Bugun, 28-may kuni FIB Shayxontohur tumanlararo sudi jurnalist Anora Sodiqovaning Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev PR xizmati vakili Mirsaid Haydarov ustidan kiritgan da’vo arizasi bo‘yicha qarorini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Anora Sodiqovaning mahkamaga kiritgan arizasiga Mirsaid Haydarovning avvalroq jurnalistlarni “jurnojalablar” deya haqorat qilishi, shuningdek, Anora Sodiqova va u rahbarlik qilayotgan “Uzdiplomat” saytini seriyali maqolalar bilan moliyaviy shantajda hamda G‘arbga xizmat qilishda ayblab kelgani sabab bo‘lgan.
Shunday qilib, bugun sudya Shomatova Dilnoza Jalolovna chiqargan qarorga ko‘ra, Haydarovning Anora Sodiqova va uning rahbarligidagi saytga nisbatan seriyali maqolalari haqorat emas, “jurnojalablar” so‘zi esa haqorat-u, lekin Sodiqovaga qaratilmagan deya topildi. Bu masalada lingvistik ekspertizaning postlar aynan Anora Sodiqovaga qaratilgan va ular inson sha’ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘sini kamsituvchi jiddiy haqorat hisoblanishi haqidagi xulosasi inobatga olinmadi.
Sud yakunida ikki tomonning mahkama binosidan ikki xil kayfiyatda chiqib kelganiga guvoh bo‘ldim. Mirsaid Haydarovni himoya qilgan advokat Razzoq Altiyev o‘zida yo‘q xursand, Anora Sodiqovaning esa ko‘zlarida yosh. U bilan sudga kelgan yoshi ulug‘ qaynota-qaynonasi-da qattiq xafa.
Birinchi tomon kameraga unamagach, Anora Sodiqovaga mikrofon tutdim va avvalo yig‘i sababini so‘radim. Jurnalistga ko‘ra, u bugungi mahkamaga o‘zbek sudlaridagi adolat va mamlakatda matbuot himoyasiga nisbatan so‘nggi ishonch bilan kelgan ekan. Bugungi qarordan keyin endi haqiqatni xalqaro sudlardan topmoqchi.
****
Ha, matbuotga nisbatan qaysidir ko‘rinishdagi bosim, senzurani har qanday mamlakatda uchratish mumkin. Chunki, sohamizning o‘zi kurash sohasi. Lekin istalgan kishi jurnalistlarni jalab, matbuotni esa sotqin atar va sud tizimi bunga jim qarab turarkan, O‘zbekiston endi matbuot erkinligi reytingidan chiqib ketavergani ham ma’qul, nazarimda. Har holda matbuot erkinligi reytingiga kirgan eng quyi o‘rindagi mamlakatlarda ham matbuot va jurnalistlar bunchalik oyoqosti qilinmaydi.
“Jurnojalablar”ni bemalol hazm qilayotgan hamkasblarimizga esa orqa-oldiga bir qarab olishni maslahat beraman. Oila tebratayotgan, to‘nini kiyib yurganimiz – jurnalistikani yerga qorishmoqda, nomimizni jalabga chiqarishmoqda, o'rtoq hamkasblar. Shu nomga rozi bo'lmagan bir mard qizning sudida bugun atigi 3 nafar jurnalist qatnashdi.
📹👉 https://www.youtube.com/watch?v=Iwu2ssWUAgc
@haqiqatdaIlyos

Oshib ketadigan suv taqchilligi, loyiha ortidagi kuchlar va diplomatiya – Qo'shtepa kanali haqida katta tahlil
Qo'shtepa kanali Afg'onistonning shimolida Tolibon hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihasi bo'lib, uning asosiy maqsadi Amudaryosuvi orqali cho'l yerlarini o'zlashtirishdan iborat.
Kanal loyihasi 2022-yilda boshlanib, hozirda ikkinchi bosqichning 81 foiz qurilish ishlari yakunlangan.
Kanal uzunligi 285 kilometrni tashkil qiladi va bu qariyb Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan masofaga teng.
Tolibon hukumatining ma’lum qilishicha, loyiha muvaffaqiyatli yakunlangach, Afg'onistonning qishloq xo'jaligi imkoniyatlari sezilarli darajada kengayishi va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda.
Ammo yangi kanal loyihasi ortidan Amudaryoning yillik oqimi uchdan bir qismga kamayib, O'zbekiston va Turkmaniston hududlarni suvsiz qoldirishi mumkin. Xususan, Orol dengizi qurishi bilan bog'liq vaziyat yanada og'irlashadi.
O'zbekiston va qo'shni davlatlarning tashvishlarini yumshatish maqsadida, 2023-yil oxirlarida Tolibon hukumati O'zbekiston Qo'shtepa kanalidan zarar ko'rmasligiga va'da bergan. Biroq, bunday kafolatlarning qanchalik ishonchli va amaliy ekanligi haqida turli fikrlar mavjud.
Vatandosh intellektual klubining bu galgi mavzusi Qo'shtepa kanali loyihasiga bag’ishlandi.
📺 📹👉 https://youtu.be/Ovqs8QjbnzM?si=seebcMi8ihnoFZbA

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Miyadagi har bir hujayra — so‘z, fikr, xotira. Ular yozuvchining mo‘jizasi, shoirning ohangi.
Ammo bugun…
Rahimjon Rahmat — millat fidoyisi, qalblarga nur sochayotgan qalam egasi ensefalopatiya deb nomlangan dard bilan kurashmoqda.
Bu kasallik — miya to‘qimalarini asta-sekin yemirib, insonning xotirasini, nutqini, his-tuyg‘ularini o‘g‘irlaydi.
O‘zbekistonda bu dardni to‘liq va samarali davolash imkoni afsuski mavjud emas.
Lekin umid bor.
Eng yaqini — Qozog‘istondagi “Ankara” nevrologiya markazida, eng samaralisi- Turkiyadagi “Medipol” va “Memorial” klinikalarida, Germaniya, Shvetsariyada bu dardga davo topish mumkin.
Hammamiz tanigan shifokor Muazzam Ibrohimova Rahimjon Rahmatning tibbiy hujjatlarini Turkiyadagi mutaxassislarga yuborgan.
Ular quyidagi davolash usullarini taklif etmoqda;
miya to‘qimalarining tiklanishi uchun neyroprotektiv terapiyalar,
giperbarik oksigenasiya,
transkranial magnit stimulyasiya (TMS),
intensiv nevroreabilitasiya muolajalari samarali qo‘llaniladi.
Xullas, millat fidoiysi, adabiyotshunos olim, shoir, yozuvchi Rahimjon Rahmat bir yildan buyon surunkali og‘riq to‘xtatuvchi dori vositalari bilan misli ko‘rilmagan bosh og‘rigini boshdan kechirmoqda. Tashxis esa shunchaki bosh og‘rig‘i emas, jiddiy muolajani talab qilmoqda.
Demak, imkon bor, faqat mablag‘ topilishi kerak. Qancha summaga imkoningiz bo’lsa, xayriyaga bosh qo’shing, Rahimjon akaning chet elga borib muolaja olishga ko’maklashing.
O‘zbek adabiyotshunosligiiga yangicha tahlil metodlarini tatbiq etgan, sinchi olim Rahimjon Rahmat ayni paytda ishga yaroqsiz. Turmush o‘rtog‘i esa doim uning yonida, ishlay olmaydi. Shu bois, nafaqat bemor, balki oila ham moddiy yordamga muhtoj.
O‘zbek metsenatlari, millat fidoiysi bo‘lgan ijodkorni tuzalishi yo‘lida o‘z hissangizni qo‘shing!
Yordam uchun karta raqami: Qo’ldoshev Rahimjon, Rahimjon akaning o’z nomida: 6262 5700 9153 6625

Tarix yozildi! O‘zbekiston jahon chempionatida!
Mundial muborak, Vatandoshlar! Jahon chempionati orzusining ijobati muborak!
Hozirgina nihoyasiga yetgan BAA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.
Guruhda 18 ochko to‘plagan terma jamoamiz Erondan so‘ng Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
Guruh bosqichini Srechko Katanets bilan boshlagan O‘zbekiston Temur Kapadze bilan nihoyasiga yetkazdi. O‘zbekistonni tarixda ilk bor Olimpiadaga olib chiqqan Kapadzening maqomiga endi “Jahon chempionatiga olib chiqqan ilk murabbiy” deb qo‘shib qo‘yiladigan bo‘ldi.
Ushbu g‘alaba bilan barcha o‘zbekistonliklarni tabriklaymiz!
Rahmat, yigitlar! Sizlar qahramonsiz!

Postlarimni uydan tashqariga chiqvolib yozyapman. Bittasi yonimdan telefonda gaplashib o’tyapti: “Ha, O’zbekiston durang o’ynab qo’ydi, chempion bo’ldi lekin.”
Bugun futbolga hatto shu darajadagi muxlislik ham yarashaveradi, a?)
@haqiqatdaIlyos
Bugun futbolga hatto shu darajadagi muxlislik ham yarashaveradi, a?)
@haqiqatdaIlyos
Aziz yurtdoshlar!
Sizni ulug‘ va muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman.
Bu muborak ayyom — Alloh taologa bo‘lgan taqvo, itoat va saxovatni ifoda etuvchi, o‘zaro mehr-oqibat, bag‘rikenglik fazilatlari yanada yuksak namoyon bo‘ladigan kundir.
Ushbu ayyomda qilgan duo va ibodatlarimiz, qurbonliklarimiz qabul bo‘lib, yurtimizda tinchlik va farovonlik hukm suraversin!
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston JCh saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi
Bugun, 10-iyun kuni Jahon chempionati saralash bosqichi Osiyo mintaqasida 10-tur uchrashuvlari davom etdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Qatarni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda dastlab Azizbek Turg‘unboyev supergoli bilan hisobni ochdi (28).
86-daqiqada jamoa sardori Eldor Shomurodov hisobni ishonchli ko’rinishga keltirdi - 2:0. Uchrashuv yakunida esa Igor Sergeyev o’yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Ayni vaqtda Bunyodkor stadionida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida terma jamoa a’zolarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dushmanni chetdan yoki ichkaridagi jurnalist, blogerlar, dindorlar orasidan qidirishni bas qilishsin. Davlatni tizgindan chiqarsa, shu mamlakat sud tizimi va qonunlarini ikki chaqaga olmaydigan amaldorlar chiqaradi. Obro’yini to’ksa, shu amaldorlar to’kib, ishonchsizlikni kuchaytirsa, shu amaldorlar kuchaytiradi.
Videodagi holatga nisbatan yozilgan izohlardan birida Zaripov bugungi ijtimoiy-siyosiy ob-havoni aniq, tiniq ifodalashi haqida yozishibdi. Ha, bu dahshat, ammo bundanda dahshati, shu ob-havoni namoyishkorona ifoda qilayotganlarning jimgina faoliyatida davom etaverishi.
Umuman, o’zbekistonliklar bugunning o’zida konstitutsiya oyoqosti qilingan ikki holatni muhokama qilmoqda - taksistlar misolida propiska tizimi ham qaytdi.

Nuqtalar: Buxoro hokimining shov-shuvli videosi, Vazirlar mahkamasining e'tiroz uyg'otgan qarori va "yollanish" uchun yengil jazo
Axborot olami qiziq, tezkor olam. Qiziqligi-ki, yozish, gaplashish uchun mavzu doim bisyor, zerikmaysan. Tezkorligi esa shu qadarki, bu mavzular muhokamasiga ulgurib qolish o‘ta mushkul ish.
Kunning birinchi yarmida qaynoqligidan ko'rgan ko'z, eshitgan quloqni kuydirar bo‘lgan yangilik, axborotni kunning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan boshqa bir qaynoq mavzu sovitib, qiziq emasga aylantirib qo'yishi mumkin.
Bugungi dasturga tayyorgarlikda ham shunga o‘xshash holat bo‘ldi – gaplashish, sabablarini topib, tahlil qilish zarur bo‘lgan og‘riqli bir mavzuni o‘rganib, u haqda gaplashish uchun mehmon taklif qilgunimizcha, o‘zbek media olamida kechaning o‘zida boshqa ikki qaynoq mavzu zamonaviy tilda aytganda, "trend"ga chiqib ketdi.
Ammo bo‘sh kelmadik, dastur muhokamasiga o‘sha "og‘riqli" va ham trenddagi ikki mavzuni olib chiqishga qaror qildik. Siz aziz tomoshabin trenddagi mavzularni sarlavhadan ham tushunib ulgurdingiz, avvalroq tanlangan mavzuga esa dastur davomida guvoh bo'lasiz.
"Nuqtalar"ning ushbu soni mehmonlari o‘zbekistonlik ikki taniqli huquq himoyachilari – Abdurahmon Tashanov va Gulnoz Mamarasulova bo'ldi.
📹👉https://youtu.be/82Sm4lGiOYU?si=12Vw-trkGKRcPjXZ

YouTube
“Sud-pud demay buzasan” – Buxoro hokimi bog'cha binosini buzishga buyurdi
Axborot olami qiziq, tezkor olam. Qiziqligi-ki, yozish, gaplashish uchun mavzu doim bisyor, zerikmaysan. Tezkorligi esa shu qadarki, bu mavzular muhokamasiga ulgurib qolish o‘ta mushkul ish.
Kunning birinchi yarmida qaynoqligidan ko'rgan ko'z, eshitgan…

Forwarded from Vatandosh TV
Sobiq deputat, bloger Qobul Do‘sov 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
Sobiq deputat, bloger Qobul Do‘sov tuhmat, haqorat qilish va yolg‘on xabar berishda ayblanib, 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Hukmda Qobul Do‘sovning Facebook’dagi profili hamda Telegram’dagi kanali faoliyati to‘xtatilib, bloklanishi ham belgilangan.
Batafsil - https://vatandosh.tv/oz/news/452
Veb-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

vatandosh.tv
Sobiq deputat, bloger Qobul Do‘sov 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
Sobiq deputat, bloger Qobul Do‘sov tuhmat, haqorat qilish va yolg‘on xabar berishda ayblanib, 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.Hukmda Qobul Do‘sovning Facebook’dagi profili hamda…
Nuqtalar: Urushning 5 kuni| Voqealar rivoji nimaga qarab bormoqda?
Bugun 17-iyun, seshanba. Bugun Isroil va Eron o‘rtasida boshlangan urushning beshinchi kuni. Quyida urushning bugun ro‘y bergan eng muhim voqealarini qisqa tarzda esga olamiz.
– Tunda ikki davlat o‘rtasida dron va raketalar bilan hujum almashishlar davom etdi. Bu hujumlardan birida Isroil Eron televideniesi ofisini nishonga oldi.
– Eronning Natanz shahridagi uranni boyitish bo‘yicha yerosti zavodiga o‘rnatilgan 15 mingga yaqin sentrifuga Isroil havo hujumi oqibatida jiddiy shikastlangan yoki butunlay yo‘q qilingan, – dedi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) rahbari Rafael Grossi. Bu zavoddagi deyarli barcha sentrifugadir.
Bundan tashqari, Isfaxon yadro markaziga zarba berish oqibatida to‘rtta bino zarar ko‘rgan: markaziy kimyoviy laboratoriya, uran konsentratini uran geksaftoridiga aylantiruvchi inshoot, Tehron reaktori uchun yoqilg‘i zavodi va uran geksaftoridini metallga aylantirish uchun qurilayotgan inshoot.
– AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadada bo‘lib o‘tayotgan “Katta yettilik” (G7) sammitini Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli muddatidan oldin tark etdi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Kerolayn Levitt ma’lum qildi.
“Yaqin Sharqda ro‘y berayotgan voqealar tufayli prezident Tramp bugun davlat rahbarlari bilan kechki ovqatdan keyin ketadi”, – deya yozgan Levitt X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida barchani Tehronni tark etishga chaqirgandi.
– Eron diplomatik aloqalar orqali Tramp ma’muriyatiga ta’sir o‘tkazish vas hu orqali o‘t ochishni to‘xtatishga urinmoqda.
“Nuqtalar”ning ushbu sonida Isroil va Eron o‘rtasida davom etayotgan urush, uning kelib chiqish sabablari va kelajagi borasidagi savollarni siyosatshunos Rafael Sattorov bilan muhokama qildik. Suhbatni jurnalist Ilyos Safarov olib bordi.
📹👉 https://youtu.be/1K6na-zRZxc

Urush Eronda hokimiyat qulashiga olib keladimi?
Bugun 17-iyun, seshanba. Bugun Isroil va Eron o‘rtasida boshlangan urushning beshinchi kuni. Quyida urushning bugun ro‘y bergan eng muhim voqealarini qisqa tarzda esga olamiz.
– Tunda ikki davlat o‘rtasida dron va raketalar bilan hujum almashishlar davom…

Taniqli huquq himoyachisi, xalqparvar inson Abdurahmon Tashanovning Yuridik universitet professorlari bilan davom etib kelayotgan sud ishidan xabaringiz bordir. Jarayon haqida mamlakatdagi deyarli barcha OAVda yozildi, yoritildi.
Bugun esa shu ish doirasida universitet professorlari da'vosi appelatsiya tartibida ham qanoatlantirilibdi. Ikki karra ikki to’rtligi kabi aniq, kutilgan natija, shunday emasmi?
Tashanovning o’z ta’biri bilan aytganda, o’zbek sudlarida mo'jiza sodir bo‘lmadi, chunki, qaror avvalboshdan siyosiy edi.
Endi bir fikr, do’stlar, balki, o’zi bildirishga hijolat bo’layotgandir, lekin yaqindan tanigan kishi sifatida aytamanki, ayni vaqtda Abdurahmon aka sud chiqargan hal qiluv qaroridagi 50 million so’m zararni to’lashga qobiliyatli emas. Sababi, “Ezgulik” inson huquqlari tashkiloti shusiz ham turli ma’muriy cheklovlar sabab bir necha oydan buyon moliyaviy qiyin ahvolda, hatto yopilish ostonasiga kelib qolgan. Bunday sharoitda esa 50 million so’m jarima to’lash ko’pchilikka og’ir kelishi sir emas.
Abdurahmon Tashanov – ko’p yillar davomida vatandoshlarning buzilgan huquq va manfaatlarini himoyalash, ta’minlash uchun o’z tinchligi va sog’lig’idan kechib ishlayotgan, joyi kelganda esa xavflarga qarshi tik bora oladigan jasur inson, qahramon.
Keling, biz ham shunday vatandoshimiz boshiga ish tushganda, u bilan birga ekanimizni ko’rsataylik. Imkon darajasida mablag’ o’tkazib, sud qaror qilgan jarimaning to’lanishi uchun Abdurahmon akaga ko’maklashaylik.
Vatandoshlik, haqiqat yo’lida birdamlik mana shunday paytda ko’rinadi. Biz bu ish bilan shuningdek, qonuniy, lekin adolatsiz bo’lgan qarorga ham o’z munosabatimizni bildirgan, haqiqat tomonda ekanimizni ko’rsatgan bo’lamiz. Bu ishimiz shuningdek, haqiqat himoyachilari yo’liga to’siq bo’lishga intilayotgan sharafsizlarga ham javob bo’lsin. Biz sinmaymiz, biz buni qila olamiz.
Eslatma, mablag’ yig’ish sud qarorida ko’rsatilgan 51 mln 537 mingga yetganida to’xtatiladi.
9860020109530491
(Abdurahmon Tashanov nomida.
+998 97 157 37 14)
5614681620408629
Atametov Abduvohid
+998993040608 (naqd pul uchun)

Komil Allamjonovning prezident administratsiyasiga qaytgani haqida yozishmoqda. Xabar rost bo’lsa, bu – ikki bor ketib, uchinchi qaytish. O’zbekistondek davlat boshqaruvida doim ham kuzatilavermaydigan holat.
Albatta, Allamjonovning qaytishi u kuratorlik qiladigan yo’nalishlarda ochiqlik, rivojlanish bo’lishini istamaydigan, yopiqlikni bosh shior qilgan kuchlar, shuningdek, shaxsiy masalalarda muammosi bor taraflar uchun o’ta yoqimsiz holat. Bu ma’noda, ayni soatlarda qayerda, qanday jarayon va muloqotlar ketayotganini taxmin qilish mumkin.
Ammo fikrimcha, so’z, fikr va diniy erkinlik masalalarida tinimsiz ortga ketilayotgan, jarayonlar ichki va xalqaro maydonda norozilikni oshirib, salbiy kayfiyat nufuzli reytinglarda-da aks etayotgan bir paytda bu qaytish mamlakat uchun juda vaqtida bo’lmoqda.
Ha, men shunday o’ylayman. Garchi Allamjonovning maktab darsliklarida bo’lgani kabi jamoatchilik orasida e’tirozli loyihalari ko’p bo’lsa-da, uning boshqaruvga qaytishi bugungi sharoitda kichik bo’lsa-da, ijobiy holat.
Umid qilaman, Allamjonov u biriktirilgan yo’nalishlarda o’zidan kutilayotgan natijalarga ortig’i bilan erisha oladi.
P:S. Tizimli, qonuniy jarayonlarga hozircha to’la umid bog’lolmas ekanmiz, harna. Shu ammamga shu pochcham, deyisharmidi :).

Nuqtalar: Urushlar antologiyasi, kuchsiz BMT, post-travmatik sindrom va global tinchlik muammosiga falsafiy nazar
Insoniyat ilm-fan va texnologiyada yuksaldi, ammo o‘z vujudidagi zo‘ravonlik genini yenga olmadi.
Bugun dunyo tinchlik haqida ko‘proq gapiradi, lekin ayni vaqtda davom etayotgan urushlar bilan uchinchi jahon urushi ehtimoli tarixdagi eng yuqori nuqtaga yetdi. Karl Marks va Engels jumlasi bilan aytganda, butun dunyoda urush sharpasi kezib yuribdi.
Savol tug‘iladi, nega shunday? Nega insoniyat har doim tinchlikka intiladi-yu, lekin urushga tayyorlanadi? Nega insoniyat bir tomondan ilm va ilm ortidan erishgan ixtirolari bilan yulduzlarga intilmoqda-yu, biroq yurak tubida hali ham yer uchun qon to‘kmoqda?
Nega bugun insoniyat tafakkuri-yu, harakatlari butkul urushga yo‘nalgan, nega dunyo aholisining uxlashi ham, uyg‘onishi ham urush, urush xabarlari bilan?
Dasturimizning bugungi maxsus soni ko‘rinishidan oddiy, lekin shu bilan birga, javobi nihoyatda og‘ir, iztirobli savollar tahliliga bag‘ishlandi. Dastur mehmonlari – faylasuflar: Qiyomiddin Nazarov, Viktor Alimasov va yozuvchi Ulug‘bek Hamdam bo'ldi.
📹👉 https://youtu.be/7T10rWhXINA

"Dunyo uchinchi jahon urushiga har doimgidanda yaqinroq"
Insoniyat ilm-fan va texnologiyada yuksaldi, ammo o‘z vujudidagi zo‘ravonlik genini yenga olmadi.
Bugun dunyo tinchlik haqida ko‘proq gapiradi, lekin ayni vaqtda davom etayotgan urushlar bilan uchinchi jahon urushi ehtimoli tarixdagi eng yuqori nuqtaga…
Bugun dunyo tinchlik haqida ko‘proq gapiradi, lekin ayni vaqtda davom etayotgan urushlar bilan uchinchi jahon urushi ehtimoli tarixdagi eng yuqori nuqtaga…
Forwarded from Vatandosh TV
❗️ Hurmatli kuzatuvchilar!
Sizni “Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishiga taklif qilamiz.
Klubning bu safargi yig’ilishi “O’zbekistonda Xitoy biznesi ta’sirining ortishi: bu yangi imkoniyatmi yoki xatar?” mavzusida bo‘lib o‘tadi.
Siz loyihani jonli kuzatishdan tashqari, O’zbekiston va Xitoy munosabatlari, shuningdek, O’zbekistonda Xitoy sarmoyalari ortib borishining mamlakat iqtisodi va hayotiga ta’siri haqida yetakchi tahlilchilar chiqishlari orqali ma’lumot olish, shuningdek, mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Intellektual klub yig‘ilishi 2025-yil, 28-iyun kuni, soat 10:00 da “Impuls event zone” tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi 01, 6-uy.
Mo‘ljal: Lumiere mehmonxonasi.