Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Apple taqdimoti vaqti aniq

🍏 Kompaniyaning rasmiy saytida interaktiv logotip paydo bo'ldi: u kursor harakati yoki iPhone va iPad’dagi ehtimoliy issiqlik kamerasi effektini eslatadi. Ehtimol, bu smartfonda yangi teplovizor texnologiyasi emas, balki yangi modellarda sovutish tizimini yaxshilaganiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.

🍏 Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 17’da yangilangan dizayn bo‘ladi: to‘liq alyuminiy korpus va MagSafe uchun oynavand deracha. Logotipdagi gradient — to‘q sariqdan och-ko‘k ranggacha hamda iPhone 17 Pro va iPhone 17 Air yangi ranglariga ishora qilayotgani aytilmoqda.

🪶 Taqdimot shiori — “Awe Dropping” (“hayratdan yoqib tushadigan”) aniq “Jaw Dropping” iborasi bilan o‘ynalgan. Gap-so‘zlarga qaraganda, Apple atigi 5,5 mm qalinlikdagi ultrayingichka iPhone 17 Air’ni tayyorlamoqda.

📅 Asosiy sir esa 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da ochiladi — Apple o‘z yangiliklarini rasmiy tarzda taqdim etadi.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍142🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👎25
🔊 Marshall ulkan kolonkani taqdim etdi – g‘ildirakchali va yoritkichli!

ℹ️ Bromley 750 nomli yangi kolonka 24 kg og‘irlikda. Yon tomonida ko‘tarib yurish uchun tutqichlari, orqa qismida esa chiqarib olinadigan qo‘l tutqichi va g‘ildirakchalari bor – xuddi chamadondek. Bundan tashqari, LED-podsvetka, IP54 himoya va mikrofon ulab, karaoke rejimida foydalanish imkoniyati mavjud – haqiqiy kechalar yulduzi!

🎶 Ovoz imkoniyatlari:
- 2 ta 10 dyuymli sabvufer (har biri 150 W)
- 2 ta o‘rta chastotali dinamika (har biri 50 W)
- 4 ta tvitter: 2 tasi 14 W, 2 tasi 7 W

📡 Ulash imkoniyatlari:
- Bluetooth 5.3 (SBC, AAC va LC3 kodeklari)
- RCA (“tyulpan”)
- 3,5 mm audio port

🔋 Avtonomiya: 40 soatgacha ishlaydi. Akkumulyatorni almashtirish yoki tarmoq orqali ishlatish mumkin.

🗓 Sotuvga chiqish sanasi: 23-sentabr
💵 Narxi: $1299

➡️ #marshall | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
116🥰3🤮3❤‍🔥1
Yandex Uzbekistan — Dev Camp ta’limiy dasturini boshlamoqda

🧑‍💻👩‍💻 20 sentyabr kuni Toshkentdagi INHA universitetida Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 bo‘lib o‘tadi. Undan so‘ng Dev Camp — dasturchilar uchun lektoriy dasturiga start beriladi.

Ishtirokchilarni:
● Yandex mutaxassislaridan backend-dasturlash, algoritmlar va sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha ma’ruzalar,
● Amaliy mashg‘ulotlar: code-battle, ma’lumotlar bazalari, Flutter + AI,
● Karyera vorkshoplari va demo-intervyular,
● Junior'dan Senior'gacha bo‘lgan karyera bosqichlari haqida panelli muhokamalar.

Dasturda qatnashish nima beradi?
● Backend va algoritmlar bo‘yicha chuqur bilim,
● Yetakchi mutaxassislar bilan real muammolar ustida ishlash tajribasi,
● Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash imkoniyati.

📍Joyi: INHA universiteti, Toshkent
📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 17 sentyabrgacha
💭 Leksiyalar rus va ingliz tillarida, sinxron tarjima bilan olib boriladi.

✏️👉 Ro‘yxatdan o‘tish ochiq
👎53👍2🔥1
🧩 LEGO “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi “Qora marvarid” kemasini taqdim etdi

ℹ️ To‘plam tafsilotlari:
- 2862 ta detal
- Ko‘plab yashirin elementlar
- 8 ta minifigura: Kapitan Jek Vorobey, Gektor Barbossa, Joshami Gibbs, Cotton, Uill Tyorner, Elizabet Svonn, Anna Mariya va Marti

📏 O‘lchamlari:
- Balandligi — 64 sm
- Uzunligi — 64 sm
- Kengligi — 23 sm

🗓 Sotuvga chiqish sanasi: 15-sentabr
💵 Narxi: $380

➡️ #lego | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🤣7❤‍🔥3🔥1🤝1
🇨🇳 Xitoy olimlari dunyoda birinchi universal 6G-modemni yaratishdi

⚡️ Uning tezligi 100 Gbit/s ga yetadi! Bunday tezlikda hajmi 50 GB bo‘lgan 8K formatdagi videoni atigi bir necha soniyada yuklab olish mumkin.

ℹ️ Modem 0,5–115 GHz oralig‘idagi istalgan chastotada ishlay oladi.

➡️ #6G | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🆒5🔥432
🚴 Velosiped, elektromobil va kosmik shuttle gibridi — fransuzlar Vigoz nomli uch g‘ildirakli velosipedni taqdim etishdi, u soatiga 120 km tezlikka chiqadi

⚙️ Bu yerda odatiy zanjir yo‘q: pedallar bosilganda kuch elektr energiyasiga aylanadi va motorni quvvatlantiradi. 22 kVt·soat sig‘imdagi batareya 160 km yo‘l zaxirasini ta’minlaydi.

ℹ️ Odam zamonaviy kapsula ichida o‘tiradi va kosmik kemani boshqargandek joystiklar orqali boshqaradi. Tezlikni o‘zing tanlaysan: sokin aylantirsang sayr, keskin bosilsa esa — bolid uchib ketadi.

➡️ #transport | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥13
2025/10/26 09:40:36
Back to Top
HTML Embed Code: