Telegram Web Link
👍👍👍👍👍👍

👍 Sirdaryo viloyatida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

👍 2025 yil 27 iyun kuni “Hunarmand” uyushmasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

◾️Uyushma raisi R. Mirzaaxmedovning hisoboti;

◾️A’zo A. Babayevning murojaatiga asosan konferensiya chaqirish taklifi;

◾️Uyushma rahbariyati faoliyati yuzasidan a’zolarning fikr va takliflari.

▶️Yig‘ilish natijalari bayonnoma va videotasvirlar bilan rasmiylashtirildi.

#Hunarmand #SirdaryoViloyati #Yigilish

Telegram | Faсebook
You tube  | Instagram | Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍

👍#Xorazm

👍 Tarbiya, ta’lim va hunar o‘rgatish – qayta ijtimoiylashtirish yo‘lidagi muhim qadam

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Oltinchi mintaqaviy hududga qarashli 11-son tergov hibsxonasida, xo‘jalik ishlariga qoldirilgan mahkumlar uchun samarali va mazmunli mashg‘ulotlar tashkil etildi.

◾️Ushbu tadbir doirasida kulolchilikka ixtisoslashgan amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda kulolchilik san’atida yettinchi avlod vakili sifatida tanilgan, mahoratli usto – Rahimov Otabek ishtirok etib, mahkumlarga an’anaviy kulolchilikning sir-sinoatlari bilan bo‘lishdi.

◾️Usta tomonidan olib borilgan mahorat darsida ishtirokchilar kulol g‘ildiragida ishlash, xom gilini tayyorlash, shakl berish va yuza ishlovi kabi jarayonlarni amaliyotda o‘rganishdi. Bu ularning kelajakda halol mehnat orqali jamiyatda munosib o‘rin topishlariga asos bo‘lib xizmat qiladi.

◾️Mashg‘ulotlar davomida xibsxona boshlig‘i – Botirov Shohruxbek Juraxonovich ham ishtirok etib, mahkumlarga hunar o‘rganishning foydali jihatlari, inson hayotidagi ahamiyati, shuningdek, kasb orqali o‘zgarish va taraqqiyotga erishish imkoniyatlari haqida ma’ruza qildi.

◾️Bunday tadbirlar mahkumlarning huquqiy ongi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy hayotga qaytarish, shuningdek, ularning kelgusida mustaqil hayotda munosib fuqaro sifatida yashashlariga zamin yaratadi.

📷Quyida ushbu tadbirdan lavhalarni tomosha qiling:

#ҲунарОрқалиИслоҳ #ЖИЭД #Тарбия #Кулолчилик #11сонТерговХибсхонаси #РаҳимовОтабек #БотировШохрухбек

Telegram | Faсebook
You tube  | Instagram | Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍

👍 Andijonning do‘ppisi — san’at va ruhning uyg‘unligi!

Agar Andijonning mashhur Jahon bozoriga yo‘lingiz tushsa, milliy liboslar bo‘limidan albatta o‘ting! U yerdagi yal-yal yonayotgan adrasu atlas, to‘nlar va belbog‘lar orasida Andijon do‘ppisi sizni alohida o‘ziga jalb etadi.

◾️Har bir do‘ppi — hikoya!
Savdo rastalarida shirinso‘z, qo‘li halol hunarmand ayollar:

“Bu kuyov bolagami — baxti hamisha boshida bo‘ladi”

“Xojidadagami — duosi bilan birga yurasiz”

“To‘y bolagami — naqshlarini qarang, qiqirlab turibdi-ku!”
deb milliy do‘ppilarga hayot bag‘ishlashadi!

📚 Ular sizga do‘ppilarning:

tabiiy tolalardan tayyorlangani,

har bir naqshidagi ma’nolar,

tarixiy qadri va turlari,

hatto salomatlikka foydasi haqida ham batafsil ma’lumot berishadi.

Bu — haqiqiy tujjorlik madaniyati va xaridaor bilan muloqot san’ati emasmi?

#АндижонДўпписи #МиллийЛибос #ҲунармандУюшмаси #ЎзбекМаданияти #ДўппиСанъати

Telegram | Faсebook
You tube  | Instagram | Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍

👍 Ekspedisiya davom etmoqda!

“Hunarmand” uyushmasi hamda “Ipak yo‘li” xalqaro ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida 24–30 iyun kunlari o‘tkazilayotgan
“Qashqadaryo va Surxondaryo gilamdo‘zlik san’ati: an’anaviylik va zamonaviylik” mavzusidagi ekspedisiya qizg‘in pallada.

Ayni paytda tadqiqotchilar Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida faoliyat olib bormoqda.

📍 Chiyali, Sho‘rquduq va Zum qishloqlaridagi hunarmandlar —
🧶 Oybek Mingboyev,
🧶 Saltanat Qo‘ldosheva,
🧶 Orzigul Bobonazarova,
🧶 To‘lg‘onoy Samadova —
milliy gilamdo‘zlik san’atini asrab-avaylash, uning an’analarini saqlash va zamonaviy rivojlanishidagi hissalari bilan o‘rganilmoqda.

🔍 Ekspedisiya jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar bilan tez orada o‘rtoqlashamiz. Biz bilan qoling!

#Ҳунарманд #Гиламдўзлик #Экспедиция2025 #Қашқадарё #МиллийҲунар

Telegram | Faсebook
You tube  | Instagram | Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Startap loyihalar va inkubatsiya markazi”ochildi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ёшлар куни муносабати билан юртимизнинг фаол ва ташаббускор ёш авлод вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с Днем молодежи"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "«Мард ўғлон» давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида"ги Қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О присуждении Государственной премии «Мард ўғлон»"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍👍👍👍👍👍

Bog‘ot — ayollar bandligida namuna!
Bugun Bog‘ot tumanida xotin-qizlar ishsizligini bartaraf etishga bag‘ishlangan Respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda. Unda barcha viloyatlardan mutasaddilar ishtirok etmoqda.
👩‍💻 Ishtirokchilar tumandagi IT-park faoliyati bilan tanishib, ayollarni raqamli kasblarga o‘qitish, frilans va IT xizmatlarini eksport qilish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
🧵 Shuningdek, hunarmandchilik orqali ayollar bandligini ta’minlash ishlari ham namoyon etildi.
🔸 Bog‘ot tajribasi — mahallabop yondashuv va ayollar salohiyatidan unumli foydalanishning yorqin namunasi.
#Ҳунарманд #Боғот #АёлларБандлиги #ITpark

Telegram | Faсebook
You tube  | Instagram | Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 06:56:47
Back to Top
HTML Embed Code: