Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi

18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Talaba-yoshlarimiz bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.

Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari oʻquvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti.

Bu voqea — yosh muhandislarimizning kuchi, birdamligi va kelajakka ishonchi ramzi bo‘ladi.

Ana shunday tarixiy voqeaga birgalikda guvoh bo‘laylik!

@hilola_umarova
👍254👏46🏆26🕊8🎉7🤗7🤔6💯6👌3👨‍💻1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GinnesRekordi

Missiya bajarildi – O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi!


“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi.

Bu jarayonda faol ishtirok etgan yoshlarimizni tabriklayman. Bugun oʻzbek yigit-qizlari birgalikda harakat qilsa barcha vazifalarni uddalay olishini yana bir bor isbotlashdi.

@hilola_umarova
👍294🏆70👏45👌18🎉17🤗8🕊7🤔6👨‍💻4🤝4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Саида Мирзиёева билан ёнма-ён. Миссия. # 7

Kun.uz расмий канали
👍175👏30💯12🏆9🤗7🕊5🎉3🙏3🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar kontentini rivojlantirish markazidan yangi loyiha — “Bolakay”da marrani KATTA olgan BOLAJONLAR bilan suhbat

Mazkur markazning ilk loyihalaridan biri bo’lgan “Bolakay”da iqtidorli o‘quvchilarimiz bilan podkast shaklida muloqotlar tashkil etib borish maqsad qilingan.

Unda ishtirokchi yoshlarning fikrlari, maqsadlari va erishayotgan natijalari haqida so‘z boradi.

Bolalar kontentini rivojlantirish markazidan yangi loyihalarni kuzatib boring!

@hilola_umarova
👍66🕊9👏7🤝4💯3🤗3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boʻlgʻusi Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda hurmatli Prezidentimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar va yurtimiz sharafini himoya qilgan ilm-fan yulduzlarini buyuk ajdodlarimizga qiyosladilar.

“Shu yilning o‘zida yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Biz MDH mamlakatlari o‘rtasida kimyodan – ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda – uchinchi, IT va geografiya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan o‘g‘il-qizlarimiz timsolida bo‘lg‘usi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni ko‘ramiz.

Saflari tobora kengayib borayotgan bunday intiluvchan, iste’dodli yoshlar – Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi, g‘ururimiz timsolidir”, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.


Ukalarim va singillarim, bu katta mas’uliyat ekanligini his etyapsiz, deb o‘ylayman. Davlatimiz, xalqimiz va prezidentimiz ishonchini oqlash uchun ilm-fan yo‘lida mehnat qilishdan aslo to‘xtamang!

@hilola_umarova
👍93👏23🕊13💯7🎉3🤝3🤗3👨‍💻2🤔1
#eslatma

Xabaringiz bor joriy yilda Prezidentimizning “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Unga koʻra:

2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;

– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi;

– I va II guruhga kiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab:

– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

Bu kabi oʻzgarish va imkoniyatlar sohaga katta e’tobor berilayotganidan dalolat. Boshqaruv kadrlari uchun moddiy ragʻbat tizimining yaxshilanishi ish samaradorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi, albatta.

@hilola_umarova
👍72🤝9👌7👏5🤗3
Aziz yurtdoshlar,
hurmatli ustoz va murabbiylar!


Sizlarni jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida Yangi Oʻzbekistonimiz barqaror taraqqiyot va keng qamrovli islohotlar yoʻlidan dadil borayotganini butun dunyo eʼtirof etyapti. Yangilanishlar har bir yurtdoshimiz, har bir oila hayotiga kirib borayotgani insonparvar siyosatning amaliy natijasidir.

Jahonga ikki buyuk Renessansni taqdim etgan mamlakatimizda bugun ulugʻ ajdodlarga munosib vorislar kamol topyapti, buyuk kelajakka mustahkam poydevor qoʻyilyapti.

Kuni kecha Mustaqillik tantanasida Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek: “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi”. Bu yoʻldagi eng muhim omil, shubhasiz, taʻlim-tarbiyadir. Bunda ustozlarimizning, taʼlim fidoyilarining oʻrni beqiyos.

Qadrli hamkasblar!

Eng ulugʻ va eng aziz bayramimizda barchangizni yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Istiqlolimiz bayrami barchamizga muborak boʻlsin!

Hilola Umarova,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
rahbari oʻrinbosari
👏134👍63🤗24🕊8🤝7👌4🙏3🏆2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz ustozlar, qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni yangi o‘quv yilining boshlanishi — bilim va ma’rifat bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Bugun mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yurtimiz kelajagini bunyod etishda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayonda fidokorona mehnat qilayotgan yuz minglab ustoz va murabbiylarimiz esa islohotlar samarasini avvalo o‘z faoliyatlari misolida kuzatib borishmoqda.

Ta’lim — bu jamiyat taraqqiyotining eng asosiy poydevori, millatni yuksak marralarga eltuvchi eng qudratli kuchdir. Maktab va oliy ta’lim dargohlariga ilk qadam qo‘yayotgan har bir o‘quvchi va talabaning ko‘zida biz ertangi kunimizni, xalqimizning buyuk orzu-intilishlarini, Vatanimizning porloq istiqbolini ko‘ramiz.

Shu bois, ta’lim dargohlariga kirib kelayotgan yoshlarimizni ilm va ma’rifat sari yetaklash, ularning qalbida ezgu orzularni uyg‘otish, yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘usini mustahkamlash bugun barchamiz uchun sharafli, ayni paytda ulkan mas’uliyatli vazifadir.

Zero, bilim istab kelayotgan farzandlarimiz — bizning kelajagimiz, ertangi kunimizning suyanchi va ishonchli tayanchidir.

Aziz ta’lim sohasi vakillari!

Sizlarni bugungi bayram — yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan yana bir bor chin yurakdan qutlayman.

Sizlarga mustahkam iroda, yuksak marralarni zabt etishda muvaffaqiyat va omad tilayman.

Bilim va ma’rifat yo‘lida qo‘lga kiritgan har bir yutug‘ingiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilaversin!

Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
rahbari o‘rinbosari
👏77🙏13👍11🎉6💯5🏆2🤝2
Мамлакатимиз мактаблари ўқувчилари ва устоз-мураббийларига табрик

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍69👏16🤗12🙏2🎉1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yilning innovatsion haftaligi boshlanishiga oz fursat qoldi!

9-11-oktabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “InnoWeek-2025” haftaligi “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida boʻlib oʻtadi.

Bu yilgi tadbirda 400 ga yaqin yangi ishlanmalar, 100 dan ziyod innovatsion mahsulotlar namoyish etilib, 15 mingga yaqin ishtirokchi tashrif buyurishi kutilmoqda. Kun tartibidan ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt, tibbiyot va biotexnologiyalar, ta’lim sohasiga oid elektron yechimlar, agrosanoat texnologiyalari, aqlli shaharlar hamda robototexnika kabi yo‘nalishlar joy olgan.

Haftalikda ishtirok etgan eng yaxshi g‘oyalar egalari o‘z startaplarini xalqaro bosqichga olib chiqish uchun xorijga bepul yo‘llanma yutib olishi mumkin.

Ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi “Innoweek-2025”da!

@hilola_umarova
👍71👏11🎉4🕊4🏆3🤝2💯1
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мактабгача таълим ва мактаб таълими соҳасидаги ислоҳотлар ижроси ҳамда келгусидаги устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по обсуждению хода реформ и дальнейших приоритетных задач в сфере дошкольного и школьного образования.

#Mirziyoyev #videoselektor #maktabgachatalim #maktabtalimi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍94💯7🤗64🤔3🕊2🏆2👌1🤝1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍93👏13🎉6🤗6🤔3🕊3🤝21🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda davlatimiz rahbari ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimotimizda oldimizga iqtisodiyot tarmoqlarining hozirgi va kelgusi talabidan kelib chiqib, texnika va muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantirish vazifasini qo‘ygan edi. Shunga muvofiq, hududlarda muhandislik maktablari tashkil etilmoqda. Bugun mamlakatimiz taraqqiyoti uchun yetuk salohiyatga ega muhandis kadrlar nihoyatda zarur.

Kecha men ishtirok etgan tadbirda “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik-tanlovlari g‘olib boʻlgan yosh muhandislar tantanali taqdirlandi.

Uch bosqichda tashkil etilgan tanlovda 1262 nafar iqtidorli yosh muhandislar oʻz loyihalari bilan ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra jami 28 nafar g‘olib aniqlandi.

9 nafar birinchi o‘rin sohibi Prezident sovgʻasi – BYD Chazor elektromobillari bilan taqdirlandi.

Ikkinchi o‘rin egalariga xorijiy davlatlarda barcha xarajatlari qoplanadigan stajirovka yo‘llanmalari, uchinchi o‘rin sohiblariga esa 37,5 million so‘mlik pul mukofotlari topshirildi.

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlari forumida ham ishtirok etdim.

Forumda Kembrij, Oksford, Pensilvaniya, Seul, Nyu-York va Gonkong kabi universitetlarga oʻqishga kirgan yoshlarning hikoyalarini tingladik.

Ma’lumot uchun: yakuniy natijalarga koʻra, 173 nafar nomzod “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining“El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindori” deb eʼtirof etildi. Quvonarlisi, sovrindorlarning 25 foizini xotin-qizlarimiz tashkil qilmoqda.

Raqamlarga qarasak: stipendiantlarning qariyb 70 foizi — Top-100 talik universitetlarga oʻqishga kirgan. Mamlakatlar kesimida olsak: 42 foiz sovrindorlar — Buyuk Britaniya universitetlari, 26 foizi — AQSH universitetlari, 12 foizi — Xitoydagi universitetlarda ta’lim oladi. Shuningdek, yoshlarimiz Janubiy Koreya, Italiya, Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlarda oʻqiydi.

Kechagi kun nafaqat yoshlar, shaxsan men uchun ham hayajonli boʻldi. Kun qahramonlari – gʻolib muhandislarimiz, “El-yurt umidi” stipendiantlarini yana bir bor tabriklayman. Barchangiz olgan ilmingiz, tajribangizni mamlakatimiz taraqqiyotiga sarflashingiz, dono xalqimiz va Prezidentimiz ishonchini oqlashingizni tilayman.

@hilola_umarova
👏76👍31🎉9👌3💯3🤗2🕊1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Таълим. Кеча ва бугун.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍121👏16💯11🎉7🤗6🕊2🏆2
2025/10/21 23:48:32
Back to Top
HTML Embed Code: