Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
– Maktablarda huquqiy tanlov va sinflar tashkil etish;
– Yuqori sinf o‘quvchilariga “Tez yordam” yetib kelguniga qadar bemorga birinchi yordam ko‘rsatishni o‘rgatish;
– Rahbarlik tajribalarini lider ayollarimiz bilan bo‘lishish...


“Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda lider ayollarimiz tomonidan mana shunday tashabbus va takliflar o‘rtaga tashlandi. Men jonli muloqot, samimiy uchrashuvimizdan juda xursand bo‘ldim.

Mehmonlarimiz bilan rasmiy formatda emas, imkon qadar do‘stona, samimiy va ayollarga xos quvnoq kayfiyatda suhbatlashishga harakat qildim. Ta’limga befarq bo‘lmagan, fikr va munosabatlarini ayamagan go‘zal xonimlardan juda minnatdorman.

Bu kabi uchrashuvlarni ko‘proq o‘tkazish tarafdoriman, chunki rahbar ayollarning safi kengayishi har bir soha rivojida muhim o‘rin tutadi. Qolaversa, bu Prezidentimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri.

Uchrashuvning jonli “atmosfera”sini his qilishni istasangiz videoni ko‘ring.

#rahbar_ayollar #lider_qizlar

@hilola_umarova
#vazir_jamgʻarmasi
#100_foizlik_natija

Bugun barcha hududlarimizda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olishga nomzod pedagoglar uchun dastlabki sinov jarayonlari boʻlib oʻtdi.

Sinovlar 4 bosqichda tashkil etildi, fan oʻqituvchilari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan test (40 ta) savollariga javob berdi. Sinovlarda maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar keyingi bosqichga yoʻl oldi.

Ahamiyatli jihati, bu yil imtihonlar ilk marotaba real vaqt rejimida onlayn tarzda tashkil etildi.

Ishtirokchi natijasini shu vaqtning oʻzida bila oladi (oldingi yillarda sinovlar anʼanaviy tarzda ya’ni qogʻozga yozilgan).

Rasmlardagi ustozlarimiz test sinovlarida eng yuqori 100 ballik natijani qo‘lga kiritdi.

Ushbu bilimdon ustozlarimiz va maktab jamoasini eng yuqori natija bilan samimiy tabriklayman.

@hilola_umarova
Vazir jamgʻarmasidan ustama olishning yangi tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Qarorda pedagoglarimizga bir nechta xushxabar bor.

Vazir jamgʻarmasi:

endilikda vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar roʻyxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan oʻqituvchilari ishtirok etishi mumkin. Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga daʼvogarlik qila olmasdi, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin.

Malaka toifa sinovlari:

pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanishining tartibi tasdiqlandi. Unga koʻra malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball toʻplagan pedagoglarga beriladi.

Yana bir yangilik! Endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) boʻyicha malaka sinovidan ozod qilinadi.

@hilola_umarova
2025/07/03 17:11:18
Back to Top
HTML Embed Code: