Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?
Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.
Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.
Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanaman hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!
Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.
@hilola_umarova

💯83👍53🎉12🤝11🙏7🤗7👏4👨💻4🤔3👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining avvalgi va hozirgi holati.
Prezidentimiz tashabbusi bilan tubdan yangilangan institutning yangi qiyofasini ko‘rib, baho berishingiz mumkin.
@hilola_umarova
Prezidentimiz tashabbusi bilan tubdan yangilangan institutning yangi qiyofasini ko‘rib, baho berishingiz mumkin.
@hilola_umarova
👍93👏12🏆4🎉3🤗3🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi, murabbiylar, taʼlim sohasi vakillari bilan uchrashuvda oʻz hisobidan maktab qurayotgan tadbirkorlarga minnatdorlik bildirib, ular uchun bir qancha imtiyozlar berilishini maʼlum qildilar. Unga koʻra, endilikda tadbirkorlar oʻz hisobidan maktab qursa, bunga xarajatlar foyda soligʻidan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.
Bugun yana bir taʼlimga befarq boʻlmagan tadbirkorimiz haqida ma'lum qilmoqchiman. Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tadbirkor Jamshidbek Pardayev oʻzi oʻqigan maktabni begʻaraz yordam sifatida yangidan qurib berdi.
Videoda koʻrishingiz mumkinki, 48-sonli 630 oʻringa ega ushbu maktab binosi juda zamonaviy qilib qurilgan. 32,5 mlrd mablagʻ sarflangan maktabda shinam sinfxonalar, sport zal, mini stadion, kutubxona, majlislar zali, kompyuter sinfxonalari hamda oshxona barpo etilgan.
Jamshidbek Pardayev kabi tadbirkorlarimiz koʻpaysin.

👍143🙏9👏7🏆3👨💻2🤝2✍1🤔1🕊1💯1🤗1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Qarordagi eng muhim yangilik va oʻzgarishlar haqida qisqacha infografikada tanishing.
@hilola_umarova
Qarordagi eng muhim yangilik va oʻzgarishlar haqida qisqacha infografikada tanishing.
@hilola_umarova
👍78🏆11🤔10🕊3
O’zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuboriladi
Fransiyada bo'lib o'tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdik.
Sammit doirasida turli uchrashuvlar bo‘lib, muhim kelishuvlarga erishyapmiz.
Ulardan biriga to‘xtalsam. Bugun Nitsadagi Frankofoniya universiteti rahbari Yann Librati bilan uchrashdik.
Uchrashuvda janob Librati O‘zbekiston fransuz tili yo‘nalishida mintaqaviy “hab”ga aylanishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuvda turli malaka oshirish dasturlari va o‘zaro tajriba almashuvlarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.
Bizni quvontirgani fransuz tomoni ushbu yo‘nalishlarda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shunday qilib sizlarga yana bir xushxabarni yetkazmoqchiman.
Uchrashuv so’ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nitsadagi Frankofoniya universiteti o‘rtasida 2025-yil davomida 200 nafar o’zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilarini grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha kelishuv imzoladik.

Ma’lumot o’rnida: hozirgi kunda O’zbekistonda fransuz tili 600ga yaqin maktablarda xorijiy til sifatida va 100 ga yaqin maktablarda ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitib kelinmoqda.
Uchrashuvda turli malaka oshirish dasturlari va o‘zaro tajriba almashuvlarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.
Bizni quvontirgani fransuz tomoni ushbu yo‘nalishlarda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shunday qilib sizlarga yana bir xushxabarni yetkazmoqchiman.
Uchrashuv so’ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nitsadagi Frankofoniya universiteti o‘rtasida 2025-yil davomida 200 nafar o’zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilarini grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha kelishuv imzoladik.
@hilola_umarova
👍114👏11🕊6🤔4🤝4🏆2🤗2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.
Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.
Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.
Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.
Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.
Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.
Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.
Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.
Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.
Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.

👍102💯6🎉4👌4🙏3🤝2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Markaziy Osiyo universitetlari forumi” doirasida fransiyalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol Toshkentga tashrif buyurdi.
Forumning birinchi bosqichi “Markaziy Osiyoning maʼnaviy va intellektual uygʻonishi” deb nomlanib, unda jahon ilm-fan va taʼlimidagi nufuzli olimlar maʼruzasi tashkillashtirilgan edı.
Forumning navbatdagi kunida talabalar uchun maʼruza hamda ochiq muloqot sessiyalari boʻlib oʻtdi. Ikki sessiya orasida fransiyalik iqtısodchi olim Jan Tirol bılan muzokaralar olib bordik.
Ochiq muloqot sessiyasida Jan Tirol “Xalq farovonligiga erishish“ mavzusidagi izlanishlari bilan boʻlishdi.
Taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy islohotlar haqida muhokamalar olib borish maqsadida tashkillashtirilgan ochiq muloqotda AQSH, Xitoy, Germaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Kanada, Hindiston kabi 20 ta davlatdan 160 dan ziyod ishtirokchi qatnashish taklifini bildirgan. Mamlakatimizdan esa qariyb 60 ta taʼlim sohasidagi xalqaro tashkilot rahbarlari hamda 97 ta xorijiy oliygoh vakillari ishtirok etdi.
Muloqot yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, maxsus sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, xalqaro forum mintaqada ilk bor Prezident tashabbusi bilan tashkillashtirilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yangi Oʻzbekiston universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda oʻtkazilmoqda.
@hilola_umarova
Jan Tirol 2014-yilda Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha “Monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish tahlili uchun“ mazkur mukofot bilan taqdirlangan.
Forumning birinchi bosqichi “Markaziy Osiyoning maʼnaviy va intellektual uygʻonishi” deb nomlanib, unda jahon ilm-fan va taʼlimidagi nufuzli olimlar maʼruzasi tashkillashtirilgan edı.
Forumning navbatdagi kunida talabalar uchun maʼruza hamda ochiq muloqot sessiyalari boʻlib oʻtdi. Ikki sessiya orasida fransiyalik iqtısodchi olim Jan Tirol bılan muzokaralar olib bordik.
Ochiq muloqot sessiyasida Jan Tirol “Xalq farovonligiga erishish“ mavzusidagi izlanishlari bilan boʻlishdi.
Taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy islohotlar haqida muhokamalar olib borish maqsadida tashkillashtirilgan ochiq muloqotda AQSH, Xitoy, Germaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Kanada, Hindiston kabi 20 ta davlatdan 160 dan ziyod ishtirokchi qatnashish taklifini bildirgan. Mamlakatimizdan esa qariyb 60 ta taʼlim sohasidagi xalqaro tashkilot rahbarlari hamda 97 ta xorijiy oliygoh vakillari ishtirok etdi.
Muloqot yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, maxsus sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, xalqaro forum mintaqada ilk bor Prezident tashabbusi bilan tashkillashtirilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yangi Oʻzbekiston universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda oʻtkazilmoqda.
@hilola_umarova
👍69🏆5🤔4💯1
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent yirik xalqaro tadbirga mezbonlik qilmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkazilmoqda.
Bugun forum doirasida xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirokidagi ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Bugungi tadbir faqat mintaqa doirasi bilangina cheklanib qolmagani quvonarli holat. Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar hamda yurtimizdagi qator oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
Bugun tadbirlarimiz doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi, xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Umid qilamanki, bugungi muloqot yangi imkoniyatlarni ochib beradi, biz muntazam hamkorlikni mustahkamlab, katta maqsadlarimizga birgalikda erishamiz.
Forum tadbirlari davom etadi.
@hilola_umarova
Bugun forum doirasida xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirokidagi ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Bu aloqalar taʼlim tizimida ham aks etib borayotgani quvonarli. Markaziy Osiyo oʻzining yosh va oʻsib borayotgan aholisi bilan ulkan salohiyatga ega. Mintaqaning 75 milliondan ortiq aholisi bor. Ularning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Oʻzbekistonning oʻzida aholining 60 foizidan ortigʻi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir.
Bugungi tadbir faqat mintaqa doirasi bilangina cheklanib qolmagani quvonarli holat. Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar hamda yurtimizdagi qator oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
Bugun tadbirlarimiz doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi, xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Umid qilamanki, bugungi muloqot yangi imkoniyatlarni ochib beradi, biz muntazam hamkorlikni mustahkamlab, katta maqsadlarimizga birgalikda erishamiz.
Forum tadbirlari davom etadi.
@hilola_umarova
👍94👏11🤗6🤔3🕊3🏆3👌1