Telegram Web Link
“Yosh energetik” musobaqasi o’tkazildi

“Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan xodimlarning xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash masalalariga e’tiborni qaratish va energetika tizimida jarohatlanish darajasini pasaytirish bo‘yicha profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda xodimlarni malakasini oshirish maqsadida “Xavfsizlik texnikasi" ko‘rik oyligi final bosqichi o'tkazildi.

Ko'rik oyligi doirasida Muzrabot tuman elektr ta’minoti o‘quv maydonida hududlar bo‘yicha tuman va shahar elektr ta'minoti taqsimot tarmoqlari brigadalari o‘rtasida "Yosh energetik" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qumqo'rg'on, Jarqo'rg'on, Muzrabot, Sariosiyo tuman elektr jamoalari ishtirok etishdi.

Final bosqichi yakuniga ko'ra, 3-o‘rinni Sariosiyo tuman elektr ta'minoti jamoasi, 2-o‘rinni Qumqo’rg’on tuman elektr ta'minoti jamoasi, 1-o‘rinni Jarqo'rg'on tuman elektr ta'minoti jamoasi qo‘lga kiritdi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyati Navbahor tuman elektr ta’minoti o’quv poligonida "Xavfsizlik texnikasi" ko‘rik oyligi doirasida tashkil etilgan musobaqaning g’oliblari aniqlandi.

Tadbir tafsilotlari haqida viloyat teleradiokanalining “Kun mavzusi” ko'rsatuvi orqali batafsil toʼxtalib oʼtildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TA’MINOT TIKLANDI

Toshkent shahridagi “Sokin” podstansiyasidagi yuzaga kelgan nosozlik tо‘liq bartaraf etildi.

Soat 21:13 holatiga kо‘ra “Sokin” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli “Sokin-1” hamda “Sokin-2” elektr uzatish tarmoqlariga kuchlanish berilib, ta’minot tiklandi.

Ayni paytda iste’molchilarning elektr ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH YO’LIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentabr kungi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon viloyati Baliqchi tumanining “Daryoboyi” MFY hududiga quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti olib kelindi.

Bundan tashqari, tumanning “Sarnavul” va “Yangi hayot” MFY hududlarida 275 ta tayanch o‘rnatildi va 7,8 km uzunlikda elektr tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirildi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida 1000 ga yaqin aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilanadi.

Yuqoridagi tizimli ishlar bilan kambag‘allikni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish va yashash sharoitlarini yaxshilash yo‘lida muhim qadam bo’lib xizmat qiladi. Korxonalar va aholi o‘rtasida elektr energiyasining barqaror ta’minoti ta’minlanishi, o‘z navbatida, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy barqarorlik uchun asos bo‘ladi. Bu kabi tashabbuslarni amalga oshirish kelajakda xalqimizning hayotini yanada yaxshilaydigan aniq yo‘nalish ekanligini ko‘rsatmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/28 12:41:43
Back to Top
HTML Embed Code: