Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR OYLIGI DOIRASIDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL BELLASHUVI TASHKIL ETILDI
Yoshlar oyligi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Namangan hududiy filiali tomonidan xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
Qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar va jamoaviy fikrlash asosida kechgan musobaqa ishtirokchilar uchun haqiqiy bilim va mantiq sinoviga aylandi. Bellashuv yakuniy natijalariga ko‘ra, Pop jamoasi birinchi, Chortoq tuman elektr ta’minoti ikkinchi va uchinchi o‘rinni PXAX jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli yoshlar!
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati yurtimizning umidi va kelajagi bo‘lgan aziz yoshlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Shu qutlug‘ ayyomda Sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, ezgu maqsadlaringizga yetishda ulkan zafarlar va omadlar yor bo‘lishini tilaymiz. Har bir intilishingiz ro‘yobga, har bir mehnatingiz yurt farovonligiga xizmat qilsin!
Hurmat bilan,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“XAVFSIZLIK TEXNIKASI” KO‘RIK OYLIGI YUQORI SAVIYADA O‘TKAZILDI
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida "Xavfsizlik texnikasi" ko‘rik oyligi doirasida tashkil etilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida "Hududiy elektr tarmoqlari " AJ Samarqand hududiy filiali Bulung‘ur TET ishchi-xodimlari faol ishtirok etdilar.
Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturi lavhasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUGUN, 30 IYUN – “YOSHLAR KUNI”DA PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING YOSHLAR BILAN UCHRASHUVI BО‘LIB О‘TDI
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.
So‘nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.
Yoshlarimizni kitob o‘qishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol o‘ynamoqda.
“Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli ma’lumotlarni yetkazish va targ‘ib qilish doim e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur”,
- dedi Prezident.
Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etayotgani ta’kidlandi.
Prezidentimiz bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi o‘g‘il-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi O‘zbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin bo‘lganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari o‘z sohasida ilg‘or, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va g‘oyalarini tingladi.
Tadbir yakunida davlatimiz rahbari yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR TA'MINOTIDAGI UZILISHLARNI OLDINI OLISH – MUHIM VAZIFA
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ tomonidan yoz mavsumida poytaxt iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, mavjud tarmoqlarni yangilash va mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturi lavhasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOP-30: Yoshlar bilan ishlashda namunali tashkilotlar aniqlandi
150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan yoshlar bilan ishlash borasida ilg‘or tajriba namoyon etgan TOP-30 tashkilot saralandi.
Yoshlar ishlari agentligi “TOP-30”likka kirgan barcha tashkilotlarga yoshlar bilan ishlashdagi faolligi, tashabbuskorligi va samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ JAMOASI KASB MAHORATI TANLOVIDA QATNASHIB, G’OLIBLIKNI QO’LGA KIRITDI
2025-yil 29-30-iyun kunlari turkiy xalqlar davlatlari o’rtasida taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat ko’rsatuvchi elektromotyorlarning navbatdagi kasb mahorati musobaqasi Qirg‘iz Respublikasi Qorakol shahrida o’tkazilayotgan bo’lib, O‘zbekiston nomidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Ayni paytda, turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetiklari o‘rtasida о‘tkazilayotgan musobaqada jamoalar texnik tayyorgarlik, jabrlangan xodimga birinchi yordam koʼrsatish boʼyicha va elektr qurilmasida sodir bo‘lgan yongʼinni bartaraf etish yuzasidan о‘zaro bahs sinashdilar va ushbu musobaqada barcha shartlarda yuqori natijalarni ko'rsatgan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi 1-о‘rinni egalab, g'olib deb topildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM