Xayrlashuv
Bir yil-u ikki oy avval Botirjon aka Shermuhammad bilan birga yangi media loyiha - Vatandosh TV saytiga asos solgan edik.
O’ylab qarasam, bugunga qadar saytni tashkil etishdan ko’zlangan rejalarning ja-a-a hammasiga bo’lmasa ham, ko’piga erisha olibmiz.
Avvalo mamlakatdagi kundalik dolzarb mavzularni shu soha kishilari: olimlar, ziyolilar, hukumat idoralari mas’ullari va boshqa jamoat faollari ishtirokida tahlil qilib boradigan, bu orqali tomoshabinni atrofda ro’y berayotgan voqea-hodisalar yuzasidan sifatli tahlilga bo’lgan ehtiyojini qondirishni maqsad qilgan “Nuqtalar” dasturini tashkil qildik. Bugun bu dasturning 60 ga yaqin soni YouTube sahifamizni bezab turibdi.
Ikkinchidan, daraja jihatidan mamlakat miqyosida eng muhim, ahamiyatli hisoblangan mavzularni haqiqiy ilm egalari, ularga qo’shib shu sohaga mas’ul hukumat, parlament vakillari hamda yig’inlarimizda qatnashishni xohlagan barcha vatandoshlar uchun ochiq minbar - Vatandosh Intellektual klubini tashkil qildik.
Bugun bu yig’inlarning 9 ta sonini o’tkazolganimiz, ularda turli murakkabliklarga qaramay, eng muhim mavzular muhokamaga olib chiqilgani va loyiha o’zbek mediasida chinakam yangilik bo’lganini aytsam, umid qilaman, nokamtarlikka yo’ymaysiz.
Uchinchidan, hali talaba bo’lgan bir necha kishilik yosh jurnalistlar jamoasi bilan axborot maydonini yana yuzlab tahliliy maqolalar bilan boyita oldik.
Bundan tashqari, Vatandosh.TV’da sohasining taniqli va yosh olimlari maqolalari, ilmiy izlanishlari haqida fikrlarini e’lon qilib boradigan kolumnistlar minbarini tashkil qildik. Ehhe, yana qancha ish, yana qancha xotiralar…
….
Postim juda cho’zilib ketganday, nima demoqchiman? O’rtoqlar, saytimizning moliyaviy resurslari tugadi va bugundan faoliyatimizni davom ettirolmaydigan holatga keldik (jamoa a’zolari o’zaro yorug’ yuz bilan xayrlashdik).
Afsuski, faoliyatimizni o’zimizda bor dastlabki mablag’, keyinchalik reklama va donatlar orqali davom ettirish uchun qilgan harakatlarimiz yetarli bo’lmadi. (Bunda nafaqat media bozor muammolari, balki, shu muammolarni paydo qilayotgan boshqa fundamental cheklovlarni sabab sifatida ko’raman.)
Nima deyman, ha, media uchun pul tikishga tayyor sahiy insonlar, sohaga qiziqqan tadbirkorlar chiqsa, saytimiz faoliyatini davom ettirishi mumkin, lekin bunday insonlar chiqmasa, yo’limiz shu yergacha ekan...
Yakunda yana shuni yozmoqchimanki, biz bu kichik minbarimiz orqali bugunga qadar nimaiki aytgan, yozgan bo’lsak, shu yurt, shu mamlakat rivoji, xalqimiz uchun aytdik. Bundan o’zga hech narsa. Bu yo’lda eng murakkab vaziyatlarda ham vijdonimiz buyurganidan og’ishmaslikka, jurnalistik xolislikni saqlab qolishga harakat qildik. Qolganiga esa siz muhtaram o’quvchi baho berasiz.
Nasib qilgan bo’lsa, yangi loyihalarda ko’rishamiz. Yaxshi xabarlar doim hamrohingiz bo’lsin.
Yangi takliflarga ochiqman:)
@haqiqatdaIlyos

😢190❤31😭10⚡9👍8🙏8🤔6🔥5🤯2🤬1
Har ishda xayr bor. Tez orada yangi platformada yangi loyihalar bilan ko’rishamiz. Xayrixoh do’stlarimizning barchasiga minnatdorchilik bildiraman.
👍192❤32🔥7⚡6🥰2🤔2🙏2
O’zbekistonda Xitoy biznesi ta’sirining ortishi: bu yangi imkoniyatmi yoki xatar?
Xitoy O‘zbekistoning mintaqadagi asosiy hamkorlaridan biri. 1992-yil 2-yanvarda o‘rnatilgan diplomatik munosabatlardan so‘ng, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
Masalan, 2024-yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 14 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, investisiya loyihalar portfeli 50 milliard dollardan oshgan, 500 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etilgan. Bu rasmiy statistika.
So‘nggi yillarda xitoyliklarning mamlakatimizda ko‘payib qolganini ayrimlar hamkorlikning jadal rivojlanishi bilan bog‘layotgan bo‘lsa, boshqa bir toifa bundan o‘ziga xos xavotir bildirmoqda. Ya’ni jarayonga qarashlar turfa va bu tabiiy.
"Vatandosh" intellektual klubi yig‘ilishining navbatdagi muhokama mavzusi “O‘zbekistonda Xitoy biznesi ta’sirining ortishi: bu yangi imkoniyatmi yoki xatar?” deb nomlandi.
📹👉 https://youtu.be/5Aef8QYaRtA

YouTube
O’zbekistonda Xitoy biznesi ta’sirining ortishi: bu yangi imkoniyatmi yoki xatar?
Xitoy O‘zbekistoning mintaqadagi asosiy hamkorlaridan biri. 1992-yil 2-yanvarda o‘rnatilgan diplomatik munosabatlardan so‘ng, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
Masalan, 2024-yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 14 milliard…

👍44❤3🔥3😢2