Telegram Web Link
Ushbu ishni ko'rib qolib, darajasidan xursand bo'ldim, loyiha belgisining minimalizm, metaforasi, gumbazni stilizatsiya orqali ma'romida unikallashtirish, simple shrift tanlanganligi - umumiy yaxshi muvozanatdagi ish bo'lganligini anglatadi.

Dizayn ishlar rubrikasi
Agar men sohamizda endi faoliyat olib borishni boshlaganimda...
Status: o'rganuvchi, yosh 18, 2025-yil.

1️⃣ Maqsad bosqich
Dizayn sohasi qo'limdan yaxshi kelishiga ishonch xosil qilish, online ochiq manbalardagi darsliklarni va boshqa dizaynerlar ishlarini kuzatish. Selfstudy bilan shug'ullanish va ushbu jarayon o'zimga ma'qul kelayotganini aniqlash. So'ng miyyadan boshqa barcha chalg'ituvchi hayollarni tozalab tashlash. Dizayn bo'yicha yaxshi darajaga chiqishni niyyat va maqsad qilish.

Maqsadlarni ma'lum bir muddat o'tganidan so'ng yana tekshirib va tahlil qilib olish mumkin. Bu haqida keyinroq yozib o'taman.

2️⃣ Ta'lim bosqich
Moliyaviy imkoniyatimdan kelib chiqqan holda o'quv markaz yoki online kurs sotib olar edim. Imkoniyatim umuman yo'q bo'lgan holatda - bepul ochiq manbalarga yo'l olar edim. Youtubeda hozirda yetarlicha manbalar mavjud. Hard bilimlarga maksimal fokusimni qaratar edim.

Kursda e'tibor berishim kerak bo'lgan yana bir holat - bu uning muddati. Butun bir yilga mo'ljal olmaganligiga qarash bo'lar edi. Ya'ni ushbu bosqich uchun kamida 4-6 oyni mo'ljal qilar edim. 1 yillik yoki undan oshiq vaqtga mo'ljal qilingan kursda vaqtdan yutqazish xavfi bo'lishi mumkin.

3️⃣ Shogirdlikka tushishga harakat qilar edim
Ma'lum bir darajadagi hard bilimlardan so'ng, ya'ni asosiy grafik dasturlarni o'rganganimdan so'ng, dizayn prinsiplari bilan yaxshilab tanishib chiqqanimdan so'ng, vizual bazamni kuzatuvchanlik va amaliy qism orqali rivojlantirib olgandan so'ng, shogirdlikka harakatni boshlar edim.

1-sektor agentliklar. Mahalliy barcha agentliklarni kuzatib chiqar edim. Potensial 2-3 yoki 4-5 talariga stajirovka uchun shogirdlik taklifi bilan chiqar edim (taklif bilan chiqishni o'zi ham alohida yondashuv talab qiluvchi qiziqarli mavzu, bu haqida keyingi postda tavsiya qoldiraman).

Agar agentliklarni barchasi rad javobini bersalar, unda dizayn sohasi mavjud bo'lgan 2-sektor poligrafiya yoki tipografiyaga shogirdlik taklifi bilan chiqar edim. Ular qabul qilish imkoniyatlari yuqoriroq.

Ushbu jarayonlarga ideal holatda ta'lim bosqich 6-oy, shogirdlik 1-1.5 yilgacha vaqtni mo'ljal qilgan bo'lar edim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirlar qilish kerak. Faqat yondashuvni o'zgartirgan holda
Bizda yetarli darajadagi hamkasblar kamroq bo'lsa ham, borlar. Lekin tadbirlar mavzusida chiqa olishlari juda murakkab holat.

Sababi so'zlash uchun arzirli mavzulari bo'lmasligi mumkin. Aslida yetarlicha mavzular bo'lishi mumkin, lekin pishmagan, ma'romida bo'lmagan holatda.

Shu sababli ham yondashuvni quyidagi uslubga o'zgartirish kerak. Agar so'zlash uchun yaxshi mavzularingiz bo'lsayu, lekin ma'romida bo'lmasa yoki umuman arzirli mavzu bo'lmay qolsa, unda o'zingizda ma'lum bir darajadagi upgrade bosqichni aniqlab olishingiz, so'ng ma'lum bir muddat vaqtni belgilashingiz va ushbu vaqtgacha - so'zlashingiz kerak bo'lgan mavzuda kerakli tajribalarni sinab, amaliy va nazariy taraflama ma'romiga keltirib qo'yishingiz kerak bo'ladi.

Sohaviy tadbirlar tashkillab borish - hamkasblar oralarida yaxshi reputatsiya qurish, sohangizga jiddiy munosabatda ekanligingizni his qilib turish holatlarini taqdim qiladi. Bu uchun bizda yetarlicha infratuzilma shakllanib bo'lgan. Ivent zonalar juda ko'p.
Edfix, Osnova, Qadam va boshqa zamonaviy kasblarni o'rgatuvchi online o'quv platformalar uchun - bir g'oya

Men bir vaqtlar "Next" savdo markazida "Lerna" onlayn platrofmasining kurs mahsulotlari stendini ko'rib mazza qilgan edim. O'ziga e'tibor torta olgan uslub. Ushbu g'oyani savdo markaziga emasu, ta'lim dargohlariga o'zgartirilsa ajoyib qaror bo'lish ehtimoli mavjud.

Yuqoridagi bizni mahalliy platforma loyihalar ham kurslarini targ'ibotlari uchun faqatgina digital kanallardan (yo'llardan) tashqari, shu kabi oflayn yo'llardan foydalanishlari mumkin. Maktablar uchun bu aniq yangilik bo'ladi. Sababi maktablar ichida odatda turli to'garak e'lonlari mavjud. Shunda ham oddiy A4 qog'ozda e'lonlar taxtachasiga yopishtirilgan holatda. O'zingiz borib sinchiklab o'qib aniqlab olmasangiz, sezmaysiz ham. Lekin endi tasavvur qiling maktabning asosiy fayesining bir burchagida onlayn flatformaning brend dizaynlaridagi roll up yoki flayerlari ko'p sonda o'rnatilgan stend turibdi. Format tarafdan ham, mavzu tarafdan ham ancha qiymatli.

Maktablarda odatda yuqori sinf o'quvchilarda - turli sohalarga qiziqishlar paydo bo'lishni boshlaydi, agar maktabni yakunlash davrlari bilan parallel zamonaviy kasblarni birini o'rganishni boshlasalar, vaqtdan juda yaxshigina yutgan bo'la oladilar. Har yili shunday qaynab turgan potensial auditoriya yetishib chiqadi, lekin ular bu energiyalaridan samarali foydalanib qolishlari kamdan-kam holat. 20-22 yoshlarigacha 1-2 yillik sohaviy tajriba to'play olishlari uchun ham, aynan o'qish davrlaridan kasb o'rganishni boshlashlari ancha qiymatli bo'la oladi. Kuniga 1-2 soatdan shug'ullanib bo'lsa ham.

Ta'lim dargohlari bilan omadli kelishuv amalga oshirilsa kifoya
Oxirgi vaqtlar bir narsani sezmoqdaman. Yaxshi siljishlar bo'lmoqda bir necha tanish dizaynerlarimda.

Zo'r motivatsiya yozib qoldirishni reja qildim. Bilasizmi bizni yurtda dizayner bo'lib faoliyat olib borishni o'zi katta gap. Uncha-muncha odam sohamizga nisbatan hali ma'romida shakllanmagan bozor va munosabatni deb tezlik bilan turli qo'shni sohalarga o'tib ketadilar.

Lekin siz hozirda dizayner bo'lib faoliyat olib borayotgan bo'lsangiz. RESPECT!

Men bizni sohani 3 ta bosqichlarga bo'laman. 1. Sohani o'rganish. 2. Sohani real hayot bilan bog'lash. 3. Soha orqali muvaffaqiyatga erishish.

Sohani o'rganib, hayotingiz bilan omadli bog'lab olgan bo'lsangiz - shuni o'zi katta natija. 3-bosqich uchun esa yanada kuchliroq, bilimliroq tayyorlanishimiz kerak.
Bilasiz bizni soha va marketing bir-biriga kuchli bog'liq bo'lgan sohalar. Dizayner ham marketing bilimlarini o'rganib borishi juda kerak.

Ushbu yo'nalishda - bir yaxshi telegram kanalni tavsiya qilib qoldiraman. Ichida ko'p qiziqarli ma'lumot va tajribalarni o'qib borishingiz mumkin.

https://www.tg-me.com/cashvertising_abdulhamid
Dizayn sohasida kattaroq o'yinchi bo'lish uchun kamida 2 yoki 3 ta yo'nalishga jiddiy kirishish kerak

Bizda juda ko'p xizmat turlarimiz mavjud. Kichiklardan tortib, katta-katta xizmatlargacha.

Dizayn sohasida ham katta va qiymatli o'yinchi bo'lish uchun o'zingizga asosiy bir nechta yo'nalishlarni tanlab olishingiz va ushbu yo'nalishlar bo'yicha doimiy rivojlanib borishingiz kerak.

Yo'nalishni qanday tanlay olishimiz mumkin?

1. O'zingizni qiziqishlaringizni tahlil qilgan holda.

2. Siz qiziquvchi yo'nalishdagi xizmatlarga - o'rta va yuqori meyorda qanday raqamlarda to'lov darajalar mavjud.

3. Yo'nalish perspektivasi. Talab va extiyojlardan kelib chiqqan holda.

Shunday mikro xizmatlar mavjud - ular uchun moddiy to'lovdan ko'ra, yaxshi munosabat yaratishda foydalanish samaraliroq. Shunday xizmatlar bor, ular uchun ko'rishuvlar belgilash, batafsil suhbatlashish, kattaroq qiymatlar berishga erishish foydaliroq.
Agar marketing agentlikda faoliyat olib borsangiz yoki tashqi loyihalaringiz mavjud bo'lsa.

Ularni ijtimoiy tarmoq dizaynlarida - sahifani to'liq dizaynlar bilan to'ldirib yubormang.

Ushbu bosqichda muvozanat buzilib ketganiga ancha vaqt bo'lmoqda.

Instagram birinchi navbatda - fotogalereya, unga tabiiylik kerak.

Dizayn materiallar esa keyingi daraja va ular dizaynsiz bo'lgan kontentlardan kamroq bo'lishi kerak. Agarda hech qanday dizaynsiz bo'lgan kontentlarni qilish muammo bo'layotgan bo'lsa - unda dizaynni soddalashtiring.

Reels coverlarda haligacha manipulyatsiya va qiyin effektlardan foydalanish absolyut shart emas.
Moddiy maqsadlaringizni oylik maosh bilan rejalashtirishingiz boshlang'ich va o'rta bosqichlarda normal.

Lekin keyingi yuqori bosqichda oylik maoshni emas, oylik daromadni oshirishga e'tiboringizni qaratganingiz ma'qul va perspektiv.

Bizning yo'nalishda oylik maoshni chegarasiga juda tez yetib kelib qolishingiz mumkin. Ideal holatda bizning daromadimiz proporsional ravishda bilim, tajriba va ma'suliyatimizga nisbatan doimiy o'sib borishi kerak. Oylik maosh esa ko'p joylarda ma'lum bir nuqtada o'z chegarasiga yetib kelib qoladi (agarda sohangizga bog'liq bo'lmagan boshqa yo'nalishlardagi ma'sulyatlarni ham qabul qilmasangiz)

Sohamizning kuchli ustunlik tarafi esa - oylik maoshni daromadni oshishiga keng imkoniyatlar bera olishadi.
GIPERFOKUS ©️Kris Beyli
Butunlay chalg'ituvchi dunyoda, diqqatni qanday boshqarish

O'ylab ko'ring oxirgi vaqtlar hayollaringiz, rejalaringiz qanchalik tiniq? Qanchalik rejalar tuza olasizu va rejalaringizdan osongina boshqa holatlarga o'tib ketasiz? Avtopilot rejimingiz sizni qanchalik darajada boshqaradi?

Ushbu kitobni xarid qilish vaqtida - tanlovimda avvalroq yana bir time-managment haqidagi kitob bor edi. Lekin kitob rastani biroz kuzatib, ushbu Giperfokus haqidagi kitobni topdim. Va o'ylab ko'rdim. Ushbu 2 kitobning qay biri bo'yicha muammo kattaroq va xavfliroq?

Bu albatta giperfokus mavzusi edi. O'ylaymanki bu kitobni doimiy o'qib boruvchi kitoblarim orasiga qo'shaman. Bizda (ya'ni hozirgi zamon insonlarda) diqqat mavzusi o'ta jiddiy muammo.
Fastfood va bakery yo'nalishida, mahalliy brendlarimizda ekspansiya uslubi bo'yicha qizg'in raqobat / poyga ketmoqda

Asosiy favoritlar shaxarni qayerida yaxshi joy topsalar, o'sha joylarga yangi filiallar ochishmoqda.

Kichik-kichik o'yinchilarni kattalar yutib-yuborishlarini endi bizda ham uchratib borishingiz mumkin.

Qahva yo'nalishida ham jarayon tezlashmoqda. Misol uchun men "Konsta Coffee" ni tezroq kafe formatiga yetib kelishini kutmoqdaman.
Dizayner sifatida qaysi fastfood va bakery brendlarimizning jamoalariga qo'shilib ko'rar edingiz?
Anonymous Poll
19%
Evos
7%
Oqtepa Lavash
23%
FeedUp
7%
Loook
3%
Street77
16%
Safia
3%
CakeLab
9%
Bon!
4%
Chopar / Les Ailes
9%
Bellissimo
Professional 2 ta club & tadbirlar
Diqqat bilan o'qing, juda qiymatli post

Club
Yuqorida oxirgi vaqtlar bir necha dizaynerlarda yaxshi harakatlar boshlanganligini yozib o'tgan edim. O'sha vaqt bunday o'zgarishlarni asosan tanish dizaynerlarda kuzatgan edim, lekin bugunga qadar shaxsiyda bir nechta bir-xil murojaatlar bo'ldi. Ularning qisqa mazmuni - "men sohamizga jiddiy munosabatda yangi qadamlar qo'ymoqchiman, shu bo'yicha suhbatlashsak"

Bu kabi xabarlarni o'qib yaxshi ma'noda hayron qolaman. Sababi bunday holatlar bizni muhitda juda ham noyob holatlardan. Jiddiy harakatlarga, maqsadlarga - juda kamchilik qaror qabul qiladilar.

Tahlil qilib ko'ring. Ko'pchiligimizni - turli sostav kruglarimiz bor va yuqori ehtimol bilan ularni hammasi - choyxona, dacha va counter kruglar. Bu turdagi doimiy yig'ilishlar, qisqa muddat uchun zavqli, uzoq muddat uchun tahdidli hisoblanadi. Yillarni shunday sarflab yuborganingizni sezmay qolasiz.

Rivojlanish maqsadidagi kruglar bu ming-ming toshlar orasidagi brilliant tosh hisoblanadi. Bizni sohamizda ham hali jiddiy kruglar tashkil etilmagan edi. Shu sababli bu mavzuni o'ylab ko'rgan holda, 2 ta clubni tashkillash bo'yicha tashabbus qilishga qaror qildim.

Birinchisi high level dizaynerlar uchun. Ikkinchisi yaxshi junior va middle dizaynerlar uchun. Ikkisini ham tarkibi juda qisqa bo'ladi. Minimum 4-5 kishidan iborat. Birinchi club uchun nomzodlar mavjud. Ikkinchi club tarkib hali tuzilmagan.
Ikkinchi club tarkibini tuzishda uchbu google forma yordam beradi

Asosiy savollarga o'z javoblaringizni yozib o'ting. Maqsadlar bo'yicha o'xshashlarni hamda yuqori darajadagilarni aniqlab, aloqaga chiqiladi. https://forms.gle/QX5XTK2ogxAgkMvn9
Logo/brend dizayn jarayonlar ketma-ketligi...
Saqlab qo'ying, kerak bo'ladi.
Natija ma’qul emas - bosqichi haqida kerakli fikrlar
Instagramga shoshilmang do'stlar

Ushbu tarmoqqa ham - bir sohaviy bosqich sifatida qarashingizni tavsiya bergan bo'lar edim. Unga ham yetib kelish bosqichi bor va yetib kelmasdan, avvalroq boshlab qo'ygan holatda, boshqa bosqichlarda yutqazib qo'yish xavfi ham bor.

Yaxshisi uni yurg'azish uchun hozirda ma'lum bir mablag' va shu yo'nalishdagi mutaxassislar bilan tanishganingiz va bilimlarini olib borganingiz yoki yaqin kelajakda xizmatlaridan foydalanganingiz ma'qulroq yondashuv.

O'zingiz - kerakli bilim va tajribalarsiz uzoq vaqt mobaynida instagramga ko'p vaqt/quvvat sarflab - kerakli natijani olmagandan ko'ra, kerakli bilimlar va mutaxassislarni xizmatlari uchun sarmoya to'plab borganingiz tezroq natija beruvchi yondashuv

Va juda shoshilishga ham o'rin yo'q, bizni yo'nalishda instagramda hali kerakli darajadagi raqobat shakllanmagan, lekin bu g'oyani juda yillarga ham surib yuborish kerak emas.

Instagram kuchli instrument, uni bilimini ham jiddiy o'rganmasangiz, natijaga yetib borish yo'lingiz ham juda uzoq masofaga aylanib ketadi.
Bosqichma-bosqich o'sish ancha osonroq va tushunarliroq
Hozirda darajangizni, daromadingizni, kuchli va kuchsiz sifatlaringizni yaxshi bilsangiz, ularni endi 5 yoki 10x ga emas, bor yo'g'i 2x ga oshirishga harakat qiling.

10x o'sishni - darajasiga, bosimiga yuqori ehtimol bilan, hali 2x holatda turgan holatimizda to'g'ri kela olmay qolishimiz, moslasha olmay qolishimiz mumkin. Shu sababli ham bosqichma-bosqich o'sish eng yaxshi va tushunarli yo'l hisoblanadi.
25-yoshgacha grafik dizayner sohasi bilan jiddiy shug'ullanishi uchun:

1. Ish joyi haqida
1.1 Mustahkam, moddiy quvvatli ish joyi mavjudligi.
1.2 Ish joyi uni yutib yubormaydigan darajada bo'lishi
2. Sohaviy pozitsiyalangan bo'lishi.
3. Keng networking qurishni boshlagan bo'lishi.
4. Shaxsiy brend qurishni boshlagan bo'lishi juda kerak.

Aynan jiddiy daraja uchun ushbu bo'limlarni bir nechtasi emas, xar biri kerak. Ular bir-birlariga kuchli bog'liq hisoblanadi.

Nima deysiz, hozirda e'tiboringizni ayan qaysi bo'limga qaratishingiz kerak bo'lmoqda va nega?
2025/06/27 16:27:29
Back to Top
HTML Embed Code: