Telegram Web Link
🍏 Apple yangi Apple Watch Series 11’ni taqdim etdi — tarixdagi eng yupqa aqlli soat

⌚️ Taqdimotda kompaniya butunlay yangilangan funksiyalarga ega Apple Watch Series 11’ni namoyish qildi.

ℹ️ Apple’ning aytishicha, bu seriyadagi eng yupqa soatlar bo‘lib, ularning ekrani endi tirnalishlarga ikki baravar chidamli.

🩺 Asosiy yangilik — qon bosimini o‘lchash sensori. Soat qon bosimidagi o‘zgarishlarni kuzatib boradi va foydalanuvchini gipertenziya xavfi haqida oldindan ogohlantiradi.

😴 Yana bir funksiya — “uyqu reytingi”, u sizning tun bo‘yi dam olishingiz sifati bo‘yicha baho beradi.

🔋 Batareya bir sutkaga yetadi. Bir hafta mustaqil ishlashni kutganlar esa biroz hafsalasi pir bo‘lishi mumkin.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1👎1
⌚️ Apple Watch SE 3 — arzonroq toifadagi aqlli soatlar

🍏 Asosiy yangilik — doimo yonib turadigan ekran va yangi S10 protsessori, u tezroq ishlashni ta’minlaydi.

⚡️ SE 3’da endi tezkor zaryadlash mavjud — avvalgi avlodga qaraganda ikki baravar tez. Shuningdek, ichki dinamik ham qo‘shilgan.

💡 Shunday qilib, Apple Watch SE tobora ko‘proq imkoniyatlarni kamroq narx evaziga olishni istaganlar uchun jozibali tanlovga aylanmoqda.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🏔 Apple Watch Ultra 3 — kompaniyaning eng ilg‘or aqlli soatlari

🍏 Yangi model Apple Watch tarixidagi eng katta displeyga ega bo‘ldi. Ramkalar juda kichraytirilgani uchun ekran ekstremal sharoitlarda ishlash uchun yanada qulay.

📡 Asosiy yangilik — sun’iy yo‘ldosh aloqasi. Endi bog‘lanish uchun iPhone kerak emas, soat tarmoq yo‘q joylarda ham mustaqil ishlay oladi.

🔋 Avtonom ishlash muddati ham hayratlanarli — bitta zaryad bilan 42 soatgacha, ya’ni deyarli ikki kun quvvatlanmasdan ishlaydi.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
💵 Narxlar:
Apple Watch Ultra 3 — $799
Apple Watch Series 11 — $399
Apple Watch SE 3 — $249

🤔 Qaysi biridan olamiz? Shaxsan menga arterial qon bosimini o'lchaydigani juda zarur.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀8
🍏 iPhone 17 taqdim etildi

📱 Dizayni deyarli iPhone 16’dan farq qilmaydi, ammo ichki imkoniyatlari butunlay boshqacha.

ℹ️ Ekran 6,3 dyuymga kattalashdi va nihoyat 120 Hz qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ldi — interfeys ancha ravon ishlaydi.

⚙️ Yangi A19 protsessori va 16 yadroli Neural Engine bilan jihozlangan. U iPhone 16’dan 20% tezroq, iPhone 15’dan esa 80% tezroq.

📸 Kameralar: asosiy kamera endi 48 MP ultrakeng burchak va 12 MP telefoto (2x zoom). Klassik keng burchakli kamera olib tashlangan — endi faqat ultrakeng yoki telefoto.

🤳 Old kamera: 18 MP kvadrat sensor — ancha yirik va tiniq selfilar. iPad’dagi Center Stage texnologiyasi endi videqo‘ng‘iroqlarda barcha ishtirokchilarni avtomatik kadrda ushlab turadi.

💾 Xotira hajmi endi kamida 256 GB dan boshlanadi.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣19🔥136👍4👎3
🍃 Apple iPhone Air — kompaniyaning eng yupqa va eng yengil flagmani

Smartfon jilolangan titan korpusda ishlab chiqilgan va to‘rt xil rangda taqdim etiladi. Qurilma qalinligi atigi 5,6 mm, ekrani esa 6,5 dyuym bo‘lib, 120 Hz yangilanish chastotasiga ega. Apple’ning aytishicha, bu tarixdagi eng mustahkam iPhone.

⚙️ Ichkarida — yangi A19 Pro chipi. Unda 6 ta protsessor va 5 ta grafik yadro mavjud bo‘lib, u oddiy iPhone 17’dagi A19’dan ancha kuchli. Uni yangi N1 tarmoq chipi (Wi-Fi, Bluetooth va Thread’ni birlashtirgan) hamda ikkinchi avlod Apple C1X modemi to‘ldiradi.

📸 Kameralar ham yangilangan: asosiy modul 48 MP, u oddiy (1x) rejimda ham, telefoto (2x, 12 MP) rejimida ham ishlaydi. Old kamera — 18 MP va unda Center Stage funksiyasi mavjud. Yangi imkoniyatlardan biri — bir vaqtning o‘zida old va orqa kamera bilan suratga olish.

🍏 Muhim xususiyat — barcha bozorlarda fizik SIM’dan to‘liq voz kechilgan, endi faqat eSIM qo‘llab-quvvatlanadi.

🔋 Batareya noodatiy shaklga ega bo‘lib, foydalanuvchi odatlariga moslashadigan adaptiv avtonomlik rejimi bilan keladi. Apple aniq raqamlarni aytmadi, biroq qurilma “butun kun ishlashga” mo‘ljallangan.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🤮8🔥6🏆21
🍏 Apple iPhone Air uchun yangi aksessuarlar liniyasini taqdim etdi

🔋 Eng diqqatga sazovor yangilik — o‘ta yupqa MagSafe portativ akkumulyatori. U iPhone Air’ning orqa qismiga magnit orqali ulanadi va qo‘shimcha kabellar yoki og‘ir powerbanklarsiz yo‘lda zaryadlash imkonini beradi.

🎒 Yana bir yangilik — yelkaga taqiladigan maxsus remen. Apple Watch aksessuarlariga o‘xshash uslubda ishlab chiqilgan bu remen yordamida iPhone Air’ni sumkaday qilib yelkaga osib olish mumkin — qulaylik va qo‘l erkinligini qadrlovchilar uchun yechim.

🍏 Va nihoyat, Apple biroz nostalgiya qo‘shdi: iPhone Air uchun maxsus bumper-g‘iloflar taqdim etiladi, ular afsonaviy iPhone 4 davridagi aksessuarlarni eslatadi.

🍎 Shunday qilib, Apple texnologiya bilan bir qatorda uslubga ham urg‘u berib, iPhone Air’ni kundalik hayot uchun zamonaviy va qulay aksessuarga aylantirmoqda.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11🤣42👎1🤮1
🍏 iPhone 17 Pro — kuchliroq, yanada yupqa va chidamliroq.

ℹ️ Smartfon alyuminiy korpus va qayta ishlangan dizaynga ega bo‘lib, iPhone tarixidagi eng katta akkumulyator bilan ta’minlangan. Birinchi marta Apple flagmanida vapor chamber sovutish tizimi qo‘llanildi — ilgari faqat Android’ning eng yuqori modellari ishlatgan texnologiya.

⚙️ Asosiy fishka - yangi A19 Pro chipi. Sovutish tizimi tufayli iPhone 17 Pro iPhone 16 Pro’dan 40% tezroq ishlaydi, ayniqsa o‘yinlarda va uzoq davom etadigan yuklamalarda.

🛡 Orqa panel endi yangi avlod Ceramic Shield materiali bilan qoplangan — u shishadan mustahkamroq va zarbalarga chidamliroq.

📸 Kameralarda katta sakrash: ilk bor uchta teng 48 MP sensor — keng burchak, ultrakeng va telefoto. Telefoto endi boshqalar bilan tenglashdi va 4x hamda 8x optik zoom, shuningdek 40x raqamli zoomni qo‘llaydi. Yana bir yangilik — ProRes RAW formatida video olish imkoniyati.

🤳 Old kamera — 18 MP va Center Stage funksiyasi bilan, videqo‘ng‘iroqlarda sizni avtomatik ravishda kadrda ushlab turadi.

🔥 Qiziqarli jihat: SIM-kartasiz versiya (faqat eSIM) biroz kattaroq sig‘imli batareyaga ega. Natijada bu model avvalgi barcha iPhone’lardan ko‘ra uzoqroq ishlaydi.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🤣941🤮1
2025/10/22 04:01:18
Back to Top
HTML Embed Code: