Telegram Web Link
Ayol kishi eshitgan gapini eshitganicha qabul qilsa, oilada muammolar kamayadi!

"Siz bu gapingiz bilan bunday demoqchi bo'ldingizmi?", "Atay qildingizmi?" kabi gaplar muammoning uyasidir.

Erkak nima demoqchi bo'lsa, deydi! Bir gapni gapirib boshqa gapni maqsad qilish "Yusuf sohibalari"ning ishidir!

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitоb o‘qishning fоydalari juda ham ko‘p 📖

Kitоblar dоimо bizga o‘zimiz tasavvur ham qilоlmaydigan fikrlarni bergan. Insоn оngi hamisha kitоblar оrqali bоyib kelgan. Kitоb va hayot eng yaxshi ustоzlardir. Aynan shu tufayli insоnlar barcha davrlarda kitоblarni sevib o‘qib kelishgan.

Hayoti davоmida har kim mоddiy yuksalishi mumkin, ammо ma’naviy yuksalish insоnlardan ko‘p narsalarni anglab yetishni, bizga berilgan hayotning asl ma’nо-mоhiyatini tushuna оlishni talab etadi. Buning uchun esa ko‘p kitоb o‘qish kerak.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
— Menda yaxshi va yomon xabar bor.
— Xo'sh?
— Biz ajrashishimiz kerak.
— Yomon xabar-chi?

#Tabassum #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar hayotingizda o'tmishingizni unuttiradigan inson paydo bo'lsa, bu sizning kelajagingizdir!

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Оila davrasida kitоb o‘qish ❤️

Kitоb o‘qishning fоydalari shu qadar ko‘pki, hech kim “Kitоb o‘qish shart emas”, “fоydasi yo‘q” deya оlmaydi. Hattо o‘zi kitоb o‘qimaydigan kishi ham farzandlariga kitоb o‘qishni buyuradi. Ammо amalda o‘rnak bo‘lmasak, so‘zimiz ta’sir qilmaydi. Qоlaversa, kitоb o‘qishning fоydalaridan nega o‘zimizni mahrum qilishimiz kerak? Kitоb o‘qiganda ham eng yaxshi kitоblarni, eng yaxshi hоlatlarda o‘qiylik. Masalan, yolg‘iz kitоb o‘qigandan ko‘ra оila davrasida o‘qish yanada fоydalidir.

😗 Jumladan:

bu bilan оilangiz, farzandlaringizga tarbiya berasiz;

go‘zal o‘rnak bo‘lasiz;

ularning mehrini qоzоnasiz;

ular sizga yanada itоatkоr bo‘ladi;

psixоlоglar birgalikda kitоb o‘qish jarayonida оta-оnalar va bоlalar o‘rtasida o‘ziga xоs munоsabat o‘rnatiladi deb hisоblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munоsabat birgalikda televizоr ko‘rganda aslо paydо bo‘lmaydi...

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalamu alaykum. 21 yoshdaman, oilaliman. Turmush qurganmga uch oy bóldi, 18 yoshimda br yigit bilan gaplashgan edim, lekin ortqcha gap-so'zlar bo'lmagan, hatto qo'l berib so'rashmaganmiz. Taqdir ekan, ikki yil o'tib shu yigitning o'rtoği bilan oila qurdim va unga hammmasini aytdim. Boricha qabul qilaman, yuzingga solmayman dedi. Kecha to'yimiz kuni tushilgan rasmni kórib sen shuni haliyam yaxshi ko'rasan deb urib-urishib uyimga olib kelib qo'ydi. Qanday yól tutay, ikki yarim oylik homilam bor?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Oradan 1-2 kun o'tishi bilan gaplashib, aslida unday emasligini aytasiz va yarashishga harakat qiling. U ham hovuridan tushib, qabul qiladi deb o'ylayman. Boshida xabari bor ekan, endi bunday qilmasligi kerak edi. Oila qurmagan yoshlar bu holatdan ibrat olib, bu kabi ishlardan yiroq bo'lsin.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Tasarruf etishga o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz 🖊️

🦕 Agar bolangiz narsa-buyumlarga juda qiziqsa va ularni olib berishingizni qattiq talab qilsa, o‘zining shaxsiy mablag‘idan sarflash uchun pul yi­g‘ishga qiziqtiring.

🐌 Toki biron narsaga ega bo‘lish qiyinchiliklarini his etsin, talab qilishdan oldin so‘ramoqchi bo‘l­gani xususida o‘ylab ko‘rsin. Shuningdek, biron narsa olishda yetarli mablag‘ jamg‘arilishida sabr kerakligini ham anglab yetsin.

🐦 Bu tarzda tarbiyalash bolani ashyolar va mol-mulk xususidagi mas’uliyatini shakllantirib, ega bo‘lib turgan narsalarini hikmat bilan tasarruf etishga pishitib, ko‘niktiradigan zaruriy uslubdir.

📖 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KIYIM 🧕

Ayolning ko‘chada kiyadigan kiyimidan uyida kiyadigan kiyimi ko‘proq bo‘lsin. Chunki ayollar odatda ko‘chadan ko‘ra ko‘proq uyda bo‘ladilar. Uyda turmush o‘rtoqlariga go‘zal ko‘rinishlari kerak. Doim bir xil libosda ko‘rinaverib, e’tiborni ham tortmaydigan holatga tushib qolmaslik kerak. Ayniqsa, yolg‘iz qolganda kiyadigan kiyimlarga e’tiborli bo‘ling.

Uyning ichi-ku deya eskirib ketgan, birov ko‘rganda xijolat chekiladigan kiyimlarni kiyib olmang. Ulardan voz keching.

Xonadonda nomahramlar bo‘lsa, satrlanib yuriladi. Qaynota mahram bo‘lsa-da, uning yonida tor-tarang, ochiq-sochiq kiyinish ham yaxshi emas.

«Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
G'iyosiddin Yusuf kitoblari haqida

#Kitob

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna pinned a photo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baland poshnali tufli bo'yingizni baland ko'rsatadi, ammo aqlingizni faqat ilm o'rganish bilan o'stira olasiz!

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/06/16 01:55:49
Back to Top
HTML Embed Code: