Telegram Web Link
Qaysidir insonning so'zi shifo, qaysidir insonning yuzi, qaysidir insonning gapirishi yana qaysidir insonning go'zal tabassumi shifodir.
Qaysidir insonning faqatgina qayerdadir borligi shifo...

Alloh bir-biriga shifo bo'lgan insonlarni
bir-biridan ayirmasin...)

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Kutubxonaga oʻxshaydigan insonlar bor bilasizmi? Ulardan har doim nimanidir oʻrgansa boʻladi, inson oʻzi uchun ilmning yangi chegaralarini ocha oladi.


Labirint–insonlar bor. Ularning harakatlarini oldindan bilib boʻlmaydi.
Yoʻlning oxirida sizni nima kutishini hech qachon bilolmaysiz.


Yam yashil vodiy kabi insonlar bor.
Ularning yonida oʻzingizni yengil, hotirjam his qilasiz, barcha muammolaringizni tashqarida qoldira olasiz.
Ularning yonida, biroz boʻlsa ham, oʻzingizni boʻsh qoʻyib, derazaning ortida aslida yomgʻir va bulut, oshxonada esa, yuvilmagan idishlar borligini unuta olasiz)

Shamolga oʻxshaydigan insonlar boʻladi.
Bugun yoningizda, ertaga boshqa joyda.
Hech narsa doimiy va barqaror emas.
Ularning qarashlari, qiziqishlari, harakatlari oʻzgaraverganidan, qaysi birida uzoq va muqim qolishini bilolmaysiz.

Feyrverk–insonlar bor.
Doim yonib turadi.
Ular sizga bayram shukuhini, hayot goʻzalligini, adogʻi yoʻq xursandchiliklar hissini beradi.
Ulardan bugun, hozir baxtli boʻl, axir hayot juda qisqa degan shiorni oʻrganasiz.

Gullarga oʻxshash insonlar ham boʻladi.
Ular bilan oʻta ehtiyotkor boʻlish kerak. Yomon havodan, sovuqdan, yomgʻirdan, qordan, ortiqcha quyosh nuridan avaylash, himoya qilish kerak.
Chunki, ular oʻta nozik va zaif boʻladilar.
Ammo bu zaiflikning ham oʻziga xos jozibasi bor. Masalan, bunday insonlar ularga gʻamxoʻrlik qilib oʻzingizni kuchli his qilishingizga imkon beradi.

Qoya kabi insonlar bor.
Ular bilan doim oʻzingizni himoyada, ishonchda his qilasiz.
Ularga har doim suyansa boʻladi. Va eng qizigʻi, bunday qoyalar–butun yer yuzi sizga qarshi boʻlsa ham, sizni himoya qiladi.

Tubsiz insonlar bor.
Yaxshilik bilan tugamasligini bilasiz, ammo tortaveradi..jar yoqasiga turishga, tegib boʻlmas narsaga teginishga tortaveradi..


Olmos–insonlar.
Ularga qaraysizu, koʻzingiz quvnaydi. Va har safar, har bir qarashda yangi qirralarini koʻraverasiz.
Bu qirralar ijobiymi, salbiymi ahamiyatsiz, shunchaki oʻrganib borasiz va lol qolishdan charchamaysiz.

Har birimizda hech boʻlmasa, bittadan, oʻz kutubxonamiz, labirintimiz, yam yashil vodiyimiz, shamolimiz, feyrverk, gullar, qoya, tubsizligimiz va olmosimiz bor..

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zan barchasini sog'inasan...
Insonlarni emas, ular bilan o'tkazgan kunlarni...


𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Telegram akkauntdagi matnli suratlarning tez almashinib borishi bu shaxsiyatning oʻz turmush tarzida toʻgʻridan toʻgʻri ayta olmayotgan iztiroblari va isyonlaridir. Bunday xatti-harakatning tinimsiz yangilanib borishi real hayotdagi vaziyatda hech narsa qilolmay, uni virtuallikda namoyon qilib norozilikni izhor qilishga qaratilgan. Pirovardida bu odat vaqtida qilinmagan va qilinmayotgan jur’atsizlikning hosilasidir.

©Omar Xalil

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Nilufar - Ummatim deysizmu...
www.tg-me.com/NilufarbintuUlugbek
#Nashida #Uzb

Zohirim go'zal botinim vayron
Tilim biyronu, dil turar hayron
Dunyodan kechsamu, oxirat desam
Ummatim deysizmu ya Rosulalloh.
..

🎙 "Munshidaat" guruhi a'zosi
Nilufar bintu Ulug‘bek


𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Aslida kim to'g'ri yo'ldayu kim notog'ri yo'ldaligini hech kim bilmaydi, toki manzilga yetmagunicha.!

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
4 ёшингда муваффақият - иштонингни ҳўллаб қўймаслигинг.

8 ёшингда муваффақият - уйингни мустақил топиб кела олишинг.

12 ёшингда муваффақият - атрофингда дўстларинг бўлиши.

18 ёшингда муваффақият - машина ҳайдашга гувоҳноманг бўлиши.

23 ёшингда муваффақият - олийгоҳни битиришинг.

25 ёшингда муваффақият - иш топа олишинг.

28 ёшингда муваффақият - ўзингга муносиб киши ёки аёл билан турмуш қуришинг.

30 ёшингда муваффақият - фарзандли бўлишинг.

35 ёшингда муваффақият - мол-дунёга эга бўлишинг.

45 ёшингда муваффақият - кўринишинг, ёшлигинг ва ғайратингни сақлай олишинг.

50 ёшингда муваффақият - фарзандларинг мевасини кўра бошлашинг.

55 ёшингда муваффақият - эр-хотинлик мажбуриятларини адо этишга қодир бўлишинг.

60 ёшингда муваффақият - машина ҳайдаш гувоҳномангдан фойдалана олишинг.

65 ёшингда муваффақият - хасталикларсиз ҳаёт кечиришинг.

70 ёшингда муваффақият - бошқага боқиманда эмаслигингни ҳис қилишинг.

75 ёшингда муваффақият - атрофингда дўстларинг (тирик) бўлиши.

80 ёшингда муваффақият - уйингни мустақил топиб кела олишинг.

85 ёшингда муваффақият - иштонингни ҳўллаб қўймаслигинг.

Буларни ўқиб қуйидаги ояти карима ёдимга тушди:

"Аллоҳ сизни заифликда яратган, сўнгра заифликдан кейин қувватли қилган, сўнгра қувватдан кейин яна заифлик ва қарилик ориз қилган зотдир. У хоҳлаганини яратур. У ўта илмли ва ўта қудратлидир".
("Рум" сураси, 54-оят).

©MubashshirAhmad

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Хорижга сафар қилиш мингта китоб ўқишга тенгдир.

Мустафо Амийн

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hazrat Umar (r.a.) oʻgʻrilar soqoldan niqob oʻrnida foydalanishi mumkinligini, roʻmol oʻraganlarning hammasi ham fozila ayol emasligini bilar edilar.

Va yana bilar edilar-ki, hatto misvok, boshqalarning “goʻshtini yeydigan” tishlarning qayroqtoshi boʻlishi ham mumkin.

Koʻzga chiqqan chipqondek yoqimsiz koʻrinayotgan ayrim muammolarimiz haqida gaplashamiz.

©Abdukarim Mirzayev

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doim rost gapirib, samimiy his tuygʻularini boricha koʻrsatadigan insonlar zaif, sodda yoki ojiz emas.
Ular niqobga ehtiyoj sezmaydigan darajada kuchlidirlar.

©𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hech bir harakatlarsiz barchasi yaxshi bo’lishini kutish ham ahmoqlik…

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ey ko'ngil, ibrat ol, boq har tushgan yaproqqa. U ham avval kukdan boqardi tuproqqa...

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
⚫️Sen ham kimningdir oʻtmishisan.
Sen ham kimgadir taʼsir qilib, uning yuragida qolib ketgansan.

Ehtimol eng kerak paytda uni eshitib, unga toʻgʻri maslahat bergandirsan.
Balki bir inson oʻzidan nafratlanayotganida, unga naqadar goʻzal va yaxshi ekanini aytgandirsan.
Ehtimol, bir kishi oʻzini nihoyatda yolgʻiz his qilayotganida, aynan sen doʻstlik qoʻlini uzatgandirsan.

Sen–kimningdir hikoyasidan bir parchasan.
Kimdir bizning tabassumimizni, kimdir esa, tashqi koʻrinishimizni eng mayda detallarigacha eslab qolgan.
Yana kimdir bizning gaplashish ohangimizni, didimizni, odatlarimizni biladi.
Kimdir seni uhlagan, hursand, mahzun yoki kimgadir oshiq holingda koʻrib, eslab qolgan.
Bularni anglash biram ajiyb..ajiyb va goʻzal.
Bir insonning xotirasidan, oʻz oʻrning boʻlishi..✉️

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng qiyin maktab–hayot maktabi.
Nechanchi sinfda ekaningni va qachon imtihon boʻlishini bilmaysan.
Hattoki koʻchirib ham ololmaysan, chunki sening varianting boshqa hech kimda yoʻq.🌜

𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
2025/07/05 04:33:49
Back to Top
HTML Embed Code: