlar va videoroliklar tanlovi bo'yicha Ijtimoiy ish yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Mamatqulova Dilafruzning tayyorlagan videoroligi...

☑️ Bizni kuzatishda davom eting...

#Dolzarb_90_kun
#Guldu
#Psixologiya_va_ijtimoiy_fanlar_fakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 15:36:53
Back to Top
HTML Embed Code: