Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Eng yaqin do‘sting kim?
- O‘zim!
- Rostanmi?
- Masalan, o‘zimga eng yaxshi maslahatdosh bo‘la olaman. O‘zim bilan har qanday mavzuda gaplasha olaman va o‘zimga haqiqatni ayta olaman! Aytmoqchimanki, men do‘stim bo‘lishini xohlamayman. Mendan foydalanishlarini va yoki o‘zim kimdandir foydalanishni istamayman.
Men o‘zimga o‘zim kifoya qilaman..


𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Bir yaqin insonim;
"odam ko'nikuvchan..hamma narsaga ko'nikadi" degan edi.
Shunday ekan.
Men ham bora-bora koʻnikyapman.
Qalbimning eng tubida joylashgan narsalarimni baham ko'rishga tayyor bo'lgan insonlarimdan uzoqlashib boryapman, his qilayotgan hamma narsamni bo'lishishga, ichimdagilarni aytib berishga tayyor edim bir paytlar, lekin hozir emas. Bunday insonlar, zotan juda oz edi, hozir esa ular yanada kamaydi. Deyarli yoʻq desam ham boʻladi.
Ularning oʻzi hayot boʻlsada, aynan mening hayotimda uzoq vaqtdan beri, ishtirok etmaydi.
Avvaliga, hozir koʻrsam, ularga boshimdan oʻtganlarni, bir-birimizni koʻrmagan vaqt ichida, nimalar qilganimni aytib beraman deb o'ylayman.
Koʻz-ko'zga tushgach, ne ajabki, aytadigan so'zim, gapim boʻlmaydi.
Goʻyo qarshimda, bir paytlar tamoman ishongan insonim emas, butunlay begona inson turgandek.
Va u bilan hech narsani bo'lishishni xohlamayman, nazarimda meni tushunmaydigandek..
"Nima gaplar?" savoliga esa, yaqin insonlarim yana bittaga kamayganini hisobga olmasa, "hammasi oʻsha-o'sha", deb javob berib qoʻya qolaman.
Ehtimol, u umuman yaqin boʻlmagandir..

Gʻalati his...

©𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Bir ayol aytadi:
Namoz oʻqiyotgan edim.
Bolam menga yaqin joyda baland ovozda meni chaqirayotgan edi.
Unga javob bermadim.
Oʻsha vaqt undan ikki yosh katta boʻlgan akasi keldi, aytdi-ki:
Jim!!! Uyat boʻladi, ikki kishini suhbatini boʻlyabsan!
(Onamiz Alloh bilan gaplashyabdi) - dedi.
Ayol aytadi:
Badanimda kuchli titroq his qildim.
Oʻzimdan soʻradim:
Oʻsha vaqtda men rostan ham bolam oʻylaganday (holda)midim?
Hali ham har namozga turganimda bu gap mening qalbimni va butun tanamni titratadi.


𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Nimaga magʻrurlanasan?
Boshqa ayollardan qayering ustun?

Chiroyingmi?
Sendan goʻzalroqlari bor!
Boyligingmi?
Sendan boyroqlari bor!
Mavqeing va obroʻingmi?
Sendanda obroʻ-e’tiborli va martabasi baland ayollar bor!

Ammo, agar senda din, pokiza qalb, kamtarlik, samimiyat va oqillik, iffat va hayo boʻlsa, u holda sen, magʻrurlansa arziydigan sifatlar bilan ne’matlanibsan.
Chunki hozirgi jamiyat aynan shunday ayollarga muhtoj.
Oʻzingni ehtiyot qil, abadiy olamda sening tojing boʻladigan bebaho sifatlaringni, foniy boʻlgan ahlatxonada yoʻqotib qoʻyma.

©𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
- Naqadar baxtlidir ular,
- Birga namoz o'qib, so'ngida bir birini duo qilganlar...))

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
#Mulohaza

Sabr nima?

Muallim sinfxonaga kirdi. Shovqin koʻtarayotgan bolajonlar birdan jim boʻlishdi. Ustoz oʻrniga joylashib, oʻquvchilardan:
– Qani ayting-chi, sabr nima? deb soʻradi.
Bilagʻon oʻquvchilar sabr haqida oʻz fikrlarini aytishga kirishishdi. Kimdir sabrni sariq oltin dedi, boshqasi uni jasoratga tenglashtirdi.
Ularning javobini tinglagan muallim: “Yashanglar, toʻgʻri fikrlarni aytdingiz. Endi esa menga diqqat qilinglar!” dedi-da, oʻzi bilan olib kelgan tuvakdagi gulni koʻrsatib, uning qurigan barglarini yulib tashladi. Oʻsimlik bir zumda koʻrimsiz holga keldi. Keyin muallim oʻsimlikka suv quydi va dedi:
– Mana shu oʻsimlikning yangi barglari oʻsib chiqqunicha boʻlgan davr – sabrdir! Agar qurigan barglar olib tashlanmaganida, yangisi oʻsib chiqmasdi. Sabr ham shunday, avval musibatdek koʻrinadi-yu, keyin esa asta sekinlik bilan yaxshilikka aylanadi!

#Umr_Falsafasi

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Qayerga bormaylik, qanday qaror qabul qilmaylik, hatto, koinotga uchib ketsak ham, yana taqdir bilan toʻqnashamiz.

Oʻzlik qidirilmaydi.
Oʻzligimizni oʻrganamiz.

Eng kerakli, muhim, hayot va mamot masalasidagi qarorlar, oʻylab oʻtirmay qabul qilinadi.
Taqdirga iymon keltirish, qadarga rozi boʻlish, fitratan oʻzligimiz emasmi?


𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
𝐇𝐚𝐲𝐨𝐭.𝐏𝐆 🍃
Photo
Istanbulda shahardagi eng katta kutubxona ochildi

Istanbulning Ayyub Sulton mavzesida XVIII asrga mansub sobiq Rami kazarmasi o‘rnida Rami kutubxonasi ochildi. Bu haqda Turkiya Turizm va madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur kutubxona Istanbuldagi eng katta va Yevropaning o‘ziga xos xususiyatlariga ega sanoqli kutubxonalar qatoridan joy olgan.

Rami kampusi 4200 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda ko‘plab bo‘limlar, jumladan,
bolalar kutubxonasi, raqamli kutubxona, yoshlar kutubxonasi, kattalar kutubxonasi va turli ixtisoslashtirilgan kutubxonalar mavjud. Shuningdek, majmuada 24 soatlik o‘quv zallari, bolalar bo‘limi, guruh va individual o‘quv zallari ham mavjud.

Shu bilan birga, Rami kutubxonasi Turkiyaning birinchi «Biosfera barqaror muzeyi sertifikati»ga ham ega. Kutubxona har jihatdan barqarorlik tamoyillariga, shu jumladan, restavrasiya texnikasi va infratuzilma tizimlariga, mahalliy madaniy hayotni qo‘llab-quvvatlovchi tuzilmaga va tashrif buyuruvchilar uchun yangi yashil maydoniga to‘liq mos keladi. Bundan tashqari, kutubxona qadimiy manbalar va ma’lumotlarni kelajak avlodlarga yetkazadigan tizimdir.

Kutubxona o‘zining xilma-xilligi bilan barcha yoshdagi mehmonlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu bo‘limda Turkiya tarixi, tili va madaniyati, ayniqsa Otaturk tarixiga oid asarlar bilan birga ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatadigan 20 mingdan ortiq kitoblardan iborat boy to‘plam taqdim etilgan.

Ma’lumot uchun, Rami kazarmasi Usmonlilar imperiyasi Sulton Mustafo III (1757-1774) davrida vazir Rami Mehmet Posho tomonidan qurilgan. Respublika davrida ham armiyaga xizmat qilgan kazarmalardan 1960-yillargacha faol foydalanilgan. Hozirda ushbu barak Turkiyaning eng asosiy kutubxonalaridan biriga aylantirildi. Restavrasiya ishlari 2014-yilda boshlanib, 2023-yilda yakunlandi.

Manba: bugun.uz

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
2025/07/05 04:34:17
Back to Top
HTML Embed Code: