Rahbar va yoshlar: g‘oyalar, tashabbuslar, yechimlar
Bugungi kunda yoshlar har bir jamiyatning kelajagi, taraqqiyoti va islohotlarining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Shu sababli, davlat rahbarlari va hududiy idoralar rahbarlari bilan yoshlar o‘rtasidagi muloqot va uchrashuvlar ulkan ahamiyatga ega. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutish hamda amaldagi davlat dasturlarini samarali tatbiq etishda muhim o‘rin tutadi.
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali direktori M.Zaripov ishtirokida o‘tkazilgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida sohada faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashish, ular ichki dunyosiga nazar solish, qiziqishlarini o‘rganish, tahlil qilish orqali muammolarini hal qilishdan iboratdir. Uchrashuv davomida yoshlar o‘z muammolari, g‘oyalari va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ayniqsa, axborot texnologiyalari sohalaridagi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Rahbar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, yoshlar uchun yangi loyihalar va startaplarni ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi, va bu orqali yoshlar o‘zlarining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada teranroq his qildilar. Shunday uchrashuvlar yoshlar uchun real hayotni anglashda muhim ahamiyatga ega. Tadbirda so‘ngida filial ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yoshlar taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televideniye va radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, Jamiyatimiz bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan soha zahmatkashlarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaydi.
Barchangizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har kuningiz quvonch va shodlikka to'la bо‘lsin.
Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyatlar hamroh bо‘lsin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“SIYOSIY MA’RIFAT SOATI”
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR ENERGIYASIDAN 298 MILLION SO'M QARZDORLIGI BOR FERMER XO'JALIGI TARMOQDAN UZILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Surxondaryo bo'linmasi tomonidan Sho'rchi tumanida elektr energiyadan qarzdor iste’molchilarni aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari o’tkazilmoqda.
Tumandagi “Artur Baykal” fermer xo’jaligining 298 milliondan ortiq qarzdorligi bo’lsada, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmaganligi tufayli tarmoqdan ajratilib, dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Barcha Fermer xo'jaliklarini foydalanilgan elektr energiyasi uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishingizni hamda elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanishingizni so’rab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_kontent
“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Navoiy hududiy filiali jamoasi milliy qadriyatlarimizni e’zozlab, navbatdagi “Milliy libos – millat ko‘zgusi” chellenjini davom ettirgan holda, bugun ish faoliyatini milliy liboslarda olib bormoqda!
Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAHALLALARDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 330-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona viloyatining barcha hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM