27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televideniye va radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, Jamiyatimiz bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan soha zahmatkashlarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaydi.
Barchangizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har kuningiz quvonch va shodlikka to'la bо‘lsin.
Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyatlar hamroh bо‘lsin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“SIYOSIY MA’RIFAT SOATI”
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR ENERGIYASIDAN 298 MILLION SO'M QARZDORLIGI BOR FERMER XO'JALIGI TARMOQDAN UZILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Surxondaryo bo'linmasi tomonidan Sho'rchi tumanida elektr energiyadan qarzdor iste’molchilarni aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari o’tkazilmoqda.
Tumandagi “Artur Baykal” fermer xo’jaligining 298 milliondan ortiq qarzdorligi bo’lsada, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmaganligi tufayli tarmoqdan ajratilib, dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Barcha Fermer xo'jaliklarini foydalanilgan elektr energiyasi uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishingizni hamda elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanishingizni so’rab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_kontent
“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Navoiy hududiy filiali jamoasi milliy qadriyatlarimizni e’zozlab, navbatdagi “Milliy libos – millat ko‘zgusi” chellenjini davom ettirgan holda, bugun ish faoliyatini milliy liboslarda olib bormoqda!
Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAHALLALARDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 330-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona viloyatining barcha hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YASHNOBOD TUMANIDAGI “BOYQO‘RG‘ON” MAHALLASIDA YANGI KABEL TARMOG‘I TORTILMOQDA
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida reja asosida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Boyqo‘rg‘on” mahallasi hududidagi aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz va ishonchli ta’minlash maqsadida TP-521 transformator punkti orqali quvvatlanadigan 0,4 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar doirasida tarmoqdagi eskirgan alyumin simlar demontaj qilinib, ularning o‘rniga zamonaviy, izolyatsiyalangan SIP rusumidagi 2 kilometr uzunlikdagi kabel tarmog‘i tortildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan eskirgan izolyatorlar yangisiga almashtirildi, elektr simlari yangilandi, salqi simlar tarangligi meyoriga keltirildi hamda tarmoq atrofidagi daraxt shoxlari tozalanib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM