Telegram Web Link
STEAM innovatsion taʼlim markazi ochildi

Bugun kunimiz yaxshi yangilik bilan boshlandi. Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida Ozarbayjon Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan STEAM innovatsion taʼlim markazi ochilish marosimida ishtirok etdim.

Prezidentimiz qarori asosida tashkil etilgan va loyiha qiymati 15 mlrd soʻm boʻlgan ushbu zamonaviy markaz jami 9 ta laboratoriya, uchrashuvlar va boshqaruv xonalaridan iborat.

Bugungi tadbirimiz markazimiz uchun Ozarbayjon Fan va taʼlim vazirligi tomonidan 551 ming AQSh dollari qiymatidagi zamonaviy laboratoriya hamda mebel jihozlari begʻaraz yetkazib berilgani munosabati bilan tashkil etildi.

Markazda mavjud sharoitlar, qolaversa, bugun sovgʻa qilingan jihozlarning taʼlim sohasiga zamonaviy imkoniyatlar, yangiliklar olib kirish uchun ahamiyati katta. Ushbu jihozlar yordamida maktabgacha va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun oʻyinlashtirilgan oʻquv qurilmalari yordamida kreativ fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi, 4 xil turdagi konstruksiyaviy toʻplamlar yordamida oʻquvchilarning robototexnika va IQ darajasi rivojlantiriladi, aviasimulyator laboratoriyasidagi ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash orqali aerodinamika va parvoz nazariyasi hamda dronlar va sunʼiy yoʻldoshlar tuzilishi oʻrgatiladi, virtual laboratoriyada murakkab sohalarni xavfsiz muhitda oʻrganish imkoniyati yaratiladi.

Albatta, sharoitlarni ko'z bilan koʻrgan maʼqul, soha vakillari, qiziquvchilar Markazga kelib sharoitlar bilan tanishishi mumkin.

Yana bir yangilik: 2025-yil iyun oyidan boshlab bosqichma-bosqich yozgi innovatsion oromgoh, iqtidorli maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari uchun “Yashil maskan” festivali, eko tizim uchun foydali startaplar hamda innovatsion ishlanmalar loyihalarini joriy etish rejalashtirilgan.

Fursatdan foydalanib ozarbayjonlik qardoshlarimiz, tadbirimizda faol ishtirok etgan Fan va taʼlim vaziri oʻrinbosari Gasan Gasanliga minnatdorlik bildiraman.

@hilola_umarova
👍113👏11🤗9🎉6🕊6🤔3👌1🏆1
#malaka_sinovlari
#100_foizlik_natija

🎯Malaka sinovlarida eng yuqori 100 ballik natijani qoʻlga kiritgan ustozlarimiz safi kengayib bormoqda.

Sinovlar 16-mayga qadar davom etadi, eng yuqori koʻrsatkich qayd etgan ustozlarimizni tabriklab boramiz.

@hilola_umarova
👍296🤔62👏43🎉18🏆9🤗6👌54🕊4
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Qardosh Turkmanistondan tashrif buyurgan qadrdon mehmonimiz — muhtarama Oguljahon Gurbanguliyevna Atabayevani O‘zbekistonda kutib olishdan benihoya mamnunman.

Bugun biz birgalikda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish imkoniyatidan teng foydalanish uchun sharoit yaratish ishlari bilan tanishdik.

Ushbu uchrashuv bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo’shma tashabbuslarni rivojlantirish uchun yaxshi asos bo‘lishiga ishonaman!



Искренне рада приветствовать в Узбекистане уважаемую Огулджахан Гурбангулыевну Атабаеву — дорогую гостью из братского Туркменистана.

Сегодня мы вместе посетили центр социальных услуг «Инсон» и инклюзивный образовательный центр в Самарканде, где ознакомились с практиками поддержки уязвимых категорий населения и создания условий для равного доступа к образованию.

Уверена, что эта встреча станет хорошей основой для развития совместных инициатив в поддержку детей и семей!
👍123🤗8🤔6🎉4👌3💯2🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” kasbiy koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirladik.

Tanlovda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 16 mingdan ortiq direktor oʻrinbosari va tarbiyachilari qatnashdi.

Gʻoliblar bilan tanishing:

”Eng yaxshi direktor oʻrinbosari” nominatsiyasi boʻyicha:


1-oʻrin — Munojat Moʻminova;
2-oʻrin — Tumaris Tursinboyeva ;
3-oʻrin — Sabina Guzarova;

“Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin — Dilnoza Saidova;
2-oʻrin — Zebo Xidyoyeva;
3-oʻrin — Mavluda Kamalova;

“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:


1-oʻrin — Gulsina Dauletova;
2-oʻrin — Lionora Eshaliyeva ;
3-oʻrin — Sug‘diyona Boymirzayeva ;

“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin — Vazira Shoimova;
2-oʻrin — Yulduz G‘aybullayeva;
3-oʻrin — Mohinur Egamberdiyeva;

“Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:


1-oʻrin — Maxinaxon Mamasoliyeva;
2-oʻrin — Gulnoza Yalgʻasheva;
3-oʻrin — Dilnoza Shamatova;

“Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:


1-oʻrin — Nozimaxon Zikiryayeva;
2-oʻrin — Vazira Sayfullayeva;
3-oʻrin — Mohigul O‘roqboyeva.

Barcha gʻoliblarimizni yana bir bor tabriklayman va kelgusi faoliyatlariga omad tilayman!

@hilola_umarova
👍143👏20🤔8🎉8💯4🕊3👌2🏆2🤗1
2025/07/09 01:33:53
Back to Top
HTML Embed Code: