Telegram Web Link
🏃‍♂️ Yuguruvchilar uchun “chit-kod”: Nike tezlik va bardoshlikni oshiruvchi robotlashtirilgan oyoq moduli taqdim etdi

ℹ️ Loyiha Dephy robototexnika kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda va Project Amplify deb nomlanadi.

👟 Qurilma boldir va oyoq kiyimiga mahkamlanadi. Uning ichidagi elektromotor oyoqqa qo‘shimcha impuls beradi, bu esa yurish yoki yugurish paytida yuklamani kamaytiradi — xuddi kichik ekzoskeletga o‘xshaydi. Quvvat manbai sifatida akkumulyatorlar ishlatiladi, ular maxsus manjet yordamida oyoqqa o‘rnatiladi.

👟 Bunday gadjetdan professional sportda foydalanish taqiqlanadi. Nike uni ko‘proq havaskor sportchilar uchun mo‘ljallagan — uzoqroq yugurishni, tezroq harakatlanishni yoki uzoq masofani kamroq charchab bosib o‘tishni istaganlar uchun.

Hozircha Project Amplify sotuvda emas — loyiha hali erta sinov bosqichida.

➡️ #nike | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👾54
2025/10/26 08:30:33
Back to Top
HTML Embed Code: