Bugun Boburiylar imperiyasi tiklangan kun.

O'tib ketayotgan 22-iyunda 1555-yili Humoyun va Bayramxon qo'shini Sirhind jangida Iskandar Suriy qo'shinini tor-mor qilib, Boburiylar saltanatini tiklashgan edi.

Bunga qadar, aniqrog'i 1540-yildan beri Hind diyori afg'onlar qo'lida qolgandi.

@historicallife
Qayta qurish davrida zamonaviy sovet yoshlari tomonidan tashkil etilgan mashhur "Ласковый май" guruhining eng taniqli vakili, qo'shiqlari haligacha xit paradlardan tushmaydigan Yuriy Shatunov vafot etgani ma'lum qilindi.

@historicallife
Diktator kim? Diktator degani cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lgan, mamlakatdagi qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatdan ustun turgan, mutloq iroda evaziga butun sistema ustidan nazorat o'rnata olgan, saylovlarni soxtalashtirgan yoki umuman bekor qildirgan hamda konstitutsiyani o'z xohishiga ko'ra o'zgartirgan, butun qurolli kuchlar va kuch ishlatar tizimlarni o'ziga bo'ysundirgan hamda konstitutsiyada belgilab qo'yilgan muddatdan ortiq hukm suraveradigan suveren hisoblanadi.

Odatda siyosat va tarix qiziquvchilari Yaqin sharqdagi ba'zi bir siyosatchilarni diktator deya ataganimizga e'tiroz berishadi. Ammo bir narsaga e'tiborli bo'lish lozim. Diktator atamasining o'z belgilari bor. Ular aynan yuqoridagi belgilar. Iroqdagi marhum Saddam Husayn, Erondagi Oyatullo, Suriyadagi Hofiz va Bashar Asad, Liviyada Kaddafiy, Ozarda ota bola Alievlar, Tojikdagi Imomali va Turkmandagi rahbarlar, sizlarning birinchi prezidentlaringiz aynan diktator atamasiga mos keladigan hisoblanishadi. Siz buni umuman inkor qila olmaysiz. Chunki tarix yuqoridagi belgilarga mos kelgan holatda ularni talqin etdi.

Misol uchun odatda ko'p mamlakatlarda bir kishi 2 martadan koʻp prezident yoki davlat rahbari bo'la olmasligi konstitutsiyada yozilgan. Bu qonun asosan G'arb sistemasidan olingan namuna. Endi savol beraylik: Saddam Iroqda necha yil rahbar bo'ldi? 1979-yildan 2003-yilgacha. 24 yil. Qulatilmaganida bu davom etaverardi. Iroq tarixini o'qigan bo'lsangiz bu odamning minglab muxolifatni, shialarni, kurdlarni yo'q qilib hukmdorlikni saqlab qolganini bilish qiyin emas. Bugun musulmonlar himoyachisi hisobida talqin qilina boshlangan bu odam davrida Quvvayt va Eronga hujum qilingani-yu, milliondan ortiq musulmonlar qirib tashlangani esa unutildi. Mantiq qani?

Amerikaliklar tomonidan o'ldirilgani uchun ba'zi terror guruhlari uni " shahid" maqomiga ko'tarishgani esa bizning kasal va ilmsiz jamiyatimizdagi ayrim kishilarga moydek yoqib ketganidan hayron qolmaslik kerak. Karimov diktaturasida yashab Saddam diktaturasini yaxshi qabul qilish oddiy hol. Kasal jamiyat o'ylaydiki davlatni bitta kuchli odamgina boshqaradi. Aslida esa unday emas.

Kaddafiychi? 1970-2011. O'ldirilmaganida undan ham ko'proq turardi. Ko'pchilik uni aholi hayotini yaxshilab berganini pufakdek shishirib, maqtab, diktatorligini ko'rmaslikka oladi. Ammo butun mamlakat boyligini o'z qo'lida 41 yil tutib, oz ozdan aholiga bergan va butun norozi qatlamni qatagʻon qilgan bir kishilik boshqaruv oxiyri o'z xalqi tomonidan ag'darilganini ko'rmaslik mumkun emas. Kaddafiy demokratiyani yoqtirmasdi. G'arb blogi bilan ochiqdan ochiq dushmanlikni pasaytirmadi. Oqibat u 41 yil o'chirib kelgan vulqon portladi. Videolarni You Tubedan ko'rishingiz mumkun. 2-3 kishi emas, o'z xalqi uni to'polon qilib o'ldirdi. Bu uning hokimiyatni hech kimga bermay kelgani oqibatidir. Mamlakat tinch va boy yashaganida buncha norozilar nega paydo bo'lsin? Mantiq qani?

Bashar Asadchi? Hokimiyatni bermaslik, norozi qatlamni qatagʻon qilish natijasida Suriyada umumiy qo'zg'olonlar avj oldi. Endi o'ylab ko'ring xalq bir kishilik boshqaruvdan rozi bo'lsa, nega qo'zg'olon ko'tardi? Bu diktatura natijasidir. Kuchli davlatlar esa mana shundan foydalanib qolishdi.

Demokratiya bir kishilik boshqaruv emas. Demokratiyada asosiy organlar tenglikda mamlakatni iroda qilishadi. Ba'zan prezident, ba'zan bosh vazir ba'zan esa parlament hokimiyatni boshqaradi. Ammo doimo boshqa organlar va xalq oldida hisob beradi. Bu diktaturaga yo'l bermaydigan eng asosiy yo'ldir.

O'z haddini bilmay butun mamlakatni onasidan qolgandek boshqaradiganlarga sig'inadiganlarni kasal deyish mumkun.

@historicallife
Dunyodagi eng katta qabriston Iroqda joylashgan. Unda 6 million marhum yotibdi.

@historicallife
Alanlar migratsiyasi.

Bu xalqning aniq kelib chiqishi borasida tortishuvlar bor. Tarixchi Ammianus yozishicha ular massaget deya nomlangan. Skif deya ham atalgan vaqtlar bo'lgan. Shu sabab ba'zi mutaxasisslar alanlar alohida xalq emas, balki skif va massagetning mag'lub bo'lgan qismi deya aytishadi.

Ular uzoq Afrikada ham davlat qurishgan.

@historicallife
Buyuk haykaltarosh Fidiy tomonidan miloddan avvalgi 5-asrda qurilgan Afina ulkan haykali. Bu haykal milodiy 3-asrda buzilgan.

@historicallife
Bengal va Markaziy Hindiston aholisi soni butun Janubiy Yarimshar aholisi soniga teng ekan. Bu hududda ham, Janubda ham aholi soni dunyo aholisining 10 foizini tashkil etadi.

@historicallife
Italiyadagi eng tor ko'cha.

@historicallife
Ayrim Qozoq OAVlari ruslardan qolishmagan holatda allaqachon Qoraqalpoqlarni O'zbekiston hududidan ajratib olibdi.

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda "biz siz bilan birgamiz, qoraqalpoq qardoshlar, sizni o'zbeklar ezib keldi" qabilidagi da'vatlarni ko'p uchratish mumkin bo'ldi.

Do'st va qardosh davlatlar bo'lmaydi. Yoningdagi turkiy oshnam deb yurganing shimoldagi katta og'angdan battarroq bo'lishi mumkun.

@historicallife
Саид Комил Мухаммад Карим:

"1750 йилларда Подшоҳ Россиясининг фитнасига учиб, бўлиниб кетган, сўнг ўзларининг она замини бўлган Сирдарёнинг ўрта ва қуйи қисмидан маҳрум бўлган, джунгарларнинг қатлиомидан қочиб, Хоразм хонлигидан бошпана топиб, 250 йил эмин эркин яшаётган дўст қорақалпоқ миллатини 2022 йилда ҳам россиялик кучлар яна ўзининг геосиёсий ўйини қўғирчоғига айлантирмоқчи.

Аммо бугун зиёли, илмли қорақалпоқ миллати, бундай хатони такрорламайди.

Ҳамма нарсани кўпиртириб ёритаётган блогерларнинг ўзининг ҳам, оиласи ҳам, фарзандларининг келажаги ҳам Қорақалпоғистон билан боғлиқ эмас. Шунинг учун вазиятга ҳикмат билан эмас, кўпиртириш ва ҳиссиёт билан ёндашмоқда. Чунки ўзлари ҳеч нарсани ютқазишмайди.

Мен Тошкент вилоятида яшайман. Мен яшайдиган хўжа қишлоғининг ёнида, қурамалар қишлоғи, тепароқда қозоқлар қишлоғи, яна тепада қорақалпоқлар қишлоғи бор. Бизнинг хўжа қишлоғида тожик, татар, қрим татарлари ҳам яшайди. Бу замин ҳаммамизники. Қорақалпоқ қишлоғи Андижонда ҳам бор. Қорақалпоқлар Термезга кўчиб яшаса ҳам ўз Ватанида яшаётган бўлади. Бойсунликлар Нукусга кўчиб келса ҳам, шундай бўлади.

Вазиятни миллийлаштириш ёки чигаллаштиришга урунаётган ижтимоий тармоқ фаоллари, ақлингизни йиғинг.

Хоразмлик, қорақалпоғистонлик, андижонлик, тошкентлик барча миллат ва элат вакиллари бирдек, минг йил яна бирга яшайдиган Ўзбекистон ватандошимиз.

Агар мен қорақалпоқ бўлганимда ҳам, қорақалпоқ миллатим учун намойишларни қўлламаган бўлардим. Агар "Тошкент Республикаси" бўлганда ҳам ягона, бўлинмас Ўзбекистон учун овоз берган бўлардим. Чунки Қорақалпоғистонда қорақалпоқлар соничалик ўзбеклар ҳам яшайди. Улар ҳам ўша талашилаётган "суверенитет ҳақи"га эга. Улар ҳам ўзининг ҳуқуқларини талаб қилиши мумкин. Келажаги ҳақида якдил қарорга келолмаган икки тоифа қорақалпоғистонликлар кейин қайси йўлдан боради? Аллоҳ асрасин.

Адреналин зўр нарса. Инсонни жунбушга келтиради. Бақир чақир қиласан, лекин ҳамма нарса тугаса, уйсиз, келажаксиз, баъзан Ватансиз қолган бўлиб қоласан".

@historicallife
Forwarded from Нодир Холмахматович🇺🇿
#Foydali

Kimda Click Up ilovasi bo‘lsa xizmatlar bo‘limiga o‘tib, aksiya ustiga bosing, barabanni aylantirish uchun bitta imkoniyat paydo bo‘ladi. Agar Promo kod bilan kirsangiz 2 ta imkoniyat bo‘ladi.

Asosiy sovrin: BYD Song Plus elektromobil
IPhone 14 Pro Max (8 ta)
Apple Watch 8 (8 ta)
Yandex Alisa Station (8 ta)
Apple AirPods Pro (8 ta)

Promokod: 6XNAL4 (ustiga bosib nusxalang)

P/S: Omad kulishi hech gap emas!
Forwarded from Tarixdan lavhalar
Lagash davlati hukmdori Urinimgin 2318-yil, miloddan avval, bugungi kunimizdan 4338 yil oldin qonunlar to'plamini e'lon qilgan. Bu qonunlar poraxo'rlik tizimiga qarshi birinchi kurashni boshlab bergan edi. Nihoyatda qattiqqo'l qonunlarda mol mulkka xiyonat va poraxo'rlikning turli ko'rinishlari, nazr niyoz kabilar qattiq ta'qibga olingan.
Bu qonunlar ilk marotaba matriarxat tizimiga zarba bergan va ayollar endi o'zi xohlaganchalik erga tegolmas, ko'p erlik qattiq jazolanar erkaklar esa ko'p xotinlik huquqiga ega bo'lishar edi.
Lekin to'g'risini aytsak qattiq tartib qoidalar ham korrupsiyani yo'q qilmadi. Qonunni chiqarganlar ham bunga qattiq amal qilmadilar va oqibat oz muddatdan keyin Lagashni Akkad bosib oldi.
@tarixdanlavhalar
Forwarded from Tarixdan lavhalar
🔶CHINGIZXON HAQIDA AYRIM, ENG KAM UCHRAYDIGAN MA‘LUMOTLAR.

🔹Tarixchilarga ko'ra, Chingizxon 40 million o'lim uchun javobgar. Tushunishingiz uchun, bu o'sha paytdagi sayyoramiz aholisining 11 foizini tashkil etadi.
Taqqoslash uchun: Ikkinchi Jahon urushi dunyo aholisining "atigi" 3 foizini (60-80 million) yuborgan.
🔹Har safar Chingizxon yangi mamlakatni zabt etganda, o'zi uchun mahalliy ayollardan birini egallagan. Ularning barchasi oxir-oqibat homilador bo'lib, uning avlodlarini tug'ishdi.
Uning nechta bolasi bor edi?
Aniq aytish mumkin emas, ammo tarixchilarga ko'ra, barcha osiyoliklarning qariyb 8% uning avlodlaridir!
🔹Chingizxon tomonidan yaratilgan mo'g'ul imperiyasi, insoniyat tarixidagi eng katta doimiy imperiya bo'lib qoladi.
U butun erning 16,11 foizini egallagan va uning maydoni 24 million kvadrat kilometrni tashkil etgan!
Bizning manzil: https://www.tg-me.com/tarixdanlavhalar
Forwarded from Tarixdan lavhalar
ТАРИХИМИЗНИ ЎРГАНАМИЗ.
«ДАШНОҚЛАР ҲАР БИР КЕСИЛГАН БОШ УЧУН ПУЛ ОЛИШГАН»
*

Мендан дашноқ сўзининг ўзи нима, деб савол беришади. “Дашноқ” сўзининг маъноси “эгалик қил”, яъни “ҳукмронлик қил” деганидир. Уларнинг бош мақсади ҳам шу. Қандай йўл билан бўлишидан қатъи назар, у террористик йўл бўладими, фитна йўли бўладими, мана шу орқали бу денгиздан у денгизгача бўлган жойни эгаллашни мақсад қилиб қўяди. Арманлар ҳозиргача ўз ёшларига ёлғон тарих ўқитиб келади. Уларнинг дарсликларида турклар билан боғлиқ ўта нотўғри маълумотлар бор.

Совет даврида яшаган академиклар ҳам менга: “Дилдорахон, қўйинг, бу мавзуга тегманг. Эртага ҳар хил ҳолатга тушасиз. Сизга жиноий иш очилиб, қамалиб кетасиз”, деган қўрқитишлар ҳам бўлди. Мана бугун ҳам “Яндекс” таксида келаяпман. 32 ёшли йигитдан дашноқлар кимлигини биласанми, деб сўрасам, унинг учун бу сўз нотаниш. Жуда кўп ёшларимизга бу сўз нотаниш. Лекин бу ерда ёшлармизни ҳам айблай олмаймиз. Чунки биз на дарсликда, на институтда, на мактабда бу ҳақида озгина бўлса ҳам маълумот берган эмасмиз. “Ўзбекистон Энциклопедияси”да кичкинагина бир, озгина қаторда кўрсатилган.

Яқинда Баҳром Ирзаев билан қатағон музейини айланиб яна бир нарсага гувоҳ бўлдикки, кичкина бир панно экспозиция қилинган, холос. Қатағон музейининг ўзида бирор жойда на дашнакцутюн партияси, на дашноқлар деган сўз бор! Ваҳоланки, бу бизнинг 1918-1928 йилгача бўлган 10 йиллик тарихимиз.

1 млн 700 минг ўзбекистонлик геноцид қилинган. Шу қадар катта қирғин, лекин афсуски мана шу 10 йиллик тарихни бирон бир жойда ўқий олмайсиз, яна энг ёмони мана шу миллий архивларда ҳалигача ёпиқ. Ҳаттоки кўп нарса Интернетга чиқиб кетган нарсалар ҳам бугунги кунда махфий. Президентимизнинг 2019 йил 20 сентябрда махфийликдан ҳужжатларни очиш тўғрисида фармони туфайли биз жуда кўп ҳужжатларни кўзимиз билан кўрдик, аста-секинлик билан очяпмиз. Ҳозир сизга бир ҳужжатни айтаман. Ўзим биринчи ўқиганимда даҳшатга тушганман. Маълумки, Америка истилосида ҳиндуларни боши учун пул тўланганини киноларда кўрганмиз, тўғрими? Ҳар бир ҳиндунинг бошига фалон-фалон доллардан пул тўланган, уларнинг бош териси шилиб олиб келинган. Афсуски, кўзим билан кўрган ҳужжатни айтяпман, “Одинок” ва “Казнь” деган гуруҳлардан бўлган тўртта қотил дашноқнинг сурати турибди. “Одинок” гуруҳида улар териб-териб ўлдирган, яъни энг фаолларни битта-битта териб отиб ўлдирган. “Казнь” оммавий ўлдирган. “Казнь” гуруҳидагилар ҳар бир уйга кириб, ҳаммасини ўлдиришган. Яна энг қизиғи, ўшалар Қизил армия командирига мен Қўқонда 100 та одам ўлдирдим, лекин сизлар менга 50 та одамнинг пулини бердинглар, деб ёзган. Мана сизга факт бу. Қолган 50 та одамнинг пули қани, деган ва суратлар билан турибди. Суратлар шу қадар даҳшатлики, хашак кесадиган жодуда болаларнинг бошлари кесилган.

Бу ўз кўзим билан кўрган архив ҳужжати. Энг даҳшатлиси, дашноқлар кўпроқ пул олиш мақсадида жасадлар, кесилган бошлар фонида турли ракурсларда расмга тушган.

Ҳаттоки ҳар битта бошга тўланган сумма ҳам кўрсатилган. Қўқон ўликлар шаҳри, деб эълон қилинган. Ҳаққоний тарихни билмаслик қанақа аҳволга олиб келади? Бугун Тошкентда рус босқинчиларига тикланган “Часовня”ни олинг. Камолонда бир қошиқ қони қолгунича курашган ота-боболаримизга ҳайкал қўйиш ўрнига, бу иш қилинган. Тарихни эслатиб туриши учун у жойга бир аянчли расмларни қўйиб, мана шулар қирган, деб қўйиш керакдир, балки. Нима мақсадда “Часовня” тикланганини ҳам билмайман.

Дашноқлар авлоди “арман геноциди”ни яхши билади. Ўзбекистонда кимдан сўрасангиз “Арман геноциди” ҳақида Интернетдан ўқиган, билади. “Турклар арманларни геноцид қилган”, дейди. Бугунги кундаги ахборотнинг кучи, дейман-да.

Инсонни хафа қиладиган яна бир жиҳат борки, рус тилида ҳар қандай бир манбани қидиринг, чиқиб келади. лекин ўзбек тилида қидирилса чиқмайди. Масалан, дашноқлар деб ёзсангиз, керакли маълумот чиқмайди. Шуҳрат Барлоснинг баъзи бир манбалари чиқади, лекин шунда ҳам уни айблаган, ўзимизнинг академиклар айбловлари чиқиб келади.

Дилдора Ҳасанова.

@tarixdanlavhalar
Kanal o'z faoliyatini quyidagi kanallarda amalga oshirmoqda,

@tarixdanlavhalar
HISTORY pinned «Kanal o'z faoliyatini quyidagi kanallarda amalga oshirmoqda, @tarixdanlavhalar»
Shayboniylar haqida yangi kanal ochildi:
👇
@shayboniylarshajarasi
2024/05/16 02:33:57
Back to Top
HTML Embed Code: