Blogdagi postlar haqida…

Yozmoqchi bo‘lganlarim — yozganlarimdan ko‘proq.
O‘chirganlarim — qoldirganlarimdan ko‘proq.
Ichimda qolganlarim esa — ikkisidan ham ko‘proq.

Ba’zi postlar shunchaki fikr emas — ichimdagi og‘riqning ko‘rinishi.
Ba’zilarini yozganim emas, yozishga majbur bo‘lganim uchun yozganman.
Ular jim turilsa bo‘lmaydigan haqiqatlar edi.

Hayotdagi ayrim suhbatlar ham shunaqa:
Aytiladi, lekin aytish uchun emas.
Tinglanadi, lekin eshitish uchun emas.
Ular kerak bo‘lgani uchun sodir bo‘ladi.

So‘z — ko‘ngil yukini yengillashtirish usuli.
Postlar — yurakda qolmasligi kerak bo‘lgan haqiqatlar.
Ularni yozmasam, ular meni yozardi.
Go’zal yakun…

Ba’zi musibatlar bor — eshitib yuraging siqiladi.
Ba’zilarini eshitib… havas qilasan.

Shunday ketish — orzu.
Shunday yakun — ne’mat.
Go‘yo bu – go‘zal bir boshlanish.

“Robbim uni qanday sevar ekan!”

Va men yuragimda shunday duo qilaman:

“Robbim Qulingni, qanday izzatlagan bo‘lsang, meni ham shunday izzatla.
Uni qanday sevgan bo‘lsang, meni ham o‘sha sevgingga loyiq qil.
Unga qanday go‘zal yakun bergan bo‘lsang, menga ham shunday yakun ato et.”


Men duo qilayapman.
Men ojiz qulingman.
Men ham sening izzatingga mushtoqman, Ey Robbim.

Robbim dedik, Qulim de…
Assalomu alaykum!

Bir tanishimizga qisqa muddat ichida 2 ming dollar miqdoridagi pul yig’ilishi kerak bo’lyapti. Onalarida oyoq suyagi bilan bog’liq jiddiy muammolar bor ekan va tez orada muolaja qilinmasa yurish qobiliyatlaridan ayrilib qolishlari ehtimoli katta.

Shu uchun quyidagi kartaga o’z imkon darajangizdan kelib chiqib ma’lum pul miqdorini tashlab bersangiz yaxshilikka o’z hissangizni qo’shgan bo’lar edingiz.

5614 6822 1636 3707
Ozodova Sevaraxon
Munosabat

Aslida haqiqiy kitobxon “ichkarida”

Bashorat” bo‘lgan joyda sabr sinovdir.
Sabr bo‘lgan joyda nusrat kechikmaydi.
Nusrat kelganida esa, “hamd aytiladi”, osmon tomon “azon” ko‘tariladi.
📢 Yangi SAT/IELTS kurslariga ro‘yxat boshlandi!
📅 Avgust 2025 imtihoni uchun – faqat 1 ta guruh!

🎓 Sodiq Academy/School ustozlaridan
Tajriba, tizim va natijaga asoslangan ta’lim!

💡 Nima uchun aynan biz?

🔹 Imtihon shu joyning o‘zida topshiriladi – tayyorlov ham, test ham bir joyda!
🔹 Eng yangi, rasmiy (College Board / British Council) materiallar asosida darslar
🔹 2 ta asosiy ustoz:
  – Math uchun alohida o‘qituvchi
  – English uchun alohida o‘qituvchi
🔹 Doimiy nazorat
🔹 Sinov testlari va progress monitoring

🎯 Kimlar uchun?

– Avgustda IELTS yoki SAT topshirmoqchi bo‘lganlar
– Yuqori natija ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar
– Sifatli va natijali tayyorlov izlayotganlar

📌 Ro‘yxatdan o‘tish:
✉️ @SodiqAcademy ga yozing
📄 Yoki formani to‘ldiring: https://forms.gle/4QmG5Ao7gKV9iDCs9

Joylar soni cheklangan – 1 ta guruhgina!
Kechikmang, natija muhim bo‘lsa – harakatni bugun boshlang!
Juma muborak!
Hayit muborak!
G’alaba muborak!
Qurbonlik muborak!
Haj muborak!
Muboraklar…)
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va qadrli yurtdoshlar!

🇺🇿 Sodiq School jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Ushbu muborak kun barchamizga tinchlik, baraka, sog‘lik va farovonlik olib kelsin.

🌙 Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu tamoyillarni mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

🌙 Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin, azizlar!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Manimcha…

Kechagi buyuk g‘alaba ortidan, bir tadbirkor akamiz darvozabonga uch xonali, to‘liq sharoitli uy sovg‘a qilgani, yana bir restoran tarmog‘i egasi esa jamoa a’zolari uchun umrboqiy bepul xizmat yo‘lga qo‘ygani haqida eshitdik.

Avvalo, bu kabi sahovatli ishlari uchun u zotlarga samimiy tashakkur aytamiz. Alloh niyatlariga yarasha baraka bersin. Bu saxiylik, albatta, kechagi g‘alabaning berayotgan ijobiy tuyg‘ulari bilan chambarchas bog‘liq.

Ehtimol, biz ham u darajadagi tadbirkor bo‘lsak, shunga o‘xshash hadyalarni bajarar edik. Lekin voqelikka sal sovuqroq, hushyorroq nazar tashlansa, boshqa — yanada foydaliroq, ta’sirliroq yo‘l ham ko‘zga tashlanadi.

Axir, ehsonning mohiyati shundaki — u insonni “ekonom”dan “komfort”ga olib chiqmog‘i lozim. “Komfort”dagini esa “komfort+” darajaga ko‘tarish emas.

Masalan:
• Ko‘p yillardan beri 3-4 aka-uka bilan bir uyda yashayotgan, turmush qurishga sharoiti yo‘q yigitga yordam ko‘rsatish.
• Otasiz qolib, ko‘chada qiyinchilikda yashayotgan yetim bolaga boshpana ulashish.
• Umrini ilmga bag‘ishlab, haligacha ijarada kun kechirayotgan halol ustozni quvontirish.

Bu — yanada manfaatli, mantiqli va yurakka yaqin bo‘lgan ishdir.

Xuddi shuningdek, bir kunlik bepul ovqatni yeb, tunlari och yotayotgan kishiga muntazam taom yetkazib berish ham ana shu mezonga yaqin bo‘lur edi.

Albatta, tadbirkor akalarimiz bu kabi savobli ishlarni yashirin holatda allaqachon qilayotgan bo‘lishlari ham mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, muhtoj inson turib, imkonli kishiga ehson qilish — gohida “ikki to‘g‘ri ish orasida to‘g‘rirog‘ini tanlay olmaslik” bo‘lib chiqadi.

Bu gapimdan noto‘g‘ri ma’no chiqmasin. Na hasad, na e’tiroz — faqat bir iltimos: ehson qilganda haqiqiy muhtojni izlab topish, yaxshilikni to‘g‘ri yo‘l bilan manziliga yetkazish ham katta ilm, katta tafakkur va yurak ishidir.

Ertaga shogirdlarimiz ichidan ham sahiy, himmatli insonlar chiqadi, inshaAlloh. Ana shunda ular savobni eng haqligacha yetkazish mas’uliyatini unutmasin degan niyat bilan yozdim.
Spoiler…)

Hamid Sodiq ustoz bilan 2,5 soat suhbatlashdik.
Katta mavzular emas — Ustoz o‘z farzandlariga qanday ota?
(Ularni eshitib, biroz jim bo‘lib qoldik.)

Farzand bilan gaplashishdagi sabr, tarbiyadagi nozik chiziqlar…

Kitoblardan o‘rganilmaydigan, faqat yashab bildiriladigan uslublar.

Ta’lim, sport, siyosat haqida ham — ochiqchasiga.

Suhbat tugadi, lekin ichimda savollar hali ham ko’p…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Ortidan esa darrov Argentina bilan o‘rtoqlik o‘yini bo‘yicha xabarlar tarqala boshladi.

Bu voqelik ikki narsani isbotlaydi:

1. Minimal yutuq — maksimal eshiklarni ochadi.
Sen maydonga chiqqaningda, kimdir seni ko‘radi. E’tibor, imkoniyat, aloqalar – barchasi harakatga keladi. Orzuindagilar bilan uchrashishing osonlashadi. Yo’l ochiladi. E’tiborga tushasan. Networking ishga tushadi. Qolgan Ishlaring karrasiga tezlashib ketadi.

2. Bunday uchrashuvlarga iltimos bilan emas, sha’n bilan borasan.
Sen eshik taqillatib kiradigan emas, taklif etiladigan odam bo‘lasan. Bu – o‘zingni tayyorlab, munosib bo‘lganingda paydo bo‘ladigan sharafli yo‘ldir.

Xulosa: Shogird tayyor bo‘lsa — ustoz topiladi.
Va dunyo seni ko‘radi.
Shundaylardan biri

Karimamiz..)
“Ota-bobolarimiz qiz farzandlarini ardoqlab, mehr bilan ‘karimamiz’ deb ataganlar
Sinov

Erkak kishi ayolining hastaligida sinovdan o‘tadi.

Ayol erining kambag‘alligidagi sinovdan o‘tadi.

Do‘st og‘ir kunlarda sinovdan o‘tadi.

Farzandlar esa ota-onasining qariligida sinovdan o‘tadi.

Aka-ukalar meros taqsimotida sinovdan o‘tadi.

Qarindoshlar g‘ariblikda sinovdan o‘tadi.

Haqiqiy muhabbat manfaat tugaganda sinovdan o‘tadi.

Sabr esa vaqt bilan sinovdan o‘tadi.

Yaxshi niyat amal bilan sinovdan o‘tadi.

Tavba vasvasa bilan sinovdan o‘tadi.

Ilm esa amal bilan sinovdan o‘tadi.

Ishonch sir bilan sinovdan o‘tadi.

Tarbiyachi esa o‘z farzandining xulqi bilan sinovdan o‘tadi.

Iymon esa vasvasali zamonda sobit turish bilan sinovdan o‘tadi.

Xodim esa — lavozim bo‘shaganida va foydasi qolmaganda qanday ketishi bilan sinovdan o‘tadi.
Kimdir duo bilan ketadi, kimdir dushmanlik bilan. Bu esa uning asl qadrini ko‘rsatadi.

Mo‘min kishi esa balolar ila sinovdan o‘tadi!!!
Muammo — ishni qayta boshlashda emas.
Muammo — qayerdan va qanday darajada boshlashda.

Kimdir yillar davomida ustoz edi.
Ilm berdi, jamoa bo‘ldi, hurmat qozondi.
Ketdi.

(Agar ishingizni diyonatan xatolik yuzasidan o’zgartimagan bo’lsangiz)

Ammo ketgach, o‘zi yaratgan darajani olib ketmadi.
Qaytib, nol nuqtadan boshladi.

Bu orqaga ketish.

Kirakash bo‘lish — ayb emas.
Ustozlikdan so‘ng kirakashlikda qolib ketish — muammo.

Yiqilish - muammo emas. Hammada bo'ladi. Yiqilgandan keyin, haydovchilikdan boshqasiga yaramaslik – katta muammo.

Tajriba zaxira bo‘lishi kerak edi.
Daraja — cho‘qqi bo‘lib qolishi kerak edi.
Lekin hammasi yerga teng bo‘ldi.

Xulosa:
Qayta boshlash kerak bo‘lsa — boshlang,
Lekin o‘zingizni yo‘qotgan holda emas.

Shunday bo’lsa,
pul sizni sotib olgan,
sevmagan kasbingizda ishlagansiz, shunchaki vaqt o‘tkazgansiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taklifnoma bilan qabul qiladigan ta'lim markazi haqida eshitganmisiz?

Ta’limdagi eng katta xavotirimiz — sifatning pasayishi, o‘quvchining ilmga majburan emas, o‘z istagi bilan intilmasligidir. Shuning uchun ham ta’limda yangicha qarash va yondashuvlar zarur.

Shunday yondashuvlardan biriga Najot Ta’lim qo'l uribdi ya'ni majburan o‘qiyotgan, qiziqishi bo'lmagan o‘quvchilarni saralash va sifatni yanada yaxshilash maqsadida qabul tizimini tubdan o‘zgartirdi.

Endi Najot Ta'lim kurslariga yozilish uchun maxsus taklifnoma talab qilinadi. Taklifnoma bitiruvchida bo'ladi, u kimga berish-bermaslikni suhbat orqali hal qiladi, taklifnomani markazga olib kelib, kurslarga yozilish mumkin.

8500 dan ortiq bitiruvchi va ularning 85%-95%i kasbli qilgan Najot Ta'lim 25-iyun kungi taqdimotda markaz sun'iy intellektga integratsiya bo'lganini va bir qator yangi kurslarni e'lon qildi.
Kecha Sodiq school maktabimiz o‘zining uchinchi bitiruvchilarini katta hayot sari kuzatdi.
Yana bir avlod — ilm, orzu va mas’uliyat bilan yo‘lga chiqdi.

Bitiruv kechamizda qalbdan chiqqan tilaklar va ogoh so‘zlar yangradi.

Sahifamizdagilar uchun ham foydali bo‘ladi, degan umidda ulashib qo’yamiz.

Bismillah.

Aziz va qadrli bitiruvchilar!

Bugun maktabimiz devoriga sizlarning suratlaringiz joylashtiriladi. Oldingizda shu maktabdan o‘tgan juda ko‘plab bitiruvchilarning suratlari kabi, sizniki ham maktabimiz tarixining bir parchasi bo‘lib qoladi. Ammo shu suratlar orasida shundaylari ham borki, ko‘zimiz ularga tushganda hatto ismlarini eslashga qiynalamiz. Ba’zilarini esa gap ohangidan tortib, yurish-turishigacha go‘yo hozir ham ko‘z oldimizda jonlanadi. Xuddi ular yonimizda turgandek tuyuladi.

Endi men sizlardan bir narsani chin yurakdan so‘rayman:

Suratlaringizni faqat maktab devorida emas, odamlarning qalbida qoldiring!

Bu qanday amalga oshishi mumkinligini esa ustozlaringizning ko‘p bora ta’kidlagan nasihatlari orqali eslatmoqchiman:

Ishingizni doimo “Bismillah bilan boshlang va hamd bilan yakunlang.
Zero, biz ana shu ikki muborak so‘z orasida ekansiz, omonlikda yashaysiz.

Foydadan ko‘ra foydali bo‘lishni afzal ko‘ring.

Hozirda ko‘pchilikning asosiy savoli:
“Men bu narsadan qanday foyda ko‘raman?”
Ammo siz, azizlar, bu savolni boshqacharoq shaklda bering:
“Men bu yerga qanday foyda olib kela olaman?”

Shu yerda kichik bir misolni keltirib o‘tishni istayman:
Bir o‘quvchimiz darslardan keyin maktabimizda yosh o‘quvchilarga bepul ko‘ngilli mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi. O‘sha kundan boshlab uning hurmati ham yoshlarning qalbida oshdi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham ortdi. Beg‘araz qo‘shayotgan qiymati uchun bizning ham mehrimiz yuksaldi.

M unutmasligingiz kerakki, foydali inson bo‘lish uchun albatta katta mol-dunyo yoki alohida imkoniyat kerak emas.
Ba’zan oddiygina bir tabassum, samimiy bir so‘z yoki chin qalbdan uzatilgan bir yordam qo‘li insonlarning yuragida abadiy iz qoldirishga yetadi.

Foyda keltirish – bu ko‘z-ko‘z qilish emas.
Bu – qalbingizdagi samimiyat va insonlarga bo‘lgan muhabbatingizdan kelib chiqadi. Riyo orqali uni habata qilmang.

Maktabimizda shunday ustozlar bor, ularning o‘quvchilarga ko‘rsatgan kichik bir mehribonligi ham yillar o‘tsa-da, hanuz o‘quvchilarimiz xotirasida saqlanib qolmoqda.

Bugun, mana shu zalda sizlar tanlangan insonlarsiz.
Ammo sizga aytamanki: kelajakda tanlangan bo‘lish bilan kifoyalanmay, tanlovchi bo‘linglar.

Yaqindagina ikki taniqli universitet eng yaxshi bitiruvchilarimizdan birini talashib qoldi. Ana shunda bitiruvchimiz uchun tanlash imkoniyati tug‘ildi. Endi tanlash qarori unda. Haqiqatan, tanlangan bo‘lish go‘zaldir, ammo tanlovchi bo‘lish yanada go‘zaldir.

Pul – hamma narsa emas.
Ammo moliyaviy savodsizlik insonni o‘z nafsiga qul qilib qo‘yadi.

Daromad va savobni hech qachon bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymang.
Balki har ikkalasini chiroyli muvozanatda tutishni o‘rganing.

Qadriyatlaringizni sotmang.

Foyda katta bo‘lsa ham, rad qilish qiyin bo’lsada qadriyatingizga zid ishni tanlamang. Targ’ibida qatnashmang. Bir bloger akamiz yiliga yarim million dollarlik qimor o’yinlar reklamasi taklifiga rad javobini berganlari kabi.

Qiymat qo’shmaydigan sohalarni tanlamang.

Hayotingiz davomida hali juda ko‘p marralarni zabt etasiz.
Ammo bir muhim qoidani hech qachon unutmang:
Hayotning mohiyati nimagadir erishishda emas – o‘sha narsaga qanday erishganingiz va unga loyiq bo‘lishingizdadir.

Boylik, maqom, mansab – bu vosita. Ular siz uchun yaxshi ham bo‘lishi mumkin, yomon ham.

Barchasi siz qanday yo‘l bilan ularga erishganingizga bog‘liq.

– Hamma yaxshi juft istaydi. Ammo eng to‘g‘ri yo‘l – avval o‘sha ne’matga loyiq inson bo‘lishdir.

Do‘stingiz sizdan yaxshi natija qilayotgani uchun natijangizni yaxshilamang,
kimdir sizni maqtashi uchun ham ortiqcha harakat qilmang.

Soxta maqtovlarga aldanib o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang.


Biz ideal bo‘lishga buyurilmaganmiz.
Biz tavba qilishga buyurilganmiz.

Bu: “xato qilaveraver” degani emas.
Bu – xato qilgach saboq olib, tavba bilan yangidan boshlash degani.

Ba’zan hech nima qilgingiz kelmaydi.
Ba’zida oldingizdagi muammolar yechimsizdek ko‘rinadi.

Ammo bunday paytda shuni unutmang:
Tugunlar – siz yechim uchlarini topishingiz uchun mavjud.

Qadrli bitiruvchilar, sodiq bo‘ling!

Hayot sizga qanday imkoniyatlar bersa ham,
ustozlaringizga, ilmga, yurtingizga, o‘zingizga, orzuingizga, Yaratganga sodiq qoling.
Sodiqlik – halollikning egizagidir.
Sodiqlik – umid so‘nayotgan paytda ham harakatda davom etishdir.

Orangizdan kelajakda ko‘plab imkon egalari chiqadi.
Shunda, iltimos, qobiliyatli bolalarning ta’limiga homiy bo‘ling!

– Ularga maktabga kirishga yordam bering.
– Imtihonga tayyorlovga yo‘l oching.
– Bir bolaning orzusiga ko‘prik bo‘ling.

Chunki siz bugun yurgan yo‘l – kim uchundir orzu. Har narsani zakoti bo’lganidek, bu ham ilmingizni zakotidir.

Ey erkaklar jamoasi, qizlaringizning ta’limiga befarq bo‘lmang.
Ularning orqasida tog‘ bo‘ling. Ko‘prik bo‘ling.

Ey ayollar jamoasi, ilmga g‘ayratingizni aslo to‘xtatmang.
Siz madrasasiz. Siz qulasangiz – jamiyat qulaydi.

Yo‘lingiz ravon bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!

Sizni eslashsin – yaxshi inson sifatida, foyda bergan inson sifatida.

Turib, o‘z tarixingizni o‘zingiz yozing.

O‘zingizning tarixingizni o‘zingiz yozing.
Shunda bir kun orqaga qarab:
“Shukrki, bu yo‘lni tanlaganman,” deb aytasiz.

Va Hamd bilan so‘zlaringizni yakunlash nasib qilsin.
2025/06/28 12:14:31
Back to Top
HTML Embed Code: