Telegram Web Link
📱📱 cheklangan nashrdagi DualSense Icon Blue Special Edition geympadini taqdim etdi

🎮 Kontroller PlayStation’ning afsonaviy merosidan ilhomlanib, ko‘k rangning turli tuslarida ishlab chiqilgan.

🎮 Sensorli panelda PlayStation belgilarining o‘yib yozilgan naqshlari bor, orqa tomonida esa brend nomi yapon tilida yozilgan.

💸 Geympad 20-oktabrdan boshlab sotuvga chiqadi, narxi — 85 dollar.

➡️ #ps #playstation | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍9👾42
💾 JEDEC yangi UFS 5.0 flesh-xotira standartini e’lon qildi

ℹ️ Yangi standart tezlikni deyarli ikki baravar oshiradi — hozirgi UFS 4.0 va 4.1’dagi 5,8 GB/s dan 10,8 GB/s gacha.

📱 Bu turdagi xotira smartfonlar, planshetlar, o‘yin konsollari, avtomobil multimedia tizimlari va boshqa qurilmalarda qo‘llaniladi. U, shuningdek, sun’iy intellekt bilan ishlashga moslashtirilgan.

📅 Ammo hali biroz kutish kerak — UFS 5.0 o‘rnatilgan birinchi qurilmalar faqat 2027-yilda sotuvga chiqadi.

➡️ #texnologiya | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11😐43👍1👾1
🍎 Apple yana trendlarni belgilamoqda: dbrand kompaniyasi apelsin rangidagi skin va chexollardan iborat yangi kolleksiyasini taqdim etdi

ℹ️ dbrand — texnologik bozorda mashhur "troll" kompaniya bo‘lib, ular yangi aksessuarlar seriyasiga «Cosmic Orange: now available for the unprofessional» (“Koinot apelsini — endi havaskorlar uchun ham mavjud”) degan shiorni qo‘shdi.

👉 https://dbrand.com/shop/limited-edition/cosmic-orange

📱 iPhone 17 Pro’dagi yangi rangga o‘xshash tus hosil qilish uchun kompaniya alyuminiy kukunidan foydalangan — shuning uchun bu stiklar aloqa signalini zaiflashtiradi. dbrand antennalarni yopib qo‘ymaslikni tavsiya qiladi.

🟠 Yangi aksessuarlar iPhone, Android smartfonlar, konsollar, mini-kompyuterlar, planshetlar, noutbuklar va naushniklar uchun taqdim etilgan.

💰 Narxlar:
- Skin (yopishtirma plenka) — kamida $25
- Telefon chexollari — $55 dan boshlab
- Naushnik chexollari — $35 dan

➡️ #aksessuar | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤮349👍5👾1
📽 “Minecraft kinoda 2” premyerasi 2027-yil 23-iyulda bo‘lib o‘tadi

ℹ️ Warner Bros. va Legendary studiyalari filmni rasmiy tarzda e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, birinchi film 950 million dollardan ortiq daromad keltirib, tarixdagi eng ko‘p daromad topgan ikkinchi videoo‘yin ekranirovkasi bo‘lgan.

🏆 Rekord esa “Super Mario birodarlar kinoda”ga tegishli — u 1 milliard dollar daromad to‘plagan.

➡️ #kino | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛰 Kosmosdan olingan videolarda XKS (Xalqaro kosmik stansiya) juda sokin ko‘rinadi.

🧑‍🚀 Ammo u harakatlanayotgan haqiqiy tezlik — soniyasiga 7,66 kilometr — faqat Yer yuzasi bilan solishtirilganda ayon bo‘ladi.

➡️ #koinot | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍244😱1👾1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1🤣36🔥4🗿3👾2
🌐 Telegram tunda sodir bo‘lgan nosozlik tufayli millionlab zarar ko‘rdi

🤩 Tizim Stars kursini noto‘g‘ri hisoblab chiqdi va foydalanuvchilar ularni 80% chegirma bilan ommaviy ravishda sotib ola boshlashdi.

💸 Bir foydalanuvchi esa 7,2 millionta yulduzni deyarli bepul sotib olishga ulgurgan.

➡️ #telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣103😱11❤‍🔥5🗿3👾2
2025/10/19 19:39:19
Back to Top
HTML Embed Code: