Telegram Web Link
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan ayol-qizlarimiz,
aziz ustozlar!


Sizlarni bahor ayyomi — “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutlayman.

Bugungi kunda yurtimizda ayol-qizlarimiz uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har bir sohada ularning o‘z maqsadi tomon dadil ildamlayotganini ko‘rish esa insonga behad quvonch bag’ishlaydi.

Shu o’rinda, yurtimizda qizlarimizning ilm olishi uchun ham alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidlash joiz. Shubhasiz, qiz bolaga ta’lim berish butun millatga ta‘lim berish demakdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni go‘zallik bayrami — 8-mart bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka yor bo‘lishini tilayman.

Zafar va muvaffaqiyatlar yo‘lingizda hamisha hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi yillarda maktab oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini oʻz faoliyatidan boshqa ishlarga jalb qilish, ortiqcha va asossiz yigʻdi-yigʻdilarga qarshi kurashilyapti, bu masalada murojaatlar soni avvalgilariga nisbatan ancha kamaygan.

Lekin tizimda baʼzan jamoaga notoʻgʻri talablar qoʻyayotgan, turli maqsadlar uchun mablagʻ yigʻish topshiriqlarini berayotgan, bir soʻz bilan aytganda hamon eskicha fikrlayotgan masʼullar ham uchrab turibdi.

Yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida oʻqituvchilarning oylik maoshidan “open byudjet”da ovoz yigʻish uchun 700 ming soʻmdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qildik.

Bugun “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu loyiha qisqa muddatda ochiqlik, fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirokini oshirishga xizmat qilishi bilan eʼtiborga tushdi. Bu ijobiy islohotlarga oʻqituvchi, taʼlim xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish, ular maoshidan pul yigʻishlar bilan soya solmaylik.

Yana bir bor eslatmoqchiman, pedagoglarni ularning vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish, turli maqsadlar uchun mablagʻ yigʻish kabi holatlar bilan hech qachon murosa qilmaymiz.

Hurmatli pedagoglar agar siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz vazirlikka murojaat qiling, biz har bir holatni oʻrganamiz, oʻqituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz!

@hilola_umarova
Yaqinda Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Asilbek AQSHning nufuzli Chikago universitetiga 420 000 AQSH dollar miqdoridagi toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilingani haqida maʼlum qilgan edim.

Bugun, Kun.uzʼning Asilbek haqidagi videomaterialini koʻrdim. Asilbek Ashurov Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida oddiy oilada tugʻilib oʻsgan. 8-sinfgacha tumandagi 8-umumtaʼlim maktabida oʻqigan. Keyinchalik Guliston shahridagi prezident maktabiga qabul qilingan. U intevyuda Prezident maktabida muhit haqida ham toʻxtalibdi, aytishicha, mazkur taʼlim dargohidagi yuqori talab va oʻquvchilarning kuchli intilishi uni oʻz ustida qattiqroq ishlashga undagan.

“Prezident maktabida darslar Cambridge xalqaro dasturi asosida oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi. Bu esa oʻquvchilarga xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarni olish imkoniyatini yaratadi. Ingliz tili va mantiqiy fikrlash boʻyicha maktabda yaxshi baza toʻplaganim bois, IELTS va SAT uchun alohida repetitorga borib, tayyorlanmaganman. Bilimlarimni Cambridge IELTS kitoblari va YouTubeʼdagi darsliklar, qoʻllanmalar orqali mustahkamlab, imtihonlardan oʻtganman”, – deydi u.

Asilbek maktabning eng aʼlochi oʻquvchilaridan. Darsdan tashqari maktab toʻgaraklarida doimiy faol qatnashgan, oʻzi oʻqiyotgan Prezident maktabida “maktab prezidenti” lavozimida ishlaydi. Bu lavozimga nomzod bilimli, lider oʻquvchilar orasidan ovoz berish usuli orqali saylanadi, rahbariyatga oʻquvchilarning muammolari, takliflarini yetkazadi. Asilbek shuningdek, oʻzbekistonlik taniqli iqtisodchi Behzod Hoshimov boshchiligidagi tadqiqotda yordamchi sifatida ishlagan.

Asilbek Chikago universitetining bakalavriat bosqichiga Oʻzbekiston fuqarosi sifatida oʻqishga qabul qilingan va toʻliq grantni qoʻlga kiritgan birinchi talaba boʻldi. Meni quvontirgani suhbat yakunida Asilbek oʻqishni tamomlagach vatanga qaytib, iqtisodiy sektorda ishlar, loyihalar qilmoqchi ekanligi. U oʻz kelajagini Oʻzbekistonda koʻrmoqda, yurt bilan bogʻlamoqda. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, millatparvar kadrlar, yoshlarimiz koʻpaysa rivojlanish boʻladi.

Maktablarimizda iqtidorli, bilimli yoshlarimiz juda koʻp. Bizdan hali koʻp Asilbek kabi “birinchi”lar chiqadi, chiqmoqda ham. Suhbatni barcha oʻquvchilar, Asilbekning tengdoshlari, u kabi yutuqlarga erishishni istaydigan yoshlarga tavsiya qilaman.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Prezidentimiz mahallalar obodligi va qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi. Yigʻilishda davlatimiz rahbarining oqqoʻrgʻonlik oʻqituvchi, shaxsiy tomorqa yer egasi Toʻlqin aka Mansurov bilan suhbati esda qolarli boʻldi. Ushbu muloqotni videoda koʻrishingiz mumkin.

Prezidentimiz boy tajribasi va mehnatsevarlik fazilatlari bilan boshqalarga shaxsiy namuna koʻrsatib kelayotgani, shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faolligi uchun Toʻlqinjon Mansurovni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi.

@hilola_umarova
#yangilik #ulashamiz #maoshlar_oshishi

Prezident farmoni imzolandi va undagi eng muhim oʻzgarishlar (foto)

Bugun hamkasblarimiz uchun yana bir muhim xushxabarni yetkazmoqchiman. Hurmatli Prezidentimiz Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha yangi Farmon imzoladi.

Keyingi yillarda oʻqituvchilarimiz, bogʻchadagi pedagoglarimiz oylik maoshlarini oshirish, ustamalar sonini koʻpaytirish boʻyicha qator islohotlar qilindi va bu jarayon davom etyapti. Endilikda maktab direktorlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bogʻchalarimiz rahbarlari maoshlarini oshirishga navbat yetdi.

Farmondagi eng muhim yangiliklarni sanab oʻtsam:

– Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda.

2025-yil 1-sentabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻchalarimiz direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bogʻcha direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshirilishiga erishiladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

– Tuman boʻlimlarida qoʻshimcha shtatlar ajratilyapti va bu oʻquvchilar bilimini baholashni monitoring qilish, oʻquvchilarga xorijiy til va kasbga oʻrgatish vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli lavozimlarni joriy etish imkoniyati yaratadi.

– Hududiy boʻlinmalari xodimlaringning koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish joriy etilmoqda (Vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi).

– Maktab xodimlari mukofot puli miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha (amalda 50 foizgacha) miqdorida etib belgilanmoqda.

– Yana bir muhim oʻzgarish – avvallari maktablarimizning boʻsh turgan binolari ijarasidan tushgan mablagʻlarning 40 foizigina oʻsha maktabda qolardi. Endilikda ushbu mablagʻlarning 75 foizi oʻsha maktab rivojiga sarflanadi.

Umid qilamanki, tizimdagi yuz minglab xodimlar hayoti, ragʻbatlanishiga doir mazkur Farmon xodimlarimiz moddiy imkoniyatlarini yanada yaxshilab, ularga motivatsiya beradi, ish unumdorligini oshiradi. Pedagoglar, maktabgacha va maktab tizimi moddiy tomonlama ham jozibador sohaga aylanishi lozim, davlatimiz rahbari qoʻllovlari bilan bu masala bosqichma-bosqich hal etilmoqda.

Farmon bilan bogʻliq boshqa oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot va sharhlar vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali beriladi.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Бектемир тумани Ийкота маҳалласидаги янгиланишлар ҳамда яқинда фойдаланишга топширилган мактаб билан танишди.

Глава государства ознакомился с произошедшими изменениями в махалле Ийкота Бектемирского района и недавно открывшейся здесь школой.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qadrli yurtdoshlar,
aziz hamkasblar!


Barchangizni bahor bayrami — Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman!

Sharqona yangi yil bo‘lmish Navro‘z ezgulik, mehr-muhabbat va do'st-qadrdonlik bayramidir. Bu kun azal-azaldan o‘zgacha ishtiyoq va birdamlik bilan nishonlanadi.

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab joylashgan ta’lim muassasalarida ham Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tmoqda. Unda pedagoglar va bolajonlarimiz tomonidan azaliy urf-odatlarimiz, milliyligimiz tarannum qilinmoqda.

Fursatdan foydalanib, shunday faraxbaxsh kunlarda barchangizga sog‘lik-salomatlik, ishlaringizga rivoj va muvaffaqiyatlar tilayman.

Bu yilgi ko‘klam tashrifi har qachongidan qutlug‘ kelsin, osmonimiz hamisha bugungidek tinch va musaffo bo‘lsin!

Yana bir bor Navro‘zi olam barchangizga muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


@hilola_umarova
Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!

Hurmatli Prezidentimiz bayramda nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijlik hamkorlarimizni, ziyolilarni alohida tabrikladilar.

Biz Navro‘z bayramida ahil jamoamiz hamda Garvard Universiteti va Massachusetts texnologiya instituti (MIT)ning magistrantlari bilan ishtirok etdik.

Mehmonlar bir umr unutilmas taassurot olganlarini aytishdi.

@hilola_umarova
Президент Шавкат Мирзиёев иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштиришга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией, посвященной совершенствованию системы поддержки талантливой молодежи.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #iqtidorliyoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/07/03 14:46:42
Back to Top
HTML Embed Code: