Telegram Web Link
Президент Шавкат Мирзиёев иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштиришга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией, посвященной совершенствованию системы поддержки талантливой молодежи.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #iqtidorliyoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblariga toʻlanadigan mukofot miqdori 5 baravar oshiriladi

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Yoshlar uchun katta imkoniyatlar beradigan mazkur hujjatda qator yangiliklar bor. Ayniqsa hujjatdagi yangiliklardan biri bizni nihoyatda quvontirdi.

Prezidentimiz Farmoniga koʻra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdori 5 baravarga oshiriladi.

Masalan, eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO – matematika, IBO – biologiya, IChO – kimyo, IPhO – fizika, IOI – informatika) gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:

– 1-oʻrin: 937 mln 500 ming soʻm (2500 baravar);

– 2-oʻrin: 562 mln 500 ming soʻm (1500 baravar);

– 3-oʻrin: 375 mln soʻm (1000 baravar).

Ilm, taʼlim uchun berilayotgan mazkur mablagʻlar kelajakda, albatta, oʻz samarasini beradi!

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayit ayyomiga xos qaysi odatlar sizga ko‘proq yoqadi? Masalan, men uchun yaqinlarni yo‘qlash va ularning holidan xabar olish juda zavqli qadriyatga aylangan.

Shu sababdan, muborak ayyom bahonasida uzoq yillardan beri mehnat qilayotgan ustozlarimizni yo‘qladik.

Matematika faxriysi, qator darsliklar muallifi, ayni damda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida faoliyat yuritayotgan ustozimiz Mirfozil Mirzaahmedovning samimiy qiyofasi va hayotiy mulohazalari ruhiyatimni ko‘tardi.

Uzoq yillik pedagog, 20 yildan ko‘proq vaqt davomida maktab rahbari bo‘lib faoliyat yuritgan Nargiza Karimova esa o‘zining irodasi va qat’iyati bilan meni hayron qoldirdi. Ustozimiz shu kunlarda og‘ir xastalik bilan kurashmoqdalar. Vazirlik ustozni hamisha moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Sizlar ham duolaringizda eslab qo‘yishingizni istardim.

Qanday yaxshi ustozlarimiz bor. Bir soha rivoji uchun butun umrini bag‘ishlaydi va shunchaki yo‘qlab qo‘ysangiz ham "ovora qildik", deb hijolat bo‘ladi. Men tizimdagi mana shunday faxriylarimiz bilan g‘ururlanaman. Bilaman, bunday ustozlar yurtimizda juda ko‘p. Imkonim bo‘lganida har biringizni yo‘qlardim.

Aziz oilam, muborak ayyom arafasida hurmatimni va tabrigimni qabul qiling! Keyingi yil shu kunlarga omonlikda yetkazsin!

@hilola_umarova
Maktab bitiruvchilari uchun imkoniyat

Ta’lim uchun qilinayotgan har bir loyiha e’tiborga loyiq va oxirgi vaqtlar OTMlar ham bu masalada juda faol! Xususan, aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi o‘tkaziladi.

E’tiborlisi, ushbu olimpiadada faqat maktab bitiruvchilari ishtirok etishi va o‘quvchilarimiz fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan bilimini sinab ko‘rishi mumkin ekan. Bu esa bitiruvchilarimiz uchun yaxshi imkoniyat.

1-o‘rin — “Damas” avtomobili (3 dona)
2-o‘rin — 20 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga)
3-o‘rin — 10 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga) bilan taqdirlanadi.


Aytish mumkinki, bu kabi loyihalar ham o‘quvchilarimizning o‘z ustida yanada ishlashi va bilimga qiziqishini oshiradi.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Raqamli Avlod Qizlari 2025

👩‍💻 “StartUp” loyihangiz bilan ishtirok eting va xorijda bo’lib o’tadigan Ta’lim sayohatini qo’lga kiriting

🏃‍♀️ Shoshiling, joylar soni cheklangan

📋 Ro’yxatdan o’tish uchun:
qizlar.raqamliavlod.uz


Ma’lumot uchun: Aloqa

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

#uzedu #USA #DG_ladies #education #dgu #fond #OliyMajlis
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda Jizzaxdamiz, ilk manzilimiz Sharof Rashidov tumanidagi 32-maktab boʻldi. Bu yerda davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Ularda matematika, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi.

Maktabda yana bir qiziq tashabbus: “Ota-onalar bogʻi” ham tashkil etilgan. Biz ham bu bogʻda oʻz ismimiz bilan koʻchat ekishni unutmadik, albatta.

Bundan tashqari Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat instituti andozasida qurilayotgan Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi binosi, qurilish ishlari bilan tanishdik. Markazda faoliyat yuritayotgan 23 mingdan ortiq oʻqituvchilar, 4 mingdan oshiq maktabgacha taʼlim mutaxassislari malakasini oshirish uchun yetarli moddiy va ilmiy imkoniyatlarga ega boʻlishi, asosiy talab sifatga qaratilish kerak. Masʼullarga bu narsa alohida eslatildi, zarur topshiriqlar berildi.

Hozirgacha koʻrganlarim orasida ayniqsa menga eng yoqimli boʻlgan holat 32-maktabda “Ipotekabank” tomonidan zamonaviy kutubxona qurib berilgani boʻldi. Bank jamoasining taʼlim, ayniqsa maktablarimiz kutubxonalarini boyitish, sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ushbu tashabbusi uchun rahmat. Bunday ezgu ishlar koʻpaysin!

Hududlar boʻylab oʻrganishlarimiz hali davom etadi.

@hilola_umarova
#Sirdaryo #MTT

Oʻtgan oyda maktabgacha taʼlimga masʼullar bilan MTTdagi holatlar, muammolar, ularni oldini olish haqida gaplashgan edik. Muammolar, asl holatni oʻrganish uchun muloqotlarning oʻzi kamlik qiladi, albatta.

Shu sabab Sirdaryoga borganimda safarimni viloyatdagi bogʻchalar, ulardagi sharoit bilan yaqindan tanishishdan boshladim.

Bugun farzandlarimizni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishda xususiy, DXSh, oilaviy bogʻchalarning oʻrni katta. Bu tajribalar yoʻlga qoʻyilganiga esa hali koʻp boʻlgani yoʻq. Shu sabab muammolar ham uchrab turibdi. Vazirlik ularning hech biriga befarq emas, hududlarda oʻrganishlarimizda MTT mutasaddilari bilan alohida suhbatlashamiz, murojaatlarni oʻrganib, sharoitlar bilan tanishamiz.

Masalan, Sirdaryo viloyatidagi tadbirkor Aziza Doniyorovaga qarashli “Nihol” nomli oilaviy bogʻchaga borganimiz esda qolarli boʻldi. Yetti yildan beri faoliyat olib borayotgan 50 oʻrinli ushbu muassasada ish qizgʻin. Bu yerda ingliz tili, raqs, karate toʻgaraklari tashkil etilgan. Logoped va psixolog xizmatlari ham yoʻlga qoʻyilgan. Bolajonlar sportning shaxmat, shashka, mental arifmetika va gimnastika turlari boʻyicha juda faol. Yaqinda chempionlarimiz Safiya va Bobur mental arifmetika boʻyicha Dubayda oʻtkazilgan Jahon chempionatida faxrli 1-oʻrinni olib qaytdi. Shuningdek, qizaloqlarimiz Sabina, Xadicha, Malika, Imona, Mohina, Narmina, Solihalar badiiy gimnastika boʻyicha katta yutuqlarga erishgan.

Bolajonlarni yutuqlari bilan tabrikladim, birga ancha gaplashdik. Har safar bogʻchaga borsam sharoit, ovqatlar sifati, tarbiyachilar muomalasi qandayligi haqida tarbiyalanuvchilar – “jajji ekspertlarim”dan soʻrayman. Chunki, rahbariyat qancha muammo yoʻq demasin, yashirmasin bolajonlar yolgʻonni bilmaydi, koʻzi, soʻzi bilan munosabatini bildiradi.

Aslida ham bu sharoitlar, imkoniyatlarimizning barchasi mana shu bolajonlar, kelajagimiz egalari uchun.

@hilola_umarova
2025/07/05 21:36:48
Back to Top
HTML Embed Code: