Nima uchun Quraysh ayollari maqtalgan?
📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
7%
Chiroyli va soliha boʻlganliklari uchun
13%
Namozni qoim qiluvchi boʻlganliklari uchun
76%
Bolalariga mehribon va erlariga rioya qilganliklari uchun
4%
Endi bilib olaman
👍12🏆9🎉1
Sahl ibn Abdulloh quyidagilarni aytadi:
«Chamasi uch yoshli bola edim. Kechasi uygʻonib, togʻam Muhammad ibn Sivorning namoz oʻqishiga nazar solib turar edim. Bir kuni togʻam menga: «Seni yaratgan Allohni zikr qilasanmi?» dedi. «Uni qanday zikr qilaman?» dedim. «Tilingni qimirlatmasdan, qalbingda uch marta: «Alloh men bilan, Alloh menga nazar solib turibdi, Alloh mening guvohim», deysan», dedi. Men u soʻzlarni bir necha kecha aytdim va togʻamga xabarini berdim. U menga: «Endi ularni har kecha oʻn bir martadan ayt», dedi. Men uni ham qildim. Bir muddatdan soʻng qalbimda uning halovatini sezdim. Bir muddat oʻtgandan keyin togʻam menga: «Men senga oʻrgatgan narsani yodlab olgin-da, to qabrga kirguningcha uni davom qil», dedi. Men u ishni yillar davomida uzluksiz qilib yurdim. Ularning halovatini ichimda topdim. Soʻngra togʻam menga: «Ey Sahl! Alloh u bilan birga boʻlgan, unga nazar solib turgan va uning ustidan guvoh boʻlgan odam U Zotga osiy boʻladimi? Maʼsiyatdan ehtiyot boʻl!» dedi.
Keyin maktabga borib, olti-yetti yoshimda Qurʼonni yod oldim. Soʻng nafl roʻzani koʻp tutadigan boʻldim. Yeydigan taomim arpa noni boʻldi. Undan keyin kechalarni bedor boʻlib, ibodat-la oʻtkazadigan boʻldim».
Sahl ibn Abdullohdan keltirilgan bu qissa bolaning tarbiyasiga, xususan, ruhiy tarbiyasiga kichikligidan ahamiyat berish uning yaxshi odam boʻlib yetishishida qanchalar muhim ekanini yaqqol koʻrsatib turibdi.
Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤2😍2🔥1🕊1
Forwarded from Hilol dasturlari
Kitob – eng arzon va eng foydali investitsiya.
Ilm bilan boylikning farqi – bu kitobda
Sizning tavsiyangiz kimnidir yangi kitobga oshno qilishi mumkin.
*Chegirma faqat bugun, 23:59 gacha amal qiladi!
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2🔥2🕊2⚡1
Sovchilik qoʻyolib, kelin- kuyovning sifatlari mos kelgandan soʻng qanday amal bajariladi?
📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
📙 «Baxtiyor oila» kitobidan
Anonymous Quiz
48%
Kelin kuyov bir-biri bilan uchrashadi
41%
Fotiha oʻqilib, unashtiriladi
9%
Toʻyga xos tayyorgarlik boshlanadi
2%
Endi bilib olaman
👍11⚡4🔥3❤2🎉2🏆1