Ayni vaqtda Jizzaxdamiz, ilk manzilimiz Sharof Rashidov tumanidagi 32-maktab boʻldi. Bu yerda davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Ularda matematika, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi.
Maktabda yana bir qiziq tashabbus: “Ota-onalar bogʻi” ham tashkil etilgan. Biz ham bu bogʻda oʻz ismimiz bilan koʻchat ekishni unutmadik, albatta.
Bundan tashqari Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat instituti andozasida qurilayotgan Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi binosi, qurilish ishlari bilan tanishdik. Markazda faoliyat yuritayotgan 23 mingdan ortiq oʻqituvchilar, 4 mingdan oshiq maktabgacha taʼlim mutaxassislari malakasini oshirish uchun yetarli moddiy va ilmiy imkoniyatlarga ega boʻlishi, asosiy talab sifatga qaratilish kerak. Masʼullarga bu narsa alohida eslatildi, zarur topshiriqlar berildi.
Hozirgacha koʻrganlarim orasida ayniqsa menga eng yoqimli boʻlgan holat 32-maktabda “Ipotekabank” tomonidan zamonaviy kutubxona qurib berilgani boʻldi. Bank jamoasining taʼlim, ayniqsa maktablarimiz kutubxonalarini boyitish, sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ushbu tashabbusi uchun rahmat. Bunday ezgu ishlar koʻpaysin!
Hududlar boʻylab oʻrganishlarimiz hali davom etadi.
@hilola_umarova

#Sirdaryo #MTT
Oʻtgan oyda maktabgacha taʼlimga masʼullar bilan MTTdagi holatlar, muammolar, ularni oldini olish haqida gaplashgan edik. Muammolar, asl holatni oʻrganish uchun muloqotlarning oʻzi kamlik qiladi, albatta.
Shu sabab Sirdaryoga borganimda safarimni viloyatdagi bogʻchalar, ulardagi sharoit bilan yaqindan tanishishdan boshladim.
Bugun farzandlarimizni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishda xususiy, DXSh, oilaviy bogʻchalarning oʻrni katta. Bu tajribalar yoʻlga qoʻyilganiga esa hali koʻp boʻlgani yoʻq. Shu sabab muammolar ham uchrab turibdi. Vazirlik ularning hech biriga befarq emas, hududlarda oʻrganishlarimizda MTT mutasaddilari bilan alohida suhbatlashamiz, murojaatlarni oʻrganib, sharoitlar bilan tanishamiz.
Masalan, Sirdaryo viloyatidagi tadbirkor Aziza Doniyorovaga qarashli “Nihol” nomli oilaviy bogʻchaga borganimiz esda qolarli boʻldi. Yetti yildan beri faoliyat olib borayotgan 50 oʻrinli ushbu muassasada ish qizgʻin. Bu yerda ingliz tili, raqs, karate toʻgaraklari tashkil etilgan. Logoped va psixolog xizmatlari ham yoʻlga qoʻyilgan. Bolajonlar sportning shaxmat, shashka, mental arifmetika va gimnastika turlari boʻyicha juda faol. Yaqinda chempionlarimiz Safiya va Bobur mental arifmetika boʻyicha Dubayda oʻtkazilgan Jahon chempionatida faxrli 1-oʻrinni olib qaytdi. Shuningdek, qizaloqlarimiz Sabina, Xadicha, Malika, Imona, Mohina, Narmina, Solihalar badiiy gimnastika boʻyicha katta yutuqlarga erishgan.
Bolajonlarni yutuqlari bilan tabrikladim, birga ancha gaplashdik. Har safar bogʻchaga borsam sharoit, ovqatlar sifati, tarbiyachilar muomalasi qandayligi haqida tarbiyalanuvchilar – “jajji ekspertlarim”dan soʻrayman. Chunki, rahbariyat qancha muammo yoʻq demasin, yashirmasin bolajonlar yolgʻonni bilmaydi, koʻzi, soʻzi bilan munosabatini bildiradi.
Aslida ham bu sharoitlar, imkoniyatlarimizning barchasi mana shu bolajonlar, kelajagimiz egalari uchun.

Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasidamiz. Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga ko‘ra, 2025-yilda hududda 25 ta maktab va 8 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Yana bir e’tibor qaratilishi mumkin bo‘lgan jihat, hududda 2024-2025-yillarda Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 8 ta yangi maktab qurilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, homiylik mablag‘lari asosida 2 ta 660 o‘rinli umumta’lim maktablari qurilishi ham belgilangan. Bu xayrli ishga homiylar ham jalb etilayotgani quvonarli hol, albatta.
Safar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi binosining qurilish maydonida ham bo‘ldik, rejalar bilan tanishdik, quruvchilar bilan suhbatlashdik. Umid qilamanki, tez orada bino ta’lim rivoji uchun xizmat qiladigan muhim maskanlardan biriga aylanadi.
Ustozlarimizni xursand qilgan yana bir yangilik: endilikda markazga kela olmaydigan uzoq hududlardagi o‘qituvchi-pedagoglar uchun Mobil malaka oshirish guruhlari tashkil etilmoqda. Bu guruh maxsus avtobuslarda uzoq hududlarga borib, xodimlar uchun seminar darslarini o‘tib beradi.
Har bir yangilik, har bir qulaylik, har bir imkoniyat – ta’lim va uning kelajagi uchun xizmat qiladi.

#kun_fotosi
Rasmni Xorazmdagi maktablardan birida oldim. Hududdagi qolgan maktablarda ham bu tajriba allaqachon yoʻlga qoʻyilibdi. Plastik idishlar toʻplash uchun oddiy simlardan yasalgan idishning balandligi naq 2,5 metr.
Maktablarda haftaning shanbasi sogʻlom turmush tarzi va ekologik madaniyatni targʻib etish kuni. Rasmdagi idishga toʻplangan plastik idishlarni har hafta maxsus mashinada olib ketishadi, tushgan pul maktab ehtiyojlari, tozalik ishlari, toʻtiqush va baliqlarni oziqlantirish uchun ishlatiladi. “Haftalik daromadning eng kami 450 ming, eng koʻpi 850 ming soʻm boʻldi”, deydi maktab jamoasi. Qiziq, foydali tashabbus, shunday emasmi? Tabiatni asrash, tozalikka mehr bogʻcha va maktabdanoq shakllanib borishi kerak.
P/S: “Eko burchak”dagi toʻtiqush va baliqlarni rasmga olish yoddan chiqibdi.

Oxirgi postdan keyin yana bir voqea esimga tushdi. Koʻpchilikning xabari bor, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosi kapital taʼmirlanib, ikkita qoʻshimcha bino qurildi, barchasi zamonaviy jihozlandi. Qurilish jarayonida binoning asosiy kirish qismida mana bu daraxtni olib tashlash yoki boshqa joyga koʻchirish haqida biroz bahslashildi. Koʻpchilik daraxtni olib tashlamasak boʻlmaydi, asosiy kirishda turibdi, xalal beradi, bino va Avloniy tasvirini toʻsib turibdi degan fikrni bildirgan.
Yoʻq, daraxt qoladi, mayli koʻrinish sal toʻsilsa ham deganmiz. Va rasmda koʻrib turganingizdek daraxt joyida qolgan, hozir yam-yashil boʻlib turibdi.
Nazarimda har bir tirik jon, daraxt, hayvonga shunday munosabatda boʻlishimiz kerak. Mavjud yashillikni saqlash, yangi bogʻlar, yashil hududlar barpo etishdan toʻxtamaylik.
#yashilmakon #tabiat