ENERGIYANI TEJASH – BARQAROR KELAJAK SARI MUHIM QADAM!
Bugungi kunda yoqilg‘i-energetika sohasidagi bozor mexanizmlarining joriy etilishi bilan birga, davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda.
Yuqoridagilarga asosan aholi o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida eslatma ishlab chiqildi!
Ushbu eslatmada:
– Energiya sarfi va tejamkorlik bo‘yicha foydali maslahatlar;
– Maishiy texnikadan unumli foydalanish usullari;
– Elektr va gaz sarfini kamaytirish yo‘llari tushuntirilgan.
– Energiya tejash — bu nafaqat iqtisod, balki atrof-muhitni himoya qilishga ham hissadir!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR ENERGIYASIDAN 278 MILLION SO'M QARZDORLIGI BOR FERMER XO'JALIGI TARMOQDAN UZILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Surxondaryo bo'linmasi tomonidan Jarqo’rg’on tumanida elektr energiyadan qarzdor iste’molchilarni aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari o’tkazilmoqda.
Tumandagi “Nurli diyor oq oltin” fermer xo’jaligining 278 milliondan ortiq qarzdorligi bo’lsada, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmaganligi tufayli tarmoqdan ajratilib, dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, “Surxon suv sohili” fermer xo’jaligining ham elektr energiyasidan qarzdorligi bo’lsada, xodimlarning ogohlantirishiga qaramasdan to’lovlarni amalga oshirmay kelayotganligi aniqlandi hamda iste’molchi tarmoqdan ajratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
SIZNING OVOZINGIZ JUDA MUHIM! Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni baholash maqsadida hududiy filial va korxonalar faoliyatiga oid so‘rovnoma…
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholining barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanishi, Davlat dasturlari doirasida taqsimlash tarmoqlarining modernizatsiya qilinishi ,shuningdek, 2025-2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini baholash maqsadida hududiy filial va korxonalar faoliyati yuzasidan maxsus so‘rovnomaga ovoz berish jarayoni bugun soat 14:00da to‘xtatiladi.
Mazkur vaqtdan keyin berilgan ovozlar hisobga olinmaydi. G‘oliblar ishchi guruh xulosasi va zarur hollarda o‘rganishlari asosida aniqlanib, e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“XAVFSIZLIK TEXNIKASI” KOʻRIK OYLIGI DOIRASIDA KASB MAHORATI MUSOBAQASI OʻTKAZILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali tomonidan xodimlarning xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash masalalariga e’tiborni qaratish va energetika tizimida jarohatlanish darajasini pasaytirish bo‘yicha profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda xodimlarni malakasini oshirish maqsadida “Xavfsizlik texnikasi” oyligi doirasida amaliy va nazariy bellashuv tashkil etildi.
Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rahbar va yoshlar: g‘oyalar, tashabbuslar, yechimlar
Bugungi kunda yoshlar har bir jamiyatning kelajagi, taraqqiyoti va islohotlarining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Shu sababli, davlat rahbarlari va hududiy idoralar rahbarlari bilan yoshlar o‘rtasidagi muloqot va uchrashuvlar ulkan ahamiyatga ega. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutish hamda amaldagi davlat dasturlarini samarali tatbiq etishda muhim o‘rin tutadi.
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali direktori M.Zaripov ishtirokida o‘tkazilgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida sohada faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashish, ular ichki dunyosiga nazar solish, qiziqishlarini o‘rganish, tahlil qilish orqali muammolarini hal qilishdan iboratdir. Uchrashuv davomida yoshlar o‘z muammolari, g‘oyalari va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ayniqsa, axborot texnologiyalari sohalaridagi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Rahbar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, yoshlar uchun yangi loyihalar va startaplarni ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi, va bu orqali yoshlar o‘zlarining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada teranroq his qildilar. Shunday uchrashuvlar yoshlar uchun real hayotni anglashda muhim ahamiyatga ega. Tadbirda so‘ngida filial ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yoshlar taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM