Telegram Web Link
Rasmsiz post.

Rost24 tadbiri haqida hamma gapirib bo‘ldimi? Endi gap bunday. Xullas, bir narsani payqab qoldim. Taqdimotda yilning eng faol deputati Расул Кушербаев bo‘ldi. Eng faol viloyat kengashi deputati deb samarqandlik Dilfuza opa e'lon qilindi.

O‘ylab qarasam ikkisining ham mutaxassisligi jurnalist. Bir paytlar jurnalist Olimjon Usarov deputat bo‘lganida ancha faol edi. Shu parlament yoki kengash deputatlik saylovlarida jurnalistlar ko‘proq o‘z nomzodini qo‘ysa va saylovchilar ularga ko‘proq ovoz bersa deputatlar ancha jonlanarkan deb o‘ylab qoldim. Jurnalist va deputatning ishi bir biriga juda yaqin. Yana bir jihati, parlament so‘zi, "gapirmoq" ma'nosini anglatadigan bo‘lsa u yerda jim o‘tirib tugmacha bosish mantiqsizlik. Haqiqiy jurnalist esa jim o‘tirolmaydi, gapiradi, gapiraveradi...

Nima dedinglar?

@hamzajumayev
👍57🔥3
DUNYO SENING DARDINGDA, SEN MAISHAT DARDIDA...

Tun. Soat 01:00. 50 metr naridagi "Moda" nomli restoranning gurs gurs musiqasidan yer zirillaydi. CHilonzor tumani "Novza" mahallasi "E" mavzesidagi bu restoranni bir turk tadbirkor yuritadi. Ha, o‘sha hamma zilzila qurbonlariga ichi kuyayotgan, prezidenti 7 kunlik motam e'lon qilgan mamlakat fuqarosi yuritadi. Bir haftadan buyon qayg‘udan zada bo‘lgan, qardosh o‘zbek xalqi qo‘shilib motam tutayotgan bir paytda, o‘sha millatga mansub kishining yon atrofdagi uylar aholisining tinchini buzgani kamdek, tun yarmidan o‘tkazib yallo qilishini shaxsan men hazm qilolmadim.

O‘z millati dardini nazarga ilmagan odam o‘zga millat odamlarini sariq chaqaga olarmidi? Qari bor, bemor bor, bola bor demay gursillatib musiqa qo‘yadi. Hatto ovoz o‘tkazmas romlar ham zirillaydi, uyqu yo‘q. Hali bu qishning kunida. Yozda- oynalar ochiq turadigan kunlarda bundan ham battar. Mayli, uyam tadbirkor, soliq to‘laydi, deb indamasdik. Lekin, kecha tundagisi oshib tushdi.

Internetdan amallab raqamini topib, musiqani o‘chirishni naq 3 marta talab qilsak ham tinaqolmaydi. Hozir, deydi, yana "gurs gurs" 1:20 da tinadi nihoyat. Lekin, buzilib bo‘lgan asab uyqu bermaydi. Vayronalar ostida begunoh bolalar o‘rniga nega shunaqalar qolib ketmaydi, degan o‘y tonggacha miyani egovlaydi, egovlayveradi...

Aniq bilaman, restoran yonidan o‘sha soatgacha kamida 3 marta ichki ishlar, gvardiya mashinasi o‘tgan. Lekin, bu atrofda xalqni o‘ylaydigan organ borligi bilinmaydi. Arz qilsang, o‘sha kuni natija bo‘ladi, ertasiga yana "gumbur gumbur, darang durung"

Avval ko‘p kirardim. Ko‘pchilikka tavsiya qilardim. Lekin, kecha tundagi holatdan keyin u yerni yelkamning chuquri ko‘rsin! Bezovta bo‘lganimdan emas bu. Bir millat boshiga ish tishganda maishatini buzmagan o‘sha millat farzandining harakatidan shu qarorga keldim.

@hamzajumayev
👍19👎4🔥1
Har shovqinning unsiz dirijori bor...

@hamzajumayev
👍11
#boburday #stopvalentinday

Illo ki, bugunni bayram qilish kerak bo‘lsa...

@hamzajumayev
👍201
#buxoroliklar

Buxorolik Muhammadali bizning mahalladan. Men oʻqigan 25- maktabda oʻqigan. Yutuqlari haqida koʻp eshitgandim. Bunisi rostdan ham maqtanishga arziydigan ish boʻldi. IELTS dan 9 olgan 2 oʻzbekning biri va eng yoshi boʻldi u.

Yasha jiyan! Sendan umidimiz katta!

Бухоролик Муҳаммадали бизнинг маҳалладан. Мен ўқиган 25- мактабда ўқиган. Ютуқлари ҳақида кўп эшитгандим. Буниси ростдан ҳам мақтанишга арзийдиган иш бўлди. IELTS дан 9 олган 2 ўзбекнинг бири ва энг ёши бўлди у.

Яша жиян! Сендан умидимиз катта!

@hamzajumayev
👍23😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Конституциявий ислоҳотлар амалда. Журналистларнинг фаолиятига тўсқинлик қилишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ.

@yangidavr_rasmiy
👍3😁1
#bayram_muborak #8_mart

Бугун қай куйга солсангиз ҳам чидаймиз. Ҳар кунгидек... 🥳😀 Борлигингиз ўзи бахт бизга. Байрам муборак!

@hamzajumayev
👍8😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️🅱️🅱️🅱️🅱️🅱️🅱️‼️

#Тезкор

"Телеграм" орқали юққан
"вирус"дан қандай қутулиш мумкин.
————
Ички ишлар вазирлиги Киберхавфсизлик маркази огоҳлантиради.
"Илтимос менга овоз бериб юборинг" мазмунида тарқалаётган "ФЕЙК" хабарларга алданиб қолманг!

Батафсил бу ерда 👇👇👇
https://www.tg-me.com/cyber_102
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Shaxsiy adovat va taraqqiyot.

Taraqqiyotni sustlashtiradigan omillar orasida shaxsiy adovat yaxshigina ta'sirga ega. SHunday ishlar bor ki, ma'lum sohani yaxshigina rivojlantiradi. Lekin bunda ikki yoki undan ko‘p tashkilot/shaxslar hamkorligi zarur.

Biroq, shaxsiy adovat, amaldorlarning injiqligi, kompromisga borishga kibri yo‘l qo‘ymasligi sabab hamkorlik amalga oshmaydi. Oqibatda davlat va xalq rivojlanishdan mosuvo bo‘ladi.

Ya'ni butun boshli aholiga manfaat keltiradigan ish, 2 kishining shaxsiy adovati tufayli amalga oshmaydi.

Tayinlovlar xususida ham shunaqa holat uchraydi. Zo‘r mutaxassis shunchaki soha "katta"sining qitiq patiga tegib qo‘ygani uchun o‘smaydi. O‘rniga qulluq qiluvchi shotir qo‘yiladi.

SHaxsiy adovatdan, millat, davlat manfaatini ustun qo‘ya olish ko‘nikmasini shakllantirish juda muhim. Ayniqsa, rahbarlar uchun.

@hamzajumayev
👍17🔥2
Taassurot va tasavvur.

Shaxs haqida ilk taassurot uning axloqi, tafakkuri, xatti harakatlari orqali shakllanadi. U yo ijobiy yo salbiy bo‘ladi.

Biroq, u o‘lgach qilgan yomonliklari-yu zulmlari sekin asta unutilib, ijobiy jihatlari ko‘proq yodga olinadi. Bu insonga xos xususiyat.

Bora bora shaxs haqidagi tasavvur uning rasmlari asosidagina shakllana boradi. Uni eslaganda hatto tirikligida ko‘p ko‘rganlar ko‘z oldiga ham suratlari kela boshlaydi. Aynan suratlar ijobiy xotira shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Chunki aybu nuqsonlardan xoli suratlargina ommaga namoyish etiladi.

Bugun Gitler, CHingizxon kabi shaxslarning zulmi haqida qancha ko‘p gapirilmasin, u shunchaki ma'lumot sifatida qabul qilinadi. Lekin, nafrat uyg‘ota olmaydi.

Insoniyat shunaqa. Unutishga moyil. Lekin, tarix va amal daftari hech narsani unutmaydi. Har bir qadam uchun qandaydir shaklda hisob beriladi.

@hamzajumayev
👍16
⚡️⚡️⚡️

Республикада акцизсиз маҳсулотларга рейдлар ўтказилмоқда. Куни кеча Наманганда 11 450 дона қути тамаки маҳсулотлари йўқ қилинди.

2022-йил якунлари бўйича Наманган вилоятида турли суд қарорларига мувофиқ жами 522,8 миллион сўмлик 80 442 дона қути контрафакт тамаки маҳсулотлари йўқ қилинди.
Ноқонуний тамаки маҳсулотларини сотиш йилдан йилга ортиб бормоқда.

Қўшни Қирғизистонда ноқонуний тамаки маҳсулотлари савдоси умумий тамаки маҳсулотлари ҳажмининг 70%ни ташкил этади ва бу рақамлар ҳам бизни уйғотиши керак.
Тамаки маҳсулотларини сотишда зарур билимга эга бўлмасликдан жиноят содир этмаслик учун эҳтиёткор бўлмоқ керак, зеро тамаки маҳсулотларини ноқонуний ишлаб чиқарилгани ёки тарқатилгани учун қонунда кўпи билан 12 йил қамоқ жазоси назарда тутилган.

Манба
👍1
Ayolim bor
Shokir, Aboka, Sardor Salyamov
+18

Bolla she'riyat va san'atni janozasini o‘qishibdi... 🤮

@hamzajumayev
🔥9👎1😁1
So‘z erkinligi haqida

So‘z erkinligiga "qisman", " nisbatan" "50/50" degan ta'riflarni qo‘llash mumkinmi? Menimcha, yo‘q!

So‘z erkinligi- yaxlit tushuncha. U - butun qadriyat. Uning chalasi, yarmi, katta yo kichiq qismi yo‘q. So‘z erkinligi yo to‘liq bor, yo umuman yoq. Nisbatan so‘z ekinligi ta'minlandi, deyish yarimta bo‘lsa ham nafas olyapmiz, deyishday gap.

So‘z erkinligi insoniyatga bugun har doimgidan ham zarur. Suv va havodek. Usiz hayot- hayot emas. 1 litr toza ichimlik suviga bir qoshiq oqova suv aralashtirsa, garchi asosiy qismi toza suv bo‘lsa da iste'molga yaroqsizdir.

Xuddi shu kabi, 10% cheklangan so‘z erkinligi, qolgan 90% ni ham yaroqsiz holga keltiradi.

O‘zidan ko‘ngli to‘q, noqonuniy yoki nojo‘ya ishi yo‘q odam so‘z erkinligidan cho‘chimaydi. Jinoyati fosh bo‘lishidan qo‘rqqani, yoki, uni amalga oshirishga xalaqit qilgani uchungina so‘z erkinligini cheklashni istaydiganlar bo‘ladi.

Bu nafaqat xato, balki eng ulug‘ qadriyatga xiyonat hamdir.

@hamzajumayev
👍19🔥2
😁33👍8
2025/10/21 22:18:52
Back to Top
HTML Embed Code: