SOHA XODIMLARINING KASBIY BILIMLARI OSHIRILMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu borada doimiy ravishda seminar-treninglar, malaka oshirish kurslari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Xususan, ayni kunda Jamiyatning "Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi" filiali tomonidan tashkil etilgan seminar mashg'ulotida, Jamiyat tarkibiy korxona va filiallarining tuman va shahar elektr ta’minoti bosh muhandislari va muhandis-texnik xodimlari hamda dispetcherlar ishtirokida o‘quv-seminarlari tashkil etilgan.
Yoqilg'i-energiya resurslarini iqtisod qilish, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminarida tinglovchilar nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘liq tarzda o‘tkazmoqda.
Xususan, ishtirokchilar bugun Yashnobod tumanida joylashgan “Olmos” podstansiyada bo‘lib, zarur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA- ISLOHOTLAR YO‘LIDAGI KATTA TO‘SIQ
Bugun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali va "Energosavdo" filiali Jizzax bo'linmasining Jizzax shahar, Sh.Rashidov, Paxtakor va Do'stlik tumanlari rahbariyati va xodimlari ishtirokida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari, xodimlarning hatti-harakati va odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir masalalar toʻgʻrisida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens xizmati boshligʻi viloyat prokuraturasi mutasaddilari hamda filial rahbariyati boshchiligida о‘tkazilgan tadbirda hududlarda xodimlar orasida sodir bo'lgan salbiy holatlar yigʻilganlarga tanishtirilib, tahlil qilib chiqildi hamda bunday sabiy holatlarning oldini olish bo'yicha tegishli maʼlumot va koʻrsatmalar berib oʻtildi.
Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, uni oldini olishga doir chora-tadbirlar, bu illatni sodir etilishiga imkon beruvchi “tuynuk”larni yo‘qotish va korrupsiya holatiga javobgarlikning muqarrarligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishdan sо‘ng ishchi guruh a’zolari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 1154 qisqa raqamli Call-markazi viloyat bо‘limi ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, markazga tushayotgan murojaatlar haqida о‘rganish о‘tkazdi hamda zarur kо‘rsatmalar berib о‘tdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ogohlantiradi
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizni transformator punktlari, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari mohofaza zonasi atrofida qarovsiz qoldirilish mudhish holatlarni keltirib chiqarishini doimo yodda tuting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI INFRATUZILMA – TA’MINOT VA FAROVOLIK YO’LIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabr kungi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330 sonli qarori ijrosi Shahrixon tumanining “Karnaychi” MFY hududida yangi infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Bunda 185 ta temir-beton tayanchlar va 6,2 km uzunlikda elektr tarmoqlari qurish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, mahallada 258 ta aholi uchun elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida 2 ta transformator punkti o'rnatilgan. Bu tadbirlar orqali nafaqat energiya ta'minoti oshirilmoqda, balki aholining farovonligi ham ta'minlanmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM