Telegram Web Link
Bu dunyodagi eng ajoyib kitob javonlaridan biri!

Avstraliyalik er-xotin Jess va Sinkler Bren do'kondan o’zlariga yoqadigan kitob javonini topma olmaydilar va shuning uchun uni o'zlari yasashgan!

Men ham ayolim bilan birga shunaqasidan yasaymiz deb niyat qilib qo‘ydik, InshaAlloh.

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
Men har doim katta va muvaffaqiyatli ishni ko‘rganimda bilamanki, kimlardur qachonlardir to‘g‘ri qaror qabul qilishgan.

©Peter F. Drucker

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
Filip Kotler o‘z kitobida shunday deydi: "Ilk marketolog Iblisdir."

Qur'oni Karimda "Alloh Odamni daraxt mevasini yeyishdan man qildi. Iblis vasvasa qilib: "Ey odam, men senga abadiyat daraxtini va yo‘q bo‘lmas mulku davlatni ko‘rsataymi?" dedi." (Toha surasi, 120-oyat).

Harom narsalarning nomlarini o‘zgartirish orqali ziynatlab ko‘rsatish Iblisning odatidir.

Insonlar uchun manfaatsiz bo‘lgan narsalarni maqtab, ko‘klarga ko‘tarib sotayotgan sotuvchi, targ‘ib qilayotgan marketolog, ishlab chiqarayotgan tadbirkorlarni o‘sha Iblisdan hech qanday farqi yo‘q men uchun.
#arxivdan

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
Savobli ishga hissa qo'shmoqchilar uchun

Imkoniyati cheklangan yigit va qiz uchun 2 ta elektron nogironlik aravachasi olib berishimiz kerak. Ikkalasi ham Qur'on muxlisi.

Qiz bola boʻlajak qoriya, in shaa Alloh. 365 kun ham oilaviy tahajjudni, hatto qazo qoldirmaydi. Bir necha pora Qurʼonni tarjimasi bilan yodlagan. Oilaviy sharoiti og‘ir. Yaqinda oyogʻini kesishdi.

Alloh roziligi yo‘lida harakat qilaylik.

Pul ehson qilmoqchilar uchun:
4073420039589381 (Umidjon Ibragimov)

Jami 15 mln so'm kerak bo'lyapti.

P.S. Moddiy yordam qilolmasangiz, tarqatish bilan yordam bersangiz.

Bolalarga tegishli rasmlar pastda 👇
Batafsil ma'lumot uchun:
+998936869969
G‘oipov Navro'z
Individual qobiliyatlaring muhit sabab bir pul bo'lishi mumkin!

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
GRAFIK DIZAYNER KERAK!

Talablar:

- Tajriba 3+ yil;
- Punktuallik;
- Brend aydentikasini his qilish va ularni POS materiallari va SMD da qo'llash bo'yicha tajriba;
- Adobe PS, AI, Corel Draw (bularni bilish must have) dasturlardan tashqari dizaynda "золотое сечение, композиция, сетка" nima ekanligini tushunish;
- Adobe Indesign'ni bilsa yaxshi;

Sharoitlar:
- Ish vaqti 6/1 10:00-19:00 (yozda biroz rejim o'zgarishi mumkin);
- Asosiysi tog'ri "т/з" beradigan va dizaynerni tushunadigan jamoa;
- Habibullo Sa'dulloyevdan "Marketing Maksimum" kursini o'rganish imkoniyati.

Maosh:
- "Shuncha talabga shumi?", deydigan oylik emas. Suhbatda batafsil gaplashamiz.

Murojaat uchun: @Hasanov_Farrux
Forwarded from Inside of insights (Alisher Zohid)
🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔤🔤

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

#Consumerism
#Propaganda

1915-yil, Birinchi jahon urushi davrida Britaniya hukumati Germaniya harbiylarining Belgiyadagi tinch aholiga qarshi zulmlarini tasvirlaydigan plakatlar chop etadi. Bu plakatlarni ko‘rgan har bir odam, vijdon azobidan qutulish umidida, kimdir moli, kimdir joni bilan yordam berish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi...

Bu tarixiy misol, propagandaning eng ta'sirli va yorqin qo‘llanilishlaridan biri edi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan bu tushunchalar o‘zgarib, PR va Reklama qiyofasida yangi shakllar kasb etdi. Endi u industrial kapitalizm, "Iste'molchilik madaniyati" go'yasining otalari qo'lida daxshatli va qudratli qurolga aylanib, Homo Consumericus erasini boshladi.

🔗 Batafsil maqola va chuqurroq tahlil uchun havola ustiga bosing.


📱 Buni kimga ulashishni bilasiz... 😉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOTUV BO'LIMI RAHBARI KERAK

VAZIFALAR:
- Savdo bo'limini rivojlantirish va boshqarish;
- Savdo menejerlari uchun skriptlarni yaratish.

TALABLAR:
- Savdo jamoasini boshqarish tajribasi;
- Strategik fikrlash va samarali qarorlar qabul qilish qobiliyati, analitik ko'nikmalar;
- Rus va Ingliz tili;
- Ofis dasturlaridan malakali foydala olish;
- CRM va shu kabi savdo uchun mo’ljallangan tizimlardan foydalana bilish.

IMKONIYATLAR:
- Xalqaro standartlar asosida ishlash;
- Boshqa bo'limlar bilan o'zaro hamkorlik;
- Oylik maosh: 500$ + sotuvdan bonus.

Aloqa uchun: @mehrojiddinnazarov
1000 ga yaqin kitob o‘qigan inson bilan suhbatlashishga nima deysiz?

Qiziq bo‘lsa, bloglaridan boshlang:
👉 @inside_of_insights

Marketing, PR, Propaganda tarixi haqida ajoyib maqolalarni o‘qishingiz mumkin.

Xolis tavsiya!

📌 www.tg-me.com/inside_of_insights
Yo‘qotish juda oson!

Orada blogimga post yoza olmadim, unga e'tiborim susaydi. Kundalik yozish uchun ham deyarli vaqt ajratmay qo‘ydim. Endi esa matn yozishga biroz qiynalyapman.

Tushunishingiz uchun aytaman:

2016-yildan buyon matn yozaman. Boshida shunchaki qiziqish edi, 2019-yildan uning orqasidan yaxshi pul ishlay boshladim.

Hozir siz o‘qiyotgan ushbu matn blogimda tartib bo‘yicha 3382-post. Undan tashqari onlayn kurslar sotganimizda, SMM da ishlagan vaqtimda bir necha minglab matnlar yozganman.

Endi mana shu 6 yilcha vaqt sarflab, erishgan ko‘nikmamni bir necha oyda boy berishim mumkinligini his qildim.

O‘ylab qarasam, deyarli barcha narsada shunday ekan.

Yillar davomida shakllangan jismoniy formangiz, vaqtlar mobaynida yig‘ilgan obro‘, ancha muddat, katta kuch, mehnat sarflab yig‘ilgan boylik qisqa muddatda yo‘qotilishi mumkin.

Shakllantirish, yig‘ish, topish qiyin! Lekin yo‘qotish juda oson!

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
Do'stlar, akalar, ustozlar ushbu xabarga diqqat qiling!

Har birimiz hayotimizning turli vaqtlarida (ishga kirishda, ota-onamiz yoki do'stlarimiz bilan muloqotda, hamkasblarimizdan yordam so'rashda, hattoki taksi gaplashayotganimizda) muzokaralar qilishimizga to'g'ri keladi.

Ogohlantirib qo’yay!
Hozir ikkalamizgayam foydali kelishuv taklif qilaman.

Siz Muzokara sohasidagi bilimlaringizni sinab ko'rish orqali muzokara qoidalari jamlangan check-listlarni qo'lga kiritishingiz mumkin. Men esa ushbu sohada ommaning bilim darajasini aniqlab, ular uchun foydali dastur ishlab chiqa olaman.

Birlashish vaqti keldi!!!

Quyidagi link orqali google formani to'ldirsangiz, forma so'ngida qo'llanmalarni qo'lga kiritishingiz mumkin.

Ikkimizga ham foydali ishni bajarishga tayyor bo'lsangiz QANI KETTIK!

https://forms.gle/gLDerK3wyojvLpMq9
Yaxshilik qilganlarning hammasi ham savobga yetavermaydi...

Qiynalgan vaqtida yaxshi niyat qilib, yordam bergandim. Ishim tushganida esa, hatto sms'imni o‘qib, javob bermadi.
Ex, qilgan yaxshiligimni bilmadi...

Yordam kerak bo‘lganda har-har zamonda yo‘qlab turardi. "Eng yaqin do‘stimsan", derdi. Ishlari bitgach, xabarlarimga erinibgina javob beradigan, hatto o‘qimaydigan bo‘lib qoldi.

Ichim yondi, yordam berganim, unga sarflaganlarim uchun pushaymon bo‘ldim...

Muammo u insonlardami?!

Yo‘q! Muammo men ularga yaxshilikni xolis qilmaganimda!

Siz kimgadir "Alloh uchun", deb yaxshilik qilar ekansiz, bu amal rostdan ham Alloh uchunmi yoki yo'q, bundan, albatta, sinalasiz!

Yordamim tegdi, yaxshi muomala qilishi kerak. Yordamim tegdi, hurmat qilishi kerak va yoki menga vaqt ajratishi kerak...

Kimgadir "savob umidida" yaxshilik qilib, lekin undan nimadir kutish bu ta'magirlikdir.

Alloh uchun yaxshilik qildingizmi, savobidan umidvor bo‘lsangiz, bergan yordamingizni unutish kerak ekan!

Tildan chiqqan bir-ikki og‘iz so‘z o‘sha savobli amallarni xabata qilishi mumkin!

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
Baxt va sog‘lik o‘xshash tushunchalar. Ikkisini ham borligida payqamaysiz!
#arxivdan

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
Uch narsa haqida kam gapir: Zihobing, zahabing va mazhabing!

©Jaloliddin Rumiy

Zihob - ketish, zahab - tilla, mazhab - tutgan yo‘l, prinsip.

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
Hammasi juda oddiy. Odamlar nimanidir imkonsiz deb hisoblaydilar. Lekin bir dovyurak odam chiqadi-da, bunga ko‘nmaydi...

©️Albert Eynshteyn

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
ISHONMA!

Ba'zilar seni faqirlik ayb emasligiga, Alloh taolo faqirlarni ko‘proq yaxshi ko‘rishiga, Nabiy sollallohu alayhi va sallamning faqir bo‘lganliklariga, qanoat tugamaydigan xazina ekaniga, zohidlik fazilat ekanligiga, ta'ma razolat ekaniga, faqirning sarmoyasi halollik ekaniga, boylarning qonso‘rar mahluq va afyun ekaniga ishontirmoqchi bo‘lishadi.

Natijada sen faqirligingga qanoat qilib qolasan, ehtiyojmandligingdan lazzatlanadigan bo‘lib qolasan, zaif va chorasizligingga rozi bo‘lib qolasan.

Ular senga Usmon roziyollohu anhu va “mashaqqat qo‘shini” haqida, Talha roziyollohu anhu va uning sahiyligi haqida, Zubayr roziyollohu anhu va uning yerlari haqida, Abdurahmon ibn Avf roziyollohu anhu va uning tijorati haqida, Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyollohu anhu va uning sadaqalari haqida aytishmaydi.

Ular senga Nabiy sollallohu alayhi va sallamning kufr va faqirlikdan Allohdan panoh so‘raganlari, yuqoridagi qo‘l pastdagi qo‘ldan afzalligi, kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan afzal ekani haqida aytishmaydi.

Ular senga faqirlik, muhtojlik va zaiflikning zarari yo‘qligi haqida gapirishadi. Chunki ana shunda sen ulardan bir kunlik taomingdan ortig‘ini so‘ramaysan, zulm haqida so‘raydigan darajaga ko‘tarila olmaysan, yarangdan va zaifligindan so‘ramaysan.

Muhammad G‘azzoliy

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
Yaratuvchanlik bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir.

©️Albert Eynshteyn

📌 www.tg-me.com/hasanovblog
Forwarded from Marketing Club
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Kreativ reklama o'gitlari" haqida gaplashamiz.

Sintez reklama agentligi kreativ direktori Farrux Sharif kreativ g'oyalar qanday yaratilishi va ularni biznesga qanday tadbiq qilish mavzusida real keyslar asosida Master class o'tib beradilar.

Manzil: IT park binosi.
Sana: 25-may, 14:00
Qatnashish narxi: 109.000 so’m.

👉 Ro'yxatdan o'ting:
https://forms.gle/bmeiWZsnZ1SRYKd97

@marketingclub_event
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Do’stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam - Botir Kobilov bugun Harvard Universitetidan doktorlik unvonini oldilar.

Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo’lsin.

Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinchi O’zbekistonlik bo’ldilar.

Bundan ham katta yutuq va zafarlar tilab qolamiz!
2024/05/29 04:22:12
Back to Top
HTML Embed Code: