Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔 Ko'p savol berishadi: Xitoyliklarning o'zi qaysi kompaniya smartfonlaridan foydalanishadi?

📊 Javobi yuqoridagi rasmda. Oppo yetakchi, ammo tushib bormoqda. Uning ortidan Honor va Huawei quvib kelyapti.

🇨🇳 Siz qaysi Xitoy brendiga ustunlikni bergan bo'lardingiz?

➡️ #xitoy | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 MediaTek Dimensity 9300+ mobil protsessorini taqdim etdi

ℹ️ U asosidagi birinchi qurilmalar Vivo X100 seriyali smartfonlar, shuningdek, iQOO Neo9s Pro va Redmi K70 Ultra bo‘ladi.

➡️ #mediatek | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍎 Apple M4 taqdim etildi

ℹ️ Yangi avlod 3nm chiplari iPad Air'dagi M2'dan sezilarli darajada ustundir. U 50% tezroq ishlashni ta'minlaydi va 10 yadroli GPU'ni o'z ichiga oladi. Renderlash tezligi M2 ga qaraganda 4 baravar tezroq va quvvat samaradorligi borasida ham yetakchi hisoblanadi.

⚡️ Asosiy yutuq sekundiga 38 trillion operatsiyani bajarishga qodir boʻlgan yangilangan 16 yadroli Neural Engine soprotsessoridir, bu birinchi avlod Neural Engine’dan 60 marta tezroq.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍎 Apple o'zining stilusining yangilangan versiyasini taqdim etdi - Apple Pencil Pro

✍️ Yangi qalam rassomlar, dizaynerlar va iPad Pro'dan ijodiy vazifalar uchun foydalanadigan har bir kishini quvontira oladi. Asosiy yangilik - bu siqish imo-ishorasi. Endi, shunchaki stilusni siqib, Procreate kabi ilovalarda asboblar menyusini ochishingiz mumkin.

ℹ️ Yana bir muhim o'zgarish - giroskopning mavjudligi. Bu sizga dizayndagi obyektlarni aylantirish imkonini beradi va tebranish dvigateli shakllar to'g'ri kelganda sizga xabar beradi.

📍 Agar siz stilusingizni yo'qotsangiz, uni ilova orqali osongina topishingiz mumkin.

🔋 Avvalgidek, stilus iPad Pro'ga magnit yordamida ulanadi va undan quvvatlanadi.

💸 AQShda Apple Pencil Pro narxi 129 dollardan bo'lib, sotuvlar keyingi haftadan boshlanadi.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirdagi eng zo'r mashinalardan biri albatta - BMW!

Lekin BMW samolyotlar uchun ham motor ishlab chiqarganiga ishonasizmi? Bu cho'pchak deb o'ylashingiz mumkin, aslida esa unday emas! Yangi youtube videoda esa:

— Hozirgi BMW o'zi qanday paydo bo'lganligi?
— Nima uchun BMW samolyot motorlarini chiqarganligi?
— BMW kompaniyasining Samolyot motorlaridan, mashinalarigacha bo'lgan yo'lni

Va shu kabi qiziq savollaringizga javobni yangi youtube videoimizda bilib olasiz!

Videoni tomosha qilish👇🏼
https://youtu.be/kAlSbsAevzo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 SEGA Sonic Rumble o'yinini taqdim etdi

ℹ️ Fall Guys'ga o'xshab ketadigan ushbu o'yin may oyining oxirigacha beta-test jarayonida bo'ladi. Aytgancha, u Android va iOS uchun chiqmoqda,

➡️ #game | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
👍👍 25 yil o'tib yana Nokia 3210 chiqmoqda ℹ️ U ko'rinishidan Nokia 225'ni eslatadi, biroq 4G'ni qo'llaydi. 2.4 dyuymli ekrani 320x240 kenglikda, protsessori Unisoc T107, tezkor xotirasi 64 MB, 32 GBgacha fleshka qo'yish mumkin. Akkumulyatori 1450 mA*soat…
😱 Eng qizig'i, mono'v telefon mittigina ekrani bilan Youtube Shorts'larni ko'rsatarkaney!

👍👍 Nokia 3210 2024 QVGA o'lchamli 2,4 dyuymli TFT ekran va LED chirog'li 2 MP kamera bilan jihozlangan. Telefonning asosi Unisoc T107 chipi bo'lib, 64 MB operativ xotira va foydalanuvchi ma'lumotlari uchun 128 MB doimiy xotira mavjud. Xotira kartasi yordamida 32 GB gacha kengaytirish mumkin. Qurilma S30+ tizimining nazorati ostida ishlaydi.

ℹ️ Bundan tashqari u Bluetooth 5.0, USB Type-C va 3.5 mm quloqchinlar porti bilan ta'minlangan bolib, akkumulyatori 1450 mA*soat sig'imli. Ichida afsonaviy "Snake" o'yini, FM-radio, MP3-pleyer va Youtube'ning qisqa videolarini tomosha qilish imkoni bor.

💶 Narxi 89 yevro.

➡️ #nokia | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 Baribir Windows 10'ga odamlar o'rgangan-da...

ℹ️ Xullas, Windows 11'ning 26212 beta-versiyasida "Pusk"ni o'rtadan chapga yoki o'ngga o'tkazish funksiyasi topilibdi. Bundan tashqari vidjetlar ko'rinishlarini ham avvalgi versiyadagi kabi qilish mumkin ekan.

💬 Siz uchun qaysi versiya qulayroq?

➡️ #windows | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Avval birinchi videodan Apple'ning iPad Pro reklamasini ko'ring...

📱 Keyin esa 2008-yilda tasvirga olingan 2-videodagi LG Renoir KC910 smartfonining reklamasiga nazar tashlang. Nimadirni sezsangiz izohda yozib qoldiring...))

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Motorola Moto G Stylus smartfonini taqdim etdi

ℹ️ Motorola hali ham stilusli smartfonlar ishlab chiqaradigan kam sonli ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lib qolmoqda. Moto G Stylus 5G (2024) modeli fotosuratlarni tahrirlash va qo'lda yoziladigan eslatmalar uchun ideal devaysdir.

⚙️ Texnik xususiyatlari:
- Displey: 6,7 dyuym, POLED, FHD+, 120 Hz, maksimal yorqinligi 1200 nits.
- SoC: 5G-ni qo'llab-quvvatlaydigan Snapdragon 6 Gen 1.
- Tezkor xotira: 8 GB.
- Doimiy xotira: 256 GB (xotira kartasi yordamida 2 TB gacha kengaytirilishi mumkin).
- Batareya: 30 W simli va 15 W simsiz zaryadlashni qo'llab-quvvatlaydigan 5000 mA/soat.
- Orqa kameralar: 50 MP (asosiy) + 13 MP (ultra keng burchakli).
- Old karta: 32 MP.
- Qo'shimcha funksiyalar: Bluetooth 5.1, Wi-Fi, 3,5 mm audio kirish, displeydagi barmoq izlari skaneri.
- Operatsion tizim: Android 14.

💸 Narxi: $400.

➡️ #motorola | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚴 Ushbu velosiped-dirijabl tezligi 144 km/soatgacha chiqarkan

🤷‍♂️ Aqlli aerodinamik korpusga ega velosiped o'zi nima uchun kerakligini to'g'risi tushunmadim ham. Menimcha, shunchaki aerodinamikani amalda tajriba qilishdan boshqa narsa emas. Sababi, Kanadalik muhandislar tomonidan ishlangan ushbu velosiped kapsulasi ichida haydovchi oldidagi narsalarni faqat kamera va ichkaridagi monitor orqali ko'ra olarkan. Bu boshqaruv qiyin bo'ladi degani.

➡️ #transport | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/15 01:27:52
Back to Top
HTML Embed Code: